Rivojlantirish instituti a. R. Jabborov, S. S. Sotiboldiyev veterinariya akusherligi, ginekologiyasi va sun


Ovulyatsiya  jarayoni,  tuxum ning  shakllanishi  va  tuxum  qo'yish



Yüklə 24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/40
tarix28.04.2017
ölçüsü24 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40

Ovulyatsiya  jarayoni,  tuxum ning  shakllanishi  va  tuxum  qo'yish. 
Tuxumdon  va tuxum  yo'lidagi  to'qimalararo  suyuqlikning  ko'payishi  hamda 
tuxum yo'li varonkasimon qismining faol qisqarishi ovulyatsiya boshlanishidan 
d a ra k   b eradi.  O v u ly a ts iy a   1— 2  d a q iq a   da vo m   etadi,  tu x u m h u ja y ra  
follikuladan chiqib, tuxum yo'lining voronkasimon kengaygan qismiga tushadi, 
shunda  tuxum  yo'li  o'zining  kengaygan  yon  tom oni  bilan  ovulyatsiyaga 
uchragan  tu x u m h u ja y ra n i  o'ra b  oladi.  Bu,  5— 7  daqiqa  davom   etadi. 
Tuxumhujayra  15— 18 daqiqadan  keyin tuxum yo'lining oqsilli qismiga yetib 
keladi.
Tuxum  yo 'lin in g   oqsilli  qism i  uzun  naysim on  shaklda,  uzunligi  30— 40 
sm  ni tashkil  etadi.  Unda  hosil  bo'layotgan tuxum   3— 3,5 soat m obaynida 
oqsil  m odda  bilan  o'ra ladi  va  keyinchalik  harakatlanib,  tuxum   yo'lining 
uzunligi  8— 10  sm  bo 'lg a n d a   bo'yin  oldi  qism iga  o'tadi.  Bu  yerda  tuxum
1— 1,5  soat  d avom ida  saqlanadi.  Tuxum   yo'lin ing  bo'yin  oldi  qismi  o'z 
navbatida  kengaygan  m uskulli  bezlarga  boy  bo'lgan  bachadon  qism iga 
o'tadi.

Bachadonda  tuxum  20  soat  mobaynida  saqlanadi  va  bu  yerda  u  to'liq 
shakllanadi.  Tuxum  yo'lining  oqsil  hosil  qiluvchi  qismida  (40— 50  %  oqsil 
bo'ladi)  va  uning  bachadoni  va  bo'yin  oldi  qismi  po‘stloq  osti  pardasi  hosil 
bo'lguncha oqsil hosil qilishni davom ettiradi.  Po'stloq osti qobig'ining paydo 
bo'lishi  tuxum  yo'lining  bo'yin  oldi  qism idan  boshlanadi,  am m o  tuxum 
bachadon  qismiga  tushganda  ham  bu  qobiqda  juda  m ayda  teshikchalar 
bo'lganligi  tufayli,  bachadonda  bo'lgan  8  soat  davom ida  ham  bu  qobiq 
teshikchalari orqali tuxumga suv va tuz o'tib turadi. Tuxum yo'lining bachadon 
qismida ohakli  qobiq juda sekin  hosil  bo'la  boshlaydi.  Bu  davrda  bachadon 
qon  bilan juda yaxshi ta’minlanadi.
Tuxum tuxum yo'lining kloakaga yaqin bo'lgan qin qismi orqali tashqariga 
chiqariladi.  Qin  muskulli  a’zo  bo'lib,  uning  uzunligi  tuxum  uzunligiga  teng 
bo'ladi.  Tuxum  tuxum  yo'lida  harakatlanib  bachadon  qismidan  qin  qismiga 
o'tayotib  buriladi va  shu  paytda  u  tashqi  muhitga  itarib chiqariladi.
Tuxum qobig'i juda ko'p mayda teshikchalardan iborat,  ular orqali embrión 
rivojlanishi  uchun  gaz va suv almashinuvi  va suv parlanishi  sodir bo'ladi.
Parranda  ovulyatsiyasining  qonuniyatlari.  Tovuqlarda tuxum  qo'yish 
sikli  mavjud.  Tuxum  qo'yish  sikli  parrandaning  har  kuni  tanafussiz  tuxum 
berish qobiliyatiga tushuniladi. Siklning davomiyligi tovuqlarning tuxum yo'lida 
tuxumning  shakllanishiga  bog'liq  bo'lgan  holda  23  soatdan  30  soatgacha 
davom  etadi.  Ko'pchilik  tuxum  beruvchi  parrandalarda  tuxum hujayraning 
ovulyatsiyasi  tuxum  qo'yilgandan  10— 20  daqiqa  o'tgach  yana  qaytariladi. 
Odatda,  tovuqlar  kunning  yorug'  paytida  tuxum  qo'yishga  harakat  qiladi, 
agar tuxum qorong'utushgunchaqo'yilm asa, unda bujarayon keyingi kunga 
o'tadi.  Tovuqlarda tuxumning shakllanishi  qancha  uzoq davom   etsa,  tuxum 
qo'yish  sikli  shuncha  qisqa  bo'ladi.  Masalan:  tovuq  har  28  soatda  tuxum 
qo'yadigan  bo'lsa,  ya’ni  har  tuxum  qo'yish  keyingi  kunga  4  soat  kechikib 
qo'yiladi,  unda  sikl  to'rt  kun  ya’ni  6— 10— 14— 18  soatlarda  bo'ladi.  Agar 
tuxum  qo'yish  sikli  25 s bo'lsa,  unda  6— 7— 8— 9— 10— 11— 12— 13— 14—  
15— 16— 17— 18 soatlarda bo'ladi va  bunday tovuqlar  13-14  kun  davomida 
har  kuni  bittadan  tuxum  qo'yadi.
Tuxum qo'yishning neyrogumoral  boshqarilishi. Xuddi sutemizuvchi 
hayvonlar singari gipofizning oldingi qismi qonga gonadotrop gormonini ishlab 
chiqarib, tuxum dondafollikulalar yetilishini,  lyutein  gormoni  esa ovulyatsiya 
jarayonini  tezlashtirishga ta’sir etadi.  Tuxum donda follikulyar va  sariq  tana 
gormonlari  ishlab chiqiladi.
Follikulyar gormoni (estrin) follikula devorlari hujayralari hisobidan  paydo 
bo'ladi.  Bu  gormonning  ta’sirida  tuxum   yo'li  yaxshi  kengayadi  va  uning 
devorlaridagi  bezlar  ishlab  chiqargan  suyuqlik tuxumni  shakllanishi  uchun 
kerak  bo'ladi.  F ollikulyar  gorm on  to vu q la rd a   m o d d a la r  a lm a s h in u v in i 
tezlashtiradi.  Sariq  tana gormoni  (progesteron)  tuxum donda  ovulyatsiyaga 
uchragan follikulalar hisobidan paydo bo'ladi.  Bu gormon qo'yish m uddatiga 
ta’sir etuvchi  gormon  hisoblanadi.
Tovuqlarning tuxum qo'yishi  ularning oziqlanishiga va saqlash sharoitiga 
bog'liq.  Bunda  asosiy  omillardan  biri  yorug'lik  va  haroratdir.  Kun  yorug'

davrining  o'zgarishi  tuxum   qo'yishga  katta  ta ’sir  etadi.  S huning  uchun 
tovuqxonalar kun tushadigan qilib yoki turli sun’iy yoritgichlar bilan yoritiladi, 
va qishda isitiladi.  Bunda nafaqat gormonlarning ta'siri,  balki  kunning yorug' 
paytida tovuqlar oziqlanishni davom ettirib, tuxum hosil bo‘lishi uchun kerakli 
moddalarni  ko'plab  qabul  qilish  imkoniyati  ham  bor.
Parranda organizmiga salbiy ta’sir etadigan omil bu atrof-muhit haroratining 
keskin  o'zgarishidir.  Bunday  hollarda  tovuqlarning  mahsuldorligi  sezilarli 
kamayadi. Tuxum  qo'yish jarayoni  parrandani asab sistemasiga ham  bog'liq. 
Masalan:  agar  tuxum  qo'yish  uchun  katakda  yotgan  tovuqlarni  qo'rqitish 
ularning tuxum berish muddatini ancha kechiktiradi. Shunday ma’lumotlar ham 
m avjudki,  tovuq  tuxum  qo'yish  paytida  qo'rqitilsa,  tuxum ining  sifati  ham 
pasayadi,  ya’ni  bunday tuxumlarda  ko'plab qonli  nuqtachalar paydo  bo'ladi.
Spermalarning hayotchanligi va urug‘lantirish xususiyatlari. Tovuqlarda 
ovulyatsiya va tuxumhujayraning  urug‘lanishi juda qisqa —  20 daqiqa orasida 
sodir  b o 'ladi.  A gar  shu  vaqt  davom ida  tuxum hujayra ning  urug'lanishi 
kuzatilmaydigan  bo'lsa,  unda  tuxumhujayra  tuxum  yo'lida  spermalarning 
bo'lishiga  qaramay  urug'lanmay  qoladi.  Bu  hoi  tuxumhujayraning  urug'lanish 
qobiliyatini chuqur o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.
Erkak o ‘rdaklarning jinsiy organlari  urug'donlardan  urug' chiqaruvchi 
kanal  va  u ru g 1  y o 'lid a n   iborat.  Urug'don  o rtig ‘ i  p a rra n d a la rd a   yaxshi 
rivojlanm agan.  Jinsiy  a ’zo  redupsiyalangan;  erkak  o‘rdak  va  g'ozlarda 
klo a ka n in g   ventral  d e vo rid a   burm asim on  s h a kld a   jo y la s h g a n   bo'lsa, 
xo'rozlarda jinsiy a’zo  bo'lmaydi.
Urug'don  uzunchoq loviyasimon shaklda bo'lib tana bo'shlig'i devorlarining 
dorzal  qism ida  joylashib,  chap  urug'don,  o'ngiga  qaraganda  ancha  katta 
bo'ladi.  Bahor mavsumida urug'donlar hajmi ancha kattalashadi. Spermalar 
urug'donning  egri-bugri  kanalchalarida  hosil  bo'lib,  urug'  chiqaruvchi  kanal 
va  urug'  yo'li  bo'ylab  harakatlanadi  va  u  kloaka  devorida  joylashgan  juda 
mayda so'rg'ichsimon teshik orqali ochiladi.  Parrandalarda qo'shimcha jinsiy 
bezlar bo'lmaydi.  Eyakulyat hajmi va uning tarkibidagi spermalarning miqdori 
asosan xo'rozlarning qay darajada ishlashiga hamda uning individual holatlga 
bog'liq bo'lib,  keskin o'zgarib turadi. O'rtacha eyakulyat hajmi 0,4— 1,6 ml ni 
tashkil  etib,  har  1  ml  urug'dagi  spermalarning  soni  1— 3  mlrd.  bo'ladi.
X o 'ro z la rd a   jin s iy   y e tilis h   115— 135  k u n lig id a   ro'y  beradi,  bu  hoi 
parrandanlng  zotiga  qarab  95  kundan  145  kungacha  o'zgarishi  mumkin. 
Parrandalarning spermatogenez jarayoni sutemizuvchi hayvonlarga nisbatan 
ancha tez.  Xo'rozlar jinsiy imkoniyatlarining juda yuqori  bo'lishi  (har kuni 50 
m arotaba  irg'ishi) jadal  spermatogenezdan  darak  beradi.
Tovuqlar orasiga birinchi xo'rozlarni qo'shganda, tuxumlarning urug'lanishi 
faqatgina  3-  kundan  so'ng  boshlanadi.  Bu,  tovuq  bilan  xo'roz  qo'shilganda 
spermalarining tuxumdonning voronkasimon kengaygan qismiga yetib borishi 
uchun  m a’lum  vaqt  kerak  bo'ladi.  Tekshirishlar shuni  ko'rsatadiki,  tovuqlar 
dastlab qochirilganda spermalar tuxum yo'lrning qin qismida 5 soat davomida 
bo'lib,  shundan  keyin  bachadon  bo'lim iga  o'tadi,  va  bir  sutkadan  so'ng 
sperm alar tuxum  yo'lining  bo'yinoldi  hamda  unga  tutash  bo'lgan  oqsil  hosil

bo'luvchi  qismiga  boradi.  48  soatdan  so'ng  u  butun  tuxum  yo'lining  barcha 
qismiga yetib oladi. Xo'roz bilan doimo birga saqlanadigan tovuqlarning tuxum 
yo'lini  barcha bo'limlarida spermalar mavjud bo'ladi.
Xo'roz  ajratilgandan  so'ng  tovuqning  tuxum  yo'lidagi  spermalarning 
miqdori  kamayib boradi va bu, o‘z navbatida, tuxumhujayraning  urug'lanish 
darajasini pasayib borishiga sabab bo'ladi. Xo'roz ajratilgandan so'ng tovuqlar 
20  kungacha  urug'langan  tuxum  qo'yishlari  mumkin,  kurka  tovuqlar  va 
urg'ochi  g'ozlarda  bu  muddat  yana  ham  ko'proq  davom  etadi.  Shunday 
ma’lumotlar ham borki, xo'rozdan ajratilgan tovuqlarning tuxum yo'lidan hatto 
75 kun o'tgandan so'ng ham spermalar topilgan, ammo bular deformatsiyaga 
uchragan va urug'lantirish  qobiliyatiga ega bo'lmagan  urug'lar bo'lgan.
Tuxumhujayraning  urug'lanish  va  bo'linish  jarayoni  tuxum  yo'lining 
bo'yinoldi qismida ovulyatsiyadan 4— 5 soat vaqt o'tgach boshlanadi. Tuxum 
yo'lining  bachadon  qismida  zigota  (urug'langan  tuxumhujayra)  4— 8  ta 
blastomerlar davrida yetib boradi, urug'lanishdan 24 soat vaqt o'tgach zigota 
128— 156  ta  blastormerlarga  ega  bo'ladi.  Shunday  holatda  tuxum  tashqi 
muhitga chiqariladi. T uxum tashqi muhitga chiqarilgandan so'ng embrionning 
keyingi rivojlanishi uchun shart-sharoitlar bo'lmasa, uning rivojlanishi to'xtaydi, 
oqibatda hayotchanlik qobiliyati asta-sekin so'nib boradi va tuxum tashqariga 
chiqarilgandan  25—30  kundan  so'ng  embrión  halok  bo'ladi.  Parrandalarda 
embrional rivojlanish muddati: tovuqlarda 20— 21  kun; o'rdak va kurkalarda 
27—28 kun; g'ozlarda 29—30  kun  bo'ladi.
T A K R O R L A S H   U C H U N   S A V O L L A R
1.  Hayvonlarning jinsiy yetilishi nima bilan xarakterlanadi? 2. Follikulalar qanday 
paydo bo'ladi va yetiladi? 3.  Ovulyatsiya qanday sodir bo'ladi? 4.  Follikulalarni 
yetilishi va rivojlanish davrida tuxumdonda qaysi garmonlar ishlab chiqariladi? 
5.  Sariq  tananing  funksiyasi  nim adan  iborat?  6.  Turli  xil  qishloq  xo'jalik 
hayvonlarining jinsiy mayillik va kuyikish belgilari qanaqa bo'ladi? 7. Sigir, sovliq, 
urg'ochi cho'chqa va biyalarda ovulyatsiya vaqti qancha davom etadi?  8. Jinsiy 
sikl va jinsiy mavsum deganda nimani tushunasiz? 9.  Urg'ochi hayvonlar jinsiy 
yetilishining  neyrogumoral  boshqarilishini  qan day  tushunasiz?  10.  Sper- 
miyalarning  hosil  bo'lishi  va  yetilishi  qanday  sodir bo'ladi?  11.  Urug'donlarda 
qanday garmonlar ishlab chiqariladi?  12.  Urug'don ortig'ining spermiyalarning 
yetilishi va saqlanishdagi  ahamiyati  nimadan  iborat?  13.  Urug'don xaltasining 
sp erm o gen ez  uchun  muqobil  haroratni  saqlash dagi  aham iyati  q anday? 
14.  Qo'shimcha  jinsiy  bezlarning  funksiyalari  nimalardan  iborat?  15.  Erkak 
hayvonlarning jinsiy reflekslari  qanday  namoyon  bo'ladi?  16.  Erkak hayvonlar 
jinsiy organlarining  neyrogumoral  boshqarilishi  qanday sodir bo'ladi?  17. Turli 
erkak  hayvonlar  spermiyalarining  miqdoriy  ko'rsatkichlari  qanday  bo'ladi?
18. Tovuqlarda ovulyatsiya jarayoni, tuxumning paydo bo'lishi qanday bo'ladi?
19.  Tuxum  qo'yish  jarayonida  yorug'lik  va  boshqa  omillarning  ta'siri  qanday 
hosil bo'ladi? 20. Xo'roz spermiyasining ko'rsatkichlarini bilasizmi? 21.  Parran- 
dalarning  tuxum  yo'lida  sp erm iyalarning  otalanish  xususiyatini  saqlash  
muddatlari  qancha  bo'ladi?

II  b o b
QISHLOQ XO'JALIK  HAYVONLARINI TABIIY 
VA  SUN’IY QOCHIRISH
Tabiiy  qochirish.  Ma’lumki,  urg'ochi  hayvonlardan  ko‘p  nasl  olish 
chorvachilik fermalarida qochirish  ishlarini qanchalik to‘g‘ri yo'lga qo'yilishiga 
bog'liq.  Qochirish  ishlari veterinariya-zootexnika fanlari talablari asosida o‘z 
vaqtida olib borilib, urg'ochi hayvonlarning sonini va ularning mahsuldorligini 
oshirishgaqaratilishi kerak.  Chorva fermalarida tashkil qilinadigan qochirish 
ishlari  ikki  xil:  tabiiy va sun’iy  usulda olib  boriladi.
Sun’iy qochirishda jinsiy akt bo'lmaydi, maxsus asboblar yordamida erkak 
hayvonlardan  urug‘  olinib,  urg'ochi  hayvon jinsiy organiga yuboriladi.
Tabiiy  qochirishda  esa  erkak  hayvon  urug'ni  jinsiy  a’zo  orqali  urg'ochi 
hayvon jinsiy a’zosiga to'kadi. Tabiiy qochirishning erkin va individual usullari 
mavjud.
Erkin  tabiiy  qochirish  —   erkak  va  urg'ochi  hayvon  birga  boqilganda 
o'zaro  tabiiy  (odam  aralashmasdan)  qo'shilishi.  Bunda,  har  20— 40  bosh 
urg'ochi  hayvon  hisobiga  bitta  to'laqonli  erkak  hayvon  bo'lishi  kerak.  Bu 
usulning afzalligi shundan  iboratki,  podada kuyukkan  urg'ochi hayvonlar o'z 
vaqtida  qochiriladi.  Ammo  bunday  nazoratsiz  erkin  tabiiy  qochirish  erkak 
hayvonlarni tez ishdan chiqishiga olib keladi.  Ko'pgina podalarda o'tkazilgan 
tekshirishlar  shuni  ko'rsatdiki,  bunday  usulda  ishlatilgan  erkak  hayvonning 
urug'i sifat va son jihatidan  har doim  ham qochirishga yaroqli bo'lmas ekan.
Bundan  tashqari,  erkin  tabiiy  qochirish  jinsiy  aloqa  orqali  tarqaladigan 
turli xil yuqumli va invazion  kasalliklar: vibrioz, trixomonoz va boshqalarning 
keng  tarqalishiga sabab  bo'ladi.
Mazkur sabablarga ko'ra erkin tabiiy qochirish qo'llaniladigan xo'jaliklarda 
urg'ochi hayvonlarning ko'pchiligi qisir qoladi. Shuning uchun ham erkin tabiiy 
qochirish  usullarini chorvachilikda  qo'llash  qat’iyan  man  etiladi.
H a y v o n la rn i  ta b iiy   q o c h iris h n in g   in d iv id u a l  usuli  m u k a m m a lro q  
hisoblanadi.
Individual  tabiiy  qochirishda  kuyukkan  urg'ochi  hayvonlarni  ajratib, 
ularni alohida-alohida erkak hayvonlar bilan qochiriladi. Bunday usul xo'jalikda 
hayvonlarning zotini yaxshilash va ularning mahsuldorligini oshirishga yordam 
beradi.
Individual tabiiy qochirish erkak hayvondan xo'jalikda to'g'ri foydalanishga 
olib keladi.  Bunday qochirish alohida quruq, yorug', toza,  maxsus xonalarda 
yoki  m aydonlarda o'tkazilishi  kerak.

A m m o  qishloq  x o 'ja lik  hayvonlarini  qochirishning  ilg'o r  usuli  su n ’iy 
qochirish  hisoblanadi. Bu, zotli, qimmatbaho, sermahsul erkakhayvonlardan 
o ‘n,  yuz  baravar  k o ‘p  sam arali  fo yd a la n ish g a   va  jin siy  aloqa  vaqtida 
tarqaladigan  kasalliklarning  oldini  olishga  imkon  beradi.  Shuning  uchun 
hozirgi  paytda sun’iy qochirish  usuli  keng  qo'llanilmoqda.
Tabiiy qochirish tiplari.  Hayvonlarni tabiiy qochirishning  ikki  bachadon 
tipi va  qin  tipi mavjud.
Bachadon tipiga biyalar va cho'chqalarni qochirish kiradi.  Bu hayvonlarda 
koitus  davrida  urug‘  to ‘g ‘ridan-to‘g‘ri  hayvon  bachadoniga  tushadi.  Bu, 
hayvonlar jinsiy organlari tuzilishining anatomiyasi vafiziologiyasiga bog'liq.
Masalan:  Otlarni  qochirish  paytida  jinsiy  a’zo  bosh  qismidagi  peshcher 
tanasining  kuchli  kengayishi  tufayli  u  kattalashadi  va  zamburug'simon  shaklni 
egallaydi  va  urg'ochi  hayvon  qinining  kranial  qismini  to'liq  to'ldiradi.  Shunda 
eyakulyatsiya  vaqtida  urug‘  bachadon  bo'yinchasi  kanali  (servikal  kanal)  orqali 
to ‘g‘ri  bachadonga  purkaladi.  Urug‘ning  bachadonga  tushishiga  bachadon 
muskullarining qisqarishi ham yordam  beradi  (u shu  paytda  urug'ni  o'ziga so'rib 
oladi). Undan tashqari bachadon bo'yinchasi kanalining tuzilishi ham bunga yordam 
beradi, chunki uning muskullarida ko'ndalang burmalar yo'qligi sabab bo‘ladi.
4- jadval
0 ‘rtacha  bir erkak hayvondan  olin gan   u ru g ‘  bilan  qochirish
Hayvon  turi
T abiiy  qochirish 
(bosh  soni)
S un’iy  qochirish 
(bosh  soni)
Buqa
5 0 - 6 0
5 0 0 - 1 0 0 0
Q o 'c h q o r
100
1 0 0 0 - 2 0 0 0
C ho'chqa
1 0 - 1 5
2 0 0 - 3 0 0
A y g 'ir
2 0 - 4 0
2 5 0 - 3 0 0
C ho'chqalarda  esa  jinsiy  a’zoning  bosh  qismi  parm asim on  bo'lib,  u 
urg‘ochi hayvon  bachadon bo'yinchasiga kiradi.  Shunda urug' eyakulyatsiya 
va q tid a   to ‘g‘ ri  b a chad onga  to 'k ila d i  h am da  bachadon  m u s k u lla rin in g  
q is q a ris h i  u ru g 'n in g   b a ch a d o n g a   s o 'rilis h ig a   yo rd a m   b e ra d i.  T a b iiy  
qochirishning  bachadon tipiga kiruvchi  hayvonlarga quyidagi alom atlarxos:
1.  Ularda koitus davri uzoq cho'ziladi. Bu jinsiy a’zoning qin devorlari orasida 
qisilib qolishi tufayli sodir bo'ladi. Cho'chqalarda 7 daqiqadan 10 daqiqagacha. 
Otlarda faqatgina eyakulyatsiya  15— 30 soniya davom etadi, xolos.
2.  Eyakulyat  miqdori cho'chqalarda  1200  ml  gacha  bo'ladi.  O tlarda esa 
50— 120  ml  dan  200  ml  gacha  bo'lishi  mumkin.
3.  Eyakulyat tarkibida qo'shimcha jinsiy bez shiralarining  ko'pligi tufayli, 
uning tarkibidagi spermalarning siyrak bo'lishi.  O'rtacha  1  ml  urug' tarkibida 
100— 200  mln  sperm alar bo'ladi.
4.  Urug' va qo'shimcha jinsiy bezlar suyuqligining bir vaqtda ajralmasligi, 
ya’ni turli  bosqichlarda  ajralishi  (eyakulyatsiya asinxronligi).

5. 
Urg'ochi hayvon jinsiy organida spermalarning  uzoq yashay olmasligi 
va  boshqalar.
T a b iiy   q o c h iris h n in g   qin  tip ig a   kiradigan  hayvon  g u ru h ig a   kavsh 
qaytaruvchi  hayvonlar  kiradi.  Bularda  urug‘  eyakulyatsiya  davrida  qinga 
tushadi  va  undan  bachadon  bo'yni  kanali  orqali  bachadonga o'tadi.
Tabiiy  qochirishning  qin  tipiga  kiradigan  hayvonlar  uchun  quyidagi 
alomatlar xos:
1.  Koitus  davrining  uzoq  cho'zilmasligi.  Qo'chqor  va  buqalarda  koitus 
davri  1— 2  soniya  va  undan  ham  oz  bo'lishi  mumkin  (jinsiy  a’zoning  oxirgi 
qismi  qinga yuborilgandan  so'ng  bir qattiq  siltash  bilan  urug‘ to'kiladi).
2.  Eyakulyat  hajmining  kamligi.  Buqalarda  4— 5  ml,  qo'chqorlarda  1 —
1,5 ml.
3.  Qo'shimcha  jinsiy  bezlarning  kuchsiz  rivojlanganligi  tufayli  sperm a­
larning  urug'dagi  konsentratsiyasi  yuqori  bo'lishi  (1  ml  urug'da  1— 5  mlrd 
sperm alar bo'ladi).
4.  Eyakulyatsiya  davrida  qo'shim cha  jin siy  bezlar  ishlab  chiqargan 
sekretlarning  ajralishi  bir vaqtning  o‘zida sodir bo'lishi  (sinxronligi).  Bundan 
uretra  bezlarining suyuqliklari  ajralishi  mustasnodir,  chunki  ular jinsiy aktga 
tayyorgarlik ko'rish  davrida suyuqlik ajrata boshlaydi.
5.  Spermalarning  bachadon  bo'yinchasi  kanalida  uzoq  saqlanishi.  Bu 
yerda spermalarning yashashi  uchun jinsiy organlarning boshqa qismlariga 
nisbatan  qulay sharoitning  mavjudligi.
S un’iy  qochirishning  ahamiyati.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  hukumati 
q a ro rla rid a   c h o rva ch ilik  m ahsulotlarini  ko'paytirish  sohasida  qo'yilgan 
vazifalarni  amalga  oshirishda  qishloq  xo'jalik  hayvonlarini  mumkin  qadar 
ko'proq  qochirish,  ularning  naslini  yaxshilash,  mahsuldorligini  oshirish  va 
urg'ochi hayvonlar qisirqolishining oldini olish uchun ilmiyjihatdan asoslangan 
usullarni  ishlab  chiqish  talab  qilinadi.  Shu  munosabat  bilan  qishloq  xo'jalik 
hayvonlarini sun’iy qochirish ishlarini to'g'ri tashkil qilish juda katta ahamiyatga 
ega. Bu usul naslchilik ishida keng qo'llanilib, eng yaxshi natijalarga erishishga 
imkon  berm oqda.  S un’ iy  qochirish  usuli  qo'llanilganda  hayvonlar  zotini 
yaxshilash  va  mahsuldorligini  oshirish  uchun  eng  yaxshi  nasi  beradigan 
zotdor  erkak  hayvonlardan  maksimal  darajada  foydalaniladi.  Chunki  tabiiy 
qochirishda bir buqa bir yilda 50— 60 ta sigirni ta ’minlay olgani  holda, sun’iy 
qochirishda bir buqadan  olingan  urug' bilan 500— 1000 bosh va undan ham 
ziyod  sigir  qochiriladi.  Masalan,  1957-yili  Ukrainada  «Terezino»  stansiya- 
sidagi simemental zotli  Belyak laqabli buqadan olingan  urug' bilan to'rt yilda 
17597 bosh sigir qochirilgan. Amerikada Neptun laqabli Golshteyn Friz zotiga 
mansub buqa urug'i bilan  bir yilda 24767 bosh sigir qochirilgan.  Nevinnomis 
davlat naslchilik xo'jaligida 1957- yili vazni 134 kg va yiliga 21  kg jun beradigan
2— 57  raqamli qo'chqordan  olingan  urug' bilan  17680 bosh sovliq qochirilib, 
urug'langan  16958  sovliqdan  18414  bosh  qo'zi  olingan.  Shu  tariqa  tabiiy 
q o c h iris h d a   z a ru r  b o 'lg a n   bir  necha  yuz  q o 'c h q o r  o 'rn ig a   atigi  b itta  
qo'chqordan  foydalanilgan.  Demak,  sun’iy  qochirish  usuli  qo'llanilganda 
nasldor qo'chqorlarga bo'lgan ehtiyoj ancha kamayadi va qo'ylarni qochirish 
uchun  eng  yaxshi  qo'chqorlardan  unumli foydalanish  mumkin  bo'ladi.

Bundan  tashqari,  sun’iy qochirishda  hayvonlarda tabiiy  qochirish  tufayli 
tarqaladigan  kasalliklar  yuz  bermaydi.  Bu  kasalliklar  jumlasiga  yuqumli 
follikulyar vestibulit, trixomonoz, vibrioz, otlarning qochirish kasalliklari kiradi. 
Sog'lom hayvonlar bilan kasal hayvonlar aloqada bo'lganda quyidagi yuqumli 
kasalliklar  brusellez,  sil,  yuqumli  anemiya,  liptospiroz,  oksim  va  boshqalar 
tarqalishi mumkin. Sun’iy qochirishda erkak va urg'ochi hayvonlarning jinsiy 
aloqasi bo'lmay, tekshirilgan sog'lom erkak hayvondan olingan urug‘ maxsus 
zararsizlantirilgan  asbob  bilan  urg'ochi  hayvon  jinsiy  organiga  yuboriladi. 
Erkak va urg'ochi hayvonlar jinsiy organlarining normal fiziologik holati ustidan 
qattiq  nazorat  o'rnatiladi  va  kasal  hayvonlar tezda  aniqlanadi.  O'z  vaqtida 
yuqumli kasalliklarning oldini olish qishloq xo'jalik hayvon larining qisir qolishini 
kamaytiradi.
Demak,  bu  keng  tarqalgan  yuqumli  kasalliklardan  qishloq  xo'jalik 
hayvonlarini asrashda sun’iy qochirish usuli katta roi o'ynaydi. Sun’iy qochirish 
eng  samarali  usul  bo'lganligi  uchun  hozirgi  jamoat  chorvachiligi  shu  usul 
bilan olib borilishi zarur.
Endilikda sun’iy qochirishning afzalligi ko'pdan-ko'p amaliy tajribalar bilan 
isbotlandi. Hozirgi paytda ko'pgina mamlakatlarda bu usul bilan hayvonlarning 
jinsiy  yo'l  bilan  yuqadigan  kasalliklariga  qarshi  kurashib,  sigir,  qo'y  va 
cho'chqalarning  mahsuldorligi tez sur’atlar bilan  oshirilmoqda, otlarning  ish 
qobiliyati ko'tarilmoqda.
Naslchilik va sun’iy qochirish stansiyalarida hayvonlarning bir necha turlari 
ustida  keng tajriba ishlari olib borilib,  malakali kadrlar va maxsus binolardan 
samarali foydalanilmoqda.
Bunday  stansiyalar,  ilmiy  tekshirish  institutlari,  o'quv-tajriba  xo'jaliklari, 
davlat yilqichilik zavodlari, davlat zotli mollar yetishtirib tarqatadigan xo'jalik 
(rassadnik)lar,  hayvon  kasalliklariga  qarshi  kurash,  rayon  veterinariya 
stansiyalari  va  hokazolar  qoshida  tashkil  qilingan.  Ular  o'zlari  xizmat 
ko'rsatayotgan mintaqalardagi xo'jaliklami urug' bilan ta’minlab, sun’iy qochi­
rish punktlarining  ishini nazorat qiladilar. Xo'jaliklarda ishlatiladigan nasldor 
erkak  hayvonlarni  aniqlab  uning  avlodlariga  va  serpushtligiga  qarab 
baholaydilar. Xo'jaliklardagi hayvonlarni hisobga olib boradilar va erishilgan 
natijalarni yakunlaydilar.
O'zbekistonda  viloyat  va  tumanlarda  sun’iy  qochirish  stansiyalaridan 
tashqari,  respublika sun’iy qochirish  stansiyalari  ham tashkil qilingan.
Bular  zotli  erkak  hayvonlarning  urug'ini  olib,  uni  suyultirib,  muzlatib 
punktlarga jo'natib turishdan  tashqari,  barcha hayvonlarni  sun’iy qochirish, 
shuningdek,  naslchilik  ishlarini  uyushtirish  sohasidagi  nazariy-am aliy 
masalalarga doir ilmiy ishlar bilan shug'ullanadilar. Bunday stansiyalar barcha 
x o 'ja lik la r  singari  xo'jalik  hisobida  ishlam oqda.  Bu  stan siya la rn in g  
qimmatbaho  asbob-uskunalar  sotib  olish  hamda  binolar  ko'rish  uchun 
qilinadigan  sarflardan  tashqari  bevosita  ishlab  chiqarish  xarajatlari 
hayvonlarni  sun’iy  qochirish  evaziga  xo'jaliklardan  olinadigan  daromadlar 
bilan qoplanadi. Bu yerdagi hayvonlarni asrash qimmatga tushmasligi uchun 
ular o'zlarida yem-xashak etishtiradilar.

Umuman  qishloq  xo'jalik  hayvonlarini  sun’iy  qochirish  samaradorligi 
biologik
 va 
iqtisodiy
 shartlarga bog'liq.
Biologik —  samaradorlik  o'z  navbatida,  zootexnika  hamda  veterinariya 
xizmatlariga bog'liq  urug'lanish foizini oshirish;  nasldor erkak hayvonlardan 
olingan  nasllarni  hamda  xo'jaliklardagi  hayvonlaming  zotini  yaxshilashga, 
urg'ochi  hayvonlaming qisir qolishiga qarshi samarali chora-tadbirlar ishlab 
chiqarishga;  hayvonlarni  qochirishda  veterinariya-sanitariya  sharoitlarini 
yaxshilashga qaratilgan.
Iqtisodiy  xizmatlar  esa  har  bir  sigirni  tabiiy  qochirishga  nisbatan  sun’iy 
qochirishda  hamda  buqalarni  saqlash  va  boqishda  kam  xarajat  sarflash; 
ularning zotini yaxshilash tufayli mahsuldorligini oshirish; urg'ochi hayvonlarni 
yalpi  qisir qolishdan  saqlash,  xo'jaliklarda  ularni  befoyda  boqish  va  asrash 
uchun  sarflanadigan  xarajatlarni  keskin  kamaytirish;  mahsulotning  umumiy 
darajasini ko'paytirish va tannarxini arzonlashtirish, chorvachilikdan keladigan 
daromadlar miqdorini oshirishdan  iborat.
Sun’iy qochirish pirovard natijada chorvachilik xo'jaliklariga katta iqtisodiy 
foyda keltiradi. Katta xo'jaliklarda o'tkazilgan iqtisodiy tahlil shuni ko'rsatdiki, 
har erkin  tabiiy  usul  bilan  qochirilgan  sigir uchun  xo'jalik  1200— 1500  so‘m 
sarf qilsa, individual tabiiy qochirish uchun 600— 800 so‘m sarflaydi. Sigirlarni 
sun’iy yo‘l bilan qochirilganda bu xarajatlar ancha kamayadi. Xuddi shunday 
holatni  charvachilikning  boshqa  tarmoqlari:  qo'ychilik,  cho'chqachilik  va 
yilqichilik haqida ham  aytish  mumkin.
Sun’iy  qochirish  ishi  to ‘g‘ri  yo'lga  qo'yilgan  ko'pgina  chorvachilik 
xo'jaliklarida  urg'ochi  hayvonlaming  qisir  qolishi  kamayadi,  ularning  zoti 
yaxshilanadi va chorva samaradorligi  oshadi.

Yüklə 24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə