Rivojlantirish instituti a. R. Jabborov, S. S. Sotiboldiyev veterinariya akusherligi, ginekologiyasi va sun


- A M A L IY   M A S H G ‘U L O T



Yüklə 24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/40
tarix28.04.2017
ölçüsü24 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40

1- A M A L IY   M A S H G ‘U L O T
Darsning maqsadi: 
urg'ochi hayvonlaming turiga ko'ra jinsiy a’zolarining 
tuzilishi va topografiyasini o‘rganish.  Ularning  holatini va u asosida urg'ochi 
hayvonlaming  kuyukkanligini  aniqlash.
1 -to p s h iriq . 
Urg'ochi  va  erkak  hayvon  jinsiy  a’zosining  tuzilishini 
o'rganish.
Tekshirish  obyektlari  va  kerakli  jihozlar: 
turli  xil  urg'ochi  hayvonlar, 
yangi so'yilgan urg'ochi hayvon (sigir, qo'y, echki, urg'ochi cho'chqa va biya) 
jinsiy  a’zolari,  tos  suyaklari,  chizmalar,  mulyajlar,  urg'ochi  hayvon  jinsiy 
a’zolarining gistologik preparatlari, anatomik va jarrohlik qisqichlari, jarrohlik 
pichoqlari,  tig'i  to'g'ri  qaychilar,  jarrohlik  naychalari,  shprislar,  o'lchov 
jadvallari,  lupalar.  Richardson  sharlari, jarrohlik qo'lqoplari,  qin oynasi.
Q is q a c h a   u s lu b iy   k o 'r s a tm a . 
Dars  a k u sh e rlik  kafedrasining 
laboratoriyasida  yoki  klinikaning  manejida  olib  boriladi.  Dastlab  o'quvchilar 
rasm, chizma va mulyajlarga qarab turli xil urg'ochi  hayvon jinsiy a’zolarining 
anatomiyasi va topografiyasi bilan tanishadilar. Keyin yangi so'yilgan urg'ochi 
hayvondan olingan jinsiy a’zolarni ko'zdan  kechirib,  ularni o'rganishni davom

ettiradilar.  Asosan  jinsiy  a’zolarning  shakliga,  katta-kichikligiga  ularning 
konsistensiya siga  e’tib o r  beradilar.  U rg'ochi  hayvon  jinsiy  a’zolarining 
joylashishiga qarab tashqi va ichki qismlarga ajratadilar. Tashqi jinsiy a’zolarga 
(genitalia externa) jinsiy lablar, qin dahlizi va klitor kiradi,  ichki jinsiy a’zolarga 
(genitali  a interna)  qin,  bachadon, tuxum yo'llari va tuxumdon  kiradi.
Urg'ochi  hayvonning  jinsiy  a’zolari  chizma,  rasm,  mulyaj,  gistologik  va 
anatom ik  preparatlarda  o'rganilgandan  so‘ng,  sog'lom  hayvonning  tashqi 
va ichki jinsiy a’zolarini tekshirishga kirishiladi.  Qin  oynasi yordamida qin va 
bachadon bo'yinchasining qin tomoni tekshiriladi.  Bunda yosh va ko‘p tuqqan 
hayvonlarni jinsiy a’zolarining  katta-kichikligiga  e’tibor qaratiladi.
2- topshiriq.  Erkak hayvon jinsiy a ’zosini  tuzilishini  o'rganish.
D arsning  maqsadi:  Erkak  hayvon  ko'payish  a’zosining  to p o g ra fik 
joylashishi va anatomik tuzilishining  o'ziga xos  xususiyatlarini  o'rganish.
Tekshirish  obyekti  va  kerakli  jihozlar:  turli  xil  erkak,  yangi  so'yilgan 
erka k  hayvondan  olingan  jin s iy   a ’zo,  sxem alar,  rasm lar,  fo tosuratlar, 
mulyajlar,  jinsiy  a’zolarning  gistologik  preparatlari,  anatom ik  va  jarrohlik 
qisqichlar, anatomik pichoqlar, skalpellar, tig'i to'g'ri qaychilar, Kuper qaychisi, 
jarrohlik naychasi, qo'lqoplar, ignalar, siydik kateteri, shprislar, mikroskoplar, 
buyum  va  qoplag'ich  oynalar,  shisha  tayoqchalar,  limon  kislotasi  natriyli 
tuzining  2,9 foizli  eritmasi,  mikroskop  stolchasi  va  uning  maxsus  qizdirgich 
asbobi,  o'lchov jadvali,  lupalar,  turli  idishlar,  sirlangan  laganlar,  shtangen- 
sirkullar kerak bo'ladi.
Q is q a c h a   u s lu b iy   k o 'r s a tm a .  D ars  a k u s h e r lik   k a fe d ra s in in g  
laboratoriyasida yoki klinikaning manejida olib boriladi. Oldin o'quvchilar rasm, 
sxem a  va  mulyajlarga  qarab  turli  xil  erkak  hayvonlar  jinsiy  a ’zolarining 
anatomiyasi  va  topografiyasi  bilan  tanishadilar.  Keyin  ular  yangi  so'yilgan 
erkak hayvondan olingan jinsiy a’zoni o'rganishni boshlaydilar.  Bunda, tashqi 
ko'rinishdan bu jinsiy a’zolar qaysi  hayvonga mansub ekanligini aniqlaydilar 
va bu  organlarni  alohida qismlarga ajratadilar.
Jinsiy a’zolarni  o'rganish  va  uni  qismlarga ajratish  quyidagi  tartibda  olib 
boriladi:
a)  urug'don xaltasi:  tuzilishi,  pardalari;
b)  urug'don:  shakli,  konsistensiyasi,  kattaligi,  massasi,  topografiyasi, 
pardalari,  urug'don  tuzilishini  kesilgan  holda  o 'rg anadilar  va  gistologik 
preparatlarni  mikroskop ostida qaraydilar;
d)  urug'don  ortig'i:  bosh  qismi tanasi va  dumi;
e)  urug' yo'llari:  qon tomirlari,  nervlari,  pay va  muskullari;
f)  qo'shimcha  jinsiy  bezlar:  pufakchasimon,  prostata  va  kuper  bezlari, 
ularning  topografiyasi  kattaligi,  shakli  va  ular  rivojlanishining  hayvon  turiga 
ko'ra o'ziga xosligi;
g)  jinsiy a’zo: tanasi va  bosh  qismi;
h)  jinsiy a’zoning xaltasi  (preputsiya).
Erkak  hayvon  jinsiy  a’zolarini  sxema,  rasm,  mulyaj  va  yangi  so'yilgan 
hayvonlardan  olinib  tayyorlangan  preparatlarda  o'rgangandan  so'ng  tirik 
hayvonlar jinsiy a’zosi o'rganiladi.

3- 
topshiriq.  Sigir  kuyukish,  jinsiy  mayllik  va  ovulyatsiya  hodisalarini 
aniqlash.
Darsning  m aqsadi:  Sigirda  kuyukish,  jin siy  m ayllik  va  ovulyatsiya 
hodisalarini  aniqlash  usullarini  o'rganish.  Maxsus  jarrohlik  usullari  bilan 
sinovchi-buqalarni  (probniklar) tayyorlash.
Tekshirish obyekti va kerakli jihozlar: jinsiy sikl va erkak hayvon jinsiy 
a’zosining  chizmalar,  rasmlar  va  jadvallar,  hayvon  (erkak  va  urg'ochi  va 
sinovchi)lar,  maxsus yoritgich bilan jihozlangan qin oynasi, folkman qoshig'i, 
Pétri  idishi,  buyum  va  qoplag'ich  oynalar,  mikroskoplar,  fiziologik  eritma, 
sinovchi  buqalami  tayyorlash  uchun  kerak  bo'ladigan jarrohlik  asboblari.
Qisqacha uslubiy ko‘rsatma. Dars o‘quv-tajriba xo'jaligida, shirkat va fermer 
xo'jaliklari fermalarida, qushxonalarda va klinikada o'tkaziladi. O'quvchilar jinsiy 
siklning  paydo  bo'lishi,  ketishi  to‘g‘risida  qisqacha  tanishgandan  so'ng,  ular 
mustaqil  ravishda  jinsiy  siklni  klinik  va  laboratoriyada  tekshirish  yo'llari  bilan 
aniqlash  usullarini,  vazoyektom iya  o'tkazishni  va  sinovchi  —   buqalami 
tayyorlashni, yangi so'yilgan hayvondan olingan jinsiy a’zolarda o'rganadilar.
Jinsiy  qo‘zg‘alish  murakkab  jarayon,  unda  markaziy  va  periferik  nerv 
sistemasi  hamda bir necha  ichki sekretsiya  bezlari  ishtirok etishini,  urg'ochi 
hayvon jinsiy a’zosida ma’lum vaqtlar qaytarilib turishini, hamda jinsiy a ’zolar 
butun  organizmda  qo'zg'alishni  bir bosqichdan  ikkinchi  bosqichga o'tishida 
ro‘y  beradigan  fiziologik jarayonlarni  o'quvchilar o'rganishi  lozim.
T A K R O R L A S H   U C H U N   S A V O L L A R
1.  Hayvonlarning  jinsiy  yetilishi  nima  bilan  xarakterlanadi?  2.  Follikulalar 
q anday  paydo  bo'ladi  va  yetiladi?  3.  O vulyatsiya  qanday  sodir  bo'ladi?
4.  Follikulalarni yetilishi  va  rivojlanish  davrida tuxumdonda qaysi  gormonlar 
ishlab  chiqariladi?  5.  Sariq  tananing  funksiyasi  nimadan  iborat?  6.  Turli  xil 
hayvonlarning  jinsiy  mayllik  va  kuyukish  belgilari  qanaqa  bo'ladi?  7.  Sigir, 
sovliq, urg'ochi cho'chqa va biyalarda ovulyatsiya vaqti qancha davom etadi? 
8.  Jinsiy  sikl  va  jinsiy  mavsum  deganda  nimani  tushunasiz?  9.  Urg'ochi 
hayvon jinsiy yetilishining  neyrogumoral  boshqarilishini qanday tushunasiz? 
10.  Sperm alarning  hosil  bo'lishi va yetilishi qanday sodir bo'ladi?  11.  Urug'- 
don  qanday gormonlar  ishlab  chiqaradi?  12.  Urug'don  ortig'i  spermalarning 
yetilishi va saqlanishidagi ahamiyati nimadan iborat? 13.  Urug'don xaltasining 
sperm atogenez  uchun  muqobil  haroratni  saqlashdagi  aham iyati  qanday? 
14.  Q o'shim cha jinsiy  bezlarning  funksiyalari  nimalardan  iborat?  15.  Erkak 
hayvonning jinsiy reflekslari qanday namoyon bo'ladi?  16.  Erkak hayvon jinsiy 
organlarining  neyrogumoral boshqarilishi qanday sodir bo'ladi?  17.  Turli erkak 
hayvon  spermalarining  miqdoriy  ko'rsatkichlari  qanday  bo'ladi?  18.  Tovuq- 
lard a  o v u ly a ts iy a   ja ra y o n i,  tuxum ning  paydo  bo'lishi  q a n d a y   bo'ladi?
19.  Tuxum qo'yish jarayonida yorug'lik va harorat ta’siri qanday hosil  bo'ladi?
20.  X o'roz  sperm asining  ko'rsatkichlarini  bilasizmi?  21.  Parrandalarning 
tuxum yo'lida spermalarning otalanish xususiyatini saqlash muddatlari qancha 
bo'ladi?

III bob 
URUG‘ OLISHNING  FIZIOLOGIK ASOSLARI VA  USULLARI
Zotli  erkak  hayvonlardan  urug‘  olish  katta  ahamiyatga  ega.  Agar  urug‘ 
yaxshi  yo'llar  bilan  olinmasa,  u  holda  uning  sifati  yuqori  bo'lmaydi,  sifatsiz 
urug' bilan urg'ochi hayvonlarqochirilganda, yaxshi natijaga erishib bo'lmaydi. 
Urug‘ olishda quyidagi shart-sharoitga  amal  qiiish  kerak:
1)  eyakulyatning  hammasini  olib  isrof qilmaslik;
2)  urug'ni  ifloslamaslik;
3)  erkak  hayvonlarni  kasallika  chalintirm aslik  va jinsiy  a’zolariga  og'riq 
sezdirmaslik;
4)  urug‘  olish  usuli  oddiy va  keng  qo'llaniladigan  bo'lishi  kerak.
Sun’iy qochirish  usullarini ishlab chiqarish davrida urug' olishning turli xil
usullari  ishlab chiqarilgan,  bular orasida  quyidagilar bor:
1.  Qin  orqali  urug‘  olish  (qinning o'zi orqali  urug1 olish va dengiz buluti 
(gubka)  yordamida  urug'  olish  mumkin);
2.  0 ‘retral  usuli  (masturbatsiya,  mexanik fistulali,  elektroeyakulyatsiya 
va sun’iy qinga  urug'  olish  usullari  kiradi);
3.  Xirurgik usul.
QIN  ORQALI  U R U G ‘  OLISH
Odatda,  bu  usul  bilan  urug'  olish  uchun  buqani  sigirga  tabiiy  holda 
(choptiriladi) qo'yiladi, so'ngra sigirning jinsiy qinidan  urug1 maxsus asboblar 
yoki bilan sidirib olinadi.  Bu usulning salbiy tom oni shundaki, urug1 o‘z sifatini 
ko‘p  jihatdan  yo‘qotadi,  ifloslanadi  va  aksariyat  hollarda  yuqumli  kasallik- 
larning tarqalib ketishiga sabab bo'ladi. Shuning uchun bu usul hozirgi vaqtda 
qo'llanilmaydi.
Gubka  yordamida  urug‘  olish.  Bu  ham  yuqoridagi  usul  kabi  olinadi. 
Lekin farqi shundaki,  bunda buqani sigirga qo'shishdan oldin sigirning qiniga 
yumshoq zararsizlantirilgan gubka qo'yiladi, so'ngra buqa irg'itiladi. Shundan 
so'ng  urug'  tushgan  gubka  olinib,  undagi  urug'  siqib  ajratiladi.  Birinchi  usul 
qanday kamchiliklarga ega bo'lsa,  bu usul ham shunday kamchiliklarga ega. 
Hozirgi  vaqtda  har  ikkala  usul  ham  qo'llanilmaydi.
Mexanik  usul.  Bu  usul  shunga  asoslanganki,  buqalarda  uning  urug'i 
yig'ilib turadigan ampulasi bo'ladi.  Urug' oluvchi kishi buqaning to'g'ri ichagiga 
qo'lini  tiqib,  shu  urug'  yig'ilib  turadigan  ampulani  asta-sekin  massaj  qiladi.

Massaj natijasida ampulaning muskullari bo'shashib, urug'ni urug‘ chiqadigan 
yo'lga tashlaydi.  Shu vaqt  ¡chida urug‘ toza  idishga yig'ib olinadi.
Bu  usul  bilan  urug'  olishdan  oldin  buqaning  jinsiy  organlarini  yaxshilab 
tozalash  kerak,  chunki  urug'ga  turli  xil  iflosliklar  tushishi  mumkin.  Bu  usul 
bilan  urug‘ olish yaxshi  irg‘iy olmaydigan yoki oyog'i  kasallangan buqalarda 
qo'llaniladi. Bunday buqalardan urug* olish oldidan, urug‘ oluvchining qo'llari, 
tirnoqlari yaxshilab yuqumsizlantiruvchi moddalar bilan tozalanishi zarur. Agar 
tirnog‘i yaxshi olinmagan bo‘lsa, u holda ichak shilliq pardalarini jarohatlashi 
mumkin va bu yuqumli  kasalliklarning tarqalishiga sabab bo'ladi.
Masturbatsiya  usuli. 
Bunda  qo‘l  bilan  erkak  hayvon  jinsiy  a’zosining 
bosh  qismi  terisi  uqalanishi  natijasida  eyakulyatsiya  refleksi  boshlanadi  va 
urug* ajraladi. Bu, ko'pincha it va tulkilardan urug1 olishda qo'llaniladi, chunki 
urg'ochisi turgan  xonada bu  hayvonlardan tez va qulay urug' olish  mumkin.
Elektro  eyakulyatsiya  usuli. 
Bu  usul  bilan  qishloq  xo'jalik  mollarining 
barcha turlaridan va parrandalaridan urug* olish mumkin. Bunday usul urug‘ 
olishga hali yaxshi o'rgatilmagan, chars mollardan  ham  urug1 olish  imkonini 
beradi.
Bu usul qo'llanilganda urug' ampulasining muskullari va nerv tolalari kuchli 
ta’sirlanib,  urug1  chiqariladi.  Buning  uchun  qo'chqorlarga  elektr  tokining 
kuchlanishi 2—4 v gacha,  buqalarga esa 8— 10 v dan  20—30 v gacha,  tok 
kuchi esa 500—700 ma bo'ladi. Bunday tok bilan ta’sir qilish vaqti-vaqti bilan 
bo'lib,  tokni  har 5  soniyada  o'tkazib,  5— 10  soniyadan  beriladi.  Elektrodga 
elektr  simini  ulab,  oxirgi  qismiga  qitiqlovchi  plastinkalar  o'rnatiladi.  Bu 
plastinkalar  orqali  buqaning  to'g'ri  ichagi  ichidan  urug'laming  tashqariga 
chiqishiga yordam beruvchi muskul va nerv tolalari qitiqlanadi. Natijada urug* 
urug' yo'li orqali tashqariga chiqariladi. Chiqayotgan urug1 maxsus idishlarga 
yig‘ib olinadi.  Bu  usulni  qo'llashda juda ehtiyot bo'lish  kerak. Chunki yuqori 
kuchlanishli tok erkak hayvonni  halok qilishi  mumkin.
Elektroeyakulyatsiya usuli nasldor erkak hayvonlardan ayrim sharoitlarda 
sun’iy qinga urug‘ olish  imkoni bo'lmagan paytlarda (tana og'irligi juda katta 
bo‘lganda, tuyoq kasalliklarida, bo‘g‘in, pay va muskullarning yallig'lanishida, 
jinsiy  a’zolarning  anatomik,  defektlarida  va  ularda  turli  shishlar  paydo 
bo‘lganida, jinsiy reflekslar tormozlanganda bu usuldan foydalanish mumkin).
Fistulali usul. 
Bunday usul amalda va nazariyada katta ahamiyatga ega. 
Bu  usul  buqalardagi  bor  urug'ni  yo'qotmasdan  toza  holda  olishga  imkon 
beradi. Bu usul bilan olingan urug‘ maxsus eritmalarda uzoq vaqt saqlanadi. 
Mollarni  urug'lantirishda buning ahamiyati  katta.
Bu  usul  bilan  urug' olish  uchun  buqaning orqa tomonidan  urug*  keluvchi 
yo‘l kesiladi va shu yerga maxsus fistula qo'yiladi, buqalar urg'ochi hayvonga 
irg‘ish vaqtida butun  urug1 fistula orqali  urug' yig'gichga qo'yiladi.
Xirurgik  usul. 
Bu  usul  bilan  nasldor  hayvonlami  bichish  davrida  yoki 
so'ygan paytda urug'don ortig'idan spermatozoidlarni olish tushuniladi. Bunda 
xirurgik yo‘l bilan olingan urug'don ortig'i maydalanib kesiladi va turli xil urug' 
suyultirgichlar  bilan  yuviladi.  Olingan  urug'  sifati  baholangandan  so'ng 
urg'ochi hayvon qochirilishi mumkin.  Bu usul bilan yovvoyi arxarlardan urug' 
olib,  birinchi  bosqichda mahsuldor qo'ylar zoti arxarmerinos yaratilgan.

Sun’iy  qin(vagina)  ga  urug‘  olish  usuli. 
Sun’iy  qinga  urug‘  olish  eng 
keng tarqalgan usullardan biri hisoblanadi. Sun’iy qin shunday tuzilganki, bu 
asbob  tabiiy  holda  urg'ochi  hayvonning  jinsiy  organi  qanday  harorat  va 
bosimga ega bo'lsa, shunga moslashtirilgan. Shuning uchun ham urug‘ olish 
vaqtida erkak hayvon hech narsani sezmagan holda urug‘ beradi (14- rasm).
1-  L A B O R A T O R IY A   M A S H G ‘U L O TI
S U N ’IY  Q O C H IR IS H   P U N K T L A R ID A   IS H L A T IL A D IG A N   E R IT M A L A R , 
T A M P O N L A R   V A   D O K A L I  S A L F E T K A L A R N I  T A Y Y O R L A S H .
Darsning maqsadi: 
Sun’iy qochirish punktlarida ishlatiladigan eritmalarni
tamponlarni va dokali salfetkalarni tayyorlash qoidalarini o'rganish va ularni 
hayvonlarni sun’iy urchitishda qo'llash.
Tekshirish  obyekti  va  kerakli  jihozlar: 
natriy  gidrokarbonat  (natriy 
bikarbonat,  nordon  tuz),  kimyoviy  toza  natriy  xlor  (osh  tuzi)  3  va  5  valentli 
limon  kislotasining  natriy  tuzi,  96%  li  rektifikat-spirt,  furatsilin,  furazolidon, 
vodorod  periksi,  bixromli  kaliy,  sulfat  kislotasi  (o'tkiri),  distillangan  suv  hajmi 
100, 500 va  1000 ml  li o'lchov silindrlari,  spirtomer,  apteka tarozisi, eritmalar 
solish  uchun  shisha  bankalar  yoki  kolbalar,  og‘zi  mahkam  berkitiladigan 
tampon solgichlar, doka, gigroskopik paxta, filtr qog‘ozi, hajmi 101 shisha banka.
Q isq ach a  u slubiy  k o 'rsatm a. 
Dars  kafedra  va  o'quv  punktining 
laboratoriyasida o'tkaziladi. 0 ‘qituvchi talaba va o'quvchilarga eritma, tampon, 
dokali  salfetka  va  qog'ozli  filtrlarni  tayyorlash  qoidalarini  tushuntirgandan 
so‘ng ular mustaqil ravishda natriy gidrokarbonatining  1  va 3% li, osh tuzining
0,9%  li,  limon  kislotasi  natriy  tuzining  2,9%  li,  70%  li  spirtni,  furatsilinning
0,02%  li,  furazolidonning  0,01%  li,  vodorod  periksining  3%  li  eritmalarini 
tayyorlaydilar. Shu bilan birga, ularqog'ozli filtr, tampon va dokali salfetkalar 
tayyorlashni o'rganadilar.
1% 
li  natriy  gidrokarbonat  eritmasini  tayyorlash. 
Oldin  distillangan 
suv qaynatilib,  uni 40 gradusgacha sovitiladi,  kerakli  rniqdorda har 1000 ml 
suv hisobiga 10 g kimyoviy toza natriy gidrokarbonat (natriy bikarbonat yoki 
ichimlik  sodasi)  olinib,  eritma  tayyorlanadi.  Natriy  gidrokarbonat  eritmasi 
urug'ni  baholashda  va  asboblarni  yuvishda  ishlatiladi.  Bu  eritmani  60 
gradusdan yuqori  darajada  isitish  mumkin  emas,  chunki  u  parchalanadi va 
urug'ni  baholash  asboblarni yuvishda yaroqsiz  bo'lib qoladi.
Natriy xlorning 0,9% li eritmasini tayyorlash. 
Toza sterillangan silindr 
yoki  manzurka  yordamida  kerakli  rniqdorda  distillangan  suv  o'lchab  olinib, 
sterillangan kolbaga quyiladi. Apteka tarozilarida 1  I suv hisobida 9 g kimyoviy 
toza natriy xlor (osh tuzi) tortib olinadi  va distillangan  suv quyilgan  kolbaga 
solib  yaxshilab  eritiladi.  So'ngra  kolba  og‘zi  tiqin  bilan  berkitilib,  suyuqlik 
qaynash darajasigacha olib boriladi. Agar natriy xlorid 0,9 g tabletka shaklida 
bo‘lsa, u vaqtda 1  I distillangan suvga 10 dona tabletka solinadi.  Distillangan 
suv  bo‘lmagan  taqdirda  ichimlik  suvi,  yomg'ir  suvi,  qor  suvi  olinadi  va  ikki 
marotaba qaynatilib, filtrlanadi.

Tayyorlangan natriy xlorning 0,9% li eritmasini og'zi mahkam  yopiladigan 
shisha  bankalarga  solib,  yangi  tayyorlangan  holda  (saqlash  muddati  1 
sutkadan oshmasligi  kerak) qoMlaniladi.
Natriy xlor eritmasi  ¡dish  va asboblarni  qaynatib,  sterilizatsiya qilinganidan 
so'ng shpris kateterlarni urug'yig'gichlarni spirt bilan yuqumsizlantirilgandan so'ng 
chayish uchun, qin oynalarini qinga yuborishdan oldin namlash uchun ishlatiladi.
Limon  kislotasi  natriy  tuzining 
2,9% 
li  eritmasini  tayyorlash. 
Buni 
tayyorlash  uchun  100  ml  distillangan  suv  olib,  unga  2,9  g  3  yoki  5  valentli 
limon kislotasi natriy tuzi solinadi. Eritmani tayyorlash uchun kerakli miqdorda 
distillangan  suv olinib,  uni  sterillangan  kolbaga  quyiladi  va og'zi  filtr qog'ozi 
bilan  berkitiladi.  Keyin  apteka  tarozisida  limon  kislotasi  va  natriy  tuzidan 
kerakligicha tortib olib, kolbaga solinadi va yaxshilab aralashtirib eritiladi. Eritma 
qaynab turgan suv hammomida 10 daqiqa sterilizatsiya qilinadi. Limon kislotasi 
natriy tuzining 2,9% li eritmasi saqlanayotgan urug'dagi spermalarning faolligini 
aniqlash  uchun 0,9%  li osh tuzi eritmasi o'mida ishlatiladi.
70%  li  spirt  tayyorlash. 
Eritma  tayyorlash  uchun  awalo  96%  li  spitrni 
silindrga  quyib,  spirtomerni  uning  ichiga  tushiriladi  va  darajasi  aniqlanadi. 
100 ml 70% li spirt tayyorlash  uchun 73 ml 96% li reftifikat spirtidan olib unga 
27  ml  qaynatib,  sovitilgan  distillangan  suv quyiladi va shisha tayoqcha  bilan 
yaxshilab  aralashtiriladi.  Tayyorlangan  eritmaning  quw ati  spirtomer  bilan 
aniqlanadi. 70% li spirt tayyorlashda quyidagi tenglamadan foydalaniladi:
96%-100
70% -x 
X= 70 " I 00=72,8  =  73
96
Tayyorlangan spirt og‘zi mahkam yopiladigan bankalarda saqlanadi. 70% 
li spirt shpris-kateter va urug‘ yig'gichlarni zararsizlantirish uchun  ishlatiladi. 
Idish va asboblar spirt bilan zararsizlantirilgandan so'ng, ularni ishlatilishdan 
oldin  spirt qoldiqlaridan tozalash  maqsadida natriy gidrokarbonatning  1% li 
eritmasi  bilan  yoki  osh tuzining  0,9%  li eritmasi  bilan 5—6 marta chayiladi.
Furatsilin  va  furazolidon  eritmalarini  tayyorlash. 
Furatsilin  tayyor­
lashda  osh  tuzining  0,9%  li  eritmasidan  foydalaniladi.  Buning  uchun  1  I 
qaynayotgan  suvga  9  g  natriy xlor va 0,2  g  furatsilin  eritiladi va  buni  2  kun 
mobaynida qo‘llash mumkin  (eritmani qorong'i joyda saqlash  kerak).
Furatsilin eritmasi bilan erkak hayvonning jinsiy a’zo xaltasi yuviladi, urug‘ 
olingandan so'ng sun’iy qin zararsizlantiriladi; hayvonlarni qochirishdan oldin 
va  keyin  texnik  osemenator  qo'llarini  yuqumsizlantiradi,  sigir  va  urg'ochi 
cho'chqalarni qochirishdan olin tashqi jinsiy a’zolari yuqumsizlantiriladi.
Furazolidon eritmasi ham xuddi furatsilin eritmasi singari tayyorlanadi (1
I osh  tuzining 0,9%  li eritmasiga 0,1  g furazolidon  aralashtirib eritiladi).
Perekis vodorodning 3%  li eritmasini tayyorlash. 
Buning  uchun 30% 
li pergidrolning suvdagi eritmasidan foydalaniladi. 90 ml qaynayotgan suvga 
10 ml pergidrol olinadi yoki  100 ml suvga 6 ta tabletka (1,5 g dan) gidroperit 
(perekis  vodorodi)  ning  ammiak  bilan  aralashmasi  (tarkibida  30—35% 
vodorod  perekisini  saqlaydi)  eritiladi.  Perekis  vodorodining  3%  li  eritmasi

bilan nasldor erkak hayvonlarning jinsiy a’zo, olatlari ichki tomondan  10 kunda 
bir marta yuviladi.
Xromli  eritma  tayyorlash.  10  I  distillangan  suvga  60  g  bixromli  kaliy 
eritiladi  va  ehtiyotlik  bilan  1  I  kuchli  sulfat  kislotasi  qo'shiladi.  Bu  eritmada 
urug‘  yoki  tuxum  sarig'i  qoldig'i  bilan  yomon  ifloslangan  idishlarni  24  soat 
m obaynida  saqlanadi.  Shundan  so‘ng,  idishlar  oqar  suvda  bir  necha  bor 
yaxshilab yuviladi,  distillangan  suv bilan  chayiladi va quritiladi.
Filtrlar tayyorlash.  Filtrlar toza steril filtr qog‘ozidan tayyorlanadi.  Steril 
qaychilar  yordamida  filtr  qog'ozl  to ‘rt  burchak  qilinib,  varonka  kattaligida 
kesiladi.  Har  qaysi  varaqning  ikki  qaram a-qarshi  burchaklarini  bir-biriga 
yaqinlashtirib bukiladi.  Hosil bo‘lgan burchak shisha varonkaga qo'yiladi.  Filtr 
qog'ozi og'zining uchlari varonka devorida 0,5 sm pasaytirilgan holda kesiladi.
Filtr  bilan  birgalikda  varonka  kolba  og'ziga  quyiladi  va  sekin  eritma  yoki 
suv quyilib filtrlanadi.
Filtrlaganda  eritmaning  filtr  qog'ozi  uchlaridan  ortib  ketmasligiga  e’tibor 
berish  kerak.  Eritma  filtrlangandan  so‘ng  tiniq  bo'ladi  va  turli  m exanik 
jism lardan tozalanadi.
Paxta tamponini tayyorlash.  Gigroskopik paxtadan yupqa qatlam  olib, 
undan katta bo'lmagan parcha ajratiladi va uning atroflari yumaloq bo'lguncha, 
qo‘l  kaftlari  orasida aylantiriladi.
K a tta   a sb o b la rn i  a rtis h ,  y u q u m s iz la n tiris h   uchun  q o 'lla n ila d ig a n  
tamponlarning  kattaligi  6— 7  sm  bo‘ladi,  kichik  asboblarni  artish  uchun  esa 
ularning  kattaligi 3— 4 sm  bo'lishi  kerak. Tayyorlangan tamponlarning  kattasi 
96%  li  spirt bilan  kichigi  esa 70%  li spirt bilan  namlanadi,  so'ngra siqiladi.  Bu 
tamponlar og‘zi mahkam yopiladigan tampon saqlagich bankalarda saqlanadi.
Q uruq  tam ponlar  esa  q o g ‘oz  xalta ch a la rd a   yoki  o g ‘zi  qog'oz  bilan 
berkitiladigan  shisha  bankalarga  solinib,  qurituvchi  shkaflarda  130°  haroratda
1,5 soat mobaynida sterilizatsiya qilinadi. Spirt shimdirilgan tamponlar qo‘l, asbob 
qo'ygich,  sun’iy  qin,  urug‘  yig'gich,  shpris-kateter,  qin  oynasi,  qisqich,  shisha 
tayoqchalar, termometrlar va boshqalarni yuqumsizlantirish  uchun  ishlatiladi.
Quruq steril tamponlar asbob-uskunalardan fiziologik eritma qoldiqlarini, 
vazelinni va spirtni  artib olish  uchun  ishlatiladi.

Yüklə 24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə