Rivojlantirish instituti a. R. Jabborov, S. S. Sotiboldiyev veterinariya akusherligi, ginekologiyasi va sun



Yüklə 24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/40
tarix28.04.2017
ölçüsü24 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40

Doka  salfetkalarni  tayyorlash.  Doka  2 0 x 3 0 ,  3 0 x 3 0 ,  yoki  4 0 x 4 0   sm 
ka tta lik d a   kesiladi.  U lar  dazm ol  y o rd a m id a   y u q u m s iz la n tirila d i.  T o ’ rt 
buklangan doka salfetkalari shisha idishlarga joylashtiriladi va og‘zi mahkam 
yopiladi. Dokasalfetkalarasbob-uskunalaryuzasidan suvtomchilarini olishda, 
buyum va qoplag'ich  oynalarni  artishda  ishlatiladi.
2 - A M A L IY   M A S H G 'U L O T
S U N ’IY  Q O C H IR IS H D A   IS H L A T IL A D IG A N   A S B O B -U S K U N A L A R N I
T A Y Y O R L A S H
Darsning  maqsadi.  Sun’iy  qin  qismlari  va  ularni  yig'ish  hamda  buqa, 
qo'chqor,  erkak cho'chqa,  ayg'irlardan  urug‘  olish  usullari  bilan  tanishish.

Tekshirish obyekti va  kerakli jihozlar:  buqa, qo'chqor, erkak cho'chqa 
va ayg'ir uchun mo'ljallangan turli xil sun’iy qinlar, urug‘ yig'gichlar va ularning 
isitgichlari,  urug‘  yig'gich  o'rnatiladigan  taglik,  natriy  bikarbonatning  3%  li 
eritmasi,  cho'chqa,  vanna  va  tog'oralar,  issiq  suv,  sun’iy  qin  va  asbob 
qo'ygichlar,  kornsang,  96%  li  spirt  shimdirilgan  paxta  tamponi  va  quruq 
sterillangan tampon, doka salfetkalar, turli qisqichlar, natriy gidrokarbonatning 
1%  li  eritmasi,  osh  tuzining  0,9%  li  eritmasi,  termometrlar  250— 500  ml  li 
alyumindan yasalgan yoki sirlangan krujkalar, shishali varonkalar, sterillangan 
vazelin,  qoldiq  eritmalarni  soladigan  idishlar,  suv  hammomi,  shishali  yoki 
plastmassali tayoqchalar, sochiq havo damlaydigan  kompressorlar,  rezinali 
balonlar  (dori  purkagich),  Richardson  sharlari,  buqa,  qo'chqorlardan  urug' 
olish  uchun  is h la tila d ig a n   m oslam alar,  c h o ‘chqa  tulu p la ri,  a yg 'irla rn i 
boylaydigan  asbob-anjomlar.
Q isq ach a  u s lu b iy   k o ‘rsatm a.  Dars  ka fedra  va  o 'q u v  p u nktinin g 
laboratoriyasida o'tkaziladi. Talaba va o'quvchilar katta bo'lmagan (5 kishilik) 
guruhlarga  bo'linib,  kerakli  jihoz  va  asboblar  bilan  ta ’minlanadi.  Ular  oldin 
sun’iy  qinning  qismlarini  o'rganadilar,  keyin  esa  o'qituvchilar  ularga  sun’iy 
qinni  yig'ish  qoidalarini  ko‘rsatadi.  Shundan  so'ng  har  qaysi  talaba  sun’iy 
qinni  mustaqil  yig'adi  va  nasldor erkak hayvonlardan  urug* oladi.
Buqa  uchun  moMjallangan  sun’iy qinning  1942- yilgi  nusxasi tashqi 
tomonidan qayishqoq  rezinali silindr,  ichki tomonida rezinali kamera bo'ladi. 
U  silindrga  kiygizilib,  ikki  tomoni  uning  ustiga  chiqarilib,  uchtadan  rezinali 
halqa  bilan  silindr  tanasiga  mahkamlanadi.  Silindrning  o‘rta  qism iga  suv 
solinadi voronkasimon patrubkateshigi bo'ladi.  Patrubkateshigigaebonitdan 
yasalgan jo'm rak o'rnatiladi va u orqali sun’iy qinga bosim hosil  qilish  uchun 
havo  dam lanadi.  S u n ’ iy  qin  uchlaridan  biriga  rezinali  ushlagich  bilan 
mahkamlangan  urug' yig'gich  o'rnatiladi.
Buqalar uchun  mo'ljallangan  qisqa  silindrli  sun’iy qin.  Polietilendan 
yasalgan  bir  marta  qo'llaniladigan  urug1 yig'gichni  qisqa  uzunligi  30  sm  ga 
bo'lgan silindrga o'rnatiladi.  Uning tomonlarining birida butun aylanasi bo'ylab 
diametri 8 mm keladigan 6— 8 ta teshik qilingan bo'lib, u eyakulyatsiya vaqtida 
sun’iy  qin  ichidagi  ortiqcha  bosimni  kompensatsiya  qilish  uchun  ishlatiladi
(15-  rasm).
¡ 
B u q a   u c h u n   m o 'lja lla n g a n  
silindri  ballonsim on  kengaygan 
sun’iy qin. Buning silindri alyumindan 
yasalgan bo'lib, kattaligi 2 5 0 x 6 5  mm
15- rasm.  Buqa  uchun  ishlatiladigan  sun’iy qin: 
A —  qisqa silindrli  bir marta  ishlatiladigan  urug' 
yig'gich;  B —  silindri ballonsimon  kengaygan 
sun’iy qin.

gateng bo'ladi. Silindrni ballonsimon kengaygan joyining kattaligi  160— 136 
mm,  toraygan  joyi  esa  60—68  mm.  Silindr  tanasida  sun’iy  qinga  suv 
quyadigan  teshikcha  va  uní  berkitadigan  rezinali  qopqoq  bo'ladi.  Sun’iy 
qinning  rezinali  kamerasi va urug‘ yig'gichi  bor.
Qo'chqorlar uchun  mo'ljallangan  sun’iy qinning  1942- yilgi  nusxasi 
qattiq  ebonitli  silindrsimon.  U  keng  og'izli  suv  solinadigan  patrubka,  ichki 
tomonidan  kiygiziladigan  rezinali  kamera va  urug‘ yig‘gichdan  iborat.
Erkak  cho'chqa  uchun  mo'ljallangan  rezinali  sun’iy  qin. 
U  rezinali 
silindr,  rezinali  kamera,  ebonitli jo'mrak o'rnatiladigan  patrubka teshigidan, 
urug‘yig‘gichni mahkam ushlabturadigan rezinali halqalardan va keng og'izli 
shisha  bankali  urug‘  yig'gichdan  yoki  bir  marta  ishlatiladigan  polietilen 
urug‘yig‘gichlardan  iborat bo'ladi.
Har qaysi erkak cho'chqaning jinsiy refleks davrida preputsiya xaltasidan 
chiqarilgan jinsiy a’zosining  kattaligiga sun’iy qin  kattaligi  mos  kelishi  kerak 
(uning  kattaligi 25 sm dan 40 sm gacha bo'ladi).
Ayg'ir  uchun  mo'ljallangan  sun’iy  qinning  1 9 5 2 -yilgi  nusxasi. 

alyuminli silindrdan  iborat bo'lib,  ichki tomonidan  rezinali  kamera kiygiziladi 
va  rezinali  halqalar  bilan  silindr  tanasiga  mahkamlanadi.  Silindr  tanasiga 
patrubka payvand  qilingan  bo'lib,  unda  havo chiqadigan  klapan  bo'ladi.  Bu 
patrubka  ayg'irlardan  urug'  olayotgan  paytda  sun’iy  qinni  mustahkam 
ushlashga  ham  yordam  beradi.  Urug'yig'gich  sun’iy  qinning  tor  tomoniga 
o'rnatiladi.
5 - jad val
Sun’iy qin  silindrlarining  hajmlari
N asldor  hayvon
U zu n lig i  (sm)
D ia m e tri  (sm)
B uqalar
3 0 - 5 0
8
Q o 'chq orlar
20
5 ,5
Erkak  cho'chqalar
2 6 - 4 1
8 - 9
A y g 'irlar
5 4
13
59
Sun’iy qinlarga qo'llaniladigan  urug' yig'gichlar.
Buqalar uchun mo'ljallangan sun’iy qinga ikki devorli shishadan yasalgan 
u ru g'yig'gich   yoki  bir  marta  is h la tila d ig a n   polietilen   (konussim on) 
urug'yig'gichlar  qo'llaniladi.  Polietilen  urug'yig'gichlar  ikki  variantda:  oddiy 
konussimon va probirkalar konussimon qobig'iga o'ralgan holatda qo'llaniladi.
Qo'chqor uchun  bir yoki  ikki devorli shishadan yasalgan  urug'yig'gichlar 
qo'llaniladi.  Ikki  devorli  urug'yig'gichning  oxirgi  bir  tomonida  konussimon 
chuqurcha  bo'lib,  unga  urug'  yig'iladi,  ikkinchi  tomonida  esa  devorlar 
oralig'idagi  bo'shliqqa  suv to'ldirish  uchun  varonkasimon  teshik  bo'ladi.  Bu 
teshik  orqali  qo'chqor  sun’iy  qiniga  o'rnatiladigan  urug'yig'gichga  50  mi, 
buqalarnikiga esa  100  mi  issiq  suv quyiladi.  Quyilayotgan  suvning  harorati 
35°—40°C  ga teng  bo'lishi  kerak,  chunki  urug'yig'gichda  urug'  olinayotgan 
paytda  (idish  devorlari  isigandan  so'ng)  harorat  30—35°C  ga  teng  bo'ladi.

Urug'yig'gich suv bilan to'lgandan so'ng, uning harorati o'Ichanadi va teshigi 
qopqoq  bilan  mahkam  berkitiladi.  Ikki  devorli 
u r u g ‘y i g ‘g i c h  
bilan  urug‘ 
olinayotgan  xona  harorati  18°  past  bo'lsa,  olingan  urug'ni  sovuq  ta’siridan 
saqlaydi.  Bir  devorli  (chiziqlar  bilan  bo'lingan)  urug'yig'gichlar  bilan  urug‘ 
olinayotgan xona harorati  18° dan yuqori  bo'lishi  kerak.
Erkak  cho'chqaga  ishlatiladigan  rezinali  sun’iy  qin  uchun  keng  og'izni 
hajmi  500— 1000  ml  bo'lgan  shisha  bankalar  urug'yig'gich  sifatida 
foydalaniladi. Olingan urug'ni ko'per bezi  suyuqligidan tozalash uchun ularga 
plastmassali  filtrlar  o'rnatilgan  bo'ladi.  Urug'  tashqi  muhit  harorati  18 
gradusdan past bo'lganda olinsa, urug'yig'gich bankalari ustiga paralonli issiq 
saqlovchi qoplagich  kiygiziladi.
Ayg'ir sun’iy qiniga o'matiladigan  urug'yig'gich rezinali qalin devorli idish 
bo'lib,  og'zi  keng stakanga o'xshaydi.
Shishali  urug'yig'gichlar  ishlatilishidan  oldin  iliq  toza  suvda  yuvilib, 
distillangan  suv bilan chayiladi va qaynatilib yoki elektr quritgich shkaflarda 
saqlanib, yuqumsizlantiriladi.  Bir marta ishlatiladigan polietilen  urug'yig'gich 
qisqa silindr bilan  birgalikda avtoklavlarda 0,5 atm.  bosimi ostida 20 daqiqa 
davomida sterilizatsiya qilinadi.
Rezinali  urug'yig'gichlar spirt shimdirilgan  tamponlar bilan  artib yuqum­
sizlantiriladi.
S u n ’iy  qinni  yig'ish. 
Sun’iy  qinning  hamma  qismlari:  silindr,  rezina 
kamera,  halqalar,  urug'yig'gichni  ushlab turgich,  mufta,  filtrlar,  cho'tka yoki 
paralon,  kapron  qirg'ichlar  yordamida  vannalarda  yoki  sirli  tog'oralarda 
bikarbonat  natriyning  3%  li  issiq  suvdagi  eritmasi  bilan  tozalab  yuviladi. 
Shundan  so‘ng  sun’iy  qin  qismlari  qaynoq  suvga solinib,  tozalab  chayiladi 
va sochiq yoki doka salfetka bilan quruq qilib artiladi. Silindrga rezina kamera 
shunday qo'yiladiki, uning silliq tomoni sun’iy qinning ichki tomoniga qaratilgan 
bo'lsin.  Kamera  tomonlari  navbat  bilan  silindr  oxiriga  qaytariladi  va  rezina 
halqalar (buqa, erkak cho'chqa va ayg'ir uchun mo'ljallangan sun’iy qinlarda) 
bilan  mahkamlanadi  (rezina  kamera  yangi  bo'lsa,  uni  yumshatish  uchun 
qaynoq  suvga solib olinadi).  Patrubka teshigi  ebonit jo'mrak bilan  yoki tiqin 
bilan  berkitiladi.
Sun’iy  qin  yig'ilgandan  keyin  uni  va  urug'yig'gichning  ushlagichini  yana 
sodali  eritma bilan yuviladi,  keyin  toza issiq  suv bilan  chayib artiladi.  Erkak 
cho'chqa uchun mo'ljallangan  rezinali sun’iy qinga mufta (urug' yig'gichning 
ushlagichi) birlashtiriladi.
Sun’iy  qinni  ishlatishdan  oldin  yuqumsizlantiriladi.  Avtoklavda  yoki 
qaynatib  yuqumsizlantiriladi.  Sun’iy  qinning  ikki  tomoniga  kanop  matodan 
tiqilgan qopqoq yoki ularni suv shimadigan qog'oz bilan o'rab, rezina halqalar 
bilan  mahkamlanadi.  Avtoklavda  105°C  haroratda  (0,3—0,5  atm.)  15—20 
daqiqa, sterilizatorda — 20 daqiqa yuqumsizlantiriladi.  Sterilizatorlardan va 
avtoklavlardan sun’iy qinni issiq holicha maxsus qisqichlar yordamida olinadi, 
suvi silkitilib, alohida shkaflarda saqlanadi.
Urug'  olishdan  oldin  ular yana qaytadan 20  daqiqa davomida qaynatilib 
yoki  96°li  rektifikat  shimdirilgan  tamponlar  yordamida  artilib,  yuqumsiz-

lantiriladi. Keyin sun’iy qin taglikka qo'yilib, patrubka teshigidan ebonitli jo'mrak 
yoki  tiqin  olinadi,  unga  varonka  o'rnatilib,  krujka  bilan  issiq  suv  qo'yiladi 
(6- jadval).  Shundan so‘ng,  patrubka teshigi yopiladi.
6- jadval
S u n ’iy   q i n l a r g a   q u y i l a d i g a n   s u v   m i q d o r i   v a   h a r o r a t i
Erkak  hayvonlar
Sun’iy  qin  nusxalari
Suv  m iqdori 
(ml)
Suv  harorati 
(*C)
B uqa   uchun
1 94 2 -  yilgi  nusxa
4 0 0 - 5 0 0
6 0 - 7 0
ballonsim on  kengaygan
1 2 0 0 - 1 5 0 0
5 0 - 5 5
qisqa  silindri
3 0 0
6 0 - 6 5
Q o 'c h q o r  uchun
1942-  yilgi
1 5 0 - 1 8 0
5 0 - 5 5
Erka k   cho'chqa  uchun
rezinali
3 0 0 - 4 0 0
6 0 - 6 5
A y g 'ir   uchun
alyuminli
1 5 0 0 - 2 0 0 0
5 0 - 6 0
Silindri ballonsimon kengaygan sun’iy qinlarning suv quyiladigan teshigini 
rezina tiqin bilan  mahkamlashda uni 35—45°C  li burchak hosil qilgan  holda 
qiyshaytiriladi.  Issiq suv quyilgan sun’iy qinlarni ishlatgunga qadar termostat 
shkaflarda 42—43°C haroratda saqlash  mumkin.
Urug‘  olinishidan  oldin  sun’iy  qinning  ichki  qismi  yuqumsizlantirilgan 
vazelin yoki urug'ni suyultirish uchun tayyorlangan sintetik muhit aralashmasi 
bilan  artilishi  kerak.  Buning  uchun  qinning  oxiriga  kiygizilgan  qopqoqcha- 
larning biri olinib, yuqumsizlantirilgan shisha yoki plastmassa tayoqcha bilan 
kamera yuzasiga yupqa qilib vazelin surtiladi.
Buqa  va  qo'chqor  uchun  sun’iy  qinining  bir  tomonidan  3— 4  sm  joyiga 
vazelin  surtilmaydi.  Bu  tomondan  qopqoq  olinib,  u  yerga  urug'yig'gich 
sterillangan ushlagich bilan berkitiladi. Buqa uchun qisqa silindrli sun’iy qindan 
ehtiyotlik bilan bir martalik urug'yig'gichning bir tomoni olinadi va to'g'rilanib, 
issiqlikni  saqlaydigan  jild  bilan  o'raladi.  Asseptik  urug'  olish  uchun  qisqa 
silindrli  sun’iy  qin  bilan  bir  marotaba  ishlatiladigan  urug'yig'gich  orasiga 
sterillangan  qog'oz filtr qo'yish  kerak.
Erkak cho‘chqa uchun sun’iy qinga 30—35°C haroratgacha isitilgan steril 
filtr bilan birga urug‘yig‘gich yoki bir martalik polietilen urug‘yig‘gich o'matiladi. 
Manej  harorati  past  bo‘lgan  hollarda  yoki  bir  martalik  urug'yig'gichlar 
ishlatilganda,  issiqlikni saqlaydigan jildlardan foydalanish  kerak.
Ayg'irlar uchun qisqa silindrli sun’iy qinga rezina urug'yig'gich o'matiladi. 
Buqa, qo'chqor va erkak cho'chqa uchun mo'ljallangan sun’iy qindan, kerakli 
bosim  hosil qilish  uchun  kompressor orqali,  Richardson sharlari yoki  rezina 
ballondan jo'mrakka o'matilgan  rezina naycha orqali  havo yuboriladi.
So'ng,  kameraning hamma tomoni bir-biri bilan tutashgan bo'lishi  kerak. 
Silindri  ballonsimon  kengaygan  buqa  uchun  va  ayg'ir  uchun  ishlatiladigan 
sun’iy qinning 1952- yilgi nusxasida havo yuborilmaydi, bularda kerakli bosim 
urug‘  olish  paytida  sun’iy  qin  qiyshaytirilganda  undagi  suv  hisobiga  hosil 
bo'ladi.

Urug‘ olishdan oldin sun’iy qindagi harorat yuqumsizlantirilgan termometr 
yordamida o'lchaniladi.  Sun’iy qindagi  harorat 40— 42°C  boMishi  kerak.
3- 
A M A L IY   M A S H G 'U L O T  
S U N ’IY  Q IN   O R Q A L I  U R U G ‘  O L IS H   T E X N IK A S I
Buqadan  urug‘ olish.  Buqadan maxsus xona (manej)da, steril asboblar 
yordamida  sanitariya-gigiyena  talablariga  rioya  qilgan  holda  urug‘  olinadi. 
Bu  ish  s u n ’iy  qochirish  te x n o lo g iya si  va  qishloq  x o 'ja lik   h ayvonla rin i 
ko'paytirish veterinariya-sanitariya qoidalariga asosan  bajariladi.
Urug‘  katta yoshdagi  buqalardan  haftasiga olinadi.  Ish  kuni  oralig'ida  15 
daqiqa  dam  berib,  2  marta,  18  oylik  buqalardan  esa  haftada  2  eyakulyat 
olinadi.  Urug‘  sun’iy  qin  yordamida  olinib,  har  bir  buqaga  kamida  ikkita  qin 
birkitiladi, tanasiga yoki silindriga buqaning laqabi yoki raqami yoziladi. Agar 
bir  buqaning  sun’iy  qini  ikkinchi  buqaga  ishlatilsa,  u  vaqtda  turli  yuqumli 
kasalliklarni  birdan  ikkinchisiga yuqtirish  mumkin.
Urug‘ olinadigan uy quyidagi xonalardan iborat bo‘ladi: urug' olib, sigirlarni 
qochiradigan  manej,  idishlarni  yuvish  xonasi,  spermalarni tekshirish  uchun 
laboratoriyalar  va  kuyukkan  hayvonlarni  saqlab  turuvchi  xonalar.  Manej 
havosi  urug“ olishdan  oldin  1— 1,5 soat bakteriosid  lampa  (BUV-30,  PRK-7 
va  boshqalar)  yordam ida  ultrabinafsha  nur  bilan  nurlantirilib  yuqumsiz- 
lantiriladi.  Keyin  urug'  uchun  bezarar bo'lgan  osh  tuzining  izotonik eritmasi 
(1:500 furatsilin yoki  1:1000 azidin eritmasi) bilan namlanadi.  Manejda havo 
harorati  18°C  dan  past  bo'lmasligi  kerak.  Urug'  olishdan  oldin  buqa  dush 
tagida cho'm iltiriladi yoki cho'tka,  PP-7 changyutgich  bilan tozalanadi.
Preputsiya  sodaning  2%  li  eritmasi  bilan  yuvilishi  va  steril  salfetka  bilän 
artilishi  kerak.  Manejga kirish  oldidan  buqaga steril fartuk taqiladi.
Buqadan  urug'  olishda  maxsus 
stanokdan  fo y d a la n ila d i.  B unday 
stanokka  kuyukkan  sigirni  quritib, 
unga  urug“  beruvchi  buqani  qo'yish 
yo'li  bilan  urug“ olinadi.
Urug“ olish uchun buqani buqaga 
irg'itish  ham  mumkin.  Bunda  sigir 
o'rniga stanokka urug' bermaydigan 
va  o ld in d a n   y a x s h i  o 'r g a tilg a n  
yuvosh  buqa  yoki  m axsus  tulum  
qo'yish  mumkin  (16-  rasm).
Buqadan  urug‘ olish  uchun,  odat- 
da,  stanokka  qo'yilgan  hayvonning 
ustiga  urug'  beruvchi  buqa  qo'yiladi 
va  buqa  sakragan  vaqtda  oldindan 
tayyorlab qo'yilgan  sun’iy qinni  urug' 
oluvchi  texnik  osemenator  40— 45° 
burchakda  ushlab  buqaning  jinsiy

a’zosiga to‘g‘rilaydi. Agar birinchi sakraganda urug‘ olib bo'lmasa, 2—3 daqiqa 
yurgizib (mation berib) yana irg'itiladi (17- rasm).
Shuni aytib o'tish  kerakki,  hali sun’iy qinga o'rganmagan buqa bir necha 
kun urug‘ bermasligi mumkin.  Uning uchun  buqa oldindan o'rgatilib boriladi.
Jamoa  va  davlat  xo'jaliklari  sun’iy  qochirish  stansiyalarida  bo'lgan 
buqalarni  hamma  vaqt  yuqumli  kasalliklarga  qarshi  tekshirib  turish  zarur. 
Stansiyaga  chetdan  keltirilgan  hayvonlarning  kiritilishi  man  qilinadi. 
Shuningdek,  urug'  beruvchi  buqalarning  chetdan  keltirilgan  yoki  fermada 
bo'lgan sigirlarga tabiiy holda qo'yish  mumkin  emas.
Stanokka qo'yilgan sigir va urug1 beruvchi buqani oldindan yaxshilab yuvib 
tozalanadi. Aks holda,  urug'qa mikroblar tushib,  uning sifatini  buzadi.
Urug'  olish  vaqtida  manejda  begona  odamlarning  bo'lmasligi  ma’qul, 
shuningdek,  qattiq  ovoz  bilan  gaplashish  ham  man  etiladi.  Chunki  buqa 
bezovtalanib, sifatli  urug' bermasligi  mumkin.
Urug1 olish  vaqtida  urug1 oluvchi texnik buqaning  o‘ng tomonida oldindan 
tayyorlangan  sun’iy  qinni  ushlab,  urug'  olishga  tayyor  turadi.  Sun’iy  qinni 
shunday  ushlash  kerakki,  u  yerga  nisbatan  40—45°  burchak  ostida  bo'lsin, 
urug1 yig‘gich yuqoriga qaratilgan holda turishi kerak.  Urug' olingandan so'ng, 
aksincha,  ushlanadi.  Shunday qilinmasa,  urug1 sun’iy qinning  ichiga to'kilishi 
mumkin. Buqadan urug1 olinayotganda sun’iy qinni o'ng qo'lda mahkam ushlab, 
chap qo‘l bilan buqaning jinsiy a’zosini sun’iy qinning og'ziga to‘g‘rilash kerak.

Shunga ehtiyot bo'lish kerakki, buqa urug‘ berayotgan vaqtda sun’iy qinga 
katta  zarba  bilan  sakraydi.  Shuning  uchun  sun’iy  qinni  mahkam  ushlab 
turilmasa,  qo'ldan otilib  ketishi  mumkin.
Urug' olib bo'lingach, tezlik bilan sun’iy qinning o'rtasiga joylashgan jo'mrak 
orqali  uning  ichidagi  havo  chiqarib  tashlanadi,  sun’iy  qinning  urug'yig'gich 
tomoniga  pasaytirib  ushlanadi  va  urug1  sifatini  tekshiruvchi  ish  uchun 
laboratoriyadagi  maxsus xonaga beriladi.
Buqadan 
urug' 
yo ‘li ampulasini massaj qilish usuli bilan urug‘ olish. 
Bunday usul yuqori sifatli  urug' beradigan buqalardan turli sabablarga ko'ra
— orqa oyoqlaridagi kasallik, jinsiy reflekslarning kuchsiz ko'rinishlarida sun’iy 
qinga urug1 olib bo'lmaydigan  sharoitdalarda qo'llaniladi.
Bunda  qo'lni  buqaning  to‘g‘ri  ichagiga  yuborib,  urug'  yo'li  ampulasi, 
puffaksimon bezlar va siydik jinsiy a’zolarining tos atrofi massaj qilinadi. Urug1 
olishdan oldin buqaning jinsiy a’zo xaltasi yuqumsizlantiriladi, ya’ni preputsiya 
teshigi atrofidagi junlar qirqiladi va uning bo'shlig'i osh tuzining 0,9% li eritmasi 
bilan yuviladi. Urug‘ yo'li ampulasining spermalar va qo'shimcha jinsiy bezlar 
suyuqligi  bilan  to'lishi  uchun  bunday  buqalar  oldiga  bir  necha  daqiqa 
davomida  sigirlarni  qo'yish  tavsiya  etiladi.  Keyin  buqaning  to'g'ri  ichagiga 
toza  yuvilgan,  dezenfeksiya  qilingan  va vazelin  surtilgan  qo'lni  20— 25  sm 
chuqurlikda yuboriladi.
To‘g‘ri  ichak  tezak  qoldiqlaridan  tozalanib,  siydik  jinsiy  yo'li,  siydik 
pufagining  bo'yin  qismi  paypaslab  topiladi.  Siydik  pufagining  bo'yin  qismi 
ustida  urug'  yo'li  ampulasi  joylashgan  bo'ladi,  uning  yon  tomonida  esa 
pufaksimon  bezlar  bo'ladi,  barmoqlami  sekin  harakati  bilan  urug'  yo'li 
ampulasi,  pufaksimon  qo'shimcha  jinsiy  bezlar  va  siydik  jinsiy  yo'li  2— 3 
daqiqa  davomida  massaj  qilinadi.  Urug'  ajratilgan  paytda  ikkinchi  shaxs 
buqaning preputsiyasida urug'yig'gichni qo'yib,  urug' olishi  kerak.
Qo'chqordan urug* olish. 
Jamoa va davlat xo'jaliklarida qo‘y va echkilarni 
sun’iy usulda qochirish uchun alohida doimiy yoki mavsumiy punktlar tashkil 
etiladi.  Bu  punktlar o'zida  asraladigan  qo'chqor  urug'idan  foydalanadi  yoki 
davlat stansiyalaridan  nasldor kuchkolaning  urug'ini sotib oladi.
Sun’iy  qochirish  punktlari  maxsus  binolarda  tashkil  etiladi.  Bu  punktlar 
laboratoriyadan,  manej  (sovliqlami  qochirish  bo'linmasi)dan,  sovliqlar 
turadigan binodan iborat. Laboratoriya va manej iliq va quruq bo'lishi undagi 
harorat  18—25°C orasida, o'rta hisobda esa 20°C  bo'lishi kerak. Qo'chqor- 
ning urug'i olinadigan, uning sifatini baholaydigan, olingan urug' saqlanadigan 
xonalar  veterinariya-sanitariya  talablariga  javob  berishi  shart.  Agar  urug* 
chetdan keltirilsa,  bu holda maydoni 8 m keladigan bitta urug' baholaydigan 
bo'lim  kifoya.  Bu  bo'limning  harorati  suyultirilgan  urug'  ishlatilganda  10°C 
dan,  suyultirilmagan  urug'  ishlatilganda esa  18—25°C dan  past  bo'lmasligi 
kerak.  Punkt yonida qo'ylaming soniga qarab,  qo'ralar qo'yiladi.
Sun’iy qochirish ishi boshlanishi oldidan nasldor qo'chqorlarni tanlash va 
tayyorlash, ularga sovliqlami biriktirib qo'yish, sinovchi qo'chqorlarni ajratish

va sun’iy qinga  urug'  bo'lishni  o'rganish,  qochiruvchi  texniklami  tayyorlash 
va boshqa zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur.
Qo'chqorlarni tanlash va ularga sovliqlarni biriktirib qo'yish ishini, naslchilik 
ishlari qanday maqsadda olib borilishiga qarab, rayon agrosanoat birlashmasi 
inspeksiyasining, davlat naslchilik stansiyasining va xo'jalik zooveterinariya 
mutaxassislaridan tuzilgan  komissiyasi  bajaradi.
Sovliqlarni  sun’iy  qochirishda  sog'lom  —  yuqumli  kassaliklardan  xoli, 
otarlardagi elita klassiga mansub eng yaxshi zot qo'chqorlardan foydalaniladi.
Qo'chqordan  urug‘ olish ham  xuddi buqadagidek bo‘lib, sovliq stanokka 
joylashtiriladi va unga qo'chqor qo'yiladi.  Urug‘ oluvchi texnik o‘ng tomonidan 
sovliqning  orqasiga  o'tadi  va  tayyor  sun’iy  qinni  o'ng  qo'li  bilan  ushlab, 
sovliqning tos suyaklari  balandligida tutadi. Qo'chqor sovliqqa sakraganida 
texnik chap  qo'li  bilan jinsiy a’zoning  teri  xaltasidan  ushlab,  uni  chaqqonlik 
bilan  sun’iy  qinga  to'g'rilaydi.  Urug'  to'kilgandan  keyin  sun’iy  qinning 
urug'yig'gich  o'matilgan  tomonini  pastga  qilib,  uning  jo'mragi  ochiladi  va 
undagi  havo  chiqariladi,  so'ngra  urug'yig'gich  sun’iy  qindan  olinib,  labora- 
toriyaga,  sun’iy qin yuvish  bo'linmasiga yuboriladi.

Yüklə 24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə