Rivojlantirish instituti a. R. Jabborov, S. S. Sotiboldiyev veterinariya akusherligi, ginekologiyasi va sun


C h o 'c h q a la rd a n   urug'  o lis h



Yüklə 24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/40
tarix28.04.2017
ölçüsü24 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40

C h o 'c h q a la rd a n   urug'  o lis h . 
Keyingi  yillarda  cho'chqani  sun’iy 
qochirishning samarali usuli ishlab chiqildi. Bunda zotli erkak cho'chqalardan 
yaxshiroq foydalanib,  urg'ochilarini tezroq urchitish imkoni yaratiladi.  Sun’iy 
qochirishda tez o'sib yetiluvchi, yaxshi semiradigan, serpusht avlod beruvchi 
toza  zotli  erkak cho'chqalardan  foydalaniladi.  Bu  punktlarda  ishlatiladigan 
hamma  erkak  cho'chqalarni  yuqum li  kasalliklarga  qarshi  emlash  va 
degelmintizatsiya qilish zarur.
Har  qaysi  erkak  cho'chqa  yaxlit  devor  bilan  to'silgan  keng  stanoklarda 
asralishi kerak. Nasldor erkak cho'chqalar har kuni ochiq havoda yayratiladi. 
Ularni qishda yayratish  uchun cho'chqaxona yoniga atrofi to'silgan  qo'ralar 
quriladi.  Cho'chqalar  lagerlarda  asralganida,  ularni  muntazam  yaylovlarga 
chiqarib turish  kerak.  Erkak cho'chqa  bilan  muloyim  muomala  qilish  zarur, 
qo'pol  muomaladan  ular  asabiylashib  ketadi.  Erkak  cho'chqani  qishda 
tozalab,  yozda  esa  cho'miltirib  turish  kerak.  Shu  bilan  birga,  ularning 
tuyoqlarini qirqib va chotlariga vazelin surkab turiladi.
Cho'chqalarni  sun’iy  qochirish  uchun  fermadagi  binoda  alohida  punkt 
ko'riladi  yoki  yog'och  uy  yasaladi.  Uyning  oldingi  devori  145  sm,  orqa 
devorining  uzunligi  135 sm,  yon  devorlari  170 sm  uzunlikda,  balandligi esa
2 m bo'ladi.
Cho'chqalarni  qochirish  uchun  uyning  orqa  devori  yoniga  35  sm 
balandlikda katak quriladi. Asbob-uskunalarni saqlash  uchun  uyning  ichida 
osma shkafcha bo'lishi shart. Bu uy cho'chqaxona yaqinida joylashib, erkak 
cho'chqalarning  urug'ini olish  uchun  yoniga tulum  (chúchelo)  qo'yiladi.
Tulumning  gavdasi  taxta  yoki  tunukadan  yasaladi.  Bu  tulum  cho'chqa 
shaklida  va  erkak  cho'chqaga  mos  keladigan  kattalikda  bo'lishi  zarur. 
Tulumning  sirtiga  kigiz,  linterpaxta  yoki  boshqa  yumshoq  material  qo'yilib, 
bo'rchakli joylari silliqlanadl, so'ngra pishiq to'qima yoki cho'chqa terisi  o'ralib 
taqiladi.

S un ’iy  qinni  o'rnatish  uchun  tulum ning  orqa  qism ida  diam etri  8  sm 
keladigan  to'garak teshik  qoldiriladi.  Irqitilayotgan  erkak  cho'chqa  sirpanib 
ketmasligi  uchun  tulum  salgina  qirralab  yasalgan  yog‘och  maydonchaga 
m ahkam lab  qo'yiladi..
Sun’iy qinni o'rnatish uchun tulumning ichiga uya va chap biqiniga darcha 
qilinadi. O'sha darchadan tulumning ichiga urug'yig'gichli sun’iy qin o'matiladi. 
Erkak cho'chqalarning  urug'ini  olish  uchun  buqalarga  md'ljallangandan 8—
10  sm  kichikroq  qilib,  yasalgan  sun’iy  qindan  foydalaniladi.  Urug'yig'gich 
sifatida 500— 800  ml urug' sig'adigan  keng bo'g'izli shisha banka ishlatiladi, 
bu  banka  buqalarning  sun’iy  qin  kamerasidan  olingan  rezina  mufta  bilan 
sun’iy qin silindriga tutashtiriladi. Urug'yig'gich urug' bilan to'lgan sari undagi 
havo tashqariga chiqib turishi  uchun  muftaga teshikcha qilinadi.
A.  V.  Kvasniskiy  erkak cho'chqaning  urug'ini  olish  uchun  tunuka qindan 
foydalanishni  tavsiya  qiladi.  Bu  silindrning  uzunligi  38  sm,  konus  shaklida 
ishlangan  bo'lib,  kirish teshigining diametri 6 sm,  chiqish teshiginiki  esa 3,3 
sm  bo'ladi.  Urug'yig'gich  ikki  qismga  bo'linib,  qo'shim cha  jinsiy  bezlardan 
chiqqan quyuq shira, pastki qismiga esa urug' joylanadi, ular o'rtasiga chiqarib 
olinadigan filtr qo'yiladi.
Erkak  cho'chqa  uchun  ishlatiladigan  sun’iy  qin  ham  buqalarniki  singari 
tayyorlanadi.  Uning  eyakulyatsiya  refleksi  15— 20  daqiqa  davom  etadi. 
Olingan  urug'  yuqum sizlantirilgan  va  bir  necha  qavat  qilib  taxlangan  toza 
dokadan o'tkazilib, erkak cho'chqaning qo'shimcha jinsiy bezlaridan chiqqan 
yopishqoq  shiradan tozalanadi.
U rg'ochi  cho'chqalarni  s u n ’iy  qochirish  uchun  sperm atazoidlarning 
harakatchanligini 6,0 balldan past bo'lmagan quyuq va o'rtacha quyuqlikdagi 
urug', shuningdek, spermalarning harakatchanligi 8,0 balldan past bo'lmagan 
suyuq  urug'  ishlatiladi.  So'ngra,  bu  urug'  tusi,  hajmi  va  quyuqligiga  hamda 
undagi spermalarning harakatchanligiga qarab, baholanadi.  Urug'ning hajmi 
m enzurka  bilan  aniqlanadi.  Yosh  erkak  cho'chqa  o'rta  hisobda  250  ml, 
yetilgan  katta cho'chqa 500— 800  ml  gacha  urug'  beradi.
Ayg'irlardan  urug'  olish. 
Ayg'irlardan  urug'  olish  uchun  ulami  kuyukkan 
biyalarga,  shartli  refleks  hosil  qilgandan  so'ng,  kuyukmagan  biyalarga  yoki 
tulum larga  choptiriladi.  Bu  vaqtda  biyalarni  urug'  olishga  halaqit  bermasligi 
uchun  dum i  asosidan  yarm ig a ch a   bint  bilan  o 'ra lis h i  kerak.  Biyalarni 
tayyorlagandan so'ng,  urug' olinadigan xonaga ayg'irni ikki otboqar sekin olib 
kiradi. Agar ayg'ir yuvosh bo'lsa, bitta otboqar ham olib kelishi mumkin.  Bunda 
texnik tayyorlangan sun’iy qin bilan biyaning o'ng tomonida. Undan 3— 4 qadam 
narida  turishi  lozim.  Ayg'ir  biyaga  sakrashga tayyorgarlik  ko'rganida,  texnik 
chaqqonlik  bilan  harakat  qilib,  sun’iy  qinni  mahkam  boldiridan  ushlab,  uni 
biyaning sag'riga bosadi va chap qo'li yordamida sekinlik bilan ayg'irning jinsiy 
a ’zosini  sun’iy  qinga  to'g'rilab  yuboradi.  Bunda  ayg'irning  jinsiy  refleksini 
torm ozlam aslik uchun jinsiy a’zoning  bosh  qismini  ushlamaslik  kerak.
Ayg'irlarning urug' to'kish muddati 1— 2 daqiqa bo'ladi.  Eyakulyatsiyaning 
oxirida jinsiy a’zoning ereksiyasi susayayotgan paytda, ayg'ir biyaning ustidan 
tusha  boshlaganda  sun’iy  qinni  sekinlik  bilan  urug'yig'gich  tomonini  pastga

qilib  tushirish  lozim.  Bu  paytda  sun’iy  qinni  jinsiy  a’zodan  chiqarib  olish 
mumkin  emas,  chunki  eyakulyatning  bir  qismi  isrof  bo'ladi.  Sun’iy  qinni 
vaqtidan  ilgari  qo'pol  ravishda  jinsiy  a'zolardan  olish  ham  hayvonni  juda 
bezovtalantiradi.  Yig'ilgan  urug'ni  darhol  urug‘yig‘gichdan  olib,  25—30°C 
isitilgan  menzurkaga  steril  dokadan  sizdirish  kerak  va  steril  qopqoq  bilan 
yopib qo'yish  lozim.
Ayrim sabablarga ko'ra, ayg'irlardan birinchi marta urug‘ olinmasa, ularni 
10— 15 daqiqa sayr qildirib, yana urug‘ olish uchun tayyorlangan biyalarning 
oldiga  kiriladi  va qaytadan  urug' olinadi.  Urug‘ olingandan so'ng,  ayg'irlarni 
bir necha daqiqa davomida sayr qildirish, sag'rini,  belini va oyoqlarini poxol 
tutami  bilan  uqalash  kerak.
QUYONLARDAN  URUG‘  OLISH
Darsning maqsadi. 
Sun’iy qinning tuzilishi. Erkak quyonlardan urug' olish 
usuli  bilan tanishish.
Tekshirish  obyekti  va  kerakli  jihozlar: 
kerakli  asbob  va  uskunalarni 
urug' olish uchun tayyorlash; quyonlar uchun qo'llaniladigan sun’iy qin; erkak 
va urg'ochi quyonlar solingan  kataklar.
Qisqacha  uslubiy  ko'rsatma. 
Erkak  quyonlardan  urug'  olish  uchun 
maxsus shishadan yasalgan  qin  qo'llaniladi.  Sun’iy qin  ikki qavatdan  iborat 
bo'lib, ular orasiga iliq, harorati 42°C bo'lgan suv solinadi. Erkak quyonlardan 
urug'  olish  uchun  chap qo'l  bilan  urg'ochi  quyon  ushlanib,  katakdagi  erkak 
quyon  yoniga  uzatiladi.  Keyin  chap  qo‘l  bilan  urg'ochi  quyonni  bo'ynidan 
sekin silab, o'ng qo'l bilan oldindan tayyorlangan sun’iy qin ushlanadi.  Erkak 
quyon  jinsiy  aloqa  qilishni  boshlaganida  urg'ochi  quyonni  orqa  oyoqlari 
orasida o'ng qo'lning  ko'rsatkich va bosh  barmoqlari bilan  ushlangan  holda 
joylashtirilgan sun’iy qin erkak quyonning jinsiy a’zosiga to'g'rilanadi.  Erkak 
quyon  urug' chiqargan  paytda qattiq  silkinadi  yoki  chiyillab  ovoz chiqaradi. 
Odatda, bir erkak quyondan 5— 10 daqiqa oralig'ida ikki marta urug' olinadi, 
bundan tashqari 1993- yilda V.  N.  Pomitka, A. V. Vladimirova, Yu. A. Grache­
va  tavsiya  etgan  elektr  quvvati  bilan  ishlaydigan  sun’iy  qindan  ham 
foydalaniladi.
QISHLOQ  XO'JALIK  PARRANDALARIDAN  URUG*  OLISH
Darsning  maqsadi. 
Nar parrandalardan  urug' olish.
Kerakli jihozlar: 
kerakli asbob-uskunalar, urug' olish uchun tayyorgarlik: 
polietilen yoki shishadan yasalgan  urug'yig'gichlar va boshqalar.
Q is q a c h a   u s lu b iy   k o 'rs a tm a . 
Urug'  olishdan  10— 30  kun  oldin 
parrandalarning  xo'rozlari  (narlari)  urg'ochi  parrandalar  ajratilib,  yayrash 
maydonlari  bo'lgan  parrandaxonalarda  boqiladi.  Xo'roz,  erkak  o'rdak  va 
g'ozlardan  urug'  olish  uchun  ularni  belidan  dumiga  qarab,  5— 10  daqiqa

massaj qilinadi. So'ngra bosh va ko'rsatkich barm oqlaryordam ida qorinning 
pastki qismi to ‘sh suyagidan orqaga qarab 4— 5 marta yengil massaj qilingan 
jinsiy  organni  ereksiyasi  sodir  bo'ladi.  Urug‘  maxsus  urug'yig'gich  (chetlari 
silliq va tekis kichkina shisha idish, probirka va boshqalar)larga yig'iladi.  Erkak 
g'ozlardan  urug‘  maxsus  elektro  urug'yig'gich  orqali  olinishi  ham  mumkin. 
Bu  asbob  kloakaga qo'yiladi.
Nar  kurkalardan  urug'  olish  uchun  ularning  urg'ochi  (m oda)laridan 
foydalaniladi,  y a ’ni  ular  tur  bilan  qoplangan  maxsus  kataklarda  solinib, 
erkaklariga  yaqinlashtiriladi.  Bunday  paytda  erkak  kurkalarda  tezda  jinsiy 
q o ‘zg‘alish  kuza tila di.  Shundan  u lar  qornining  yum shoq  qism i  yengil 
silanganida tezda urug' ajratishi  kuzatiladi.
Urug‘  uzunligi  5  sm,  eni  1,5  sm  bo'lgan  shisha  probirkalarda  yig'iladi. 
Erkak qishloq xo'jalik parrandalaridan urug' olinayotganda, xonaning harorati 
18— 20’C iliq bo'lishi kerak. Odatda erkak parrandalarni mazkur muolajalarga 
o'rgatib,  ularda  massaj  va silashga  shartli  jinsiy  reflekslarni  paydo  qilishga 
erishiladi.
TAKRORLASH  UCHUN  SAVOLLAR
1.  S u n ’iy  qinning  tuzilishi  n im a g a   asoslan gan?   2 .  S u n ’iy  qin  qan day 
qismlardan  tuzilgan?  3.  Buqa,  q o ‘chqor,  erkak  cho'chqa,  ayg'ir  va  erkak 
quyonlar  sun’iy  qinining  bir-biridan  farqi?  4.  Sun’iy  qinni  yig'ish  qoidasi?
5.  S un’iy  qinni  urug'  olishga  tayyorlash  qoidasi?  6.  Erkak  hayvonni  sun’iy 
qinga  urug'  berishga  qanday  tayyorlash  kerak?  7.  Buqadan  urug1  qanday 
olinadi?  8.  Qo'chqorlardan  qanday  urug‘  olinadi?  9.  Erkak  cho'chqalardan 
urug'  q an da y  olinadi?  10.  Ayg'irlardan  urug'  qanday  olinadi?  11.  Erkak 
quyonlardan qanday urug' olinadi?  12.  Parrandalardan urug' qanday olinadi? 
13.  Aseptik urug'olish uchun qanday qoidalarga rioyaqilish kerak? 14.  Erkak 
hayvon sun’iy qinga urug' berm agan holda nima qilish kerak? 15.  Urug' olinib 
bo'lgandan  so'ng,  sun’iy qin  qanday tozalanadi?

IV  b o b  
URUG'NING  FIZIOLOGIYASI  VA  BIOKIMYOSI
SPERMALAR  FIZIOLOGIYASI  VA  UNING  SIFATINI  BAHOLASH
Hayvonlardan olingan urug'ni urg'ochi hayvon jinsiy a’zosiga yuborishdan 
oldin uning sifatini tekshirib qanday urug‘ bilan urug'lantirilganini bilib, so'ngra 
uni  suyultirish  mumkin.  Urug'ning sifati quyidagi yo'llar bilan tekshiriladi.
Urug'ning  ko'rinishi,  quyuq-suyuqligi va  harakatchanligi,  spermalar soni 
tirik va o'lik spermalar sonining havo almashtirish  qobiliyati chidamliligining 
tashqi  muhitda maxsus eritmalarda yashash  qobiliyati.
Urug‘  sifatini  baholashning  ikki: 
o r g a n o le p tik
  yoki 
m a k ro s k o p ik
  va 
m ik ro s k o p ik
  usuli  mavjud.  O rganoleptik  baholashda  uning  hajmiga, 
konsistensiyasiga,  rangiga va hidiga qarab  baho beriladi  (7- jadval).
H a j m i .   Urug'ning  hajmi  maxsus  o'lchov  idishlarda,  menzurkalarda 
0
‘lchab  ko'riladi.  Agar  urug'ning  hajmi  o'rtachadan  kam  bo‘lsa,  buqaning 
jinsiy a’zosi  biror-bir kasal  bilan  kasallangan,  deb  hisoblanadi.
K o n s i s t e n s i y a s i .   Qo'chqor,  buqa va xo'rozlarning  urug'lari quyuq, 
qaymoqsimon yoki qaymog'i olinmagan sutga o'xshash; tuya, ot, cho'chqa, 
quyon va itlarning  urug‘i suyuq qaymog'i olingan  sutga o'xshash  bo‘ladi.
R a n g i .   Qo'chqor  urug'ining  rangi  oq  sariq,  xo'roz  va  buqa  urug'ining 
rangi oq, boshqa hayvon urug'ining rangi sutning zardobiga o'xshash bo'ladi.
H i d i. Normal urug'ning hidi aynigan tuxumning hidi yoki kuchsiz sarimsoq 
hidiga  o'xshash  (qo'chqor)  yoki  yangi  sog'ib  qaynatilgan  sutning  hidi  kabi 
bo'ladi  (buqa).
Urug‘ olinayotgan vaqtda buqa jinsiy sog'lom bo'lmasa, urug'ga qon, yiring 
yoki  siydik  va  boshqa  moddalar  aralashgan  bo'ladi.  Ana  shu  moddalar 
aralashm asi  bo'lgan  urug‘  sifatsiz  deb  top ilad i  va  qochirish  uchun 
ishlatilmaydi.
M i k r o s k o p i k   b a h o l a s h .   Urug'ning  yaroqli  va  yaroqsizligini 
mikroskop  yordamida  ko'rib  baholash  mumkin.  Buning  uchun  tozalangan 
maxsus  buyum  oynasini  olib,  unga  shisha  tayoqcha  bilan  bir tomchi  urug' 
tomiziladi  (18-  rasm).  So'ngra  uning  usti  ehtiyotlik  bilan  maxsus  qoplagich 
oyna bilan yopiladi.
Mikroskop  ostida  urug'  ko'rilayotganda  uni  39°— 40°  issiqlik  beradigan 
Morozov stolchasi  bilan  isitib turish  kerak.  Chunki  issiqlik yetarli  bo'lmasa, 
spermalar harakat qilmaydi. Morozov stolchasi dumaloq shaklda, ikki devorga 
ega  bo'shliq  bo'lib,  o'rtasida  teshik  bor.  Bu  teshik  orqali  urug'  tomizilgan 
buyum oynasi yoritib turiladi. Shu stolcha ichiga 40°— 42° li issiq suv solinadi.

So'ngra  mikroskopga  Morozov  stolchasini  qo'yib,  ustiga  urug'  tomizilgan 
buyum oynasi qo'yiladi va urug'ning harakati tekshiriladi.  Urug‘ m ikroskopda 
ko'rilayotganda,  obyektivni 40 ga, okulyarni esa 7 ga qo'yish  kerak.  Shunda 
urug'ning  hajmi  280  baravar katta bo'lib ko'rinadi.
18- rasm.  Urug'ning  mikroskop  ostida  ko'rinishi.
7 - jad val
Urug'  sifatini  baholash
N asldor
hayvonlar
Eyakulyat  hajmi
1  ml  urugdagi 
sperm alar  soni  (mlrd)
Q
o
'l
la
n
is
h
g
a
 
m
o
'lj
al
la
ng
an
 
u
ru
g
ni
n
g
 
a
k
tiv
li
g

10
 
b
a
ll
 
s
is
te
m
a
s
id
a
Pat
a
lo
g
ik
 
s
p
e
rm
a
la
rn
in
g
 
maksim
al, 
miqd
ori 
%
Y
e
m
a
k
s
im
a
l, 
miq
do
ri 
%
o'rtacha
maksima!
o 'rtacha
maksimal
Buqa
4 - 5
20
1 - 2
6
8
18
2
Q o 'c h q o r
1 - 2
5
2 - 4
8
8
14
2
C ho'chqa
2 5 0
1200
0 , 1 - 0 , 2
1
7
20
10
A y g 'ir
5 0 - 1 0 0
6 0 0
0 , 1 - 0 , 2
0,8
5
25
10
Urug'ning  issiqlikdan  o ‘lib  ketmasligi  yoki  sovuqdan  harakatsiz  b o ‘lib 
qolm asligi  uchun  suv  solingan  stolcha  yonidagi  teshik  orqali  kim yoviy 
term om etr yordam ida issiqlik darajasi o'lchab turiladi. Agar suvning  harorati 
+40°— 41°  dan  past  bo‘lsa,  u  holda  uni  isitish  zarur,  aksincha  issiq  bo‘lsa, 
sovitish  kerak bo'ladi.
Urug'ni m ikroskopda ko'rayotganda asosan uning soni va harakatchanli- 
giga  e’tibor  beriladi.  Odatda  urug'ning  quyuqligi  va  harakatchanligini  ko‘z 
bilan  aniqlab  bo'lm aydi.  Urug*  m ikroskopda  ko'rilganda  sperm alarning 
orasida bo'shliq bo'lmasa, bunday urug‘ guyughisoblanadi. Bunda,  ikki dona 
sperma orasida uchinchisi uchun joy bo'lmasin. Bunday holda bir ml urug'ning 
ichida  1  milliard  dona sperma  bo'ladi.
Agar urug'lar bir-biriga tegib, ular orasida ikkinchi urug' sig'adigan bo'shliq 
bo'lmasa,  bunday urug' 
o'rta hisobdagi quyuq u ru g
'deb baholanadi.  Bunday 
suyuqlikdagi  urug'  tarkibida spermalarning  soni  0,5  mlrd  dan  1  mlrd gacha 
bo'ladi.

Suyuq (siyrak) urug‘ deb shunday uruqqa aytiladiki, spermalarning orasida 
ancha  bo‘sh joy  bo'lib,  ular bir-birining  orasidan  bemalol  o‘taveradi.  Bunda 
bir ml  urug'ning  ichida  1  milliard  dona spermalar bo'ladi.
Agar urug'lar bir-biriga tegib, ular orasida ikkinchi urug‘ sig'adigan bo'shliq 
bo‘lmasa, bunday urug‘ o‘rta hisobdagi 
quyuq urug
‘ deb baholanadi.  Bunday 
suyuqlikdagi  urug'ning tarkibida sperm alar soni 0,5 mlrd dan to  1  mlrd gacha 
bo'ladi.
Suyuq (siyrak) urug‘ deb shunday urug'ga aytiladiki, spermalarning orasida 
ancha  bo'sh  joy  bo'lib,  urug'lar  bir-birining  orasidan  bem alol  o'taveradi. 
Bunday  holda  bir  ml  urug'ning  ichida  0,5  milliarddan  kamroq  spermiyalar 
bo'ladi.  Urug'ning ichida hech qanday sperm alar uchramasa bunday urug'ni 
asperm iya
 (spermasiz) deyiladi va A harfi bilan  belgilanadi,  qochirish  uchun 
ishlatilmaydi.
Urug'ning  quyuq  yoki  suyuqligi  bilan  birga  uning  harakatchanligini  ham 
aniqlash  kerak.  Sperm alarning  harakatchanligi  o'n  balli  sistem a  bilan 
aniqlanadi.  Har bir ball  10% ga yoki  birga teng.
Mikroskop  ostida  ko'rilganda  sperm alarning  ko'p  qismi  doira  shaklida 
aylanib yursa  ham  unga  ball  beriladi.  Harakatsiz  sperm alar o'lik  spermalar 
(n ekro sp erm iya )  deyiladi  va  N  h a rfi  bilan  b e lg ila n a d i.  B unday  urug' 
hayvonlarni  qochirishda ishlatilmaydi.
Agar mikroskop ostida qaraganda sperm alar tebranm a  harakat qilsa,  u 
vaqtda  bunday  spermalarni 
te b ran m a  h a ra k a td a g i s p e rm a la r
 deyiladi  va T 
harfi  bilan  belgilanadi,  bunday  urug'ni  ham  ishlatish  mumkin  emas.
Agar hamma spermalar to'g'ri chiziq bo'ylab harakat qilsa (100%), bunday 
urug'ga  10,0  ball  beriladi,  agar  90%  i  harakatda  bo'lsa,  9,0  ball,  80%  i 
harakatda  bo'lsa,  8,0  ball  beriladi  va  hokazo.  Urug'ning  quyuqligi  o'rtacha 
quyuqlikdan  kam  va  harakatchanligi  7,0  balldan  past  bo'lm agan  urug'lar 
qochirish  uchun 
yaroqli
 deb  hisoblanadi.
Shunday qilib, yangi olingan urug' birinchi ikki ko'rsatkich bilan baholanadi 
yoki boshqacha qilib aytganda, quyuqligi va harakatchanligiga qarab, yaroqli 
va  y a ro q s iz lig i  an iq la n a d i.  B uqa  u ru g 'in in g   quyuq  y o ki  s u y u q lig i  va 
harakatchanligini  18-jadvaldan  qarab  tuzish  mumkin.  K  —   harfi  urug'ning 
quyuqligini  ko'rsatadi,  U  —   harfi  urug'ning  o'rtacha  quyuqligini,  S  —   harfi 
esa  urug'ning  siyrakligini,  N  —   harfi  urug'ning  harakatsizligini,  T  —   harfi 
urug'ning  tebranm a  harakatini,  A  —   harfi  urug'da  sperm alarning  yo'qligini 
ko'rsatadi.
Urug'ning fiziko-kimyoviy va biologik xossalari. 
Urug' o'zining kimyoviy 
va  biologik  xossalariga  ko'ra,  tirik  organizmning  murakkab  suyuqliklariga 
kiradi.  Urug'  ikki  qismdan  tuzilgan  bo'lib,  zardob  va  sperm alarga  ajraladi. 
Urug'ning  zardobi,  o'z  navbatida,  urug'don  ortig'i  ishlab  chiqqan  va  siydik- 
tanosil kanali devorlaridagi qo'shim chajinsiy bezlarpufakchasim on, prostata, 
piyozchasimon  va  uretra  bezlarining  suyuqliklaridan  tashkil  topgan.
Urug' zardobi bilan spermalarning nisbati nasldor hayvon turiga, yashash 
sharoitiga  (oziqlanishiga,  saqlanish iga  va  ishlatilishiga)  va  urug '  olish 
texnikasiga  bog'liq.  Urug'don  ortigi  kanalining  kengaygan  qism ida  barcha

erkak hayvonlar spermalarning soni nisbiy ravishda organizmda bir xil bo'ladi. 
Masalan, ularning konsentratsiyasi  1  mi urug‘ hisobiga:  buqalarda 3— 4 mlrd, 
a yg 'irla rd a   esa  5  m lrd.  ga  yaq in .  1  mi  buqa  u rug'in ing   tarkibid a  esa 
spermalarning  soni  o'rtacha  0,8— 1,2  mlrd,  ayg'irlarda  100— 150  mln.  ga 
teng  bo‘ladi.  Bu,  shuni  ko'rsatadiki,  eyakulyatsiya  vaqtida  urug'don  ortig‘i 
kanalidagi  quyuq  sperm alar  massasi  qo‘shimcha  jinsiy  bezlar  suyuqliklari 
bilan  ayg'irlarda  30— 50  marta  suyultirilsa,  buqalarda  esa  faqatgina  4— 5 
marta suyultiriladi, xolos. Ayg‘ir va cho'chqalarning qo'shim cha jinsiy bezlari 
ko'plab suyuqlik ishlab chiqaradi va spermalar eyakulyatning juda oz qismini 
tashkil etadi: ayg'irlarda 1,75— 2% cho'chqalarda —  5,7% bo'lsa, buqalarda 
spermalar eyakulyatning o'rtacha 14% ini, qo'chqorlarda 30% ini tashkil qiladi.
E y a k u l y a t   h a j m i  —  bu erkak hayvoning bir marta irg'igan  paytdagi 
chiqargan  urug‘  m iqdori.  Bu  hayvon  turi,  oziqlanishi,  saqlanishi,  tabiiy 
qochirish  tipi va qo‘shim cha jinsiy bezlar ishlab chiqqan  suyuqlik miqdoriga 
bog‘liq.  Bir turdagi  nasldor erkak  hayvonlardan  olingan  urug‘  miqdori  bir xil 
bo'lmasligi mumkin, bu ularning oziqlanishi, saqlanishi va ulardan urug‘ olish 
rejimiga  bog'liq.
U r u g ' n i n g  
s o l i s h t i r m a  
o g ' i r l i g i   —   s p e rm a la rn in g  
konsentratsiyasiga  bog'liq  bo'ladi.  Spermalaring  solishtirma  og'irligi  urug' 
zardobining solishtirma og'irligiga nisbatan katta bo'ladi.  U buqalarda 1,280—  
1,334  ga  teng,  organizm dagi  boshqa  hujayralarning  solishtirma  og'irligiga 
nisbatan  ancha katta  (eritrotsitlarning  solishtirma og'irligi  1,1)  bo'ladi.
U r u g ' n i n g   k i m y o v i y   t a r k i b i   —   qo'shim cha  jinsiy  bezlarning 
suyuqligi va  sperm alarning  tarkibiga  bog'liq  bo'ladi.  Urug'ning  85— 98%  ini 
suv va 2— 15% ini quruq modda tashkil qiladi. Urug' tarkibida oqsillar (albumin, 
globulin, fibrinogen va fibrin),  yog'lar,  qand,  limon va sut kislotasi,  mochevi- 
na,  turli  xil  tuzlar,  ferm entlar,  vitam inlar  bo'ladi.  Urug'donda  ko'p  miqdorda

natriy,  kaliy va kalsiy, bundan tashqari, fosfor, oltingugurt,  rux, mis, temir va 
boshqa makro va mikroelementlar bo'ladi.
Urug'ning  muhim  tarkibiy  qismini  qand  tashkil  qiladi.  Bu  fruktoza  oz 
miqdorda glukoza,  galaktoza, arabinoza,  riboza,  ribuleza, fosforli efirlar, va 
fruktoza va biroz pentozalarshaklida bo'ladi. Urug‘ tarkibidagi qand moddalari 
pufakchasimon  bezlar  tomonidan,  bu  bezlar  bo'lmagan  hayvonlarda  esa 
prostata bezlari tomonidan  ishlab chiqariladi.

Yüklə 24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə