Ruda konlarini ochish



Yüklə 1,67 Mb.
tarix14.09.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#143523
Ruda konlarini hosil qilish


RUDA KONLARINI OCHISH USULLARI




Ruda konlari yotqizihlarini katta qismi gorizontga nisbatan o’ta qiya (tik) yoki qiya holatda yer qobig’iga joylashgan bo’ladi. Bu konlarni yuqoridan pastga yo’nalishda qazib olish ishlarini yengillatish maqsadida qavatlarga bo’linadi. Odatda, qavatlarning vertikal balandligi 60-80 metrni tashkil qiladi, ayrim hollarda esa, 20-30 m yoki 300 metrgacha bo’lishi mumkin. Ruda yotqizig’i cho’ziqligi bo’yicha qavatlar uzunligi 50-60 m bo’lgan bloklarga ajratiladi. Blok yon chegaralari bo’ylab tashish va shamollatish gorizontlarini tutashtiruvchi ko’tarmalar (vosstayushiylar) o’tiladi. Har bir blok ruda qazib olinadigan mustaqil qazish birligi hisoblanadi. Gorizontal yotqiziqlar shtreklar orqali pollarga (panellarga) bo’linadi. Ruda konlarini ochishda ruda tanasining yer qobig’ida joylashish elementlari va kon-geologik sharoitlariga ko’ra vertikal, qiya stvollar yoki shtolnyalar o’tish orqali ochish usullaridan foydalaniladi. Ruda konlarini ochishda vertikal stvollar bilan ochish usuli keng qo’llaniladi. (3.1 va 3.2-rasm). Bosh stvol, odatda ruda tanasi yotish yoni tomonida, yer yuzining surilishi mumkin bo’lgan zonasidan tashharida joylashtiriladi. Stvolni bunday joylashtrirish uni saqlashga qoldiriladigan ruda tseliklari bo’lmasligi sababli ruda yo’qotilishini kamaytirishni ta'minlaydi. Koni ochishda shaxta stvoli odatda yer yuzidan birinchi gorizontgacha o’tiladi va qavat kvershlagi o’tish orqali ruda yotqizig’i ochiladi. Qavatdagi ruda zaxirasi qazib olinishi borasida (davomida) stvol chuqurlashtirib boriladi va navbatdagi qavat kvershlagi o’tiladi. Shu sababli ruda konlarini qazib olishda shaxta stvollarini tez-tez chuqurlashtrish asosan navbatdagi pastki gorizont zaxiralari qazib olinadi. Shaxtani shamollatish ishlarini amalga oshirish va boshqa kon qazish ishlarini bajarish uchun konni ochishda bosh stvoldan tashqari yordamchi stvollar ham o’tiladi. Toza havo oqimi shaxtaga bosh stvol orqali yuboriladi va ishlatilgan havo yordamchi stvollar orqali yer yuziga chiqarib yuboriladi. Chuqurlik bo’yicha katta uzunlikka ega bo’lgan ruda tanalarini qazib chiqarishda ruda tanasining quyi gorizontlarini ochish, ko’p xollarda ko’r stvollar o’tish orqali amalga oshiriladi. Bosh stvol ruda tanasining bor bo’yiga o’tiladi va stvol tubi tekisligida kontsentratsion (yig’ma) gorizont hosil qilinadi. Yuqoridagi gorizontlardan qazib olingan ruda rudatushirgichlar orqali yig’ma gorizontga tushiriladi. Shunday qilib, qazib olingan ruda faqat yig’ma gorizont kvershlagi orqali tashilib bosh (ruda ko’tarish) stvoliga yetqazib beriladi. Gorizontal va juda yotiq ruda yotqiziqlari ham vertikal stvollar bilan ochiladi. Bunday xollarda ruda yotqizig’i qavatlarsiz qazib olinadi. Bosh, shamollatish va yordamchi stvollar o’zaro ruda yotqizig’i ostidagi kon jinslaridan o’tilgan maydon tashish shtreki orqali tutashtiriladi. Ana shu tashish shtregi ruda tanasidan o’tilgan kon tayyorlov lahimlari bilan ruda tushirgichlar tizimi orqali tutashtiriladi. Qazish ishlarini osonlashtirish uchun ruda yotqizihi pol yoki bloklarga bo’linadi. Ko’pgina ruda yotqiziqlari tog’li xududlarga joylashgan bo’ladi. Bunday konlar, odatda shtolnyalar o’tish bilan ochiladi. Aksariyat sharoitlarda foydali qazilma yotqizig’ini bosh shtolnyadan yuqorida joylashgan qismining alohida qavatlarini ochish uchun qavat shtolnyalari o’tiladi, bosh shtolnyadan pastki gorizontlarni esa ko’r stvol o’tish bilan ochiladi. Konlarni shtolnyalar bilan ochilganda transport va shaxtadagi suvni chiqarib tashlash ishlari osonlashadi. Ba'zan ruda konlarini ruda tanasi bo’ylab yoki uning yotish yoni jinslaridan o’tiladigan qiya stvollar bilan ham ochiladi. Tayyorlash sxemasini, asosan ruda yotqizig’i qalinligiga nisbatan tanlab olinadi. Kichik qalinlikdagi ruda yotqizig’ini qazishga tayyorlashda ruda shtreklari va berk yo’llik transport sxemasi qo’llaniladi. O’rtacha qalinlikdagi va qalin yotqiziqlarni qazishga tayyorlash ishlari maydon, ruda va aralash kon-tayyorlov lahimlari (shtrek va ortlar) o’tish orqali bajariladi. Tashish gorizontini tayyorlangandan so’ng bevosita qazish bloklarini tayyorlashga kirishiladi. Blokni tayyorlash ishlarining hajmi va tartibi qabul qilingan qazish tizimiga bog’liq bo’lib, asosan quyidagi jarayonlardan tashkil topadi: - blok ko’tarmalarini o’tish; ruda tushirgichlarni barpo hilish;- ikkilamchi maydalash gorizontlari shtreklarini o’tish; - skreperni o’rnatish lahimini o’tish va boshqalar. a – berk tashish yo’llik ruda shtreki bilan tayyorlash; b – berk tashish yullik maydon shtreki va ortlar bilan tayyorlash; v – aylanma tashish yo’llik aralash (ruda va maydon) shtreklar va ortlar bilan tayyorlash; g – aylanma tashish yo’llik maydon shtreki va ortlar bilan tayyorlash; 1 – bosh kvershlag; 2 – shamollatish kvershlagi; 3 – ruda shtregi; 4 – maydon shtregi; 5 – ortlar.
Foydali komponentlar turi bo’yicha rudalar metall va nometall guruhlarga bo’linadi. Qora metall (temir, marganets, xrom, titan, nikel va kobalt), rangli metall (miss, qo’rhoshin, ruh, alyuminiy, volfram, molibden, qalay, simob va surma), nodir metall (oltin, kumush, platina) va radioaktiv metall (uran, toriy) rudalari metall rudalari guruhiga kiradi. Apatit, fosforit, tosh tuz, qurilish materiallari sifatida ishlatildigan va tarkibida qimmatbaho toshlari bor jinslar, shungidek grafit, slyuda va boshqa mineral xom ashyolar nometall rudalarguruhini tashkil qiladi. Tarkibidagi foydali komponentlar soni bo’yicha metall rudalar oddiy (monometalli) va murakkab (polimetalli) bo’lishi mumkin. Ruda koni yoki uning bir qismini qazib olish va qayta ishlash uchun sarflanadigan harajatlar ruda tarkibidagi foydali komponnt o’rtacha miqdori qiymatiga teng bo’lsa, uni promminimum yoki ishlab chiqarish minimal miqdori deyiladi. Agar kon jinsi tarkibida prommi imum miqdorida yoki undan ko’p foydali komponent bo’lsa, kon jinsi ruda, aksincha bo’lgan taqdirda foydasiz kon jinsi deyiladi. Ruda konlari quyidagi o’ziga xos xususiyatlari bilan ko’mir konlaridan farqlanadi: ko’mirga nisbatan ancha katta qattiqlik va tirnovchanlikka ega. Ko’pchilik rudalarning qattiqlik koeffitsiyenti 8 – 12, ayrimlarniki esa 15- 20 va undan ham katta bo’ladi. Rudaning ushbu xususiyatlari ko’mirnikidan bir necha barobar katta bo’lganligi sababli uni massivdan ajratib olish uchun burg’ulab-portlatish usuli qo’llaniladi va ko’mirda qo’llaniladigan mexanizatsiya hamda transport vositalaridan o’zgacha vositalardan foydalaniladi;
- ruda tanalari yotish elementlarining turlitumanligi standart texnologik qaror qabul qilish, konni ochish va uni qazishga tayyorlash sxemalari va qazish tizimlarini tanlab olishga katta ta'sir ko’rsatadi; 
- ruda tarkibidagi foydali komponent, shuningdek, minerallarning ruda tanasi hajmi bo’yicha o’zgaruvchanligi turli bloklardan qazib olingan va turli tarkibdagi rudalarni omuxtalash asosida foydali komponent miqdorini o’rtachalashtirish zaruriyatini tug’diradi; 
- ruda bo’laklarini ruda tushirgichlar orqali o’z og’irlik kuchi ostida 100m va undan ko’p chuhurlikdagi pastki gorizontlarga tushirilganda maydalanib ketishining kamligi. Bu xususiyat konni ochish va bloklarni hazishga tayyorlash jarayonlariga ta'sir ko’rsatadi; 
- kon-geologik sharoitlar va texnologik jarayonlarni borishi to’g’risidagi 
ma'lumotlarning kamligi ularni tezkor nazorat qilish ishlarini qiyinlashtiradi; 
- ba'zi rudalarning o’z-o’zidan yonish va qisqa vaqt davomida jipslashishga moyilligi massivdan ajratib olingan rudani magazinlashtirilgan qazish tizimi orqali qazib olishni inkor etadi; 
- ko’pgina rudalarning ko’mirga nisbatan yuqori qiymatga ega bo’lishi ularni yuqori darajada va sifatli qazib olishga qat'iy talablar qo’yadi. 
Ruda yo’qotilishi va sifatsizlanishi. Rudani yer qa'ridan sifatli va to’laroq qazib olish darajasi uning yo’qotilishi va sifatsizlanishi bilan baholanadi. Turli sabablarga ko’ra qayta qazib olinmaydigan yer ha'rida qolib ketadigan balans zahiraning qismi ruda yo’qotilishi deyiladi. Odatda qazib olingan rudaning sifati massivdagidan ma'lum miqdorda past bo’ladi, ya'ni qazib olingan ruda massasidagi foydali komponent miqdori massivdagidan kam bo’ladi. Ruda yo’qotilishi birlik ulushlari yoki foizlarda o’lchanadi, shu sababli yo’qotilish miqdoriy ko’rsatkich hisoblanadi. Ruda yo’qotilishi umumrudnik, massiv va ajratib olingan ruda bo’yicha ekspluatatsion yo’qotilishlarga bo’linadi. Kapital kon lahimlari atrofida, ularni saqlash maqsadida va yer yuzidagi turli ob'yektlarni shikastlanishidan muxofaza qilish uchun ular ostida qoldirilgan tseliklardagi ruda zahiralari umumrudnik ruda yo’qotilishini tashkil qiladi. Massivdagi ekspluatatsion ruda yo’qotilishi qazish bloklari ichida, kon-tayyorlov lahimlari (shtreklar, ko’tarmalar va h.k.) ni saqlash uchun ular atrofida qoldirilgan tseliklar, shuningdek, ruda tanasi bilan uni o’rab olgan jinslar kantaktida qolib ketadigan ruda zahiralaridan iborat bo’ladi. Ajratib olingan ruda massasidagi ekspluatatsion ruda yo’qotilishi qazish blokidagi rudani turli sabablarga ko’ra to’la tushirib olinmasligi tufayli sodir bo’ladi. Ruda sifatsizlanishi quyidagi sabablarga ko’ra sodir bo’ladi:
- blokdan tushirib olinadigan rudani massivdan massasiga aralashib ketishi oqibatida ifloslanishi;
- turli sabablarga ko’ra foydali komponentga boy bo’lgan foydali qazilmani yo’qotilishi tufayli qazib olingan ruda massasining sifatsizlanishi;
- yer osti (shaxta) suvlari ta'sirida ruda tarkibidagi foydali komponentlarning (metallarning) erib ketishi natijasida ruda massasining sifatsizlanishi. Ruda yo’qotilishi va uni sifatsizlanishi konchilik korxonalarining hisobot ko’rsatkichi hisoblanadi va bu ko’rsatkichlarning katta bo’lishi rudnikka salbiy iqtisodiy ta'sir etadi. Chunki ruda yo’qotilishi va rudani qayta ishlash harajatlarini ko’payishiga olib keladi. Shu sababli ruda konlarini qazib olish va rudani qayta ishlaydigan korxonalarda ruda yo’qotilishi va sifatsizlanishi darajasini pasaytirish ularning samaradorligini oshirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
Ruda konlari yotqiziqlarini katta qismi gorizontga nisbatan o‘ta qiya (tik) yoki qiya holatda yer qobig‘iga joylashgan bo‘ladi. Bu konlarni yuqoridan pastga yo‘nalishda qazib olish ishlarini yengillatish maqsadida qavatlarga bo‘linadi. Odatda, qavatlarning vertikal balandligi 60-80 metrni tashkil qiladi, ayrim hollarda esa, 20-30 m yoki 300 metrgacha bo‘lishi mumkin. Ruda yotqizig‘i cho‘ziqligi bo‘yicha qavatlar uzunligi 50-60 m bo‘lgan bloklarga ajratiladi. Blok yon chegaralari bo‘ylab tashish va shamollatish gorizontlarini tutashtiruvchi ko‘tarmalar (vosstayushilar) o‘tiladi. Har bir blok ruda qazib olinadigan mustaqil qazish birligi hisoblanadi. Gorizontal yotqiziqlar shtreklar orqali pollarga (panellarga) bo‘linadi. Ruda konlarini ochishda ruda tanasining yer qobig‘ida joylashish elementlari va kon-geologik sharoitlariga ko‘ra vertikal, qiya stvollar yoki shtolnyalar o‘tish orqali ochish usullaridan foydalaniladi. Ruda konlarini ochishda vertikal stvollar bilan ochish usuli keng qo‘llaniladi. Bosh stvol, odatda ruda tanasi yotish yoni tomonida, yer yuzining surilishi
mumkin bo‘lgan zonasidan tashqarida joylashtiriladi. Stvolni bunday joylashtrirish uni saqlashga qoldiriladigan ruda seliklari bo‘lmasligi sababli ruda yo‘qotilishini kamaytirishni ta’minlaydi. Koni ochishda shaxta stvoli odatda yer yuzidan birinchi gorizontgacha o‘tiladi va qavat kvershlagi o‘tish orqali ruda yotqizig‘i ochiladi. Qavatdagi ruda zaxirasi qazib olinishi borasida (davomida) stvol chuqurlashtirib boriladi va navbatdagi qavat kvershlagi o‘tiladi. Shu sababli ruda konlarini qazib olishda shaxta stvollarini tez-tez chuqurlashtrish asosan navbatdagi pastki gorizont zaxiralari qazib olinadi. Shaxtani shamollatish ishlarini amalga oshirish va boshqa kon qazish ishlarini bajarish uchun konni ochishda bosh stvoldan tashqari yordamchi stvollar ham o‘tiladi. Toza havo oqimi shaxtaga bosh stvol orqali yuboriladi va ishlatilgan havo yordamchi stvollar orqali er yuziga chiqarib yuboriladi..
Tik ruda yotqizikl arini vertikal stvollar bilan ochish: 1-bosh stvol; 2-yordamchi stvollar; 3- qavat kvershlaglari.Chuqurlik bo‘yicha kata uzunlikka ega bo‘lgan ruda tanalarini qazib chiqarishdaruda tanasining quyi gorizontlarini ochish, ko‘p xollarda ko‘r stvollar o‘tish orqaliamalga oshiriladi. Bosh stvol ruda tanasining bor bo‘yiga o‘tiladi va stvol tubi tekisligida konsentratsion (yig‘ma) gorizont hosil qilinadi. Yuqoridagi gorizontlardan qazib olingan ruda rudatushirgichlar orqali yig‘ma gorizontga tushiriladi. Shunday qilib, qazib olingan ruda faqat yig‘ma gorizont kvershlagi orqali tashilib bosh (ruda kutarish) stvoliga etkazib beriladi. Gorizontal va juda yotiq ruda yotqiziqlari ham vertikal stvollar bilan ochiladi. Bunday xollarda ruda yotqizig‘i qavatlarsiz qazib olinadi. Bosh, shamollatish va yordamchi stvollar o‘zaro ruda yotqizig‘i ostidagi kon jinslaridan o‘tilgan maydon tashish shtreki orqali tutashtiriladi.
Yig‘ma gorizontl i vertikal stvol orqali konni ochish: 1 – bosh stvol; 2 –qavat kvershlaglari; 3– yig‘ma gorizont kvershlaglari; 4 – ruda tushirgich; 5 –ko‘r stvol. Ana shu tashish shtregi ruda tanasidan o‘tilgan kon tayyorlov lahimlari bilan ruda tushirgichlar tizimi orqali tutashtiriladi. Qazish ishlarini osonlashtirish uchun ruda yotqizig‘i pol yoki bloklarga bo‘linadi.

Gorizontal yotqiziqli vertikal stvol bilan ochish: 1 - bosh stvol; 2 -yordamchi stvol; 3 - shamollatish stvoli; 4 -ruda tushirgich; 5 -tashish shtregi.

Ruda konlarini shtolnyalar bilan ochish: 1-bosh shtolnya; 2-yordamchi shtolnya; 3- kur stvol; 4-maydon shtreklari. Ko‘pgina ruda yotqiziqlari tog‘li xududlarga joylashgan bo‘ladi. Bunday konlar, odatda shtolnyalar o‘tish bilan ochiladi. Aksariyat sharoitlarda foydali qazilma yotqizig‘ini bosh shtolnyadan yuqorida joylashgan qismining alohida qavatlarini ochish uchun qavat shtolnyalari o‘tiladi, bosh shtolnyadan pastki gorizontlarni esa ko‘r stvol o‘tish bilan ochiladi .Konlarni shtolnyalar bilan ochilganda transport va shaxtadagi suvni chiqarib tashlash ishlari osonlashadi. Ba’zan ruda konlarini ruda tanasi bo‘ylab yoki uning yotish yoni jinslaridan o‘tiladigan qiya stvollar bilan ham ochiladi. Tayyorlash sxemasini, asosan ruda yotqizig‘i qalinligiga nisbatan tanlab olinadi. Kichik qalinlikdagi ruda yotqizig‘ini qazishga tayyorlashda ruda shtreklari va berk yo‘llik transport sxemasi qo‘llaniladi. O‘rtacha qalinlikdagi va qalin yotqiziqlarni qazishga tayyorlash ishlari maydon, ruda va aralash kon-tayyorlov lahimlari (shtrek va ortlar) o‘tish orqali bajariladi. Tashish gorizontini tayyorlangandan so‘ng bevosita qazish bloklarini tayyorlashga kirishiladi. Blokni tayyorlash ishlarining hajmi va tartibi qabul qilingan qazish tizimiga bog‘liq bo‘lib, asosan ko‘yidagi jarayonlardan tashkil topadi:
- blok ko‘tarmalarini o‘tish;
- ruda tushirgichlarni barpo qilish;
- ikkilamchi maydalash gorizontlari shtreklarini o‘tish;
- skreperni o‘rnatish lahimini o‘tish va boshqalar.
RUDA KONLARINI YER OSTI USULIDA QAZIB OLISH JARAYONLARI Ruda konlarini yer osti usulida qazib olish asosiy uch bosqichdan iborat:
1. konni ochish,
2. tayyorlov - qirquv lahimlarini o‘tish
3. qazib olish ishlari.
Konni ochish deb, yer yuzasidan ochuvchi kapital kon lahimlarining ruda tanasiga yoki chuqurligiga qarab uning bir qismiga yo‘l ochgan va tayyorlovchi lahimlar o‘tishga imkoniyat yaratilishiga aytiladi. Ochuvchi kon lahimlar qazib olingan foydali qazilmalarni, noruda yondosh tog’ jinslarini, transport vositalarida yer ostidan yer yuzasiga chiqarish, ishchi xizmatchilarni, tushirib chiqarish uchun, uskunalarini, materiallarni ishlaydigan ish joyiga yetqazish, kon lahimlarini shamollatish, shaxtadagi yer osti suvlarini chiqarish va boshqa maqsadlar uchun xizmat qiladi. Tayyorlash ishlari - bu shtreklar, ortlar, yuqorilovchi va boshqa kon lahimlarini barpo etib, ular orqali konni ochilgan qismini, qazib olinadigan alohida uchastka, qavat, blok, panel va stolbalarga ajratishdir. Qazib olinadigan uchastka ham o‘z navbatida alohida tayyorlovchi va qirquvchi lahimlarni barpo etishni talab qiladi. Qazib olish - bu qazib olinadigan uchastkadan rudani ajratib olib, hosil bo‘lgan bo‘shliq turg‘unligini saqlab turishga xizmat qiladigan texnologik tizimdir. Bu bevosita qazib olish tizimi bilan tushuntiriladi. Qazib olish tizimi deb ruda konida yoki uning bir qismida ma'lum tartibda rudani massivdan ajratib olish texnologiyasiga, qaziladigan uchastkani konstruktiv elementalari bilan qo'shib olib borilishiga aytiladi. Qazib olish tartibi - qazib olinadigan uchastkani qazib olishda, qazilgan bo‘shliqning holati xarakterlanadi. Bu belgi har xil qazib olish tizimlarining qo‘llanishi umumiyligini va har xilligini to‘laroq aks ettiradi, ayniqsa qazib olish texnologiyasini va har bir qazib olish tizimini texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini o‘zgachaligini ko‘rsatadi. Ochilgan ruda zaxirasi deb, qazib olinayotgan konining zaxirasi yoki uning bir qismida ochuvchi lahimlar (shaxta stvollari, kvershlaglar, shtolnyalar) o‘tkazilgan gorizontdan yuqori qismida joylashgan ruda

zaxirasiga aytiladi. Tayyorlangan ruda zaxirasi deb, qazib olinadigan uchastkadagi ruda zaxirasida, qabul qilingan qazib olish tizimiga muvofiq belgilangan hamma tayyorlovchi lahimlar o‘tkazilib tayyor bo‘lgan qismiga aytiladi. Yetarli miqdorda ochilgan va qazib olishga tayyor ruda zaxirasi mavjud bo‘lishi kerak:


-Konning qazib olinayotgan uchastkalarining birida qazib olish ishlari davomida boshqa uchastkada rejada belgilangan miqdordagi sifatli ruda qazib olish ishlarini rivojlantirishga imkon yaratilgan bo‘lishi kerak.
- Konning foydalanishga topshiriladigan qismida foydalanish qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun va boshqa qismida suvsizlantirish ishlarini bajarish uchun qo‘shimcha vaqt bo‘lishi kerak. Foydali qazilmalardan turli maqsadlarda foydalanish faqat ularni massivdan ajratib olib yer yuzasiga chiqarib berilgandan so‘nggina amalga oshirilishi mumkin. Foydali qazilmalarni qazishga tayyorlash, massivdan ajratib olish, tashish, yer yuzasiga chiqarish va boshqa jarayonlar bilan bog‘liq bo’lgan ishlar majmui kon ishlari deyiladi. Yer ostida kon ishlarini olib borish natijasida ruda tanasi va puch tog‘ jinslari ichida sun’iy bo‘shliqlar hosil bo‘ladi. Bu bo‘shliqlar kon lahimlari deb ataladi. Yer ostida joylashishi bo‘yicha kon lahimlari vertikal, gorizontal va qiya bo‘lishi mumkin. Ular bevosita yer yuzasi bilan tutashgan va tutashmagan bo‘ladi.

Yer osti kon lahimlari majmui:
1 — tik stvol; 2 — ko‘r stvol; 3 — stvol atrofi ruda ag‘dargich bunkeri; 4—skipli ko‘tarish qurilmasining qabul qilish bunkeri; 5— kvershlag; 6— ruda shtreki; 7— maydon shtreki; 8—maydon ko’tarilmasi (vosstayushiy); 9—ruda ko’tarilmasi (vosstayushiy); 10— qavat shtreki; 11—rudatushirgich; 12—shtolnya; 13—shurf; 14— tog‘ jinslarini surilish chegarasi; 15—ko‘taruvchi mashinakamerasi. Shtolnya, kvershlag, shtrek, prosek, ort va tonnellar gorizontal kon lahimlari bo‘lib, ularning ba’zilari konni ochuvchi, ba’zilari esa konni qazishga tayyorlovchi lahimlar hisoblanadi. Shtolnya – bevosita yer yuzasi bilan tutashadigan gorizontal kon lahimi. Shtolnya konlarni qidiruv ishlari yoki foydali qazilma yotqizig‘ini ochish maqsadida barpo etiladi. Tonnel – har ikki tomoni yer yuzasi bilan bevosita tutashadigan yer osti gorizontal kon lahimi bo‘lib, asosan, transport ishlarini bajarishga xizmat qiladi.
Kvershlag – kon yotqiziqlari (qatlamlari) cho’ziqligiga perpendikulyar o‘tkaziladigan, yer yuzasi bilan bevosita tutashmaydigan gorizontal kon lahimi. Kvershlaglar odatda, ochuvchi kon lahimlari sirasiga kiradi va qazib olingan foydali qazilmalarni, materiallarni, ishchilarni, uskunalarni tashish bilan bir qatorda shaxtani shamollatish ishlariga xizmat qiladi.
Shtrek – yer yuzi bilan bevosita tutashmaydigan gorizontal kon lahimi bo’lib, shaxta maydonidagi foydali qazilma zaxirasining bir qismini qazishga tayyorlash uchun barpo etiladi. Shtreklar kon yotqizig‘i qiya joylashgan bo’lsa, u holda faqat yotqiziq (qatlam) chuziqligi buyicha, gorizontal joylashgan bulsa, istalgan yo’nalishda o’tilishi mumkin. Shtreklar bajaradigan vazifalariga qarab bosh, oraliq, tashish, shamollatish, konveyer va boshqa nomlar bilan yuritiladi.
Prosek – yer yuzasi bilan bevosita tutashmaydigan, shtrekka parallel o’tiladigan gorizontal kon lahimi. Prosek shtrekni o‘tish davrida uni shamollatish maqsadida o‘tiladi.
Ort – qalin ko‘mir qatlamlari yoki ruda yotqiziqlarining gorizontal qalinligi bo‘yicha o‘tiladigan gorizontal kon lahimi.
Tutashtirma – bir-biriga yaqin joylashgan qiya lahimlarini o’zaro tutashtiruvchi gorizontal kon lahimi. Gorizontal kon lahimlarining ko‘ndalang kesim yuzasi shakllari kon bosimi kattaligi va uning yo’nalishiga, mustahkamlagichlar konstruksiyasiga, kon lahimi xizmat qilish muddati va o‘lchamlariga bog‘liq bo‘ladi. Gorizontal kon lahimlari ko‘ndalang kesim yuzasi to‘g‘ri to’rtburchakli, trapetsiyasimon, gumbazsimon, aylana va boshqa shakllarda bo‘lishi mumkin.To‘g‘ri to’rtburchakli shakl kon bosimi faqat ship tomondan ta’sir qilib yon tomonlarda bo‘lmagan, ramali yoki aralash mustahkamlagichlar o‘rnatilganda qabul qilinadi. Kon lahimlari turg‘un tog‘ jinslaridan o‘tilganda to‘g‘ri to’rtburchakli shakl eng qulayi hisoblanadi. Trapetsiyasimon shakl kon bosimi asosan ship tomondan bo‘lib yon tomonlardan unchalik kuchli ta’sir qilmagan hollarda tanlanadi. To‘g‘ri burchakli-svod shakli kon lahimlari monolit beton, sochratmabeton, ankerlar, kombinatsiyalashgan mustahkamlagichlar orqali mustahkamlanganda va mustahkam turg‘un tog‘ jinislardan mustahkamlagichsiz o‘tilganda qo‘llaniladi. Gumbazsimon shakl ship va zamin tomondan kon bosimi ta’siri katta, yon tomonlardan unchalik katta bo‘lmagan, lahim tosh-blokli, barcha tomonlari yopiq arkali mustahkamlagichlar bilan mustahkamlanganda qo‘llash maqsadga muvofiq. Aylana shakl lahim yumshoq va noturg‘un tog‘ jinslaridan o‘tilib, kon bosimi barcha tomondan ta’sir qilib, lahim barcha tomonlari yopiq mustahkamlagichlar bilan mustahkamlangan hollarda qo‘llaniladi.
Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin