Sa'diy Sheroziy "Guliston" asarining sharq adabiyotida tutgan o'rni



Yüklə 9,62 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü9,62 Kb.
#203375
Suray slayd....


Sa'diy Sheroziy "Guliston" asarining sharq adabiyotida tutgan o'rni
Mashhur fors-tojik shoiri, adibi va mutafakkiri Muslihiddin Sa’diy Sheroziy 1203 yili Sheroz shahrida tug‘ilgan. Otasi Sheroz otabegi Sa’d binni Zangiyning mulozimlaridan bo‘lgan. Lekin u 10—11 yoshlarida otadan yetim qoladi. Saroy tomonidan nafaqa tayinlangan bo‘lsa-da, oilaning moddiy ahvoli og‘ir edi. Mayda savdogarchilik bilan shug‘ullangan akasining ham bozori tezda kasod bo‘ladi. Shunga qaramay, bilimga chanqoq Muslihiddin boshlang‘ich ma’lumotni tug‘ilgan shahri Sherozda olgach, tahsilni davom ettirish uchun xalifalik poytaxti, o‘sha davrning eng yirik ilm va madaniyat markazi bo‘lgan Bag‘dodga boradi. Dongdor «Nizomiya» va «Mustansiriya» madrasalarida kalom, fiqh, tafsir ilmlari, arab tili sarfu nahfi, arab va fors adabiyoti, Sharq falsafasi, tarix, mantiq, tib xamda boshqa tabiiy va aniq fanlarni o‘rganadi. Taniqli tasavvuf olimi va faylasuf adib Shahobiddin Suhravardiy hamda yirik ilohiyot allomasi Abulfaraj Abdurahmon ibn Javziy qo‘lida tahsil oladi.
Mutafakkirning komil insonni tarbiyalash jarayonida muhim ahamiyat kasb etuvchi “Guliston” asari SHarq xalqlarining pedagogik fikrlari tarixida o’ziga xos uslubga ega didaktik asar sifatida tan olingan. Ushbu asar muallifning boy hayotiy tajribasi asosida yaratilganligi bilan ham qimmatlidir.
Fors tojik adabiyotida Sa’diyning maqomi juda yuksak. Xususan, boy hayotiy tajriba asosida yaratgan «Bo‘ston» (1257) va «Guliston» (1258) asarlari unga olamshumul shuhrat keltirdi.
«Bo‘ston» o‘n qismdan iborat bo‘lib, uning tarkibiy tuzilishi quyidagicha: hamd; na’t; kitobning yozilish sababi; Abu Bakr bin Sa’d bin Zangiy madhi; Sa’d bin Abu Bakr bin Sa’d madhi; birinchi bob — odilligu tadbiru andisha zikrida; ikkinchi bob — ehson zikrida; uchinchi bob — ishqu oshiqligu mastlik zikrida: to‘rtinchi bob — tavoze’ zikrida; beshinchi bob — rizo zikrida; oltinchi bob - qanoat zikrida; yettinchi bob tarbiyat olami zikrida; sakkizinchi bob — shukru omonlik zikrida; to‘qqizinchi bob — tavba va savob yo‘li zikrida; o‘ninchi bob — munojot va kitob xotimasi zikrida.
«Guliston» sakkiz bobdan iborat bo‘lib, uning tarkibiy tuzilishi quyidagicha: debocha; birinchi bob - podshohlar siyrati zikrida: ikkinchi bob — darveshlar axloqi zikrida; uchinchi bob — qanoat fazilati zikrida; to‘rtinchi bob sukut saqlashning foydalari zikrida; beshinchi bob — ishq va yoshlik zikrida; oltinchi bob — qarilik va zaiflik zikrida; yettinchi bob - tarbiyat ta’siri zikrida; sakkizinchi bob — suhbat odobi zikrida.
Sa’diyni g‘azal janrining kashshofi va ustodi sifatida ham ulug‘lashadi, chunki ungacha forsiy sheriyatning yetakchi janrlari qasida, doston, masnaviy, qit’a va ruboiy edi. Rudakiy, Sanoiy, Xoqoniy, Jamodiddin va Kamoliddin Isfahoniylar ko‘plab g‘azallar yozgan bo‘lsalar-da, ular qasida va qit’a xarakteriga ega bo‘lib, o‘zaro mustaqil alohida baytlardan g‘azal yaratish an’anasini Sa’diy boshlab berdi. .
U g‘azalchilikdagi o‘zigacha olib borilgan izlanish va tajribalarni rivojlantirib, g‘azalni takomilga yetkazdi, keyin Xusrav Dehlaviy, Hasan Dehlaviy, Xoju Kirmoniy kabi zabardast shoirlar uni yanada taraqqiy ettirib, Hofiz Sheroziyga yetkazdilar, Hofiz esa uni yuksak cho‘qqiga olib chiqdi. Sa’diy g‘azallari 4 devondan iborat bo‘lib, ular «Tayyibot» («Latif g‘azallar»). «Badoe’» («Yangi g‘azallar»), «Xavotim» («Xotima g‘azallar») va «G’azaliyoti qadim») («Eski g‘azallar»)dan iborat.
«Guliston»ga ergashib ko‘plab asarlar yozilgan, lekin ulardan faqat 3 tasi: Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston»i, Majiddin Xofiyping «Xoriston»i, Habib Qooniyning «Parishon»i shuhrat qozongan.
«Guliston» XVII asrning birinchi yarmidayoq Yevropa tillariga tarjima qilinib, tarqala boshlagan. U ilk bor frantsuz diplomati Andre Ris tomonidan frantsuz tiliga o‘girilib, 1634 yili Parijda nashr etilgan. Bu tarjima juda erkin bajarilgan va mukammal bo‘lmasa-da, ko‘pchiliknnng e’tiborini tortadi. 1635 yili asar frantsuzchadan nemis tiliga tarjima qilingan. Shundan keyin boshqa g‘arb tillari, shuningdek, rus tiliga ham o‘girilgan. Rus tilida «Guliston» (1957. 1959) va «Bo‘ston» (1963) asarlarining mukammal tarjimalari bosilib chiqqan.
Guliston asari 8 bobga taqsim qilingan:
-Birinchi bob - Podshohlar odati bayoni.
-Ikkinchi bob – Darveshlar ahloqi bayoni.
-Uchinchi bob – Qanoatning fazilati bayoni.
-To‘rtinchi bob – Sukut saqlashning foydalari.
-Beshinchi bob – Ishq va yoshlik bayoni.
-Oltinchi bob – Zaiflik va kesalik bayoni.
-Yettinchi bob – Tarbiyaning ta’siri bayoni.
-Sakkizinchi bob – Suhbat qoyidalari bayoni.
«Sa’diy yolg‘iz Eron emas, balki Osiyoning, Afriqoning hamma yerida hurmatli bir faylasufdir. Uning tarzi bayonining tarovatini va ifodasining qimmatini Ovrupo ilmu adab ahli ham ko‘pdan beri tan olganlar», — deb yozadi mashhur major olimi Xerman Vamberi. Buyuk nemis shoiri va mutafakkiri I. V. Hyote Sa’diyni «juda mahsuldor va fayzlp», «hayot tajribasi bilan boyigan juda yaxshi shoir» deb hisoblagan.
Mashhur frantsuz faylasufi va adibi Volter «Guliston»dan xabardor bo‘lgan va ba’zi she’rlarida undan foydalangan. Taniqli frantsuz masalchisi Lafonten ham «Guliston»dagi hikoyat va naqllardan o‘z masallarida istifoda etgan. Ulug‘
rus shoiri A. S. Pushkin: «Sa’diy va Hofiz asarlarining pinhoniy asroriga yetgunimcha she’rlarimda quvonchbaxsh jihatlar va hayotdo‘stlik kam uchrardi», — degan edi.
Sa’diy asarlari qadimdan o‘zbek xalqi orasida ham mashhur. «Bo‘ston» va «Guliston» asarlari madrasalarda asosiy darsliklar sifatida o‘qitilib kelgan. Mumtoz shoirlarimiz bu ulug‘ so‘z sanatkoridan o‘rganganlar, ta’sirlanganlar. Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub», Xojaning «Gulzor», Abdulla Avloniyning «Turkiy «Guliston» yoxud axloq» asarlari bevosita Sa’diy «Guliston»i ta’sirida yaratilgan. «Devoni Foniy»da Sa’diy g‘azaliga 22 ga tatabbu’, uning tavrida 4 ta g‘azal mavjud.
Bu asarni birinchi marta 1390—1391 yillarda XIV asr o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Sayfi Saroyi «Guliston bit-turkiy» nomi bilan Misrda tarjima qilgan.
XIX asrda «Guliston» Xiva xoni Muhammad Rahimxon II — Feruz topshirig‘i bilan zabardast shoir va mohir mugarjim Muhammadrizo Ogahiy tomonidan ikkinchi marta o‘zbek tiliga tarjima qilinadi. «Guliston»ning uchinchi tarjimasi toshkentlik mudarris va shoir Mullo Murodxo‘ja Solihxo‘ja o‘g‘li qalamiga mansub bo‘lib, u «Shavqi Guliston» deb atalgan. «Murodxo‘ja madrasa talabalari ehtiyojini hisobga olib, asarning qiyin so‘z va iboratlarini sharhlagan va forsiy originalini ham qo‘shib, «G’ulomiya» matbaasida nashr ettiradi» (1909).
1968 yili «Guliston»ning to‘rtinchi tarjimasi bosilib chiqdi. Asardagi she’rlarni G’afur G’ulom va Shoislom Shomuhamedov, nasr qismini Rustam Komilovlar o‘zbekchalashtirishgan.
«Bo‘ston» asari avval Chustiy, keyin Sh. Shomuhamedov tomonidan tarjima qilingan bo‘lsa-da, bu tarjimalarning har ikkalasi ham to‘liq emas. Asar qisqartirilib, zamonga moslab. diniy-tasavvufiy ruhdagi qismlardan xoli qilingan holda o‘zbekchaga o‘girilgan.
Sa’diy Sheroziy nafaqat o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurtida balki sharqda ham g‘arbda ham shayx Sa’diy nomi bilan shuxrat qozongan. O‘z zamonasining qalami o‘tkir va ko‘plab shoirlar uni o‘zlariga ustoz deb bilishgan. Betakror shoir va mutafakkir nasrda ham nazmda ham sermahsul ijod qilgan she’riy nasriy hikoya va masallardan tashkil topgan “Gliston” va “Bo‘ston” asarlari unga ulkan shuxrat keltirgan.
Sa’diy Sheroziyning “Guliston” asariga to‘xtalar eknmiz asardan uning naqadar qobiliyatli yozuvchi ekanligiga guvoh bo‘lamiz. Kitobda yozuvchi uning yozilish sababini bayon etadi. Asar debochasini she’riy misralar bilan boshlab, 50 yil umri xuddi uyquda bo‘lgandek o‘tganini qolgan 5 kunlik umrini qayg‘usida ekanligini yozadi. Insonlar dunyoga kelib qancha binolar solib, molu-dunyo to‘plagan bo‘lsa ham baribur qolib ketishini aytib o‘tadi. Dunyo vafosiz ekanligini hech kimga vafo qilmasligini, yaxshi ham yomon ham bu dunyoni tark etishini etirof etgan.
Yüklə 9,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin