Samaradorligini oshirish pedagogik muammo sifatida



Yüklə 20,62 Kb.
səhifə1/3
tarix10.06.2023
ölçüsü20,62 Kb.
#128141
  1   2   3
MAKTABGACHA kurs ishi


MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TA’LIM JARAYONINI
SAMARADORLIGINI OSHIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA
Maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etishga oid
ilmiy tadqiqotlar tahlil qilinib, mazkur jarayonni yanada takomillashtirish maqsadida uni bolalarning individualligiga yo‘naltirish masalalari yoritilgan.
Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim, innovatsion metod, innovatsion texnologiya, ta’limni individuallashtirish, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, tafakkur, ta’lim traektoriyasi.
KIRISH
O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yosh avlodni sog‘lom va
har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali shakl va usullarni joriy etish hamda innovatsion g‘oyalarni targ‘ib etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil etish muhim vazifalarimizdan biridir. Shu bilan birga, olib borilgan tahlil, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovini ta’minlash, tashkilotlarni o‘quv-metodik materiallar va badiiy adabiyotlar bilan to‘ldirish, sohaga malakali pedagog va boshqaruv kadrlarni jalb qilish, ta’lim jarayonida innovasion texnologiyalarni joriy etish masalalarini hal etish zarurligini ko‘rsatmoqda.1 Bu vazifalarni samarali amalga oshirilishi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan tarbiyachi, uslubchi va psixologlari zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi.
Bolalarga maktabgacha yoshidan boshlab zamonaviy ta’lim berish, ularni psixik, aqliy va ijtimoiy jihatdan faol rivojlantirish – xozirgi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida hal qilinishi kerak bo‘lgan dolzarb masalalardan hisoblanadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga ta’lim-tarbiya berish muammosiga bir
qator olimlarning (F.R. Qodirova, L.R. Mo‘minova, G.E. Djanpeisova, Sh.A.
Sodiqova, G.A. Mardonova, G. Nazirova, N.Sh. Abdullayeva, D.A. Abduraximova, M. Abdullayeva, Z.A. Botirova, A.E. Rustamova va boshq.) ilmiy tadqiqot ishlari bag‘ishlangan. F.R. Qodirova, Sh.Q. Toshpo‘latova, N.M. Qayumova, M.N. A’zamova 10 va Sh.A. Sodiqova 18 o‘z ilmiy izlanishlarida maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasining ilmiy-nazariy asoslari o‘rganilgan bo‘lib, maktabgacha pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari, bosqichlari, bolalar rivojlanishiga ta’sir etuvchi biologik va ijtimoiy omillar, maktabgacha yoshdagi bola psixik taraqqiyotining asosiy bosqichlari, ta’limning didaktik tamoyillari, bolalarga pedagogik ta’sir ko‘rsatish, maktabgacha ta’limni tashkil etish shakl va metodlari hamda maktabgacha ta’lim va tarbiyada pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning nazariy asoslari yoritilgan.



Yüklə 20,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin