7. Bakteriologik quroldan shikastlanganlarni tezkor va maxsus profilaktikasi.
8. Bakteriologik qurolning zararsizlantirilishi va davolash-evakuatsion chora-tadbirlar.
Bakteriologik qurol – bu kasallik chaqiruvchi mikroblar va ularning toksinlari yordamida aholi orasida ommaviy kasallanish holatlarini yoki insonlar, hayvonlar va o'simliklarning xalok bo'lishini keltirib chiqaruvchi qurollardir. Bunda mikroorganizm yoki ularning toksinlari turli jangovor o'q-dorilarga joylashtirilgan xolda yoki turli sepuvchi qurilmalar vositasida mo'ljallangan hududlarga tarqatiladi. Bundan tashqari bakteriologik qurollar kasallik chaqiruvchi qo'zg'atuvchilar bilan zararlangan bo'g'imoyoqlilar, kemiruvchilar va boshqa hayvonlar vositasida xam qo'llanishi mumkin.
Bakteriologik qurolga (BQ) maxsus talablar:
Bakteriologik qurolga (BQ) maxsus talablar:
1. Ular yuqumli kasalliklarni qo'zg'atish xususiyatiga ega bo'lishi kerak (epidemiya darajasida), o'lim bilan davom etadigan jarayonga ega bo'lishi kerak.
2. Ular uzoq vaqt davomida aerozol` xolatida saqlanish hususiyatiga ega bo'lishi kerak.
3. Adiblar ma'lumotlariga ko'ra, BQ sifatida shunday qo'zg'atuvchilar ishlatiladiki, ularga qarshi maxsus profilaktik vositalar va davolovchi preparatlar yo'q yoki samarasiz bo'ladi.