Samarqand davlat universiteti huzuridagi jomboy raqamli texnologiyalar texnikumi kompyuter tarmoqlari fanidan



Yüklə 28,07 Kb.
səhifə1/5
tarix18.04.2023
ölçüsü28,07 Kb.
#99774
  1   2   3   4   5
Korrektsion pedagogikasi Mustaqil ish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI HUZURIDAGI JOMBOY
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR TEXNIKUMI

KOMPYUTER TARMOQLARI FANIDAN




MUSTAQIL ISH

Mavzu: Korrektsion pedagogikasi



Bajardi:_________________________
Tekshirdi: __________________________

Reja
1.Kirish.
2.Maktabgacha tarbiya muassasining asosiy maqsadi vazifalari.
3. Bola huquqlari haqidagi konvensiya
4.Korreksion pedagogika fanining maqsadi va vazifalari.
5.Aloxida yordamga muxtoj bolalar uchun diffrensial va
integratsiyalashgan ta’limni tashkil etish.
6.Xulosa
7.Foydalanilgan adabiyotlar.


Kirish.
O‘zbekistonda korreksion pedagogika fanining rivojlanishi 1967 yildan boshlab
tezlashdi, chunki shu yili Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutining
Pedagogika va psixologiya fakulteti qoshida oligofrenopedagogika bo‘limi tashkil
etildi. Bu bo‘limga 1976 yili surdopedagogika bo‘limi qo‘shildi. 1984 yili esa
mustaqil defektologiya fakultetining bir necha bo‘limida ta’lim berila boshlandi.
Hozirgi kunda TDPU BTU va defektologiya fakultetida Defektologiya kafedrasi
faoliyat ko‘rsatmoqda, defektolog bakalavr va magistrlar taxsil olmoqdalar.Tallim
kunduzgi va sirtqi bo‘limda uzbek va rus tilida tashkil etilgan.
Defektologiya fanining rivojlanishi natijasida undan quyidagi tarmoqlar
mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi: surdopedagogika (lotincha surdus — kar, gung
so‘zidan olingan) — eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ta’lim tarbiyasi bilan
shug‘ullanadigan fan; tiflopedagogika (yunoncha tiflos — ko‘r, so‘qir so‘zidan
olingan) —ko‘zi ojiz bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan
fan; oligofrenopedagogika (yunoncha oligos — kam, fren — aql), so‘zlaridan
olingan, — aqliy tomondan zaif bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan
fan; logopediya (yunoncha logos — so‘z, padeo — tarbiya so‘zlaridan olingan) —
og‘ir nutq nuqsonlarini o‘rganish, oldini olish, bartaraf etish yo‘llari, usullarini
urganadigan fan.
Korreksion pedagogikaning asosiy vazifalari. Turli kategoriyali anomal
bolalarni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalashning umumiy qonuniyatlari mavjud.
Korrektsion pedagogikaning asosini anomal bolalarni har tomonlama, fiziologik va
psixologik o’rganish tashkil etib, uning vazifalari sirasiga quyidagilar kiradi:
- rivojlanishida turli kamchiliklar bo’lgan bolaning nuqsonlarini tuzatish va
korrektsion-kompensatorli imkoniyatlarini aniqlash;
- differensatsiyali o’qitish va tarbiyalashni amalga oshirish maqsadida anomal
bolalarning muammolarini hal etish;
- anomal bolalarni aniqlash va hisobga olish;
- rivojlanish anomaliyasini erta diagnostika qilish metodlarini ilmiy jihatdan
ishlab chiqish;
- bolalarda rivojlanish nuqsonlarini tuzatish, yo’qotish yoki kamaytirish
bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
- anomal bolalikning oldini olish bo’yicha profilaktik chora- tadbirlar tizimini
ishlab chiqish;
- anomal bolani rivojlantirish va uni ijtimoiylashtirish jarayonining
samaradorligini oshirish.
Anomal bolalarda nutqiy qobiliyatning buzilishi umumiy qonuniyat hisoblanadi.
Bolaga korrektsion ta’sir ko’rsatishning samaradorligi mavjud nuqson
xususiyati, ayrim psixik jarayon yoki funktsiyalarining buzilganlik darajasi, bolaning yoshi, nuqsonlar o’mini to’ldirishga imkon bemvchi qobiliyati, tibbiy-pedagogik
ta’sir ko’rsatish, bola yashayotgan muhit hamda uni tarbiya sharoitlarining mavjud
ahvoli va boshqa omillarga bog’liq. Anomal bolalarning ma’lum guruhi faqat
psixologik-pedagogik ta’sirga muhtoj bo’lsalar, boshqa guruhlari ularga esa
davolash- sog’lomlashtirish tadbirlarining amalga oshirilishini talab etadi.
Rivojlanishdagi nuqsonlarning barvaqt diagnostika qilinishi ma’lum
muvaffaqiyatlarga erishishning garovidir.


Yüklə 28,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin