Sancho Panza (talaffuzi: Sancho Pansa) fermer, Don Quixotening doʻsti



Yüklə 3,46 Kb.
tarix03.09.2023
ölçüsü3,46 Kb.
#141384
don ki xot


„Don Quixote sarguzashtlari“ (talaffuzi: Don Kixot sarguzashtlari) (ispancha: El Ingenioso Hidalgo Don Quixote de la Mancha, yaʼni „La-manchalik ziyrak idalgo Don Quixote sarguzashtlari“) — ispan yozuvchisi Miguel de Cervantes Saavedra qalamiga mansub roman. Birinchi qismi ilk bor 1605-yil, ikkinchi qismi 1615-yil chop etilgan.

Odatda shunchaki „Don Quixote“ deb ataluvchi bu asar muallifning eng mashhur kitobi boʻlib, Ispan oltin davrining hamda butun ispan adabiyotining eng sara asari hisoblanadi. Roman zamonaviy gʻarb adabiyoti shakllanishiga katta taʼsir koʻrsatgan boʻlib, bir necha eng sara adabiy asarlar roʻyxatiga kiritilgan.[1]

„Don Quixote“ dunyoning koʻplab tiliga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Asarni oʻzbek tiliga rus tilidan Sotiboldi Yoʻldoshev tarjima qilgan. Roman oʻzbek tilida ikki marta nashr etilgan. Roman asosida oʻnlab film suratgan olingan.

Syujet
Romanda janob Alonso Quixano (talaffuzi: Alonso Kexana) ismli idalgo haqida hikoya qiliniadi. Quixano ritsarlar sevgisi haqida juda koʻp asar oʻqib, aqldan ozadi hamda oʻzini la-manchalik Don Quixote (talaffuzi: Don Kixot) deb atab, ritsarlikni qayta tiklashga hamda dunyoda adolat oʻrnatishga qaror qiladi.

Don Quixote sodda fermer Sancho Panzani (talaffuzi: Sancho Pansa) oʻziga eskvayr qilib oladi. Panza Don Quixotening eskirib qolgan ritsarlik haqidagi gaplariga oʻzgacha, hayotiy gaplar bilan javob qaytaradi. Asarning birinchi qismida Don Quixote dunyoni oʻzidek qabul qilmaydi va oʻzini ritsar deb hisoblaydi.

Qahramonlar


Don Quixote (talaffuzi: Don Kixot), asl ismi Alonso Quixano (talaffuzi: Alonso Kexana) – idalgo, bosh qahramon
Sancho Panza (talaffuzi: Sancho Pansa) – fermer, Don Quixotening doʻsti
Oʻzbekcha tarjima
„Don Quixote“ni oʻzbek tiliga 1962-yil „Detgiz“ nashriyotida chop etilgan ruscha nashrdan Sotiboldi Yoʻldoshev tarjima qilgan. Asar oʻzbek tilida ilk bor 1969-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etlgan. Ilk nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: E. Mirobidov, I. Muslim– muharrirlar, V. Akudin – rassom, K. Nazarov – rasmlar muharriri, L. Shishkina – texnik muharrir, A. Azimboyeva – musahhih. Kitob adadi – 30 000 nusxa.

Oʻzbekcha nashr 1990-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida qayta chop etilgan.[2] Qayta nashr kirishida Nabijon Boqiynning roman haqidagi maqolasi keltirilgan. Oʻzbekcha yangi nashrni tayyorlagan tahrir hayʼati Hakim Nazir, Anvar Obidjon, Farhod Musajonov, Quddus Muhammadiy, Raim Farhodiy, Poʻlat Moʻmin, Ergash Raimov, Xudoyberdi Toʻxtaboyev, Nosir Fozilovlardan iborat boʻlgan. Mazkur nashrni tayyorlashda yana quyidagi shaxslar ishtirok etgan: N. Joʻrayeva, S. Tohirova – muharrirlar, V. Apuxtin – rassom, A. Kiva – rasmlar muharriri, T. Smirnova – texnik muharrir, Sh. Nazarova – musahhih. Kitob adadi – 30 000 nusxa.
Yüklə 3,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin