Saqlagichlar va ularning turlari Reja



Yüklə 158,25 Kb.
səhifə1/2
tarix18.05.2022
ölçüsü158,25 Kb.
#58475
  1   2
Elektrotexnika 1(Pardaboyev S) (1)


Saqlagichlar va ularning turlari
Reja:

1. Termobimetall saqlagichlar.


2. O’tkazgichlar.
3. Uzluksiz ishlaydigan termobimetall saqlagichlar.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

Saqlagichar
Avtomobil elektr tarmoqlarini me'yoridan ortiq yuklamalar va qisqa tutashuvlardan asrash uchun ularga saqlagichlar qo'yiladi. Dvigatelni ishga tushirish va o't oldirish tizimlaridan boshqa barcha zanjirlar saqlagichlar bilan himoyalanadi. Avtomobillarda asosan eruvchan va termobimetall saqlagichlar ishlatiladi.
Saqlagichlarni tanlashda ularning ta'sirlanish tezilgi, nominal va kritik toklarning nisbati hisobga olinadi. Saqlagichlarning asosiy tavsifnomasi - saqlagichning ta'sirlanish vaqtini yuklama tokiga bog'liqligidir. Agar saqlagichning ta'sirlanish vaqti, o'tkazgichning haroratini chegaraviy temperaturagacha ko'tarilish (qisqa tutashuv toki ta'sirida) vaqtidan kam bo'lsa, bunday saqlagich ushbu zanjirni ishonchli himoya qilinishini ta'minlaydi.
Eruvchan saqlagichlar yengil eruvchi metal yoki kesimi kichik bo'lgan qalaylangan mis simi qistirmaga ega. Nominal tok qiymati 50% oshganda eruvchan qistirma I minut davomida erib ketadi. Ishlatish quliay bo'lishi uchun eruvchan saqlagichlar uchta va undan ortiq saqlagichlarga ega bo'lgan bloklarga birlashtiriladi.
Termobimetall saqlagichlar. Avtomobillarda uzluksiz va bir marta ishlaydigan termobimelall saqlagichlar ishlatiladi. Bu turdagi saqlagichlar yuklama nominal qiymatidan 150% ga ortganda zanjirni uzadi. Saqlagich ta'sirlashish vaqti 20 s dan oshmaydi. Uzluksiz ishlaydigan bimetall saqlagichlar ko'proq yoritish va oynatozalagich zanjirlariga o’rnatiladi.


Avtomobil saqlagichlar.
Saqlagich himoya Zanjiriga chiqish joyi I orqali ulanadi. Kontakt plastinalar 2 bir-biridan qalin qog'oz 3 bilan izolatsiyalangan. Kontakt plastinkalarga o'rnatilgan kumush kontaktlar 4 elastik bimetall ptastina 5 ning tarangligi hisobig a tutashib turadi. Plastina 5 tayanch 7 dan plastmassa shaybalar 6 bilan ajratilgan.
Uziliksiz ishlaydigan saqlagichlarning ishlash printsipi quyidagicha. Tok nominal qiymat doirasida bo’lganda plastina 5 uncha qizimaydi va deyarii deformatsiyalanmaydi. Bu holda kontoktlar tutash bo'ladi. Zanjirdagi tok chega-
raviy qiymatdan oshganda bimetall plastina qizib deformatsiyalanadi va kontaklarni uzadi. Kontaktlar uzilgandan keyin bimetall plastinadan tok o'tmaydi va u soviydi. Natijada kontaktlar yana tutashadi. Kontaktlarni uzilib-tutashish jarayoni zanjirdagi tokning oshib ketishi sababi bartaraf qilinmagunicha uzluksiz davom etadi.



Yüklə 158,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin