Sarmoya jarayonlari tahlili reja



Yüklə 7,52 Kb.
tarix22.10.2023
ölçüsü7,52 Kb.
#159479
Sarmoya jarayonlari tahlili reja-fayllar.org


Sarmoya jarayonlari tahlili reja

SARMOYA JARAYONLARI TAHLILI REJA


  • Bоshlаng’ich sаrmоyali vа o’zgаr-mаs dаrоmаd chеkli lоyihаlаr хаrаktеristikаlаrini hisоblаsh.

  • Qаrzni yopish muddаtini аniqlаsh.

  • Sаrmоya miqdоrini аniqlаsh. Jаrаyonlаr хаrаktеristikаlаrining fоiz stаvkаsigа bоg’liqligi.

1. Bоshlаng’ich sаrmоyali vа o’zgаr-mаs dаrоmаd chеkli lоyihаlаr хаrаktеristikаlаrini hisоblаsh.



  • ta’rif. O’z-o’zini qoplash davri investisiya samaradorligini
    ko’rsatuvchi parametr bo’lib, u investorlarga ular tomonidan sarf qilingan kapital mablag’larni har yilgi kutiladigan sof pul oqimlari asosida qoplash vaqtini ko’rsatadi. Bu ko’rsatkich yillar
    bilan o’lchanadi.

  • ta’rif. Yillik sof pul oqimi deb ko’rilayotgan loyiha bo’yicha soliqlar to’langandan so’ng ortib qoladigan yillik sof foydaga aytiladi. O’z-o’zini qoplash davri 2 xil bo’ladi:

O’rtacha o’z-o’zini qoplash davri; 2. haqiqiy o’z-o’zini qoplash davri. O’rtacha o’z-o’zini qoplash davri quyidagi formula orqali topiladi: T C R ур  0 (3.1) bu yerda S0 - boshlang’ich kapital, R


- o’rtacha yillik sof foyda. Demak o’rtacha o’z-o’zini qoplash davri boshlang’ich kapitalni o’rtacha yillik sof foydaga
nisbatiga teng bo’ladi. 3-ta’rif. Haqiqiy o’z-o’zini qoplash davri deb rejalashtirilgan har yilgi tushumlar asosida sarf qilingan kapital mablag’ni qoplashga ketadigan vaqtga aytiladi.
O’rtacha va haqiqiy o’z-o’zini qoplash davrlari orasidagi farqni ko’rish uchun quyidagi masalaga murojaat etamiz:
1-misol. A loyiha bo’yicha asosiy vositalarga 800000 so’m pul sarf qilinishi kerak bo’lsin. Birinchi 5 yillikning har bir yilidagi kutiladigan sof foydalar 200000, 220000, 150000, 140000,
190000 so’mlardan iborat bo’lsin. O’rtacha va haqiqiy o’z- o’zini qoplash davrlari topilsin. Yechilishi. Masalaning shartiga ko’ra S0 =800000 so’m
R=(200000+220000+150000+140000+190000)/ 5= 180000 u
holda yuqoridagi (3.1) formulaga asosan Tу р   . 800000
180000 4 44 Haqiqiy o’z-o’zini qoplash davrini aniqlash uchun quyidagi jadvaldan foydalanamiz, yillar yillik sof pul oqimlari
Xarajatlar 0 - 800000 1 200000 600000 2 220000 380000 3
150000 230000 4 140000 90000 5 90000 (190000 ning 47 % i)
0 A loyihaning haqiqiy o’z-o’zini qoplash davri 4.47 (4 yil+5- nchi yilning 47%) yilni tashkil qiladi. Th=4+0.47=4.47 Sof pul oqimining taqsimlanishini nazarga olganligisababli haqiqiy o’z- o’zini qoplash davri haqiqatga yaqin bo’ladigan natijani
beradi. Lekin, umuman aytganda, o’z-o’zini qoplash davri ko’rsatkichi investorlarga sarf qilgan kapital mablag’ning
qaytish davrini ko’rsatgani bilan loyihaning samaradorligini baholamaydi. Bundan tashqari o’z-o’zini qoplash davri pulning
o’zgarishiga bog’liq ravishda o’zgaruvchan ekanligini ko’rsatmaydi hamda o’z-o’zini qoplash davridan keyin loyihaga sarf qilingan harajatlar va ulardan olinadigan
daromadlar dinamikasini aniqlamaydi. Agar o’rtacha o’z-o’zini qoplash davri ko’rsatkichi o’rniga keltirilgan (diskontlangan) o’z-o’zini qoplash davri ko’rsatkichi kiritilsa yuqoridagi
kamchiliklardan ba’zilarini oldini olish mumkin. Keltirilgan o’z- o’zini qoplash davri haqida tushunchaga ega bo’lish va uni
topish usuli bilan tanishish uchun quyidagi misolni ko’ramiz.
2-misol. A loyiha uchun 60000 so’m boshlang’ich kapital mablag’ kerak. Bundan keladigan yillik sof daromad 20000
so’mni tashkil qilsin. Loyihaning faoliyat davri 5 yil bo’lib foiz stavkasi (solishtirish stavkasi) 10% ni tashkil qilsin. O’rtacha va keltirilgan o’z-o’zini qoplash davrini toping. Yechilishi:
O’rtacha o’z-o’zini qoplash davrini (3.1) formula asosida
topamiz. Masalaning shartiga ko’ra bashlang’ich kapital S0= 60000, yillik o’rtacha daromad R=20000. Uholda Tу р  
60000 20000 3 yil Ushbu ko’rsatkich solishtirish stavkasi
P=10 % bo’lgan hol uchun 4-moliya jadvalining 3 va 4 yillarga
mos keluvchi 2.487 va 3.170 koeffisiyentlari orasida bo’ladi. Shuning uchun keltirilgan o’z-o’zini qoplash davri quyidagiga teng bo’ladi: 3 3000 2 487 3170 2 487  3 0 75 3 75     
. . . . . . yil Keltirilgan o’z-o’zini qoplash koeffisiyenti pulning davriy bahosi konsepsiyasini nazarga olgan holda o’z-o’zini qoplash davridan so’ngi bosqichdagi sof pul oqimini
diskontlash imkonini bermaydi. Bundan ko’rinadiki,o’z-o’zini qoplash ko’rsatkichini loyihalarni dastlabki saralash
uchungina qo’llash mumkin. Investisiya samaradorligini
o’lchashda katta ahamiyatga ega bo’lgan ko’rsatkichlardan biri kapital mablag’ning foydalilik koeffisiyentidir.
4-ta’rif. O’rtacha o’z-o’zini qoplash davriga teskari bo’lgan miqdor kapital mablag’ning foydalilik koeffisiyenti deyiladi. Kapital mablag’ning foydalilik koeffisiyenti quyidagi formula
orqali topiladi,   R C0 (3.2) Bu yerda R-investisiyadan
tushadigan o’rtacha yillik sof daromad, S0 - dastlabki kapital
malag’ miqdori,  - kapital mablag’ning foydalilik koeffisiyenti. 3-misol. Yuqoridagi 1-misoldagi berilgan ma’lumotlar bo’yicha kapital mablag’ning foydalilik
koeffisiyentini toping. Yechilishi. Masalaning shartiga ko’ra K0=60000 co’m, R=20000. U holda (3.2) formulaga asosan, 3 1 60000 20000 0    K R  Javob: 1/3 Nazorat savollari. 1.
Investisiya loyihasi nima? 2. Investor kim va uni vazifasi qanday? 3. Investisiya samaradorligini ko’rsatuvchi parametrlar qanday? 4. Investisiya samaradorligini hsioblash usullari necha guruhga ajratiladi? 5. Investisiyani o’z-o’zini qoplash davri nima va u qandvy turlarga bo’linadi? 6.
O’rtacha va haqiqiy o’z-o’zini qoplash davrlarini ta’riflang. 7. Investisiyaning foydalilik koeffisiyenti nima? 8.
Investisiyaning ichki foydalilik darajasi nima? Mustaqil yechish uchun masalalar. 1. A loyiha uchun dastlab 500000 pul sarf qilingan. Agar keyingi 5 yil ichida kutilayotgan
o’rtacha daromad 100000$ bo’lsa, u holda loyiha o’zini o’zi qancha muddatda qoplaydi? 2. Yuqoridagi 1 masala
ma’lumotlari asosida loyihaning foydalilik koeffisiyentini toping. 3. Investisiyaga dastlab 50 mln. so’m sarf qilinadi.
Keyingi 4 yil ichida sof pul oqimlari 20 mln, 30 mln, 40 mln va
50 mln. so’mlarni tashkil qiladi. Investisiyaning o’rtacha va
haqiqiy o’z-o’zini qoplash davrini aniqlang. Investisiyaning ichki foydalilik darajasi (normasi)
1 - ta’rif: Ichki foydalilik darajasi (internal rate of return, IRR) deb shunday foiz stavkasiga aytiladiki, unda keltirilgan daromadlar miqdori keltirilgan xarajatlar miqdoriga teng bo’ladi. Demak, investisiyaga ichki foydalilik darajasiga teng
bo’lgan foiz stavkasi belgilash kapital mablag’ning o’z-o’zini qoplashini ta’minlaydi. Bu stavka qancha katta bo’lsa, sarf qilingan kapital mablag’ning foydaliligi shuncha yuqori bo’ladi. Ichki foydalilik normasi quyidagiga teng bo’ladi.
http://fayllar.org
Yüklə 7,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin