Саволлар Menejment rivojlanishining asosiy bosqichlarini aytib bering. Asosiy menejment tamoyillari haqida gapirib bering Boshqaruv maqsadi turlari. Boshqarish srukturasining afzalligi va kamchiliklari



Yüklə 16,3 Kb.
tarix06.12.2022
ölçüsü16,3 Kb.
#72681
ММТ-81к Менежмент саволлар


Саволлар

  1. Menejment rivojlanishining asosiy bosqichlarini aytib bering.

  2. Asosiy menejment tamoyillari haqida gapirib bering

  3. Boshqaruv maqsadi turlari.

  4. Boshqarish srukturasining afzalligi va kamchiliklari.

  5. Boshqarishning asosiy funktsiyalari

KEYS – STADI: «Alan – boshqaruvchi»
Alan – ofset pechat uchun plastinalarni ishlab chiqaradigan, muvaffaqiyat qozongan fabrikaning egasidir. Boshida u yakka o‘zi ishlar edi, so‘ng yana ikki kishini yolladi, biriga boshqaruvni, sotishni va savdo-sotiqni topshirib, boshqasiga esa ishning texnik tomonlarini topshirdi. Alanning o‘zi buxgalteriya, reklama bilan shug‘ullanardi va doimiy ravishda biznesni kengaytirish imkoniyatlarini izlardi. Ular doim birga ishlashadi, ishdan keyin xam ko‘p uchrashadilar. Alanning «shef» sifatidagi avtoriteti shubxasizdir; uning ishchilari yaxshi ish xaqi, mukofotlar olishadi, lekin ishni yuritish xavf-xatarini (va daromadlarni) Alan xech kim bilan baxam ko‘rmaydi.
Alan xamkasblarini biznesning oxirgi yangiliklari xaqida xabardor etib turadi. U ularni o‘z ish rejalari bilan tanishtirdi: «Agar ishlar yaxshi ketsa, kelgusi yilda biz qo‘shni shaxarda o‘z filialimizni ochamiz. Albatta, biz aqlli boshqaruvchini izlab ko‘ramiz va bir necha yildan so‘ng yangi fabrika bizga oltmish ming atrofida daromad keltirishi mumkin». Alanning xamkasabalari uning «biz izlab ko‘ramiz» deganiga xursand edilar – ular o‘zlarini xaqiqiy jamoadek xis qildilar, va ular biznesni muvaffaqiyat qozonishiga va Alanning avtoritetiga ishonchlarini mustaxkamladilar.
Lekin Alanning ko‘ngli tinch emas edi. U bilar ediki, unga bo‘ysunuvchilarning xech qaysisi boshqaruvchiga kerak bo‘lgan xamma xususiyatlarga ega emas edi. U do‘stona kollektivga notinchlikni kiritishni xoxlamas edi, bundan xam ko‘proq u agar yangi ish muvaffaqiyatsizlikka uchrasa (bu xaqda u ular bilan xech qachon gaplashmagan edi), xodimlardan birortasini yo‘qotishni xoxlamas edi. Natijada Alan yollash bo‘yicha agentlikka murojaat qilib, kerakli kishini topdi, uchalasi xam yig‘ilganda, u bu xaqda faxr bilan aytdi. Do‘stlarining bu yangilikni g‘azab va achchiqlanish bilan kutib olishi, Alanni xayratda qoldirdi, va buni sezib u rafiqasiga: «Kelajagi xaqida o‘ylayotgan kishilar senga eng qora tanga bilan qaytaradilar» deb aytdi. Bu shunday zarba ediki, undan keyin yaxshi munosabatlar juda uzoq vaqt davomida tiklanadi.
Vazifa

  1. Alanning rahbar sifatidagi xatosi nimadan iborat edi?

  2. Yetakchining (liderning) asosiy vazifalari nimadan iborat va ular qo‘lostidagilarni boshqarish muammolari bilan qanday bog‘liq?

Yüklə 16,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin