Shaharsozlik



Yüklə 76,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix23.05.2022
ölçüsü76,95 Kb.
#59046
  1   2
shaxarsozlik tarixi referat



Shaharsozlik
Shaharsozlik (shahar qurish) —
meʼmorlikning yirik sohasi; shahar
bunyod etish nazariyasi va amaliyoti —
aholi yashaydigan hududlar (turar
jsoylar)ni loyiha asosida rejalashtirish.
Sh. ijtimoiyiqtisodiy, sanitariyagigiyena,
qurilishtexnika, badiiymeʼmoriy masalalar
majmuini qamrab oladi. Sh. majmui
meʼmorlik va qurilish bunyodkorligi,
jamiyatning ijtimoiy tizimi va ishlab


chiqarish kuchlarining taraqqiyot darajasi,
madaniyati, tabiiy iqlim sharoitlari va
milliy oʻziga xosligi bilan belgilanadi. Sh.
oʻz navbatida qishloq aholi turar joylarini
rejalash, landshaft meʼmorligi, bogʻ barpo
etish, tumanlarni rejalash, sanoat
korxonalari, dam olish mintaqalarini
ratsional ravishda joylashtirish, ekologiya
masalalari kabi bir necha tarmoqlarga
boʻlingan. shahrida turar joylarning
nafaqat meʼmoriybadiiy qiyofasiga,
estetik jihatlariga, balki
obodonlashtirishga — yoʻllar, ayniqsa,
avtomobil yoʻllarita, infratuzilma (suv,
oqava — kanalizatsiya, gaz, elektr va


boshqalar muhandislik taʼminotlari)ga
katta eʼtibor beriladi. shahrida yangi
shahar, shaharcha, qishloqlarni qurish,
qadimiy shaharlarni muhofaza qilish
(rekonstruksiya qilish), meʼmoriy
majmualar (koʻproq turar joy
.mavzelari)ni bunyod etish bosh reja
asosida amalga oshiriladi, bunda
loyihalarni ishlab chiqish (tuzish) muhim
oʻrin tutadi. Bunday loyihalar buyurtmalar
orqali Sh.ka ixtisoslashgan ilmiy
tekshirish va loyihalash intlarida
bajariladi. Toshkentda Oʻzbekiston
shaharsozlik loyihalash va ilmiy
tekshirish instituti (OʻzLITI), Toshkent


Boshtarh loyihalash va ilmiy tekshirish
instituti va boshqalar shunga oʻxshash
intlar faoliyat koʻrsatadi.
SH. qadimiy tarixga ega. Mil. av. 3-ming
yillik oʻrtalari — 2-ming yillik boshlarida
qadimiy madaniyat davrida aholi kent —
manzillarini qurishda muntazam
rejalashtirish xususiyatlaridan
foydalanilgan (Qad. Xitoy, Misr, Eron va
boshqalar). Yunoniston shaharlar siyosiy
va diniy markazlarni ajratgan holda
rejalashtirilgan boʻlsa (akropol va
boshqalar), qadimiy Rimda shaharlarni
toʻgʻri burchakli dahalarga boʻlish uslubi
qoʻllanilgan (Pompey, Ostiya va


boshqalar), Sh. nazariyasi paydo boʻlgan
(Vitruviy risolasi, mil. av. 1-asr).
Oʻrtaasrlar Yevropasiga shaharlarni
stixiyali, qalʼa devorlari atrofida chiziqli va
aylanahalqali rejalashtirish xos boʻlgan
(Nyordligen Germaniyada, Krakov
Polshada, Praga Chexiyada va
boshqalar). Rossiyada shaharlar
tepaliklarda, daryolar kuyiladigan joylarda
bunyod etilgan (Kiyev, Chernigov,
Novgorod, Pskov va boshqalar), hamma
koʻcha (yoʻl)lar shahar darvozasiga yoki
shahar savdo maydonlariga olib borgan.
Aylanahalqali rejalash shahrining mumtoz
namunasi oʻrta asrlardagi Moskvadir.


Uygʻonish davri Gʻarbiy Yevropa Sh.i
uchun markazlarni muntazam
rejalashtirish va maydon ansambllaruti
yaratish xos boʻlgan (Rimdagi Kapitoliy
maydoni, 1546, meʼmor Mikelanjelo);
shahar —qalʼa loyihalari ishlab chiqildi (F.
Martini, J. Vazari, V. Skamotssi), Sh.
nazariyasi rivojlandi (L. Alberti),
shaharlarning turli qulayliklari boʻlgan
loyihalari yaratildi (lekin bu loyihalar
amalga oshmadi). Barokko davrida
kuchqudrat va ulugʻvorlik ramzini
ifodalagan ansambllar yaratildi; 18-asr
oʻrtalari — 19-asr boshlarida toʻgʻri
burchakli koʻchalar toʻriga asoslangan


ochiq maydon tizimi yuzaga keldi.
SanktPeterburg (Peterburg) 3 yoʻnalishli
rejalash loyihasi asosida qurildi(1703).
19-asrda shaharlar tartibsiz qurilishiga
qarshi boʻlgan shahar — bogʻ gʻoyasi
bilan bogʻliq dezurbanizm rivojlandi.
Sanoatdagi tub oʻzgarishlar sha.
harlarning jadal oʻsishiga olib keldi. 19-
asr oxiri — 20-asr boshlarida Yevropada
arzon ishchilar shaharchalari va turar
joylar majmualari qurildi, bu qurilishlar
taʼsirida shahrida majmualarni yaxlit
holda vazifalariga koʻra rejalashtirish
loyihasi, binoning joylanishi, dam olish
uchun koʻkalamzorlashtirilgan joylar va


bolalar maydonchalari, baʼzi jamoat
binolari, maishiy xizmat koʻrsatish
nuqtalari qurishni oʻz ichiga olgan ijobiy
usullar ishlab chiqildi. 20-asrda hududiy
(mintaqaviy) rejalashtirish yuzaga keldi
(Buyuk Britaniyadagi Donkasteri, 1921—
22, meʼmori L. Aberkrombi va T. Jonson).
1950-yillarda shaharlarni jadal rivojlanishi
avtotransportning rivoji, aholi
punktlarining koʻpayishi, shahar
muhitining ifloslanishi shahrini
tumanlarga boʻlib loyihalash kabi yangi
nazariyalarni keltirib chiqardi. Aholi
punktlarini yoʻl yoqalab qurish, yuldosh
shaharlar yaratish rivojlandi; shuningdek


anʼanaviy binolar qurishdan voz kechib,
eski shaharlar tarkibida osmonoʻpar
binolar qurish gʻoyasi ilgari surildi.
Zamonaviy shahrining asosiy vazifalari —
individual qiyofaga ega boʻlgan shahar va
shaharchalar qurish, shahar ekologik
masalalarini hal etish, eski shahar
markazlarini saqlab qolish va ilmiy
asosda taʼmirlash, madaniy
yodgorliklarni avaylab asrash va
taʼmirlash, ularning zamonaviy binolar
bilan uygʻunligiga erishish.
Oʻzbekiston hududida dastlabki shaharlar
(Sopollitepa, Jarqoʻton) mil. av. 17—14-
asrlarda Surxondaryo vohasida jez


davrida paydo boʻlgan. Yozma
manbalarda esa shahar haqidagi
maʼlumotlar Avestopya uchraydi. Hozirgi
baʼzi shaharlar (Qarshi — Yerqoʻrgʻon;
Hazorasp — Xumbustepa kabilar)ning
shakllanishini tadqiqotchilar mil. av. 10—
8-asrlar bilan bogʻlaydilar. Fargʻonadagi
eng qadimiy shaharlar (Ashqoltepa,
Dalvarzintepa kabilar) ilk temir davriga
oid Chust madaniyati (mil. av. 11—6-
asrlar) ga mansubdir. Axomaniylar
davrida shahar qurish jadallashgan
(Xorazmdagi Qalʼaliqir, Koʻzaliqir va
boshqalar). Kushonlar davrida Sh.
nihoyatda ravnaq topgan (Xorazmshohlar


poytaxtida muntazam tarhli Tuproqqalʼa,
Zarafshon vodiysida Buxoro, Fargʻona
vodiysida Mingtepa, doira tarhli Bilovur,
Chirchiq vodiysida Shoshtepa).
Oʻrta asrlarda shaharlar tuzilishi
murakkab boʻlgan, ularning tarkibiga ark,
bir yoki bir necha shahriston, rabod
(shahriston atroflari) kirgan. Ularning har
biri alohida qalʼa devori bilan oʻralgan.
Afrosiyob (Samarqand), Buxoro, Binkat
(Toshkent) Movarounnahrning yirik
shaharlaridan boʻlgan. Bunday
shaharlarni va ular atrofidagi kichik
shahar va qishloqlarni uzun devorlar
muhofaza qilgan (Buxoro, Toshkent


tevaragidagi "Kanpir devor"lar,
Samarqand tevaragidagi "Devori qiyomat"
va boshqalar).
Temuriylar davrida moʻgʻullar
vayronagarchiliklarini bartaraf etish,
mamlakat obodonligini taʼminlashda
katta Sh. ishlari olib borilgan: Amir
Temurning Samarqand va uning atrofi,
Shahrisabzla, Banokat (Shohruxiya),
Shohruxning Mashhad, Marv va Hirotda
amalga oshirgan ishlari. Ulugʻbek
tomonidan Samarqand registonida 3
imorat qurilishi bilan bu maydon
mujassamoti tugallikka erishgan (qarang
Registon ansambli). Shayboniylar davrida


katta hajmlardagi (savdosotiq bilan
bogʻliq) qurilishlar shaharlar, ayniqsa,
poytaxt Buxoroning tizimini
mukammallashtirgan. Rivoyatlarga koʻra,
Abdullaxon II ham ming rabot qurdirgan.
Koʻp majmualarning shakllanishi aynan
shu davrga toʻgʻri keladi (Buxorodagi
Labihovuz ansambli, Poyi kalon, Qoʻsh
madrasa, Chor Bakr memoriy majmuasi,
Bahouddin majmuasi, Qarshidagi
registon maydoni).
19-asrda Qoʻqon xonlari tomonidan
Sirdaryo boʻylab bir nechta shaharqalʼalar
qurilib, kuchli .mudofaa tizimi yaratildi,
yangi ariqlar qazildi, Pishpak


(Qirgiziston), Shahrixon sh.lari paydo
boʻldi. 19-asrning 2-yarmida qadimiy
shaharlar (Toshkent, Samarqand) yonida
yoki unga yaqin masofada (Margʻilonda
Yangi Margʻilon, hozirgi Fargʻona shahri;
Buxoroda Kogon kabi) "yangi shahar"lar
qurildi.
Ikkinchi jahon urushi yillari Oʻzbekistonga
shim. hududlardan zd, fka va boshqalar
korxonalarning koʻchirilishi shaharlar
sanoat mintaqalarining keskin
kengayishiga olib keldi. Urushdan keyin,
ayniqsa, 50—70-yillarda yangi shaharlar
qurildi (Navoiy, Zarafshon va h.k.). Yirik


tarixiy shaharlarni qayta qurish rejalari
ishlab chiqildi.
Fantexnika rivoji va urbanizatsiya
sharoitida shahrining roli oshdi, shaharlar
bunyod etish va mavjud shaharlarni
rivojlantirishga katta ahamiyat berildi.
Yangi shaharlar zamonaviy muhandislik
qurilmalari bilan taʼminlangan holda
bunyod etildi. Yangi shaharlar bilan bir
qatorda Buxoro, Samarqand, Xiva,
Toshkent, Qoʻqon kabi qadimiy
shaharlarni meʼmoriy yodgorliklarini
saqlab qolgan holda qayta qurishga
alohidaeʼtibor berilmoqda, madaniy


yodgorliklar zamonaviy binolar bilan
uygʻunlashtirilmoqda.
Mustaqillik davrida Oʻzbekistonda Sh. har
jihatdan rivoj topdi, shaharlarning qiyofasi
chiroy ochdi. Tarixiy xotira bilan bogʻliq
bir qancha yodgorlik majmualar yaratildi:
Toshkentdagi Oʻzbekiston milliy bogʻi,
Xotira va qadrlash maydoni, Shahidlar
xotirasi majmualari; Samarqanddagi
Imom Buxoriy yodgorlik majmui,
Quvadagi AlFargʻoniy majmui; Buxorodagi
Chor Bakr, Bahouddin Naqshband
ziyoratgohlarida qayta qurish ishlari olib
borildi. Eski shaharlarning qadimiy
koʻchalarini kengaytirish ishlari amalga


oshirildi, koʻplab yangi yoʻllar, koʻpriklar
bunyod etildi. Jumladan, Toshkentda
hosil qilingan Kichik halqa yoʻli shaharda
avtomobil harakatini ancha yaxshiladi.
(yana q. Meʼmorlik, Turar joy).
Ad.Bunin A.V., Savarenskaya T.F., Istoriya
gradostroitelnogo iskusstva, t. 1 — 2, M.,
1979; Poʻlatov X.Sh., Oʻzbekiston
arxitektura yodgorliklari, T., 2003;
Qodirova T.F., Oʻzbekiston istiqlol yillari
meʼmorligi, T., 2004.
Xayrulla Poʻlatov.



Yüklə 76,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin