SHaxsning pantomimik harakatlari va jestlari mohiyati Agressiya yoki o‘ziga bo‘lgan qat’iy ishonch – ikkala qo‘lni orqa tomonda, oyoqlarni elka kengligidan bir oz kengroq tutish.
Mensimaslik, boshqalarga nisbatan o‘zini katta tutish – oyoqlarni elka kengligidan biroz kengroq tutib, qo‘l panjalarini birbiriga boshning orqa tomonida tutashtirish.
Aybdorlik, qo‘rquv – oyoqlar bir-biriga yaqin qo‘yib, bir oyoqning tizzasini va boshni biroz egish, pastga qarash.
Ishonmaslik, mensimaslik, o‘zini yuqori tutish – bosh biroz orqaga tashlab, nigohni suhbatdoshga tepadan yo‘naltirish.
Qiziquvchanlik – boshni biroz chap yoki o‘ng tomonga egish.
Qo‘zg‘olishga tayyor turish, olingan buyruqni darhol bajarish – stul chetiga o‘tirgan holda, tovonni biroz ko‘tarib turish.
Oyoqni kerib o‘tirish – o‘ziga ishonish, mustaqil fikrga ega bo‘lish.
O‘tirgan holda bir oyoq uchini eshikka qaratish – suhbatdan qoniqmaslik, chiqib ketish fikrida ekanlikni namoyon etish.
O‘tirgan holda oyoqlar pastki qismining bir-biriga tegib turishi – hayajonlanish, shoshilish.
Birdan turib ketish – suhbatdan sovish, bir qarorga kelish, zerikish.
Tirsaklarni stolga tiragan holda qo‘lning bosh barmog‘i bilan jag‘ni tutib turish – mensimaslik, biror narsaga tanqidiy yondashish.
Jag‘ni qo‘l kaftlari bilan ushlab turish – zerikish.
Oyoqlarni chalishtirib, qo‘l panjalarini bir-biriga bog‘lagan holda oyoq tizzasini ushlab turish – o‘ylanish.
Qo‘llarni musht qilgan holda silkitish – masalaga salbiy munosabatda bo‘lish.
Qo‘lni musht qilgan holda ko‘rsatkich barmoqni tik (“begiz”) qilgan holda gapirish – asl niyatning aytilayotgan fikrlarga mutlaqo teskari ekanligi.
Kaftni yozib, tik holda qo‘lini oldinga uzatish – sabr qilishni, jim turishni talab etish.
Ustki kiyimning biror joyini ushlash yoki tugmalarni echish – suhbatdoshlarga nisbatan ochiq, samimiy munosabatda bo‘lish.
Suhbatdoshning savollariga javob bera turib, burnini qashlash – aldash yoki ishonmaslik.
Jag‘ni qashlash – javob berish yoki bermaslik haqida o‘ylanish.
Tirnoqlarni tishlash – xijolatpazlik.
Ruchka yoki ko‘zoynakni artish – javob berish oldidan o‘ylanish.
Biron narsa (stol, parta, kafedra)ga suyanish – og‘ir vaziyatga tushib qolganlik va undan chiqish yo‘llarini izlash.
Ustki kiyimdan nimanidir qoqish – mavjud vaziyatni yoqtirmaslik.
O‘ng va chap qo‘l barmoqlari uchlarini mos holda birlashtirish –diqqatni jamlash, masalaga jiddiy yondashish.
Oyoqlarni, shuningdek, qo‘llarni ko‘krak oldida chaltishtirish yoki o‘ng va chap qo‘l barmoqlarini bir-biriga bog‘lash – suhbatdoshga nisbatan yopiqlik, ehtiyotkorlik.
Qo‘l kaftlarini bir-biriga ishqash, oyoq tovonlarini ko‘targan holda qimirlatib turish – asabiylik, bezovtalik, norozilik.
Elkaga qoqib qo‘yish – ruhiy yaqinlik, dalda berish.
Qo‘lni mahkam siqish – do‘stlik, hamkorlikni ifodalash.
Qo‘l uchida salomlashish – yoqtirmaslik, yomon ko‘rish, jirkanish.
Boshni silab qo‘yish –erkalatish, yoqtirish.
Labni yalash – yolg‘on gapirish, qo‘rquv.
Labni tishlash – hijolat bo‘lish, uyalish.
M.Snayderning “Muloqot jarayonida o‘z-o‘zini nazorat qilish” nomli testi asosida tinglovchilarning kommunikativlik kompetentligiga egaliklarini aniqlash.