Shayxontohur tumani IIO FMB boshlig’i podpolkovnik M.M.Saidazimovga
Shayxontohur tumani S.Darvoza ko’chasi 12-uyda ro’yxatda turuvchi Abduqaxxorova Muslima dan Telefon: 97 735-07-09
A R I Z A Men Abduqaxxorova Muslima yil kuni soat taxminan 21: 00 da akam Xoshimov Hojiakbar bilan birga Ipakchilik chorraxasi yaqinida joylashgan sport market do’koniga borib 95 000 so’mga kokteyl idish sotib oldim va olgan idishimni tekshirib ko’rish maqsadida yaqin atrofdagi oziq ovqat do’konidan suv sotib olib idishga solib tekshirdim. Shunda idishdan suv oqib ketdi va men sotib olgan idishim yaroqsiz ekanligini bildim va sotib olgan do’konimga qaytib bordim. Borsam eshik qulflangan ekan, tashqarida murojat qilishim mumkin bo’lgan raqamni topib qo’ng’iroq qilsam, do’kon egasi ekanligi bu xolat bo’yicha ertaga kelishim kerakligim haqida aytdi. Men esa idish menga bugun kerekligi, ertaga erta tongdan sport zalida mashg’ulotim borligini aytdim. Shunda do’kon egasi yetib kelib, vaziyatimni eshitar eshitmas menga ertaga kelishimni, kerak bo’lsa mahsulotni qaytarib bermasligini aytib, menga jaxl qilib qo’limdagi kokteyl idishni sindirib tashladi. Yonimda turgan akam oraga aralashib, do’kon egasiga vaziyatni tushuntirishiga qaramay, menga baqirib qatga borsen bor deb po’pisa qildi.
Shu orada onam bizga qo’ng’iroq qilib qayerda ekanimizni so’radi va meni yeg’layotgan ovozimdan bildiki meni kimdir hafa qilgan. Shunda onam vaziyatni eshitgach do’kon egasini nomerini so’radilar, bizni yosh ekanimizni inobatga olib o’zlari vaziyatni tushuntirimoqchi bo’lganlarida, do’kon egasi ularga ham xaqoratli so’zlarni aytib xaqoratladi.
Sizdan menga va onamga nisbatan bu vaziyatga qonun doirasida chora ko’rishingizni, do’kon egasining bunday munosabati uchun qonuniy jazo belgilashingizni so’rayman.