Шмишек тест – саволномаси ёрдамида ўсмирларнинг характер акцентуациясини аниқлаш



Yüklə 284 Kb.
səhifə1/5
tarix02.01.2022
ölçüsü284 Kb.
#42250
  1   2   3   4   5
SHMISHEK test


SHMISHEK test – savolnomasi yordamida o’smirlarning xarakter aksentuatsiyasini aniqlash.

 

                   Test – savolnoma negizida K. Leongardning shaxs aksentuatsiyasi konsepsiyasi yotadi. SHunga asosan aksentuatsiyalar – bu har bir insonga xos bo’lgan ba’zi bir individual xususiyatlarning «keskinlashgan, o’tkirlashgan» ko’rinishidir. K.Leongard xarakter va temperamentning o’tkirlashgan xususiyatlarini ajratadi.



                   Test 10 shkaladan iborat. Ular ro’yxat shaklida 88 savoldan iborat va javoblarning «Ha» yoki «yo’q» ikki variantidan birini tanlab javob berishini nazarda tutadi.

                   Test o’tkazish uchun standart yo’riqnoma bilan test bukleti, shuningdek, standart javob varaqasi bo’lishi zarur. Javob varaqasiga raqam yoniga sinalayotgan javob variantiga mos tarzda «+» yoki «-» belgilari qo’yadi.

 

Kalit bilan savollar ro’yxati.



1.     Sen odatda xotirjam, quvnoqmisan? (1).

2.     Sen tez xafa bo’lib qolasanmi? (1).

3.     Tezda yig’lab юborishing osonmi? (6).

4.     O’z ishingda xato bor-yo’qligini ko’pincha tekshirasanmi?. (4).

5.     Sinfdoshlaring singari kuchlimisan? (-2)

6.     Xursandchilikdan g’am-andug’ga yoki g’am-andug’dan xursandchilikka oson ko’cha olasanmi? (9).

7.     O’yinlarda yetakchi bo’lishni yoktirasanmi? (8)

8.     Hech bir sababsiz hammaga jahl qiladigan kunlaring bo’ladimi? (5)

9.     Sen jiddiy odammisan? (6)

10.                       Har doim o’qituvchilar topshirig’ini vijdonan bajarishga intilasanmi? (7)

11.                       YAngi o’yinlar topa olasanmi? (1)

12.                       Kimnidir xafa qilgan bo’lsang, tezda unutasanmi? (-7)

13.                       O’zingni mehribon deb hisoblaysanmi? (6)

14.                       Pochta qutisiga xat tashlagach, xat pochta qirrasiga tiqilib qoldimikan, deb qo’ling bilan tekshirib ko’rasanmi? (4)

15.                       Maktabda, to’garakda, sport seksiyasida eng oldinda bo’lishga intilasanmi? (8)

16.                       Kichkinaligingda momaqaldiroq va itlardan qo’rqarmiding? (2)

17.                       Seni o’rtoqlaring o’ta intiluvchan va tartibli deb hisoblashadimi? (4)

18.                       Sening kayfiyating uydagi va maktabdagi ishlarga bog’liq bo’ladimi? (9)

19.                       Ko’pchilik tanishlaring seni yaxshi ko’radi, deb aytish mumkinmi? (8)

20.                       Ko’nglingda notinchlik bo’lib turadimi? (5)

21.                       Odatda biroz g’amgin юrasanmi? (3)

22.                       Alam cheka turib, o’kirib yig’laysanmi? (10)

23.                       Uzoq vaqt bir joyda qolish sen uchun qiyinmi? (1)

24.                       Senga nohaqlik qilishganda o’z huhuhing uchun kurashasanmi? (7)

25.                       Qachonlardir mushuklarni rogatkadan mo’ljalga olganmisan (-6)

26.                       Parda yoki dasturxon qiyshiq turgan bo’lsa, achchig’ing chiqadimi? (4)

27.                       Bolaligingda bir o’zing uyda yolg’iz qolishdan qo’rqarmiding? (2)

28.                       Sababsiz xursand yoki g’amgin bo’lib turasanmi? (9)

29.                       Sinfingda eng yaxshi o’quvchining birimisan? (8)

30.                       Tez-tez vaktichog’lik, maynabozchilik qilib turasanmi? (-3)

31.                       Jahling tez chiqadimi? (5)

32.                       Ba’zida o’zingni baxtiyor his qilasanmi? (10)

33.                       Bolalarni xursand qila olasanmi? (1)

34.                       Biror kishi haqida o’ylayotgan fikringning hammasini юziga ayta olasanmi? (7)

35.                       Qondan qo’rqasanmi? (6)

36.                       Maktab topshirilarini sidqidildan bajarasanmi? (-4)

37.                       Kimgadir nohaqlik qilingan bo’lsa, uning yonini olasanmi? (7)

38.                       Qorong’i bo’m-bo’sh xonaga kirish sen uchun yoqimsizmi? (2)

39.                       Tez va noaniq ishdan ko’ra, sekinlik bilan aniq bajariladigan ish senga ma’qulmi? (4)

40.                       Odamlar bilan tez tanisha olasanmi? (9)

41.                       Kechalarda sidqidildan so’zgaq? (5)

42.                       Uydan qochib ketgan paytlaring bo’lganmi? (5)

43.                       Bolalar yoki o’qituvchilar bilan bo’lgan janjaldan keyin maktabga bormaslik darajasigacha xafa bo’lganmisan? (3)

44.                       Hayot senga og’ir tuюladimi? (3)

45.                       Muvaffaqiyatsizlikka uchraganingda o’z ustingdan kula olasanmi? (1)

46.                       Agar janjal sening aybingsiz chiqqan bo’lsa, yarashishga intilasanmi? (-7)

47.                       Hayvonlarni yaxshi ko’rasanmi? (6)

48.                       Uydan keta turib, biror narsa qolib ketmadimikan, deb tekshirgani qaytib kirasanmi? (4).

49.                       Senga yoki sening qarindoshlaringga biror narsa bo’lgandek tuюladimi? (2)

50.                       Kayfiyating ob-havoga bog’liq bo’ladimi? (9).

51.                       Savolga javobni bilsang ham sinfda javob berishga qiynalasanmi? -(-8)

52.                        Agar biror kishidan jahling chiqsa, yoqalashib  ketasanmi (5)

53.                       Bolalar orasida bo’lish senga yoqadimi? (-3)

54.                       Biror ishni bajara olmasang, umidsizlikka tushasanmi? (10)

55.                       Ishlarni, o’yinlarni tashkil qila olasanmi? (1)

56.                       Agar yo’lda qiyinchilikka duch kelgan bo’lsang ham, maqsad sari astoydil intilasanmi? (7)

57.                       Kino ko’rayotganingda yoki g’amgin kitob o’qiyotganingda yig’laganmisan? (6).

58.                       Biror tashvishdan uxlashing qiyin bo’ladimi? (4)

59.                       O’rtoqlaringga darsda pichirlab aytib turasanmi yoki ko’chirib olishga berasanmi? (-7)

60.                       Qorong’i ko’chadan yolg’iz юrishga qo’rqasanmi? (2)

61.                       Har bir narsa joy-joyida bo’lishini kuzatasanmi? (4)

62.                       Uyquga yaxshi kayfiyat bilan yotib, yomon kayfiyat bilan uyg’onish hollari bo’ladimi? (9)

63.                       Notanish bolalar davrasida (YAngi sinf, lagerda) o’zingni erkin tuta olasanmi? (8)

64.                       Boshing tez-tez og’rib turadimi? (5)

65.                       Tez-tez kulib  turasanmi? (-3)

66.                       Agar sen biror kishini hurmat qilmasang, u bilan turganingda uni hurmat qilmasligingni sezdirmaysanmi? (8)

67.                       Bir kun ichida ko’plab har xil ishlarni qila olasanmi? (7)

68.                       Tabiatni sevasanmi? (7)

69.                       Uydan keta turib yoki uxlash uchun yota turib eshik qulflanganligini, chiroq o’chirilganligini tekshirasanmi? (2)

70.                       Senga tez-tez nohaqlik qilishadimi? (6)

71.                       O’zingni qanday odam deb hisoblaysan, qo’rqoqmisan? (2)

72.                       Bayram stoli oldida kayfiyating o’zgaradimi? (9)

73.                       Dramatik to’garakka qatnashasanmi, sahnaga chiqishni yaxshi ko’rasanmi? (8).

74.                       Senda besabab ma’юs kayfiyat bo’lib, bunda hech kim bilan gaplashging kelmaydigan holatlaring bo’ladimi? (5)

75.                       Kelajakni ma’юslik bilan o’ylagan holatlaring bo’ladimi? (3)

76.                       Xursandchilikdan g’amginlikka bexosdan o’tib qolish hollari bo’ladimi? (10)

77.                       Mehmonlar kayfini chog’ qila olasanmi? (1)

78.                       Uzoq muddat xafa bo’lib юrasanmi? (7)

79.                       Agar sening do’stlaring bilan falokat юz bergan bo’lsa, qattiq tashvishlanasanmi? (6)

80.                       Xato tufayli daftar varag’ini qayta ko’chirgan bo’larmiding? (4)

81.                       O’zingni ishonmaydiganlardan hisoblaysanmi? (7)

82.                       Tez-tez dahshatli tush ko’rasanmi? (2)

83.                       Derazadan sakrash yoki mashina tagiga o’zingni tashlash hissi bo’lganmi? (4)

84.                       Atrofdagilarning hammasi vaktichog’lik qilayotgan bo’lsa, sening vag’ting ham choq bo’ladimi? (9)

85.                       Agar senda ko’ngilsiz voqealar sodir bo’lsa, vaqtinchalik ularni unuta olasanmi, ular haqida doim o’ylamay юra olasanmi? (8)

86.                       Kutilmaganda o’zingni tutolmasdan qolasanmi va o’zingni odobsizlarcha tuta olasanmi? (4)

87.                       Odatda kamgap, jim юradiganlardanmisan? (3)

88.                       Dramatik tomoshada, rolga shunday kirishib ketib, xatto sahnadagidan boshqacharoq odam ekanligingni unutib qo’yasanmi? (8).

 


Yüklə 284 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin