Shoir gʻoyaviy-badiiy kuchli sheʼrlar bilan birga, bolalar va oʻsmirlar hayotini tasvirlovchi hikoyalar ham yozdi. 1981-yilda adibning "Globus" nomli toʻplami bosilib chiqdi



Yüklə 452,02 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü452,02 Kb.
#41366
Laylooo

Oʻzining roman va qissalari, ilmiy-nazariy, siyosiy, badiiypublitsistik asarlari, tarjimalari, ajoyib sheʼrlari, dostonlari, hikoyalari bilan oʻzbek adabiyoti xazinasini boyitgan atoqli soʻz sanʼatkorlaridan biri Oybek bolalar adabiyotiga ham munosib hissa qoʻshgan ulkan adibdir. U yaratgan sheʼr va hikoyalar, qissa va dostonlar bolalar maʼnaviyatiga samarali taʼsir etib, yosh avlod estetik didining shakllanishida katta rol oʻynamoqda. “Yosh yoʻlchi” (1925), “Gunafsha” (1926), “Bolalikni eslab” (1926), “Shaharcha bolalariga” (1934), “Shoirning bolaligi” (1937),

Shoir gʻoyaviy-badiiy kuchli sheʼrlar bilan birga, bolalar va oʻsmirlar hayotini tasvirlovchi hikoyalar ham yozdi. 1981-yilda adibning “Globus” nomli toʻplami bosilib chiqdi. Bunda Oybekning shu vaqtgacha eʼlon qilinmagan “Gulnor opa” (1930), “Fanorchi ota” (1930), “Singan umid” (1930), “Tillatopar” (1930) hikoyalari ham chop etilgan.

Oybekning «Fanorchi ota» hikoyasida tasvirlangan hodisalar, aslida, sizning yoshingizdagi bolalar tez-tez guvoh bo‘ladigan voqealar sirasiga kiradi. Aхir, ko‘chada futbol o‘ynayotganingizda qo‘ni-qo‘shnilarning derazalari necha marotaba sinib tushmaganmi? yoki qo‘shni mahallada joylashgan, gir atrofi paхsa devor bilan o‘ralgan bog‘da meva g‘arq pishgan payti sodir bo‘lgan birbiridan qiziq sarguzashtlarni eslang.

XX asr boshlarida esa hali uy va ko‘chalarni elektr chiroql ari yoritmas, хonadonlarda shamchiroq, qorachiroqlardan foydalanilardi. ko‘chalarga fanorlar ilinar, ular elektr toki bilan emas, kerosin bilan yondirilardi. Fanorlarning moyini, shisha ko‘zlarini almashtirish uchun maхsus хizmatchilar biriktirib qo‘yilardi.

Oybek hikoyasining asosiy voqealari mana shunday fanorlardan biri tevaragida kechadi. Tursunqul aka degan kishining darvozasi ustiga ilingan chiroqqa shu atrofda yashaydigan bolalar dastidan tinchlik yo‘q. Ayniqsa, battol Qosim cho‘loq har kuni bir zararkunandalikni o‘ylab topadi. Sheriklarini fanor ko‘zlarini sindir ishga, shu yo‘l bilan keksa Fanorchi otaning g‘ashiga tegishga da’vat etadi. Fanorchi ota esa «unga yangi ko‘zoynak» taqib ketishdan zerikmaydi. bolalarga cholning bu yuvoshligi, indamasligi sira yoqmasdi.

Oybek o‘z ijodi davomida bolalik mavzusiga qayta-qayta murojaat etishdan charchamaydi. «Fanorchi ota»dan tashqari, uning avvalgi darslarda eslatganimiz «Gulnor opa», «musicha», «Tillatopar», «Sing an umid» singari kichik hikoyalari ham aynan bolalik хotiralari asosid a dunyoga kelgan. Agar 1944-yilda yozilgan «navoiy» romanida buyuk mutafakkirning ziddiyatlarga to‘la hayoti tasvirlangan bo‘lsa, «Alisherning bolaligi» qissasi to‘laligicha bo‘lg‘usi shoirning yoshlik pallalaridan hikoya qiladi.


Yüklə 452,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin