Shoirning tõyi yohud Qatağon qurbonlari



Yüklə 15,11 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü15,11 Kb.
#194827
Shoirning to\'yi . Beknazarova Maftuna


,,Shoirning tõyi yohud Qatağon qurbonlari"

Erkin A’zam uslubidagi o’ziga xoslikning bir qirrasi xarakter yaratishda yaqqol namoyon bo’ladi. Bu hol uning o’ndan ziyod qissalaridagi chinakam xarakter darajasiga ko’tarilgan qator obrazlar talqinida yorqin ko’rinadi. Muhimi, ular zamini real, muayyan voqelikdagi xarakterlardir. “Badiiy xarakterda sub’ektiv jihat ustunlik qiladi. Shuning uchun badiiy xarakter muammosini ijodkor estetik ideali va ijodiy metodi bilan bog’liqlikda o’rganish maqsadga muvofiq”.


Erkin A’zam estetik idealida insonni har jihatdan barkamol ko’rish, uning xarakteri takomilidagi fazilatu qusurlarni tabiiy, ishonarli aks ettirish, tasvir va ifodada esa realistik metod asosiy mezondir. Bu jihatdan “Shoirning to’yi” qissasidagi xarakterlar alohida ajralib turadi. Qissada, adibning boshqa asarlaridan farqli ravishda achchiq qismat, foje qahramon xarakteri birinchi o’ringa o’tadi.
Asar yaqin o’tmishda yashab ijod etgan va qatag’on qilingan taniqli shoir taqdiriga bag’ishlangan bo’lib, odatdagidek ijobiy va salbiy xarakterlar munosabatlari syujet asosini tashkil etadi. Ammo, voqealar va kechinmalar talqini an’anaviy epik qolipdan boshqacharoq: obrazlarning hech biriga ism qo’yilmay, ular o’zlariga musbat yoxud manfiy munosabatini ifodalovchi so’z bilan ataladi.
Shoir tavalludining sakson yilligini nishonlash tadbiri qissa vo­qea­larining uyushtiruvchi markazdir. Hamma hodisa va lavhalar bevosi­ta va bilvosita bosh qahramon – Otashqalb shoir hayoti tasviriga bo’ysun­dirilib, uning achchiq qismati dahshatlari talqinida yakun topadi. Bu hol syujet tuzilmasida bir o’zgachalikni vujudga keltirgan. Voqealar odatdagi ketma-ketlikda emas, balki epik unsurlarning aralash, sinkretik tarzda kechishini taqozo etgan. Shu bois, umumiy syujet an’anaviy bayonda kompozitsion qoliplash (hikoya ichida hikoya) usuliga asoslanib, u ikki yo’nalishda davom etadi: birinchi, hikoyachi muallif nutqi; ikkinchi, hikoyachi personajlar nutqi. Bulardan birinchisi, umumiy qolip bo’lib, u muallifning bayoni, qahramonga munosabati, lirik chekinish va sub’ektiv fikrlarini o’z ichiga olsa, ikkinchisi, qahramon sarguzashtlari turli personajlar tilidan bayon etiladi. Qissa voqealari zamon va makon jihatdan ikki davr va hududga mansub bo’lib, har ikkalasida ham Otashqalb shoir siymosi yetakchi. Bular: 1) o’tgan asrning 30-yillari va 1956 yildan keyingi davri; 2) qahramonning o’z vatani O’zbekiston va uzoq Sibirdagi hayot lavhalari. Har ikkala sathdagi voqealar o’zaro mantiqan bog’lanib, kompozitsion struktural yaxlitlikni shakllantiradi.

Asardagi epik voqea represpektiv syujet – qahramon hayotining so’nggi daqiqalari, yubiley o’tayotgan koshonaga kelishi bilan boshlanadi va mudhish qismati manzaralari keyingi tasvirlarda aks ettiriladi. Otashqalb shoir adolatsiz tuzum va riyokor g’animlar qurboni, haqgo’yligi, millatsevarligi uchun tahqirlangan, Sibirga surgun qilingan. Ammo, peshonasida bor ekan, u ming azoblarni yengib, bugun o’ziga atalgan “tantana”da qatnashmoqda. Lekin uni hech kim tanimaydi. Adibning uni musofir muxlis deb atashida katta majoziy ma’no mujassam. Tashqi qiyofa tasviri esa uning metin irodali xarakterini kengroq tasavvur qilishga yordam beradi, kitobxonda ham achinish, ham hayrat tuyg’usini uyg’otadi: “Tizzadan kesilgan oyoqlarning po’ntig’iga kirza etikning qo’njidan yasalgan qoplama kiygizilgan, ikkala qo’lining ham tirsagidan pasti yo’q – isqirt, yag’iri chiqqan qop-qora paxtalikning shalviragan yenglari yuqoriga qaytarilib, bilakka chandib qo’yilgan. Avji bahorning iliq oqshomi bo’lishiga qaramasdan, g’aroyib muxlisimizning egnida qalin paxtaligu, boshida eskidan eski quloqchin, soch-soqoli o’sib ketgan. Tashqi qiyofasidan bu yurtning fuqarosiga o’xshamaydi, uzoqdan kelgan, juda uzoqdan, musofir. Ammo uning asov, baroq qoshlar tagidan boqib turgan o’tli ko’zlarini ko’rgan odam bir seskanib tushishi muqarrar! Va uni shubhasiz og’ir bir savol o’rtay boshlaydi: bu qadar tiniq ko’zlar kimniki? Otashqalb shoir – dinamik xarakter. Unga daxldor har bir lavha va talqin real, ishonarli tarzda asoslanadi va xarakterning takomillashish jarayoniga tabiiylik bag’ishlaydi. Qissa boshlanishidagi voqealardayoq uning aftoda ahvolda o’z yurtiga kelishining o’zi favqulodda mustahkam xarakteridan nishonadir.


Darhaqiqat, “ozodlikka umidvorlik bilan yashayotgan” shoirni hech narsa ona tuproqqa borishdan qaytara olmas edi, ammo bu orzu oson kechmadi, xayolida turli fikrlar o’tdi. “Ikki haftacha vagonma-vagon yurib, poezddan tushgach, vokzal yaqinidagi tashlandiq bir kulbaga joylashib, shahar kezib, xotirasida biron-bir narsani tiklamog’i dushvor bo’ldi.
Bu o’rinda voqea va ruhiy holat uyg’unligi namoyon bo’ladi. Surgundagi beayov iztiroblar tafsilotlari emas, balki ularning qahramon qalbidagi dahshatli oqibatlari tasvirda oldingi o’ringa chiqadi va mahbusning ruhiy olamidagi tizginsiz alamlarini yanada kuchaytiradi, unga haykal qo’yilishi va “nomini abadiylashtirishga” qaratilgan boshqa tadbirlar ham yovuzlikka qarshi qasos o’tini o’chira olmaydi. Afsuski, uning bu boradagi imkoniyatlari cheklangan: tili, oyoq-qo’llari kesilgan, faqat ko’z va quloq omon qolgan. Lekin, jismonan majruh, ong-shuur xiralashgan, es-hush kirarli-chiqarli darajada bo’lsa-da ruh tetik, ma’naviyat but: Umid va Ishonch tirik, halqqa, Vatanga sadoqat – suyanch! Shoir “to’yi” lavhasi voqealar rivoji va personajlar kurashining kul`minatsion nuqtasi bo’lib, konflikt ikki xil yo’nalishda kechadi: 1) Otashqalbning do’stlari va g’animlari o’rtasida; 2) Otashqalb bilan vaziyat va dushmanlari o’rtasida. Bulardan birinchisi, fikrlar janggi tarzida, ikkinchisi, qahramon qalbida ichki kolliziya tarzida voqe bo’ladi.
Qissadagi Oqsoqol shoir va Ajoyib domla obrazlarining Otashqalbga munosabatlari talqinida chinakam shoirni “xalq dushmani”ga aylantirgan tuhmat, to’qilgan xayoliy “afsona” mujassamlashgan. Anjumanni qahramonimizning yoshlik do’sti Oqsoqol shoir tomonidan ochilishi tasodifiy bo’lmay, unda muayyan estetik ma’no bor: Otashqalb fojiali qismatining asosiy sababchilaridan biri o’sha! Bu jarayon tafsilotlari qissada muallif nutqi orqali berilib, ularda birinchidan, Oqsoqol shoir munofiqligiga munosabat, ikkinchidan, Otashqalb xarakteridagi in’ikosi yoritiladi. Jumladan, Oqsoqol shoir Otashqalb iste’dodini ko’rolmagani, shuhrati oshayotganiga xavfsirashdan tashqari, do’sti sevgan qiz Moviyko’zni ham talashgani g’animlik asoslari sifatida sharhlanadi.
Otashqalbning fojiali qismati aybdorlaridan biri ma’ruzachi Ajo­yib dom­la Oqsoqol shoir obrazini to’ldiruvchi salbiy personaj ma’naviy inqirozini ifodalovchi tipik timsoldir. Ajoyib domla demokratiya va yubiley bahonasida qattol qilmishlarini niqoblab, jamoat fikrini chalg’itishga urinadi, hatto Otashqalb surgunda bir daqiqa ijodini to’xtatmaganini, bir qancha she’ru dostonlar yaratgani, lekin bularni nazoratchi ma’murlar o’sha zahoti yoqib tashlaganlari haqida og’iz ko’pirtiradi va bunday ijodga ofarinlar aytadi. Ushbu safsataning fosh qilishni muallif boshqa personaj zimmasiga yuklaydi. Bu o’rinda Jasur shoir nutqidagi quyidagi fikrni keltirish xiyonatkorlar niqobini ochish uchun yetarlidir:

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, qissaning tagma’nosida tarixiy siymolar, hayotdagi real hodisa narsa va joy nomlariga muayyan ishora seziladi. Bunda tarixiylik tamoyili ifodasi ancha so’nik bo’lib, umumiy fon vazifasini bajaradi va muallifning badiiy tafakkuri qatlariga singib ketadi, tasvirning yaxlit silsilasida esa adib ijodiy hissasi, kashf etish salohiyati yorqin va ustuvordir. Bu o’rinda Otashqalb bilan taqdirdosh ijodkorlar Usmon Nosir va Cho’lpon nazarda tutilmoqda.


Adib yangi obraz yaratishda bu ikki shoirga xos ayrim xususiyatlardan sintez yo’li bilan prototip sifatida ijodiy foydalanadi. Zero, qahramon umrining qator jihatlari bilan qatag’onga uchragan yuqoridagi shoirlar qismati o’rtasida muayyan o’xshashlik, yaqinlik bor, lekin aynan shular deb bo’lmaydi.
Bu o’xshashlik Usmon Nosir shaxsiyati, harakat-intilishlari doirasida, Cho’lponning esa ijodi, muayyan asarlariga munosabat aspektida ko’proq aks etadi. Usmon Nosir xarakteridagi qiziqqonlik, kuyunchaklik, haqsizlikka murosasizlik, tantilik va mardlik kabi xislatlar, bir guruh kishilarning Sibirga borib, qabrini ziyorat qilishlari, uni bilganlar bilan muloqotda bo’lishlari, shuningdek, jabrdiydani surgundan ozod qilishni so’rab yuqori tashkilotlarga ariza yozganiga oid real voqealar qissa qahramoni sarguzashtlariga hamohang. Ammo, bu monandlik badiiy kontekstda bo’lgani va ijtimoiy-estetik jihatdan qayta sayqal topgani, mazmunan boyitilgani bois originallikka monelik qila olmaydi.
Qissada Cho’lponga aloqadorlik uning ikki asarining Otashqalbga nisbat berilishi va bevosita matnda tasviriy vosita sifatida qo’llanilishida ko’rinadiki, bu hol adabiyotning badiiy shartlilik xususiyati bilan asoslanadi. Jumladan, Cho’lponning mashhur “Adabiyot nadur?” asari qissada “She’riyat nadur?” shaklida Ajoyib domla nutqida tilga olinib, Otashqalbning “adabiyotshunoslar uchun hali-hamon bebaho qo’llanmasidir” deya baholansa, “Sen-sen” she’riga kengroq o’rin ajratiladi.
Ko’rinadiki, zamondosh va kasbdosh Usmon Nosir, Cho’lpon qismatlaridagi Otashqalbga o’xshashliklar milliylik va ijtimoiy pozitsiya qanchalik yaqin bo’lsa-da, obrazlar orasiga tenglik alomati qo’yib bo’lmaydi. Chunki, dastlabki ikki shoir – tarixiy, Otashqalb esa badiiy qiyofa. Ya’ni, muallif badiiy niyatiga ko’ra individuallashgan va ayni chog’da umumlashma obrazdir.

Xulosa

Asar yechimida kutilmagan tarzda fojiaga nuqta qo’yiladi: “O’sha kecha shaharda ikki sirli o’lim hodisasi yuz berdi. Biri, Oqsoqol shoirning o’z dachasida yurak xuruji va “qo’l-oyoqsiz tasqara bir vujuddan” bo’g’ziga tushgan zarba natijasida vafot etishi. Ikkinchisi, muallif Otashqalbga nisbatan “o’lim” so’zini qo’llamaydi. Bu ma’no o’sha olag’ovur vaziyatdan, nogironga tegishli hujjat va g’alati ashyolardan anglashilardi.


Umuman, ushbu qissa qatag’on mavzusida o’zbek adabiyotida yaratilgan sara asarlardan biri, Otashqalb shoir esa achchiq qismatli shaxs fojiasining realistik ifodasidir. Bu asar qatağon davrini nihoyatda gözal namoyon etib bergan asardir. Asarda bu kirlik davr öz ,,jozibasi" bilan boricha yoritib berilgan. Hech qanday rangli bõyoqlarsiz õz holicha tasvirlangan. Men bu asarni öqib shuni angladimki, ösha mashum kunlarda xalqimizning zabardast farzandlari mahv etilgan. Ming afsuslar bõlsinki , bunga bizning õzimiz ham sabab bõlganmiz.
Yüklə 15,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin