Shundan beri kompaniya, Stiv Jobs xotirasi uchun ham mahsulotlarda ushbu aniq vaqtni o’zgartirmasdan kelmoqda



Yüklə 14,64 Kb.
tarix28.07.2020
ölçüsü14,64 Kb.
#32326
Apple

Barchaga assalomu alaykum. Sizlar bilan yana “Marketing olami” kanali. Bugun birgalikda Apple kompaniyasining o’ziga xos an’anasi haqida gaplashamiz.

Hech e’tibor berganmisiz, Apple kompaniyasi tomonidan taqdim etiladigan iPhone reklamalarida va bannerlarda doimo telefon ekranida bir xil vaqtni, ya’ni 09:41 ni ko’rish mumkin. Xo’sh, buning siri nimada?

2007-yil 9-yanvar, tongi soat 9:00 da Stiv Jobs yangi mahsulotni taqdim etish uchun Macworld Conference & Expo sahnasida o’z chiqishini boshlaydi. Taxminan 40 daqiqalik tanishtiruv nutqining oxirida u shunday deydi: “Men aynan bu kunning kelishini 2 yarim yil kutdim..”. Shu gapdan keyin, ya’ni soat 09:42 da Stiv Jobs ilk iPhone telefonini cho’ntagidan oladi… Demak, Apple’ning reklama materiallarida ko’rsatiladigan vaqt aslida bu birinchi iPhone namoyishining aniq vaqti hisoblanar ekan.

Bu haqida kompaniyaning sobiq vitse-prezidenti Skott Forstal batafsil shunday degan edi: “Doim bizning prezintatsiyalarimiz mahalliy vaqt bilan ertalabgi 09:00 da boshlangan. Chiqishning dastlabki qismida kompaniyaning yangi mahsulot ustida olib borgan izlanishlari, so’ngi vaqtlarda erishilgan yutuqlar haqida aytib beriladi va buning uchun taxminan 40 daqiqa vaqt kerak bo’ladi. Qachonki, monitorda yangi mahsulotning eng birinchi tasviri ko’rsatilganida, biz unda ko’rsatilgan vaqtning namoyishga tashrif buyurgan mehmonlar qo’lidagi soat vaqti bilan bir xil bo’lishini xohlaymiz. Shu sababli aynan 09:40 emas, balki har ehtimolga qarshi 09:42 ni tanlaganmiz”

Dastavval Apple kompaniyasi iPhone reklamalari uchun 09:42 ni, iPad uchun esa 09:41 ni tanlagan edi. Lekin keyinchalik kompaniya marketologlari kelishgan holda barcha mahsulotda yagona vaqt – 09:41 ni aks ettirishga qaror qilishadi.

Darvoqe, yangi mahsulotlarda soatning 09:41 ni ko’rsatishidan tashqari 9 va seshanba yozuvlarini ham ko’rish mumkin. Bu ham dastlabki iPhone taqdimoti uyushtirilgan sanaga ishora.



Shundan beri kompaniya, Stiv Jobs xotirasi uchun ham mahsulotlarda ushbu aniq vaqtni o’zgartirmasdan kelmoqda.

Azizlar, ushbu video sizlarga yoqqan bo’lsa “layk” bosishni unutmang va albatta kanalimizga obuna bo’lib, o’z fikrlaringizni kommentlarda yozib qoldiring! Ko’rishguncha)
Yüklə 14,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin