Siyosiy rejim
Reja:
Siyosiy rejim tushunchasi va uning turlari.
Demokratik rejim va uning asosiy belgilari.
Liberal rejim.
Nodemokratik rejim va uning turlari: totalitar, avtoritar, fashistik, irqiy va boshqa rejimlar.
Davlat rejimi tushunchasi.
Siyosiy rejim - halq irodasiga muvofiq siyosiy hokimyatning amalga oshirishga xizmat qiluvchi siyosiy tashkilot (Davlat, siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, nodavlat uyushmalar), siyosiy normalar, prinsiplar, institutlar, jarayonlarning o`zaro aloqadorligi va mushtarak yig`indisidir.
Siyosiy rejim insonlar faoliyatining alohida soxasi - siyosat, siyosiy munosabatlar va aloqalar sohasi bilan bog`liq. U muayyan siyosiy idoraning mahsuli sifatida vujudga keladi va irodaning amalga oshirishgasafarbar etilgan vositalarning institutsiyaviy (tashkiliy – to`z ulmaviy) rasmiylashgan shakli sifatida namoyon bo`ladi. Siyosiy rejim kishilar o`rtasidagi siyosiy munosabatlarning barqaror shakli bo`lib, uning yordamida jamiyat a`zolarining barchasiga nisbatan hokimiyat ta`siri amalga oshiriladi yoxud qat`iy irodaviy qaror qabul qilinadi.
“Siyosiy rejim ” talqiniga chuqurroq kirib borish, uning mohiyatini anglab yetish uchun “ siyosat ” va “ Rejim ” iboralarining lug`uviy hamda ilmiy ma`nolarini aniqlash lozim.
“ Siyosat ” – yunoncha “politika” so`zining tarjimasi bo`lib, uning ma`nosi “davlatning boshqarish san`ati ”, “davlat ishlari” demakdir.
Qadimda yunon faylasufi demokritning fikricha, “Siyosat - davlatning idora etish, boshqarish mahoratidir”
Bugungi kunda siyosat - davlat ishlarida ishtirok etish, davlatni yo`naltirib turish, uning shaklini, vazifasini, faoliyatini mazmunini
belgilash deb, talqin qilinadi. Siyosat - turli ijtimoiy guruhlarning davlat hokimiyatiga munosabatining ifodasidir. Ingliz siyosatshunos olimlari G.Ponton va P.Jillsiyosatni quyidagicha uya jixatining mushtarak birligi tarzida ixohlayodi:
kishilarning ijtimoiy masalalarini tushunish va hal etish usuli;
bu faoliyat asosida yotuvchi prinsiplar;
ayrim shaxs yoki guruhlarning vaziyat usulidan nazoratni qo`lga kiritish va uni saqlab qolish vositasi;
Siyosiy rejim tushunchasi ilmiy doiralarda nisbatan yaqinda – XX asrning 60-yillarida paydo bo`ldi. Shu paytdan boshlab esa u jiddiy munozaralarga, tortishuvlarga sabab bo`ldi. Jumladan, ayrim olimlarning fikricha, «siyosiy rejim» so`zini sentezlash mohiyatiga ko`ra, davlat shakli tushunchasining sinonimi sifatida qaralishi kerak edi. Boshqa birlarining fikriga ko`ra esa, siyosiy umuman davlat shakli tarkibidan chiqarib tashlanishi zarur. Zero, deb tushuntiradi olimlar, davlatning amal qilishi siyosiy emas, balki davlat rejimining tavsiflaydi. Bu munozaralar oxir oqibatda siyosiy rejimni tushunishga ikki xil yondoshuv- tor va keng ma`nodagi yondoshuvlarning paydo bo`lishiga olib keldi.
Keng ma`nodagi yondoshuv siyosiy rejimni siyosiy hayot va umuman jamiyat siyosiy tizimi xodisalari qatoriga kiritadi. Tor ma`nodagi yondoshuv uni faqat davlat hayoti va davlatning o`zigagina mansub tushuncha sifatida talqin etadi va buni uning davlat shaklining boshqa tamonlarini- boshqaruv shakli va davlat to`z ulishi shaklinin, shuningdek, davlatning o`z fuqarolarini aniqlab berishi bilan izohlaydi.
Lekin ko`p o`tmay, siyosiy rejim ham keng ma`nodagi, ham tor ma`modagi yondashuvlarni taqazo etadi, degan xulosaga kelindi. Bunga sabab shundan ibratki, maskur qarash jamiyat hayotining ikki asosiy sohasi-davlat va ijtimoiy-siyosiy sohalarda ro`y bearyotgansiyosiy jarayonlarni zamonaviy tushunishga ko`proq mos keladi. Bunday qarash,
shuningdek, davlat va nodavlat tashkilotlari, ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar tarkibiga kiruvchi siyosiy to`z umning zamonaviy talqiniga ham mos keladi. Siyosiy to`z umning barcha tarkibiy qismlari-siyosiy partiyalar,jamoat tashkilotlari va mehnat jamoalari davlatning, uning mohiyati, funksiyalari, shakl va uslublarining jiddiy ta`sirini xis etib turadi.
Siyosiy to`z um deganda, davlat ichki to`z ililshi jixatlarining o`zaro aloqalari va ta`sirining eng muhim, doimiy hususiyatlarini ifodalovchi ijtimoiy – siyosiy munosabatlarnin majmuasi, yig`indisi tushuniladi. U siyosiy hokimiyatni, umuman, davlat muassasalari tizimini va ularning asosiy tashkiliy shakllarini belgilab beradi. Siyosiy to`z um har bir mamlakatning mavjud shart-sharoitlarini inobatga olib belgilanadi. Siyosiy to`z um, odatda, mamlakat konstitutsiyasida va shu asosda chiqarilgan boshqa qonuniy xujjatlarda mustahkamlab qo`yiladi.
Dostları ilə paylaş: |