Sifatini rivojlantirish va tarbiyalash



Yüklə 33,09 Kb.
tarix28.09.2023
ölçüsü33,09 Kb.
#150405
YENGIL ATLETIKACHILARNING TEZKORLIK


MAVZU: YENGIL ATLETIKACHILARNING TEZKORLIK
SIFATINI RIVOJLANTIRISH VA TARBIYALASH.
 
R E J A :
 
1. Yengil atletikada jismoniy sifatlarning ahamiyati.
2. Tezkorlikni rivojlantirish.
3. Bug’inlarda xarakatchanlikni rivojlantirish.
 
 
 
 
 
 
 
 
 


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish to’g’risida” 2002-yil 24oktyabrdagi PF-3154 sonli farmonida “Bolalarni jismoniy va ma’naviy tarbiyalashning zamonaviy shakl va uslublarini, jinsi va yoshiga qarab bolalarga sport ko’nikmalarini singdirish, sport sohasida iqtidorli bolalarni ixtisoslashtirilgan sport maktablari va markazlaridagi mashg’ulotlarga tanlab olishning ilmiy asoslangan tizimlarini ishlab chiqishni tashkil etish hamda ularni tatbiq qilishga ko'maklashish" lozimligi alohida ta’kidlangan.
Yengil atletika mashqlarining xilma-xilligi yurish, yugurish, sakrash va uloqtirishda kuch va tezkorlik mashqlarda mushakdagi kuchni o’zgarib turishi har xil yoshdagi va jinsdagi bolalar va kattalarda yengil atletika mashg’ulotlarida qatnashish imkonini yaratadi. Bu mashqlarning ko’pchiligini texnik jihatdan bajarish qiyin emas, o’rgatish uchun oson, ularni oddiy maydonchalar va ochiq joylarda bajarish mumkin. Yengil atletika mashg’ulotlari maktabda jismoniy tarbiya darslarida, maktab sport to’garagida o’tkaziladi.
Yengil atletika bilan shug’ullanuvchilarning tayyorgarlik darajasini baholash, bu sport turi bilan shug’ullanishni rag’batlantirish va musoboqalarni yaxshiroq tashkil etish uchun, razryadlarga bo’lish qabul qilingan. Yengil atletika sporti ommaviy rivojlanayotgani, undagi natijalar doimiy oshib borayotgani sababli razryad mezonlari har to’rt yilda o’zgartirilib turadi.
Yengil atletika mashqlari bilan muntazam shug’ullanuvchilarda yurak-qon tomir va nafas olish tizimi mustahkamlanadi, mushaklarning gormonik rivojlanishi ta’minlanadi, bo’g’inlardagi harakatchanlik yaxshilanadi va asab-mushak koordinatsiyasi takomillashadi.
Bolalar, o’smirlar va o’spirinlar bilan o’tkaziladigan yengil atletika mashg’ulotlarining mazmuni ularning yosh xususiyatlariga bog’liq bo’lib, mashg’ulotlarni rejalashtirish va o’tkazish vaqtida buni e’tiborga olish zarur. Ma’lumki kishi organizmining o’sishi, shakllanishi va rivojlanishi o’rta hisobda 25 yoshgacha davom etadi. Organizmning shakllanishi bilan birga bolaning suyak tizimi ham rivojlanadi.
To’qimalardagi zich g’ovak moddalar tuzilishi o’zgaradi, suyaklar bo’yiga va eniga o’sadi.
Turli xil mashqlar ichida yengil atletika mashqlari insonni har tomonlama jismoniy rivojlantirishda asosiy o’rinni egallaydi. Xususan, turli xil yugurish, sakrash, uloqtirishlar har bir jismoniy tarbiya darsining tarkibiy qismiga kiritilgan. Yengil atletika mashqlaridan maktabda sport to’garaklari mashg’ulotlarida, shuningdek yozgi dam olish oromgohlarida ham keng qo’llaniladi. Yengil atletika turlaridan
“Alpomish” va “Barchinoy” maxsus test sinovlari majmuasiga ko’pgina mashqlar kiritilgan.
Yengil atletika mashqlarini aniq tasnifga tushurish uchun uni besh bo’limga bo’lib (yurish, yugurish, sakrasah, uloqtirish, ko’pkurash) tavsiflash maqsadga muvofiqdir. Ular o’z navbatida turlarga, turning xillariga hamda variantlar va masofalarga ajratiladi. Hozirgi vaqtda yengil atletikaning erkaklar uchun 24 turi, ayollar uchun 23 turi
Olimpiya o’yinlari dasturiga kiritilgan.
Yurish, yugurish, sakrash va uloqtirish kabi yengil atletika mashg’ulotlarida qo’llaniladigan turli maxsus mashqlar bolalar uchun qulaydir. Maktab o’quvchilarining yengil atletika mashqlarini bajarishi ularning harakat imkoniyatlarini kengaytirib, boshqara olish qobiliyatlarini yaxshilabgina qolmay, sportda texnik mahoratga erishish uchun ham zamin yaratadi.
Yengil atletika to’garagining asosiy vazifasi o’quvchilarni sog’lomlashtirish, ma’nan barkamol yetuk shaxsni tarbiyalashga qaratilgan bo’lishi kerak. Maktabda yengil atletika sportining yurish, yugurish, uloqtirish va sakrash turlariga qiziqishlari va iqtidorini inobatga olgan holda o’quvchilarni jalb qilish zarur.
Har tomonlama jismoniy rivojlanish, sog’likni mustahkamlash va sportda muvoffaqiyat qozonmoq uchun, jismoniy va ma`naviy-irodaviy fazilatlarini asosiylarini rivojlantirish va tarbiyalash zarur. Ana shu jismoniy va ma`naviy-irodaviy fazilatlarning asosiylarini rivojlantirish va tarbiyalash yengil atletikachilar tayyorgarligining muhim qismidir. 
Yengil atletikachilarning asosiy jismoniy sifatlarini rivojlantirish (jismoniy tayyorgarlik) eng avvalo sportchining har tomonlama va maxsus jismoniy rivojlanish protsessidir. SHunga binoan jismoniy tayyorgarlik umumiy jismoniy tayyorgarlikkka va maxsus jismoniy tayergarlikka bo’linadi. 
Umumiy jismoniy tayyorgarliqda yengil atletikachining garmonik rivojlanishi, ya`ni xarakat muskulaturasini rivojlantirish, organizm organlari va sistemalarini mustahkamlar, ularning funktsional imkoniyatlarini ortirish, chidamlilikni, chaqqonlikni, egiluvchanlikni oshirish, qomat va tana tuzilishdagi kamchiliklarni tuzatish nazarda tutiladi. Bunga erishish uchun turli xil xarakat faoliyatiga qatnashuvchi organizm organlari va sistemalari bilan hamma tana qismlariga jismoniy mashqlar yordamida muntazzam ta`sir etib turish zarur. Buning uchun esa yuqorida zikr etilgan uch gruppadagi mashqlardan, ayniqsa, umumiy rivojlanshga mo’ljallangan mashqlardan har xillarini ishlatish kerak. 
Maxsus jismoniy tayyorgarlik yengil atletikaning mazkur turini bajarish uchun nima talab etilishiga qarab, sportchi organizmining hamma funktsional imkoniyatlarini, hamma organlar va sistemalarni yuqori darajada rivojlantirishga karatilgan. Buning uchun tabiiyki, tanlab olingan yengil atletika turining mashqlari va maxsus mashqlardan foydalaniladi. 
Umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun ko’pincha umumiy ta`sir ko’rsatadigan mashqlardan, maxsus tayyorgarlik uchun esa, aniq maqsadga yo’naltirilgan mashqlardan foydalanadi. Lekin umumiy jismoniy tayyorgarlikda ham jismoniy rivojlanish, tana tizimini, qomat rasolik va shunga o’xshashlardan ayrim kamchiliklarni yo’qotish uchun, aniq yo’naltirilgan mashqlar qo’llanadi. 
Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikda kuchni, tezkorlik, chidamlilikni, chaqqonlikni, egiluvchanlikni rivojlantiruvchi mashqlar asosiy rol’ o’ynaydi. Xuddi shu jismoniy fazilatlarda yengil atletikachining butun organizmidagi organlar va sistemalarni qobiliyatiga asoslanib, uning xarakat qilishi imkoniyati aks etadi.
Kuch ko’paymasa sport mahoratiga etishib bo’lmaydi. Xarakat tezligi hamda chidamlilik va chaqqonlik ko’p jihatdan muskullar kuchiga bog’liq. Muskullar kuchi bosh miya qobig’i faoliyatiga mos keladigan markaziy nerv sistemasining axvoliga muskullarning fiziologik kundalang kesimiga, muskullarda bo’ladigan bioximik protsesslarga, muskullar qo’zg’aluvchanligining o’zgarishiga, ularning charchoqlik darajasiga va boshqa sabablariga bog’liq bo’ladi. 
Bundan tashqari, muskul kuchini namoyon qila olish nerv to’qimalarining funktsional imkoniyatini oshirish yo’li bilan ham rivojlantiriladi. Muskul kuchi uning fiziologik kundalang kesimiga to’g’ri proportsional bo’lgani uchun, jismoniy mashqlar ta`sirida muskul massasi ortgan sari muskul kuchi ham ko’paya boradi, shu bilan birga, muskullarda aylanish kuchayadi, modda almashinish yaxshilanadi, energiya beradigan moddalar ko’payadi. 
Muskul kuchining bu asosiy tomonlari o’zaro uzviy bog’liqdir.
Biroq mashq va metodlarni, muskul massasini ko’proq oshiradigan yoki nerv to’qimalarining tegishli funktsional imkoniyatlari darajasini oshirib, kuchni namoyon qila olishni yaxshilaydigan qilib tanlash mumkin. 
Yengil atletikachilar tanasidagi hamma muskullar kuchli garmonik rivojlangan bo’lish kerak. Lekin tana muskulaturasining rivojlanish darajasiga bo’lgan talab yengil atletikaning turiga bog’liqdir. Uloqtiruvchilarga kuchni hammadan ko’p rivojlantirish kerak bo’lsa, marafonchilarga hammadan kam kuch kerak. 
Lekin asosan yengil atletikaning mazkur turini bajarish uchun eng muhim bo’lgan muskullar gruppasini rivojlantirishga e`tibor beriladi. Anchagina ko’p muskul kuchi namoyon qila olishni yaxshilash uchun katta va maksimal kuchlanish metodlari qo’llanadi. Bu muskul tanlab olingan mashqlarni katta va maksimal kuch bilan (maksimaldan 75-100 %) takror-takror bajarish demakdir. Bunda mashqlarda yengil ateltikaning qaysi turida mumkin qadar ko’p kuch sarflashni o’rganib olish maqsad bo’lsa, shu turning yoki shu tur elementining koordinatsion struktura yaxlitligi saqlab qolinadi. Mashqni qiyinlashtira borish (shtanga va snaryadlar og’irligini sakrash balandligini, yugurish tezligini oshira borish) xali bu mashqlarga xos xususiyatdir. 
Muskullar massasini oshirish uchun mashqlar to xarakat to’g’riligi buziladigan darajada muskullar charchagancha to’xtovsiz jihatidan, odatda sportchi ixtisos olayotgan yengil atletika turining elementlariga o’xshaydi. Bunda kuch kelish o’rtacha yoki katta (maksimaldan 50-70 %) bo’lishi kerak. 
Kuchni rivojlantirish uchun elementar mashqlardan tartib, to yaxlit yengil atletika turiga (sakrash, uloqtirish, startdan tashlanish) qadar har xil dinamik mashqlari, o’z vaznidan foydalanib yoki sherigi qarshiligini engib bajariladigan mashqlar eng ko’p keladi. Bundan tashqari, kuchni statik namoyon qilish qo’llanadi. Og’irligi 2, 5 kg dan ortiq gantellar, 10-15 kg gacha qum bilan to’ldirilgan xaltalar, 2-5 i lik to’ldirma to’plar 16 va 32 kg lik toshlar va shtangalar yuk tariqasida xizmat qiladi. 
Og’ir yuk bilan masalan, shtanga bilan bajariladigan mashqlar tananing hamma muskullariga ayniqsa yirik va baquvvat muskul gruppalariga, yengilroq (masalan, to’ldirma to’plar, gantellar) bilan bajariladigan mashqlar esa ayrim muskul gruppalariga ta`sir qiladi. 
Trenirovkada og’irlik qo’shib bajariladigan yengil atletika mashqlardan holi og’irroq asboblarni uloqtirishi, yelkaga qum to’ldirilgan (6-12 kg) xalta olib sakrash mashqlari, og’ir (5-6 kg) belbog’ bilan yuqoriga sakrash kabi mashqlardan ham foydalaniladi. Bunaqa mashqlardan xarakatning strukturasi deyarli o’zgarmaydi, lekin atlet odatdagidan ko’proq kuch sarflash kerak bo’ladi. Kuch atlet uchun zarur sharoitga yaqin sharoitda taraqqiy etadi. 
Bu metodni og’irlashtirgan asboblar bilan shug’ullanadigan uloqtiruvchilar ko’proq qo’llaydilar. Lekin og’irlik qo’shib bajariladigan mashqlarni boshqa engi atletikachilar ham muvaffaqiyat bilan qo’llashlari mumkin. Masalan, ilmiy tekshirishlar sakrash mashqlarida og’irliklardan foydalanganlarning sakrovchanligi, undan foydalanmaganlarga nisbatda ko’proq ortganini ko’rsatdi. Trenirovkaning tayyorlov davrida yengil atletikachilar og’ir poyafzal kiyib yoki 5-6 kg li belbog’ (qurg’oshin bo’laklaridan yoki pitra solingan brizin belbog’) bog’lab, maxsus mashqlar bajarishlari mumkin. 
Og’irliklar bilan bajariladigan yengil atletika mashqlari yordamida ma`lum muskul gruppalari massasini oshirishgina emas, balki juda katta iroda kuchi namoyish qila bilish qobiliyatini ham tarbiyalash mumkin. Bunday mashqlarni mumkin qadar maksimal tezlikda bajarilishi kerak. 
Yengil atletikachilar tayyorgarligida statik kuchlanish mashqlarida ham («Izometrik» metod) foydalanadi. Yengil atletikachi masalan, elkasi bilan turnikka tiranib yoki juda ham og’ir shtangani erdan uzish uchun yarim bukik oyoqlarini to’g’rilashga xarakat qilib, mumkin qadar maksimal kuchlanish sarflaydi. Bunday mohiyatga etib turgan statik kuchlanishda, bosh miyaning kuch kelayotgan muskul gruppalariga oid nerv to’qimalariga ayniqsa katta talab qo’yiladi. Tabiiyki, bunday kuchlanishga javoban nerv to’qimalarining funktsional imkoniyatlari ortadi-da, yengil atletikachi yana kam ko’proq kuch bera oladi. Nerv to’qimalarining funktsional imkoniyatlari oshganiga dinamik xarakatlarda ham ko’proq kuchlanish sarflash imkoniyatini beradi. 
YAngi boshlovchi yengil atletikachilar gavdadagi hamma muskullarini rivojlantirish uchun ko’proq kuch keladigan xilma-xil jismoniy mashqlar qilishlari kerak. Tayyorligi yaxshi sportchilar tanlab olgan turlarida muvoffaqiyatga erishish qaysi muskul gruppalari kuchi bo’lishini talab qilsa, o’sha muskul gruppalarini rivojlantirishlari kerak. Albatta, ular kuchni rivojlantiruvchi mashqlar bilan o’zlarining umumiy jismoniy tayyorlik darajasini sanab borishlari kerak. 
Kuch ko’paytiradigan mashqlar trenirovkaning tayyorlov davrida ko’proq, musobaqa davrida esa kamroq qo’llanadi. Lekin musobaqa davrida hali kuch talab (ko’pincha maksimal kuchlanish talab qiladigan) maxsus mashqlar etarli darajada qoldiriladi. Bu kuch taraqqiyotida erishilgan darajani saqlab qolish uchungina emas, balki uni yanada oshirish uchun ham kerak bo’ladi. 
Katta kuchlanish va zo’r kelishi talab kiladigan, kuch rivojlantirishiga mo’ljallangan mashqlarning asosiylari trenirovka mashg’ulotlariga xaftada 3 marta ozroq zo’r keladigan mashqlar esa har mashg’ulotga qo’shiladi. Bundan tashqari kuch o’stiradigan ayrim mashqlarni har ko’ni (uyda) bajarish kerak. Lekin shuni esda tutish kerakki, qaysi mashqda muskul gruppalari oz qatnashsa, shu mashqni shuncha ko’p takrorlash kerak. 
Kagta va o’rtacha zo’r berish talab qiluvchi denamik mashqlarning ko’p qismini dozalashining umumiy qoidasi mashqni atlet muskullari charchoq sezguncha mashqni davom ettirish qiyinlashib qolguncha bajarishdan iborat. Bunda charchoq hissini engib davom ettiraverish iloji bor bo’lsa ham, mashq qilishni to’xtatish kerak. 
Juda ham og’irlik bilan mashq qilishdan naf chiqishi qiyin, chunki bunda kuch rivoji etarli bo’lmaydi, mashqni takrorlash ham juda ko’payib ketadi. Ko’proq foyda topish uchun mashqlar sekin suratdan boshlab to mumkin qadar maksimal daraja suratgacha me`yorda bajariladi. Xuddi ana shunday vazni har xil yuklar bilan xilma-xil sur`atda mashq kilganda atlet o’z muskullarini idora qila oladigan mazkur yengil atletika turida nihoyatda etar daraja tezlikda maksimal kuch ishlata biladigan bo’ladi.
CHidamli bulish yengil atletikachilarga faqat musobaqalarda qatnashish vaqtida emas, balki katta hajmdagi trenirovka ishini bajarish uchun ham kerak. U organ va sistemalarning (ayniqsa markaziy nerv sistemasi, yurak qon tomir, nafas olish sistemalari va muskul apparatining) tayyorlik darajasiga, sport texnikasining takomil darajasiga va xarakatlarni tejamli bajara bilishga bog’liqdir. 
CHidamlilik umumiy va maxsus bo’ladi. Umumiy chidamlilik har qanday sportchining umumiy jismoniy rivojlanishining tarkibiy qismi bo’lib, avvalo markaziy nerv sistemasidagi, yurak-qontomir, nafas olish va boshqa sistemalardagi jiddiy ijobiy o’zgarishlarning natijasidir. Yengil atletika ayrim turlarining xususiyatiga karab sportchiga maxsus chidamlilik kerak. Ma`lumki, qisqa masofaga yuguruvchi marafoncha yugurishda, marafonchi esa 400 m tez yugurishda chidamsizdir. Ko’p soatli musobaqaga bardosh bera oladigan langar cho’p bilan sakrovchi, 1500 m ga yugurishda chidamsiz bo’lib chiqishi mumkin. Yengil atletikaning har bir turidagi maxsus chadamlilikni uziga xosligi shu qadar zo’rki, uning har biri uchun o’z metodikasi bo’lish kerak. 
Umumiy chidamlilik yillik trenirovkaga kiritilgan jismoniy mashqlarning deyarli hammasi vositasida hosil qilinadi. Albatta, yengil atletikaning ayrim turidagi maxsus trenerovka ham umumiy chidamlilikni oshiradi. Lekin umumiy chidamlilikni oshirishning eng yaxshi vositasi unchalik jadallamay, uzoq vaqt yugurish (ayniqsa kross), shuningdek, changida yugurishdar. Umumiy chidamlilikni hosil qilish uchun, organizmdagi protsesslarning ish tugagandan keyin yuz beradiganlaridan ko’ra, ish davom etayotgan sodir bo’ladiganlarining ahamiyati ko’proq. Xuddi mashq bajarayotgan vaqtda bosh miya qobig’ida organlar va sistemalar funktsiyalarini boshqaradigan dinamik steriotik hosil qiladigan, engil atletakachining ayni shu faoliyatiga sabab bo’ladagan nerv protsesslari takomillashadi. Mana shunday davomli ish vaqtida yurak-qontomir va nafas olish sistemalarining ish qobilyati ham ancha yaxshilanadi. 
Taraqqiyotda orqada qolgan ayrim organ va sistemalarning rivoj toptirishning eng yaxshi yo’li kam jadallik bilan uzoq vaqt yugurish ekanining ham katta ahamiyati bor. Boshda bir xil sur`atda yugurgan ma`qul, chunki yugurish paytida sur`at o’zgarish, yugurishning uzoq davom etishiga yo’l qo’ymaydi. 
Albatta, umumiy chidamlilikni oshirishda «YUgurish vositalari» bir me`yorda yugurishdangina iborat emas, lekin bu hamma
vaqt, ayniqsa yangi boshlayotgan va tayyorligi etarli bo’lmagan yengil atletikachilar uchun asosiy vosita bo’lib qoladi. YAngi boshlovchilar bir me`yorda yugurishni bilib olishlarini yengillashtirish uchun, bir necha vaqt aralash mashq (yurish+shoshilmasdai yugurish+yurish+shoshilmasdan yugurish va hokazo) qilishlari kerak. Keyinchalik bir me`yorda yugurshiga o’tib, davom etish vaqtini asta-sekin ko’paytiraveradilar. 
Tayyorliklari tuzukroq yengil atletikachilar o’zgaruvchan sur`atli yugurish qo’llab umumiy chidamliliklarini oshirishlari mumkin (masalan, o’rtacha yurish bilan 200-400 m ga yugurish, keyin
100-200 m sekin, keyin yana o’rtacha tezlik bilan yurushi va xokazo).
Bunday yugurishga qisqa muxlatli tezlanishlarni kiritish ham mumkin. Birinchi mashg’ulotda yugurish ko’p davom etmaydi: ya`ni shug’ullanuvchilar uchun 5-8 min dan oshmaydi. YUgurshni qancha davom etishini engil atletikachining ixtisosiga va yugurishdagi tayyorlik darajasiga qarab belgilash kerak. Umumiy chidamlilikni rivojlantiradigan davomli yugurishning tezligi yurak-qontomir va nafas olish sastemalariga og’irlik tushmaydigan darajada bo’lishi kerak. endi boshlovchi yengil atletikachalar 1000 m ni 6-7 min da, ayollar esa 7-8 min da yugurib o’tishlari kerak. Keyinchalik bunday tezlik bilan 25-30 minut davomida yugurish kerak. Umumiy chadamlilikni oshirishning dastlabki vaqti oshiriladi. Lekin tayyorlik darajasi o’sishi bilan, yuguruvchining o’ziga sezilmasdan tabiiy ravishda tezlik ortib borishi mumkin. 
Tayyorlik darajasi tuzukroq sportchilarning yugurish tezligi kattaroq bo’lishi kerak (masalan. 1000 m masofani langarcho’p bilan sakrovchilar va sprintchilar 5 minutda, 400 m ga, o’rta va uzoq masofaga yuguruvchilar esa 4 minut 30 sekundda yugurib utishlari kerak). 
Tayyorlik darajasi yuqori bo’lgan yuguruvchilar va tez yuruvchilarning umumiy chidamlilikni oshirish uchun yugurish masofalari 20-30 km gacha engilish mumkin. Bunda tezlik katta bo’lmasligi kerak, albatta. Bunday yugurishlari bor mashg’ulotlar xaftada 3 marta, eng kuchli stayyorlarda esa tayyorlov davrining 3-5 oyi davomida xaftada 6-7 marta o’tkaziladi. Umumiy chidamlilik asosan tayyorlov davrida ravojlantiriladi, musobaqa davrida esa faqat saqlab boriladi. 
CHidamlilikni ma`lum bir tartib rivojlantirish kerak. Oldin (tayyorlov davrida) umumiy chidamlilikni rivojlantirishga, keyin
(musobaqa davrida) maxsus chidamlilikni rivojlantirishga ko’proq e`tibor beriladi. Bu bilan birga tayyorlov darida ham maxsus chidamlilik rivojlanaveradi, musobaqa davrida esa umumiy chadamlilik saqlab boriladi. 
Sakrovchilar va uloqtiruvchilarning maxsus chidamliligini rivojlantirishning asosiy yo’li-tanlab olingan yengil atletika turini, qismdan esa maxsus mashqlarni ko’p martalab bajarishdir. 
Ko’p kurashchining maxsus chidamliliga a’lo darajadagi umumiy chidamlilikka qisqa masofaga yugurshdagi maxsus chidamlilikka, shuningdek, ko’p kurashga kirgan hamma mashqlar texnikasining mukammalligiga asoslanadi. 
Sportcha yurishdagi va ayniqsa yugurishdagi maxsus chidamlilik yengil atletikaning boshqa har qanday turlaridan ko’ra ko’proq harakat texnikasining mukammalligiga bog’liq. Agar 100 m ga yugurishda texnika ko’proq siljish tezligiga xizmat qilish kerak bo’lib, kuchni tejashga ahamiyat berilmasa, o’rta, uzoq va o’ta uzoq masofalarga yugurishda va sportcha yurishda avvalo kuchni tejamli sarflash kerak bo’ladi. 
Turli masofalarga yuguruvchilarning maxsus chidamligini rivojlantirish metodikasida farq bor. U avvalo organlardagi, sistemalardagi va butun organizmdagi yugursh jadalligi va yugurish qancha davom etishiga bog’liq fiziologik xususiyatlar bilan belgilanadi. Bunda kislorodga bo’lgan talabning uni iste`mol qilinishiga nisbatini hisobga olish ayniqsa muximdir. Ma`lumki, organizmning va ayniqsa bosh miya-nerv to’qimalarining ish qobilyati kislorod bilan ta’minlanishiga bog’liq. Kislorod etishmasa (ayniqsa uzoq davom etadagan ish paytida), ish qobilyati kamayib ketadi. SHuning uchun ham organizmni kislorod bilan ta`minlaydagan nafas olish va yurak-qontomir sistemalarining ahamiyati juda katta. Trenerovka metodikasi ko’p jahatdan mana shu sistemalarni takomillashtirishga qaratilgandir. 
Fiziologlarning fikricha, tez yuruvchilar bilan uzoq va o’rta uzoq masofalarga yuguruvchilarning maxsus chidamliligi ko’p jihatdan organizmnint uzoq vaqtgacha kislorodga bo’lgan talab va uni iste`mol qilishda muvozanat saqlay olish imkoniyati («Turg’unlik holati») bilan belgilanadi. Bu yurish, uzoq va o’rta uzoq masofalarga yugurish vaqtida kislorod iste`mol qilish, tomir urush tezligi, qonning minutlik hajmi uzoq vaqt davomida bir ish darajada saqlanishida ham ko’rinadi. Mana shunday «Turg’unlik holati» ga karamasdan, charchoq asta-sekin orta borib, sportchi masofani qattiq charchoq alomatlari bilan tugallaydi. Buning sabablari ko’p, lekin asosiy sabab bosh miyadagi yurish va yugurishni belgilab beradigan nerv to’qimalari faoliyatining vaqtincha susayishidir. Tabiiyki, sportchi yugurishini o’z imkoniyatidan ortiq tezlik bilan boshlasa, charchash tez sodir bo’lib, u tezlikni kamaytirishga yoki yugurishni to’xtatishga majbur bo’ladi. 
Yüklə 33,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin