10-amaliy Sintaktik tahlil grammatik tahlilning tarkibiy qismidir. Grammatik tahlilning bir qismi-morfologik tahlil o‘tkazish usuli yuqorida ko‘rsatildi. Har ikkala tahlil usuli bir-biri bilan bog‘lanadi, biri ikkinchisini to‘ldiradi, aniqlaydi. Chunki grammatika morfologiya va sintaksisni o‘z ichiga oladi. Morfologiya so‘zning strukturasini, so‘znmg nutqda o‘zgarish qoidalarini, so‘zlarning turkumlanishini o‘rgansa, sintaksis so‘z birikmasida va gapda so‘zlammg birikish yo‘llarini, gap tuzilishini, tiplarini, gapning bo‘laklarga ajratilishini o‘rganadi. Ko‘rinadiki, grammatikaning teng huquqli, mustaqil qismlari bo‘lgan morfologiya va sintaksis biri ikkinchisi bilan uzviy bogfiqdir.
Sintaktik tahlil so‘z birikmasi, gap va gap bo‘laklari bo‘yicha o‘tkaziladi. Tinish belgilarini qo‘llash gap qurilishi bilan aloqador bo‘lgani uchun sintaktik tahlilda tinish belgilarining vazifalari ham ko‘rsatib o‘tiladi.
Tahlil uchun ifoda maqsadiga va tuzilishiga ko‘ra turlicha bo‘lgan gaplar berilishi mumkin. Gaplaming awalo tuzilishiga ko‘ra sodda yoki qo‘shma gaplar ekanligini, ifoda maqsadiga ko‘ra darak, so‘roq, buyruq gap ekanligini aniqlab olish gaplami to‘liq sintaktik tahlil qilishning to‘g‘ri olib borilishini ta’mmlaydi. Masalan, berilgan gap qo‘shma gap bo‘lsa, unda ikki va undan ortiq kesim boiadi (uyushgan kesim bunga kirmaydi), ko‘pincha ikki ega mavjud bo‘ladi, bog‘lovchilar va ohang sodda gaplar (sodda gap qismlari)ni bog‘lashga xizmat qilgan boMadi; agar berilgan gap sodda gap bo‘lsa, birgina fikr markazi mavjud bofadi, kesim ham birgina bo‘ladi (uyushiq kesim bundan mustasno) va hokazo.
Tahlil uchun berilgan gap ifoda maqsadiga ko‘ra buyruq yoki so‘roq gaplar bo‘lsa, shuningdek, she’riy parcha bo‘lsa, ularda gap bo‘laklarining tartibi o‘zgargan bo‘lishi mumkin, ikkmchi darajali bo‘laklar (ayniqsa, to‘ldiruvchi va aniqlovchi) belgisiz qoflangan bo‘lishi ham mumkin, tinish belgilarini qo‘llashda ham o‘ziga xos xususiyatlar bo‘ladi.
Gapda so‘zlarning bog‘lanishi: inson baxtli bo‘ladi - tobe bog‘lanish, moslashuv, ega va kesim mosligi;
ilm va mehnat - teng bog‘lanish, bog‘lovchi orqali;
v)ilm bilan baxtli bo‘ladi - ergash bog‘lanish, boshqaruv, ko‘makchi orqali;
g) mehnat bilan baxtli bo‘ladi - ergash bog'lanish, boshqaruv, ko'makchi orqali.