Sirojiddin Said "Adiblar hiyoboni"



Yüklə 26,2 Kb.
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü26,2 Kb.
#203433
  1   2
Bo’sh vaqt hush vaqt


Mavzu: Bo’sh vaqt hush vaqt
Reja:

  1. Payt ma’nosini ifodalash

  2. Bildirgi

  3. Sirojiddin Said “Adiblar hiyoboni” she’ri

Payt ravishi ish-harakatning bajarilish paytini bildirib, qachon?, qachongacha?, qachondan? kabi so'roqlariga javob bo'ladi. Endi, erta, avval, dastlab, tunov kun, qadim, burun, yiliga, yaqinda, tongda, kechqurun, bahorda, yildan yilga, qishin-yozin, erta-kech kabi so'zlar payt ma'nosini ifodalaydi. Masalan: bu yerda kunduzi bolalar, kechqurun kattalar bilim olishadi. Payt ravishlari gapda payt holi vazifasida keladi. Masalan: hozir choy qaynaydi, chaqchaqlashib tong orttiramiz (S.A.). Ba'azan kesim vazifasida qo'llanishi ham mumkin. Masalan: Biz borganda vaqt kechqurun edi.
O'rin ravishi ish-harakatning bajarilish o'rnini bildiradi va qayerda?, qayerdan?, qayerga? kabi so'roqlariga javob beradi. O'rin ravishini oldinda, uzoqda, yaqinda, pastda, nari, quyiga, soy bo'yida, tong payti dalada, qishloq tomorqalarida, bu yoqqa kabi so'zlar hosil qiladi. O'rin ravishi gapda hol vazifasida qo'llanadi. Masalan: Tog' cho'qqilari uzoqdan ko'rinib turibdi.
Sabab ravishi ish-harakatning bajarilish sababini bildirib, nega?, nima uchun?, nima sababdan? kabi so'roqlariga javob bo'ladi. Noilojlikdan, chorasiz, chorasizlikdan, noiloj kabi so'zlari yordamida hosil bo'ladi. Sabab ravishi gapda sabab holi vazifasida qo'llanadi. Masalan: Suvsizlikdan avvallari bu yerlarga ekin ekilmas edi.
Maqsad ravishi ish-harakatning bajarilishdagi maqsadini bildirib, nega?, nima maqsadda?, nima uchun? kabi so'roqlariga javob bo'ladi. Maqsad ravishi gapda maqsad holi vazifasida qo'llanadi. Masalan: Qadamimni ataylab, dadil-dadil bosaman, yoki Otaqo'zi jo'rtaga yarim soat qolganida yo'lga chiqdi (O. YO). Ataylab shahardan keluvdim. Harakatning bajarilish maqsadi uchun, deb yordamchi so'zlari va –gani qo'shimchali ravishdoshlar yordamida aniq ifodalanadi. Masalan: O'qish uchun kelgan. Yordamlashay deb keldim. O'qigani keldi kabi. Shu sababli, o'zbek tilida maqsadni ifodalovchi mustaqil so'zlar (ravishlar) kamdir.
Sifat-so'z turkumida bo'lganidek, ravishlarda ham belgini darajalab ko'rsatish hodisasi mavjud.
Ravishlardagi qiyosiy daraja sifatlardagidek molrfologik usul bilan, ya'ni –roq yordamida hosil bo'ladi. Masalan: tez-tezroq, sekin-sekinroq. Orttirma darajada esa sintaktik usul bilan, ya'ni oddiy darajadagi ravish oldiga juda, g'oyat, nihoyatda, g'oyatda, eng, hammadan kabi so'zlarni keltirish orqali hosil qilinadi. Masalan: Eshikdan To'xtasin aka kirib kelganini hammadan ilgari Majid payqadi (YU.SH). Yoki: Ularning har biri eng oldin O'lmas bilan so'rashishga oshiqardi.
O'zbek tilida ravishlar asosan, 2 xil usulda yasaladi:
1. Morfologik usulga ko'ra, ot ba'zan sifat, son, olmosh, fe'lning sifatdosh va harakat nomi formalariga maxsus ravish yasovchi qo'shimchalarni qo'shish orqali ravish yasaladi.

Yüklə 26,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin