Sizningcha, har bir kasbda o`ziga xos etika mavjud bo`lishi kerakmi yoki umum e’tirof etilgan me’yorlar bo`lishi yetarlimi?



Yüklə 9,44 Kb.
tarix23.03.2023
ölçüsü9,44 Kb.
#89190
Biznes etikasi NM


Sizningcha, har bir kasbda o`ziga xos etika mavjud bo`lishi kerakmi yoki umum e’tirof etilgan me’yorlar bo`lishi yetarlimi?
Quyidagi masalaga o`z fikrimni bildirishdan avval etika so`zining ma`nosiga to`xtalib o`tishni lozim deb bildim. Ma`lumki, etika so`zining lug`aviy ma`nosi – bu odob-axloq demak. Ya`ni etika biror bir ijtimoiy guruh, sinf yoki kasb egalari uchun joriy etilgan, amal qilinishi zarur bo`lgan axloq normasi.
Shunday ekan, men ham, albatta, har bir kasbda o`ziga xos etika mavjud bo`lishi zarur deb hisoblayman. Chunki etika – bu xulq-atvor degani.Agar ushbu xulq-atvor me`yorlari faqat umumiy me`yorlar bilan cheklanib qolsa, unda kasblarning sifati va individualligiga putur yetadi. Fikrimning isboti o`laroq, oddiy ish formasini olaylik. Bu ham bir etik me’yor sanaladi. Agar shifokor faqat shirinso’z, mehribon bo`lsa-yu(umum e`tirof etgan me`yor),maxsus oq xalat yoki jarrohlik kiyimi kiymasdan o`z faoliyatini olib borsa (ya`ni kasbiy belgilangan me`yor bo`lmasa), har xil infektsiyalar bemorlarga yuqish ehtimoli katta bo`ladi. Demoqchimizki, ish sifatiga putur yetadi. Yoki agarda universitet tomonidan o`rnatilgan ichki tartib qoidalar bo`lmasa (davlat tomonidan e`tirof etilganlardan tashqari), bu talabani o`zboshimchalikka, talaba va o`qituvchi o`rtasidagi turli xil nizolarga sabab bo`lishi mumkin. Bu yerdagi ichki tartib-qoidalar ham o`qituvchining, ham talabaning lavozimi hamda shaxsiyatidagi individuallikni tartibga soladi va himoya qiladi.
Fikrimga xulosa o`rnida , ushbu e`tirof etilgan o`ziga xos ichki me`yorlar ham kasbning, ham shaxsning jamiyatdagi o`rnini belgilab berishini aytib o`tmoqchiman. Va bu me`yorlar umum e`tirof etilgan me`yorlar bilan birgalikda yana ham to`liq bo`ladi deb hisoblayman.
Tayyorladi: EKS-3-22- guruh talabasi Noraliyeva Madinaxon
Yüklə 9,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin