Soha notiqligi



Yüklə 20,28 Kb.
səhifə1/4
tarix25.12.2023
ölçüsü20,28 Kb.
#195118
  1   2   3   4
Soha notiqligi-fayllar.org


Soha notiqligi

Soha notiqligi


  • Muloqot - kishilar oʻrtasidagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bogʻlanishlar rivojlanishining koʻp qirrali jarayonidir.

  • Rivojlanib borayotgan jamiyatimizda sogʻlom avlodni, komil insonlarni voyaga yetkazish masalasiga katta e’tibor berilmoqda. Komil insonning muhim sifatlaridan biri muloqot madaniyatidir. Muloqot inson hayoti va faoliyatining muhim shartidir. Aynan muloqot jarayonida insonlar tabiatni oʽzlashtirish va oʻz ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda harakat qilish imkoniyatlariga ega boʻladilar.

  • Hozirgi kunda ijtimoiy amaliyotda muloqot va shaxslararo munosabatlar muammosi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Muloqot va uning asosiy xususiyatlari, samarali muloqotning psixologik aspektlari, muloqotga oʻrgatishga oid psixologik mashqlar, samarali muloqotning psixologik vositalarini oʻrganish ishbilarmonlik faoliyatida asosiy oʻrinni egallamoqda. Muloqot jarayoni muloqotning nazariy va amaliy jihatlarini chuqur oʻrganishga yordam beradi.

  • Muloqot (munosabat) birgalikda faoliyat koʻrsatuvchilar oʻrtasidagi axborot ayirboshlashni oʻz ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ jihati hisobga olinadi. Kishilar munosabatga kirishishda avvalo tilga murojaat qiladilar. Muloqotning yana bir jihati munosabatga kirishuvchilarning oʻzaro birgalikdagi harakati nutq jarayonida faqat soʻzlar bilan emas, balki harakatlar bilan ham ayirboshlashdan iborat. Masalan, munosabatga kirishar ekanmiz, u bizni qoniqtirsa, imo-ishora bilan muloqotda boʻlamiz. Munosabatning keyingi jihati muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta olishlaridir. Masalan, biz bir kishi bilan muloqotga kirishishdan avval uni hurmat qilib yoki mensimasdan munosabatda boʻlamiz Muloqot qonuniyatlarini bilish hamda uni oʻrnatish malakalari va qobiliyatlarini rivojlantirish har bir kishi uchun muhimdir.

Har bir kishining oʻz “Meni” atrofdagilar bilan boʻladigan muloqot jarayonida shakllanadi. Shaxsning hayot yoʻllari avval oilada, bogʻcha, maktab, institut, ishxona, keksalar orasida, ya’ni guruh va jamoalarda rivojlanadi. Bizning yuksak ma’naviy ehtiyojlarimizdan biri - bu muloqotga boʻlgan ehtiyojdir. Muloqotga boʻlgan ehtiyojimiz qondirilmasa, ongimiz ham rivojlanmaydi. Shuning uchun biz doimo muloqotga boʻlgan ehtiyojlarimizni qondirishimiz lozim. Kimlar bilandir boʻlgan muloqotdan qoniqish hosil qilamiz, lekin ayrim hollarda esa biz qoniqmasligimiz ham mumkin. Muloqot jarayoni shaxslararo munosabatlarning shunday koʻrinishidirki, uning yordamida odamlar bir-birlari bilan oʻzaro ruhiy jihatdan aloqaga kirishadilar, oʻzaro axborot almashadilar, bir-birlariga ta’sir oʻtkazadilar, bir-birlarini his qiladilar, bir-birlarini tushunadilar.


  • Shuning uchun muloqot ijtimoiy psixologik hodisa sifatida ijtimoiy turmushning barcha sohalarida ishtirok etib, hamkorlik faoliyatining moddiy, ma’naviy, madaniy, emotsional, motivatsion qirralarining ehtiyoji sifatida vujudga keladi. Insonda yuzaga keladigan har xil ehtiyojlarni maqsadga muvofiq ravishda qondirish muloqot maromiga bogʻliq boʻlib, shaxslararo munosabat, barkamol avlod, komil inson gʻoyalarini anglatadi.

Yüklə 20,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin