Nostandart testlar mazmuni bo’yicha reproduktiv va produktiv darajada, tarkibi jihatidan test topshirig’i savoli va to’g’ri va noto’g’ri javoblardan iborat bo’lsa,nostandart testlar o’zining mazmuni,tuzilishi va qo’llanish maqsadiga ko’ra muayyan darajada farq qiladi.
Nostandart testlar mazmuni va mohiyatiga ko’ra quyidagi guruhlarga ajratiladi: Integrativ testlar; Adaptiv testlar; Mezonli-mo’ljal olish testlari. Integrativ testlar integral mazmun, shakl, qiyinchilik darajasi bo’yicha o’sib boruvchi, bitiruvchining tayyorgarlik darajasi haqida umumlashgan yakuniy xulosa chiqarishga imkon beradigan test topshiriqlari sanaladi.Adaptiv testlar avtomatlashtirilgan, oquvchilarga nisbatan individual yondoshish imkonini beradigan, topshiriq mazmuni, bajarish tartibi, qoidasi, shu topshiriqni bajarish natijasida talabaning egallashi mumkin bo’lgan bali va test natijalarini umumlashtirish bo’yicha ko’rsatmalardan iborat bo’ladi.
Adaptiv testlarning asosiy guruhini piramidali adaptiv testlar tashkil etib, qo’llanish maqsadiga ko’ra: o’rtacha og’irlikdagi, oquvchining tanlashiga ko’ra aralash, topshiriqlar bankidan faqat qiyin darajali bo’lishi mumkin. Adaptiv testlar ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning modul-kredit paradigmasida muvaffaqiyatli qo’llanishi mumkin
Buning uchun pedagog bitta mavzu, bob, bo’lim, kurs mazmuni bo’yicha turli qiyinchilik darajadagi bir necha variantli test topshiriqlarini tuzish va amalda qo’llash mahoratiga ega bo’lishi lozim.Mezonli-mo’ljal olish testlari oquvchilarning umumiy tayyorgarlik darajasi, mazkur fanning o’qitilish sifati, pedagogning pedagogik mahorati, ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini aniqlash maqsadida o’tkaziladi.
Mazkur test topshiriqlarini tuzish uchun avvalo o’quv kursi mazmuni DTS asosida tahlil etiladi, bilim, ko’nikma va malakalar aniqlanadi,ularni aniqlash uchun topshiriqlar majmuasi tuziladi, mazkur topshiriqlar test topshiriqlariga aylantiriladi va sinov o’tkaziladi, pirovard natijada oquvchilarning shu fanni o’zlashtirish darajasi yuzasidan xulosa tayyorlanadi.