So‘nggi yillarda Sharqiy Osiyo iqtisodiy mo‘’jizalari to‘g‘risida ko‘plab maqolalar yozilmoqda, ilmiy doira vakillarining tadqiqotlari olib borilmoqda



Yüklə 31,14 Kb.
tarix14.12.2023
ölçüsü31,14 Kb.
#178584

So‘nggi yillarda Sharqiy Osiyo iqtisodiy mo‘’jizalari to‘g‘risida ko‘plab maqolalar yozilmoqda, ilmiy doira vakillarining tadqiqotlari olib borilmoqda. Xususan, G‘arb olimi Jeyms Fallous “Yangi Sharqiy Osiyo iqtisodiy va siyosiy tizimi”ning vujudga kelishi haqida yozsa, Robert Ueyd “dunyo modeli haqida bizning odatiy tushunchamizga sig‘magan fenomen kuzatilgani”ni qayd etadi.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, Osiyo iqtisodiy strategiyasi hukumat intervensiyasi (ko‘rinuvchi qo‘l) va bozor kuchlari (ko‘rinmas qo‘l) kombinatsiyasini uyg‘unlikda ushlagan. Shu o‘rinda G‘arbdan farqli o‘laroq, Yaponiya jamiyatida ishlab chiqilgan ijtimoiy safarbarlik dasturini jonli, qiziqarli misol sifatida o‘rganish foydadan xoli bo‘lmaydi.

Yaponiyada so‘nggi yuz yildan ortiq vaqt davomida jamiyat hayotining barcha sohalarida iqtisodiyot, siyosat, ilm-fan va madaniyatning modernizatsiyasi va baynalmilallashuvi bilan bog‘liq ob’yektiv tarixiy tendensiyani aks ettiruvchi chuqur globallashuv jarayoni kechmoqda. Natijada an’anaviy unsurlar va g‘arbiy innovatsiyalarni o‘zida birlashtirgan yangi mamlakat qiyofasi shakllanmoqda. Bu jarayonga esa Meydzi (Meydzi isin) restavratsiyasi (1868 yil) asos soldi hamda ikki yuz yillik yakkalanib qolishdan keyin G‘arb mamlakatlari bilan faol muloqotlar boshlandi.
Yaponlarning yangilanish va yuksalish xarakteriga aholining yuqori darajada moslashish qobiliyati, ya’ni uning boshqa sivilizatsiyalar, birinchi navbatda, Hindiston va Xitoy sivilizatsiyalari elementlarini yaxshi o‘zlashtirgani, ularni o‘z milliy qadriyatlarining tarkibiy qismiga aylantirgani katta ta’sir ko‘rsatdi.

Muammolarni kelishuv yo‘li bilan hal qilish Yaponiya uchun o‘ziga xos hodisa bo‘lib, bu yerda odatda buzg‘unchilik va yaratuvchanlik g‘oyasi o‘rtasida oltin me’yor tanlanadi. Bunday yondashuv yaponlarning olamni idrok etishdagi muhim tamoyillardan biri bo‘lgan uyg‘unlashtirish tushunchasiga asoslanadi. Meydzi “qayta tiklashidan” maqsad konservativ kuchlar va yangilanish tarafdorlari o‘rtasida kelishuv edi. Hokimiyatga olib kelingan savdo-sanoat kapitali vakillarining kattagina qismi yangi davr talablariga moslashish uchun ancha tayyor edi.
Yapon pragmatizmi esa an’anaviy qadriyatlarni boy bermasdan, ehtimoliy halokatlarni chetlab o‘tgan holda zarur yangiliklarni qabul qilish imkoniyatini berdi.
“Yapon tajribasi shundan dalolat beradiki, birorta madaniyat taqlid uchun universal namuna bo‘la olmaydi. Shunday bo‘lsa-da, hech bir madaniyat mutlaqo mustaqil rivojlana olmaydi”, degan edi olim Yu.Misima.

Biroq G‘arb qarashlarini qabul qilish “Yapon ruhiyati – G‘arb texnikasi” (vakon - yosay) formulasi kurashlari ostida kechdi. Vakon – an’anaviy madaniyat, ya’ni yaponlarning ma’naviy qadriyatlari bilan bog‘liq holda dunyoni idrok etish, yosay – universal Yevropa sivilizatsiyasi ma’nosini bildirar edi. Hukumat g‘arbiy ilm-fan, texnika yutuqlarini o‘zlashtirish barobarida mustaqillik hamda imtiyozlarni saqlab qolishga intildi. Lekin Yevropa yutuqlarini o‘zlashtirish ortida mavjud tizimning yemirilish ehtimoli yotardi. Shu bois “varvarlarning eng zo‘r texnikasini o‘rganib, uning yordamida varvarlarni quvib chiqarish” shiori o‘rtaga tashlandi.
Meydzi qayta tiklashining xususiyati shundaki, u hukumat tepasiga siyosiy zaif burjuaziyani emas, balki katta mulkdorlarni boshlab keldi. Bu esa mamlakat rivojini belgilab berdi. Modernizatsiya millat “ustunlari” orqali, yuqoridan amalga oshirilar ekan, uni ro‘yobga chiqarishda davlatning o‘rni beqiyos bo‘lib, u mamlakatning iqtisodiy o‘sishi uchun qudratli ustunga asos soldi.
Yapon olimi S.Yamamoto Yaponiyaning rivojida S.Sudzuki (1579–1655 yy.) va B.Isidaning (1685–1744 yy.) alohida xizmatlarini yuqori baholaydi. Sobiq samuray, hukumat amaldori Sudzuki savdogarga ishonchning birinchi sharti uning bukilmas insofga bo‘lgan ishonchida, deb bilardi. Agar savdogar faqat daromad olish maqsadida tijorat bilan shug‘ullansa, u muvaffaqiyat qozonmaydi. Faoliyatini xaridor va davlat ehtiyojidan kelib chiqib amalga oshirmas ekan, iqbol unga kulib boqmaydi. Olim mehnatni sabr-toqat, qanoatga tenglashtiradi. Boshqacha aytganda, u mehnatni haqiqiy iymon va e’tiqod yo‘li, deb hisoblaydi.

Oddiy xodimlikdan faylasuf va iqtisodchi sifatidagi faoliyatgacha bo‘lgan mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tgan B.Isida S.Sudzukining izdoshi edi. U o‘z ajdodining qarashlarini Yaponiyada hozirgi kunga qadar hukmronlik qiluvchi iqtisodiy falsafa darajasigacha ko‘tara oldi. B.Isida falsafasi S.Sudzuki ta’limotiga qaraganda, ko‘proq pragmatik xarakterga ega. Isidaning ta’kidlashicha, inson o‘z xulq-atvori va o‘zi rioya qilgan axloqiy normalar uchun mas’uldir. Uning tabiati hayotda yo‘lboshchisi bo‘lmog‘i lozim. Ya’ni, u vijdonli, vazmin va tartibli bo‘lsagina, ruhiy maqomi yuksalish holatiga ko‘chadi.
Hozirgi zamon yapon boshqaruv uslubi “kattalik” tamoyiliga asoslangan. Qadimda chakana va ulgurji savdo bilan shug‘ullanuvchilar tomonidan ishga yollangan xodimlar ma’lum ijtimoiy guruhlarga bo‘lingan. Har bir kompaniya jamoaviy bo‘linma orqali boshqarilardi. Shunda bosh idoraning ko‘rsatmasiga ehtiyoj qolmas, har bir bo‘linma mas’uliyatni chuqur his etgan holda mukofotni taqsimlashda bir oiladek ish ko‘rardi.
Tadqiqotchilarning fikricha, hozirgi kunda ham yapon firmalarida boshqaruvchi katta o‘rin tutmaydi. Ikki tomonlama mehnat bitimini imzolash hozirda ham kamdan-kam uchraydi va buning uchun bir og‘iz so‘zning o‘zi kifoya qiladi.
Isida etikasiga ko‘ra, ish yoki tijoriy faoliyat siyosat bilan bog‘lanmasligi lozim. Hozirgi zamon yapon biznesmenlarining siyosat bilan shug‘ullanishga istaklarining yo‘qligi ham aynan 260 yil avval yaratilgan Isida falsafasidan kelib chiqadi. Sudzuki va Isida yaratgan mazkur konsepsiya hozirgi zamon yapon tadbirkorlarining ruhiyatini tushunishda qo‘l keladi. Aksar ishchilar faqat daromad ketidan quvish kompaniyani mag‘lubiyatga uchratishiga ishonadi. Asosiy maqsadi imkon darajasida ko‘p foyda olish bo‘lgan yondashuv yapon milliy xarakteriga ziddir.
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng boshqaruv tizimi va iqtisodiy yo‘l o‘zgardi. “Japan Inkorporeytid” – davlat, biznes, kasaba uyushmasiga o‘xshagan milliy korporatsiyalar yapon raqobatbardoshligiga kuchli zamin hozirladi. Yaponlar ijobiy ma’nodagi taqlidchi sifatida G‘arb ixtirosi va yangiliklarini sanoatga osonlikcha qo‘llashga o‘tdi. Davlat proteksionizmi kuchaytirildi. 1945 yilgi urushdagi mag‘lubiyat odamlarni yanada jipslashishga undadi. Mamlakat bosqinlar, fuqarolar urushi, zilzila, yong‘in, to‘fonlar, orolda dunyodan ajralib yashash, bombardimon, energetik inqirozni boshidan o‘tkazdi. Xalq har qanday vaziyatda irodasi bukilmasligini namoyon qildi. Urushdagi mag‘lubiyatdan keyin mamlakat tezda oyoqqa turdi. Bunda Sudzuki, Isida falsafasi hamda zamonaviy menejerlik falsafasi, shubhasiz, muhim rol o‘ynadi.
Isida etikasiga ko‘ra, ishchilar va tadbirkorlar siyosatdan uzoqda yurib, davlatning siyosiy ishlariga aralashmaydi. Korxonalarda konsensus tushunchasi yetakchilik qildi. V.Yeryomin “Yaponiya tarixi” kitobida yozganidek, “O‘z samaradorligini isbotlagan bu konsepsiya yapon menejmentining barcha jabhalari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi”.
Mamlakatning boshqaruv tizimi va iqtisodiyoti XX asrning 50-60-yillarida yanada takomillashib bordi. Jumladan, davlat, biznes tuzilma va kasaba uyushmalarining o‘zaro munosabati yuqori pog‘onaga ko‘tarildi. “Japan Inkorporeytid” kabi milliy korporatsiyalar soni ko‘paydi. Yaponlar G‘arb ixtirolarini o‘z sanoatida qo‘llay boshladi, davlat proteksionizmi kuchaydi. Ayniqsa, AQSh andazasi asosida ishlovchi “aniq va o‘z vaqtida” tezkor usuli yirik zavodlarga shon-shuhrat keltira boshladi. Hozirgi kunda ushbu iqtisodiy yondashuv mamlakatimizdagi Asaka avtomobil zavodida ham keng qo‘llanilmoqda. Bu texnologik usulning xususiyati shundaki, mahsulotni konveyerdan chiqqungacha bo‘lgan barcha jarayonlarni bosh muhandis, sex boshlig‘i yoki usta emas, balki ishchining o‘zi bexato bajaradi!
Yuqoridagi sabablarga ko‘ra, Yaponiya 2000 yillarga kelib, iqtisodiyotda Yevropa mamlakatlarini ortda qoldirib, ayrim tarmoqlarda AQSh bilan raqobatlasha oladigan davlatga aylandi. Mamlakatning chet ellardagi kapital qo‘yilmasi 1 trillion dollardan ziyodni tashkil qiladi. Bugungi kunda jahonning 100 ta eng yirik bankidan 29 tasi yaponlarga tegishli. Amerikaliklar esa 9 tasiga egalik qiladi.
Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi. Xo‘sh, Yaponiya modernizatsiyasi, islohotlari ustunligi nimada?
Ilmiy tahlillar asosida aytish mumkinki, ushbu davlatda mehnat unumdorligi o‘sishining bosh manbasi – ta’limga bo‘lgan e’tibor kuchli, yapon xalqi o‘zgaruvchan, qiyin sharoitlarga tez moslashishga harakat qiladi, aniq maqsadga erishish yo‘lida qat’iy irodani namoyish eta oladi. Foyda olishdan ko‘ra, mahsulot, xizmat sifati va samaradorlik tushunchasi ustun turadi.
Bir so‘z bilan aytganda, yapon xalqi ruhiyati negiziga qurilgan madaniyat, siyosat va iqtisodiyot mo‘’jizalari, uning o‘ziga xos takrorlanmas jihatlari AQSh va Yevropa ishbilarmonlari uchun hamon sirliligicha qolmoqda

Yaponiya uchun 15 ta odatiy narsa: ular dunyoning boshqa mamlakatlarida yo‘q


Yaponiya — ming yillik tarix, o‘ziga xos madaniyat va an'analarga ega dunyodagi eng noodatiy va rivojlangan mamlakatlardan biridir. Bu yerga tashrif buyurgan ko‘plab sayyohlar uni o‘zgacha sivilizatsiya davlati, deb atashgan. Axir Yaponiyada ko‘rishga arzigulik narsalar talaygina. Uning texnologiyalari ancha oldinda, murakkab geografik va tabiiy sharoiti esa yapon xalqini kashfiyotchi bo‘lish va nostandart fikrlashga majbur qilgan. Mana bu suratlarga qarang, ular ushbu mamlakat hayoti va madaniyati to‘g‘risida so‘zlarga qaraganda ko‘proqni namoyish etadi.

Cho‘ntakka sig‘adigan presslangan futbolkalar

Qahvani finjonning o‘zida damlash uchun filtr-qopchalar.

Telefon ekranini artish uchun suvda eriydigan bir martalik sochiqchalar.

Deyarli istalgan mehmonxonada, hatto, arzonida ham tashrifchilar o‘zlari uchun balandligiga ko‘ra mos keladigan yostiqni tanlashlari mumkin.

Chips ta'mli tez tayyorlanadigan lag‘mon

Yaponiyadagi balandligi bo‘yicha eng katta ko‘prikni Godzilla bilan taqqoslaydilar.

Kasalxonalarda yoqimtoy robotlar bemorlarni nogironlar aravachasiga o‘tqizishda yordam berishadi.

Ishonchga asoslangan rastalar. Bu yerda sotuvchilar yo‘q, xaridorlar kerakli pul miqdorini o‘z ixtiyorlari bilan qoldirishadi.

Xarid qilingan narsalar uzoqroq vaqt davomida sovuq turishi uchun supermarketlar quruq muz uchun avtomatlar bilan jihozlangan.

Reysni majburan qoldirishga to‘g‘ri kelgani uchun yo‘lovchilardan kechirim so‘rayotgan aeroport xodimlari.

Samolyotdagi ekranlarda yo‘lovchilar uchuvchilar ko‘radigan narsalarni tomosha qilishlari mumkin.

Tokiodagi do‘konlardan birida zinalardan ko‘tarilayotganda qancha kaloriya sarflashingiz aks etadi.

Yaponiyadagi liftlarda nosozliklar sodir bo‘lish ehtimoli hisobga olinib unitazlar o‘rnatilgan.

Jamoat transportlari o‘rindiqlariga qarab ular kim uchun mo‘ljallanganini bilish mumkin.

Metrodagi nakleykalarda tutqichlar antibakterial ekani yozilgan.
Yüklə 31,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin