Sonli ifodalar



Yüklə 340 Kb.
səhifə1/2
tarix16.09.2022
ölçüsü340 Kb.
#63707
  1   2
Sonli ifodalar


Sonli ifodalar

Boshlang'ich sinf matematika kursiga algebraik elementlarni kiritishning maqsadi, o'quvchilarni son haqidagi, arifmetik amal haqidagi, matematik munosabat haqidagi rna'lumotlarni bolalar tasavvurida uyg'otish va ularga algebra elementlarini o'ganish uchun asos hosil qilishdir.

Boshlang'ich sinflarda matematik ifodalar ya'ni sonli ifoda va o'zgaruvchili ifodalar haqidagi tushunchalarni shakllantirish bo'yicha reja asosida ish olib boriladi. Harfdan o'zgaruvchini ifodalovchi belgi sifatida foydalanish boshlang'ich sinf matematika kursida qaraladigan arifmetika nazariyasi masalalarini ongli, chuqur va umumlashgan holda o'zlashtirish maqsadlariga hizmat qiladi, keyinchalik o'quvchilarga o'zgaruvchi funksiya tushunchalari bilan tanishtirish uchun yaxshi tayorgarlik bo'ladi. Boshlang'ich sinflarda algebraik misollarni yechish uchun algebra qonun va qonuniyatlarga emas balki arifmetik qoidalarga asoslanadi.

Sonli ifodalar. Sonli ifodalar mazmuniga ko'ra sonlardan tuzilgan bo'ladi.

Sonlardan, amal belgilaridan va qavslardan tuzilgan ifodaga sonli ifoda deyiladi.

Ya'ni 3+7, 21:7, 5· 2-6, (20+5) · 4 -15 shunday misollarga sonli ifodalar deb aytamiz.

Sonli ifoda tushunchasi umumiy ko'rinishda bunday ta'riflanadi:


  1. har bir son sonli ifodadir;


  2. agar (A) va (B) lar sonli ifodalar bo'lsa, u holda (A) + (B), (Л) - (£), (A) -(B), (A): (B) lar ham sonli ifodalardir.


Ko'rsatilgan amallarni bajarib, sonli ifodaning qiymati topiladi. Ifodada ko'rsatilgan har bir amalni ketma-ket bajarish natijasida hosil bo'lgan son sonli ifodaning qiymati deyiladi.

Agar bu ta'rifga amal qilinsa, juda ko'p qavslar yozishga to'g'ri kelar edi. Masalan, (2) + (3) yoki (7) • (9). Yozuvni qisqartirish uchun ayrim sonlarni qavs ichiga olmaslikka kelishilgan. Bundan tashqari, agar bir necha ifoda qo'shiladigan yoki ayriladigan bo'lsa, qavslarni yozmaslikka kelishilgan, bu amallar tartib bo'yicha chapdan o'ngga qarab bajariladi. Xuddi shuningdek, bir necha son ko'paytirilsa yoki bo'linsa, qavslar yozilmaydi, bu amallar tartib bo'yicha chapdan o'ngga qarab bajariladi. Masalan, bunday yoziladi:

25-4 + 61-14-42 yoki 60 : 3,5 • 15 : 25.

Nihoyat, avval ikkinchi bosqich amallarni (ko'paytirish va bo'lishni), keyin birinchi bosqich amallari (qo'shish va ayirish-ni) bajariladi. Shuning uchun (12 • 4 : 3) + (5 • 8 : 2 • 7) ifoda bunday yoziladi: 12•4:3 +5• 8:2• 7.

Shunga muvofiq ravishda sonli ifodaning qiymatini hisoblash amallar tartibi bo'yicha bajariladi:

1) Agar sonli ifoda da qavslar bo 'Imasa, uni bir-biridan qo 'shish va ayirish beigilari bilan ajraladigan qismlarga bo'lib, har bir qismning qiymati topiladi, bunda ко 'paytirish va bo 'lish chapdan о 'ngga qarab tartib bilan bajariladi; shundan keyin har bir qismni uning qiymati bilan almashtiriladi va qo'shish vq ayirish amalla-rini chapdan о 'ngga qarab tartib bilan bajarib, ifodaning qiymati topiladi.

2) Agar sonli ifodada qavslar bo 'Isa, ifodaning chap va о ng qavslar ichidagi va boshqa qavslar qatnashmagan qismlari olinadi, 1- qoida bo 'yicha и laming qiymatlari topiladi va qavslarni t ash-lab, qismlar topilgan qiymatlar bilan almashtiriladi. Agar shular-dan keyin qavssiz ifoda hosil bo'lsa, bu ifoda 1-qoida bo'yicha hisoblanadi. Aks holda у ana 2-qoidani qo 'Hash kerak bo 'ladi.

Masalan, ((36 : 2 - 14) • (42 • 2 - 14) + 20) : 2 ifodaning qiymatini topish kerak bo'lsin.

Avval 36 : 2 - 14 = 18 - 14 = 4, 42 • 2 - 14 = 84 - 14 = 70 ni topamiz. 36 : 2 - 14 va 42 • 2 - 14 ni ularning qiymatlari bi­lan almashtirilib, hosil qilamiz:

(4 • 70 + 20): 2 = (280 + 20): 2 = 300 : 2 = 150.

Demak, berilgan ifodaning qiymati 150 ga teng ekan.

Shuni aytish kerakki, har qanday sonli ifoda ham qiymatga ega bo'lavermaydi. Masalan, 8 : (4 - 4) va (6 - 6): (3 - 3) ifoda sonli qiymatga ega emas, chunki nolga bo'lish mumkin emas. [36]


    1. Sonli tengsizliklar.


Tartib munosabatiga asosiy misol qilib haqiqiy sonlar to'plamidagi «kichik» munosabati olinadi, bu munosabat (<) kabi belgilanadi. Bu munosabat qat'iy chiziqli tar­tib munosabati ekanligini, ya'ni bu munosabat nosimmetrik va tranzitiv ekanligini, shu bilan birga har qanday ikkita turli haqiqiy x va у sonlar uchun x < у yoki у < x munosabatlardan faqat va faqat bittasi bajarilishini isbotlash mumkin. So'ngra у - x > 0 bo'lgan holdagina x <у bo'lishini isbotlash mumkin. Bunda a > 0 va b > 0 lardan a + b>0 va ab>0 tengsizliklar kelib chiqadi.

Sonli tengsizliklarning qaralgan xossalaridan uning qolgan hamma xossalarini chiqarish mumkin.

1°. x<="" i="">tengsizlikning ikkala qismiga bir xil sonni qo'shish bilan x <="" i="">munosabat o'zgarmaydi (bu xossa qo'shishga nisbatan tartib munosabatining monotonligidir). Boshqacha aytganda, agar x< y bo'lsa, har qanday a son uchun x + a < у + a tengsizlik bajariladi.

Haqiqatan, x < у dan у — x > 0 kelib chiqadi. Ammo (y + a) — (x + a) = y — x > 0, shuning uchun

x + a < у + a

x - a = x + (-а), у - a = y+ (-a) bo'lgani uchun x < у dan x - a < у - a kelib chiqadi.

2°. Agar x < у va a < b bo'lsa, x + a < у + a bo'ladi.

Haqiqatan, u holda у - x> 0 va b - a > 0, shuning uchun (y+b) -(x+ a)=(y-x) + (b- a)> 0.

3°. x < у tengsizlikning ikkala qismini bir xil musbat songa ko'paytirish bilan x x<="" i="">va a > о dan ax< a tengsizlik kelib chiqadi.

Haqiqatan, x < у dan e - x > 0 kelib chiqadi. Ikkita musbat sonning ko'paytmasi musbat bo'lgani uchun a(y - x) > 0 bo'ladi. A(y — x) = ay — ax bo'lgani uchun ax < ay tengsizlik kelib chiqadi.

4°. Agar x1 y1 a1 b — musbat sonlar bo 'Isa, x < у va a < b tengsizJiklardan ax < by tengsizlik kelib chiqadi.

Haqiqatan, x < у va a ning musbatligidan ax<="" i="">ning musbatligidan ay < by kelib chiqadi. U holda tengsizlik munosabati tranzitiv bo’lgani uchun ax < ay va ax<="" i="">

у > x tengsizlik x < у tengsizlikka ekvivalent. Ikkala tengsizlik bir vaqtning o'zida rost yoki yolg'on. Tengsizlikning < va > belgilari (ishoralari) o'zaro teskaridir.

5°. Tengsizlikdagi sonning ishorasi o'zgarishi bilan bu tengsizlik teskari ma'nodagi tengsizlikka almashadi: agar x —y < —x bo'ladi.

6°. Tengsizlikning ikkala qismini manfiy songa ko'paytirish bilan tengsizlik ishorasi (belgisi) teskari ma 'nodagi ishoraga (belgiga) almashinadi: agar x < у va a manfiy bo'lsa, ax> ay bo'ladi.

Haqiqatan, a manfiy songa ko'paytirishni | a| musbat songa ko'paytirish bilan (bunda tengsizlik belgisi saqlanadi) va (—1) ga ko'paytirish bilan almashtirish mumkin, bunda bu belgi teskari ma'nodagi belgiga almashadi.

7°. x < у va x > у munosabatlar bilan bir qatorda x < у va x > у munosabatlar

qaraladi. x < у tengsizlik x < у va x = у tengsiz­liklarning dizyunksiyasidir va shuning uchun ulardan bittasi rost bo'lsa, x < у rost bo'ladi. Masalan, 4 < 10 rost, chunki 4 < 10 rostdir. Xuddi shuningdek, 4 < 4 tengsizlik rost, chunki 4 = 4 rostdir. 4 < 3 tengsizlik yolg'ondir, chunki 4 <3 va 4 = 3 laming

ikkalasi yolg'on.

x < у < z qo'sh tengsizlik x < у va у < z tengsizliklarning konyunksiyasidir, tengsizliklarning ikkalasi rost bo'lsa, qo'sh teng­sizlik ham rost bo'ladi. Masalan, 4 < x < 10 qo'sh 'tengsizlik rostdir, chunki 4 < 8 va 8 < 10 tengsizliklarning ikkalasi ham rost; 4 < 10 < 8 qo'sh tengsizlik esa yolg'on, chunki 4 < 10 tengsizlik rost bo'lsa ham tengsizlik yolg'ondir. [36]

1.3 Sonli ifodalarning tengligi va tengsizligi

Ikkita sonli ifoda A va В berilgan bo'lsin. Bu ifodalardan A = В tenglik va A > B, A< В va shunga o'xshash tengsizliklarni tuzishimiz mumkin. Bu tenglik va tengsizliklar jumlalar bo'lib, ular rost yoki yolg'on bo'lishi mumkin. A va В ifodalar bir xil sonli qiymatga ega bo'lsa, A = В rost hisoblanadi. Masalan, 2 + 7 = 3 • 3 tenglik rost, chunki bu tenglikning chap va o'ng qismlari 9 ga teng. 7 + 5 = 4 • 5 tenglik esa yolg'on, chunki uning chap qismi 12 ga, o'ng qismi 20 ga teng. 6 : (2 - 2) = 5 tenglik ham yolg'on, chunki 6 : (2 - 2) ifoda sonli qiymatga ega emas.

Shuni eslatib o'tamizki, agar faqat natural sonlar to'plamini qarasak, 4-8+ 10 = 2-3 tenglik yolg'on, chunki N to'plamda 4-8 ifodaning qiymati aniq emas. Biroq natural sonlar to'plamini kengaytirib va manfiy sonlarni kiritgandan keyin bu tenglik rost bo'ladi, chunki uning ikkalasi qiymati 6 ga teng.

Sonli ifodalarning tenglik munosabati refleksivUk, simmetfiklik va tranizitivlik xossalariga esa, ya'ni bu munosabat ekvivalent munosabatdir. Shuning uchun barcha sonli ifodalar to'plami ekvivalentlik guruhlariga bo'linadi, bu guruhlarga bir xil qiymatga ega bo'lgan ifodalar kiradi. Masalan, bitta ekvivalentlik guruhiga

5 + 1, 9 - 3, 2 • 3, 12 : 2 va boshqa ifodalar (ulardan har birining qiymati 6 ga teng) kiradi.

Yuqorida berilgan ta'rifdan, agar A = В va C = D tengliklar rost bo'lsa (bunda, A, B, C, D — sonli ifodalar), u hold a tegishli amallarni bajarish natijasida hosil bo'lgan

(A) + (C) = (B) + (D); (A) - (C) = (B) - (D);

(A) • (C) = (B) • (D); (A): (C) = (B): (D)

tengliklar ham rost bo'ladi.

A < В tengsizlikni (bunda, A va В — sonli ifodalar) biz rost deymiz, agar A va В ifodalar sonli qiymatlarga ega bo'lib, shu bilan birga A ifodaning sonli qiymati В ifodaning sonli qiymatidan kichik bo'lsa. Masalan, (18-3):5<3 + 4 tengsizlik rost, chunki (18 - 3): 5 ning qiymati 3 ga, 3 + 4 ning qiymati 7 ga teng, 3 < 7.

A = B, C< D ko'rinishdagi yozuvlar (bunda, A, B, C, D — sonli ifodalar) mulohaza (jumla) bo'lgani uchun biz ular ustida konyunksiya, dizyunksiya, implikatsiya va boshqa mantiqiy amal­larni bajarishimiz mumkin. Masalan, A < В tengsizlik A < В teng­sizlik va A - В tenglikning dizyunksiyasidir:

< В = (A < B) U (A = B).

< В tengsizlik A < В, А = В mulohazalardan aqalli bittasi rost bo'lsa ham rost bo'ladi. Masalan, (2 • 4 + 15) • 2 < 35 + 19 tengsizlik rost, chunki (2 - 4 + 15) • 2 ifodaning qiymati 46 ga teng, 35+19 ning qiymati esa 54 ga teng, 46 < 54 tengsizlik rost.

A < В < С qo'sh tengsizlik A < В va В < С tengsizliklar­ning konyunksiyasidir. Bu qo'sh tengsizlik A < В va В < С ten­gsizliklarning ikkalasi ham rost bo'lsa, rost bo'ladi. Masalan, 16 + 4<125:5<3-10 tengsizlik rost. Haqiqatan, 16 + 4 ning qiymati 20 ga, 125 : 5 ning qiymati 25 ga, 3 • 10 ning qiymati 30 ga teng. 20 < 25 va 25 < 30 bo'lgani uchun qo'sh tengsizlik rost bo'ladi.

1.4 O’zgaruvchili ifodalar

Ba'zan masala sharti sonlar bilan emas, balki harflar bilan belgilangan bo'ladi. Masalan, 3.1-band-dagi masalada shaharlar orasidagi masofa a km bo'lsa, javob bun-day bo'ladi:

(a- 3-20): (20 + 70). (1)

Agar masofa a km ga, velosipedchi va avtomobilning tezliklari, mos ravishda, b va с ga teng bo'lsa, javob bunday bo'ladi:

(a-3b):(b + c). (2)

Biz o'zgaruvchi qatnashgan ifodalar hosil qildik. (1) ifodada a o'zgaruvchi, (2) ifodada uchta — a, b va с o'zgaruvchi qatnashgan. Bu harflarga turli qiymatlar berib, turli masalalarni hosil qilamiz. Bu masalalarning har birining javobini topish uchun (1) yoki (2) ifodalardagi harflarga tegishli qiymatlami qo'shish kerak. Masalan, shaharlar orasidagi masofa 240 km, velosiped-chining tezligi 15km/soat, avtomobilning tezligi 50km/soat bo'lsa, (2) ifodada a ni 240 ga, b ni 15 ga, с ni 50 ga almashtirish kerak. Natijada qiymati 3 bo'lgan (240 - 3 • 15): (15 + 50) sonli ifoda hosil bo'ladi. Bu holda avtomobil yo'lga chiqqandan 3 soat keyin uchrashuv sodir bo'ladi.

O'zgaruvchili ifodalar umumiy tushunchasining ta'rifi sonli ifodalar tushunchasining ta'rifi kabi ifodalanadi, bund a faqat o'zgaruvchi ifodalarda sonlardan tashqari harflar ham qatnashadi. Biz o'quvchiga bunday ifodalar yozuvining qoidasi tanish deb o'ylaymiz. Masalan, agar x va у o'zgaruvchilar qatnashgan ifodalar berilgan bo'lsa, sonlardan iborat (a; b) kortejlarning har biriga sonli ifoda mos keladi. Bu sonli ifoda harfiy ifodada x harfini a son bilan, v harfini b son bilan almashtirish orqali hosil bo'ladi. Agar hosil bo'lgan sonli ifoda qiymatga ega bo'lsa, bu qiymat x = a, y= b bo'lganda ifodaning qiymati deyiladi. O'zgaruvchili ifoda bunday belgilanadi: A(x), B(x; y) va h.k. Agar B(x; y) ifodada x ni 15 bilan, y ni 4 bilan almashtirsak hosil bo'lgan sonli ifoda В (15; 4) kabi belgilanadi.

O'zgaruvchili ifodalar predikat bo'lmaydi, chunki harf o'rniga sonli qiymat qo'yilsa, mulohaza emas, sonli ifoda hosil bo'ladi. Bu sonli ifodaning qiymati «rost» yoki «yolg'on» bo'Imay, balki birorta son bo'ladi.

Bitta x harfi qatnashgan har bir ifodaga bu ifodaga qo'yish mumkin bo'lgan sonlardan, ya'ni bu ifoda aniq qiymatga ega bo'ladigan sonlardan iborat to'plam mos keladi. Bu sonlar to'plami berilgan ifodaning aniqlanish sohasi deyiladi. Ba'zi hollarda x qiymatiarning X sohasi oldindan ba'zi shartlar bilan chegaralangan bo'ladi. Masalan, x — natural son bo'lishi mumkin. U holda o'zgaruvchili ifodaga to'plamga (masalan, natural sonlar to'plamiga) tegishli qiyma^larnigina qo'yish mumkin. Agar ifodada bir nechta harf, masalan, x va v harflari boisa, bu ifodaning aniqlanish sohasi deyilganda shunday (a; b) sonlar juftlari to'plami tushuniladiki, x ni a ga, у ni 6 ga almashtirganda qiymatga ega bo'lgan sonli ifoda hosil bo'ladi.

Harfiy ifodalarda o'zgaruvchilarni nafaqat sonlar bilan, balki boshqa harfiy ifodalar bilan ham almashtirish mumkin. Masalan, agar 3x + 2y ifodada x ni 5a - 2b ga, у ni 6a + 4b ga almashtirilsa, harfiy ifoda hosil bo'ladi:

3(5a - 2b) + 2(6a + 4b).

a va b ning berilgan qiymatlarida bu ifodaning qiymatlarini hisoblash mumkin, buning uchun avval x va у ning qiymatlari topiladi, keyin bu qiymatlami berilgan ifodaga qo'yiladi. Masalan, a =12, 6=10 bo'lsa, avval x = 5 • 12 - 2 • 10 = 40,

y = 6-12 + 4-10= 112 topiladi, keyin 3x + 2y = 3 • 40 + + 2-112 = 344 topiladi.

O'zgaruvchili A(x) va B(x) ifodalarga kiruvchi harflarning joiz qiymatlarida ular bir xil qiymatlar qabul qilsa, bu ifodalar aynan teng deyiladi. Masalan, (x + 3)2 va x2 + 6x + 9 ifodalar aynan teng.

Ammo noldan farqli sonlar sohasida bu ikkala ifoda ay nan teng. O'zgaruvchiii ikki ifodaning aynan tengligi haqidagi tasdiq mulohazadir. Masalan, (x + 3)2 ifoda x2 + 6x + 9 ifodaga aynan tengligi haqidagi tasdiqni bunday yozish mumkin:

(x)((x + 3)2 =x2 +6x + 9).

Odatda, qisqalik uchun x kvantor tushirib qoldiriladi va qisqacha bunday yoziladi: (x + 3)2 = x2 + 6x + 9. Ammo bunday yozuv uncha aniq emas — bu tenglikni tcnglama deb ham qarash mumkin.[36]



Yüklə 340 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin