Sulfat kislota



Yüklə 27,95 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix08.11.2022
ölçüsü27,95 Kb.
#68061
Sulfat kislota - Vikipediya



Sulfat kislota
Sulfat kislota - H2SO4 2 asosli kuchli kislota. Oddiy sharoitda hidsiz, rangsiz, ogʻir moysimon
suyuqlik; zichligi 1,83 g/sm³(15° da), qotish temperaturasi 10,45°, qaynash temperaturasi
296,2°. Sulfat kislota suvni oʻziga yutib, koʻp miqdorda issiklik chiqaradi. Shu sababli uni
suyultirishda kislotaga suv qoʻshish salbiy oqibatlarga olib keladi (kuchli portlash sodir boʻlishi
mumkin). Sulfat kislotani suyultirish uchun uni ozozdan suvga qoʻshiladi. Sulfat kislota ning
suvdagi eritmalarini sovitish yoʻli bilan uning H2SO4H2O, H2SO42H2O, H2SO44H2O tarkibli
gidratlari olingan. Sulfat kislota sulfatlar va gidrosulfatlar hosil qiladi. Konsentrlangan Sulfat
kislota kuchli oksidlovchi. Sulfat angidridning Sulfat kislota dagi eritmasi "tutovchi" Sulfat
kislgxcyvuuvjvjjvfubj7ota yoki oleum nomi bilan yuritiladi. Sulfat kislota oltingugurt, oltingugurt
kolchedani FeS2, sulfit angidrid SO2 va boshqa dan ham hosil qilinadi. Sulfat kislota kimyo
sanoatining muhim mahsuloti. Oʻgʻit tayyorlashda, metallurgiyada, neftni tozalashda,
boʻyoqchilik sanoatida, sunʼiy tolalar, portlovchi moddalar, xlorid kislota olishda, qoʻrgʻoshinli
akkumulyatorlarda elektrolit sifatida va boshqalarda ishlatiladi.
Sulfat kislota ishlab chiqarishdagi zaharli gazlar (SO2 va NO2), shuningdek, SO3 va H2SO4
bugʻlari ancha xavflidir. Shuning uchun qurilmalarni yaxshilab germetiklash va shamollatish kerak.
Sulfat kislota terini kuchli kuydiradi, u bilan ishlaganda himoya vositalari (koʻzoynak, rezina
qoʻlqop, fartuk, etik)dan foydalanish zarur. Akumulatorlarga ham bu kislota quyiladi.
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga ishorat
 yoʻq. 
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.

Yüklə 27,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin