T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə1/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya




T. Malikov
O. Olimjonov


MOLIYA

O‘zbekiston Respublikasi


Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent Moliya instituti


T. Malikov

iqtisodiyot fanlari doktori, professor


O. Olimjonov

iqtisodiyot fanlari doktori, professor


Moliya

D a r s l i k




O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan barcha iqtisodiy ta’lim yo’nalishi talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan

Toshkent - 2019


Malikov T.S., Olimjonov O.O. Moliya. Darslik / Toshkent Moliya instituti. – Toshkent: 2019. – 882 bet.

Darslik “Moliya” fani dasturiga muvofiq yozilgan bo’lib, unda moliyaning mohiyati va funksiyalari, moliyaviy siyosat, moliyaviy tizim, moliyaviy boshqaruv, moliyaviy rejalashtirish va bashoratlash, moliyaviy nazorat, moliyaviy nazariyalar, xo’jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasi, davlat byudjeti, byudjet daromadlari va xarajatlari, byudjet defitsiti, byudjet tizimi va tuzilmasi, byudjet jarayoni, davlat krediti, byudjetdan tashqari jamg’armalar, ijtimoiy ta’minot, sug’urta, uy xo’jaliklari moliyasi va xalqaro moliyaga oid masalalar o’z aksini topgan.


Kitob talabalar, magistrantlar, iqtisodiy yo’nalishdagi oliy o’quv yurtlarining professor-o’qituvchilari, mamlakatning moliya-byudjet- soliq tizimida faoliyat ko’rsatayotgan amali-yotchi mutaxassislar va moliya muammolari bilan qiziquvchi barcha o’quvchilarga mo’ljallangan.

Toshkent Moliya instituti Ilmiy kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan.


Taqrizchilar: Iqtisodiyot fanlari doktori, professor

O.K.Iminov


Iqtisodiyot fanlari doktori, professor


D.P.Po’latov

Kirish


«Moliya» fani iqtisod sohasi uchun mutaxassislar tayyorlash tizimida eng asosiy o’rinlardan birini egallaydi. Mustaqil fan sifatida unga o’tgan asrning 50-yillarida asos solingan bo’lib, u o’sha davrga xos moliya to’g’risidagi tasav-vurlarga mos bo’lgan. O‘zbekistonda ham bozor islohotlari-ning amalga oshirilishi moliya fani eng muhim nazariy qoidalarining qayta qo’rib chiqilishini taqozo etdiki, bu narsa hamon o’quv adabiyotlarida o’z aksini to’liq topgani yo’q. Shu boisdan ham, ayrim holatlarda, mamlakat moliyaviy tizimda sodir bo’layotgan o’zgarishlarni etarli darajada inobatga olmagan holda mashg’ulotlarni o’tkazish xavfi mavjud. Mazkur darslikda mualliflar moliyaning nazariy masalalariga oid barcha printsipial o’zgarishlarni o’quvchi-larning e’tiboriga etkazishga harakat qilishgan.


Uning 1-7-boblarida moliyaning umumnazariy masalalari (moliyaning mohiyati va funksiyalari, moliyaviy siyosat, moliyaviy tizim, moliyaviy boshqaruv, moliyaviy rejalash-tirish va tartibga solish, moliyaviy nazorat va moliyaviy nazariyalar) yoritilgan.
Xo’jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasi davlat moliyaviy salohiyatining asosi, xo’jalik yurituvchi sub’yektlarni moliya-viy isloh qilish, ularning moliyaviy resurslari, asosiy va aylanma kapital doiraviy aylanishining moliyaviy jihat-lari, ishlab chiqarish xarajatlari, foydasi va rentabel-ligi, xo’jalik yurituvchi sub’yekt marketing strategiyasining moliyaviy yo’nalishlari, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangilash investitsion dasturlarini moliyalash-tirish, moliyaviy barqarorlikka tegishli bo’lgan holatlar 8- 15-boblarda o’z aksini topgan.
16-24-boblar umumdavlat moliyasiga, ya’ni davlat byud-jeti, uning daromadlari va xarajatlari, byudjet defitsiti va uni moliyalashtirish, byudjet tizimi, tuzilmasi va jarayoni, byudjetdan tashqari davlat fondlari, ijtimoiy ta’minot, davlat krediti va sug’urtaga oid masalalarga bag’ishlangan. Uy xo’jaliklari moliyasi va xalqaro moliya masalalari esa 25-26-boblarda bayon qilingan.
Mavzularni chuqur, tez va osonroq o’zlashtirishga yordam berish maqsadida bahs-munozara va nazorat uchun o’ziga xos tarzda savollar tuzilgan va ular har bobning oxirida bayon etilgan.
Kitobning 6-bobi katta o’qituvchi M.O.Sharapova, 21-bobi iqtisodiyot fanlari doktori, professor N.H.Haydarov, 24-bobi iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent X.M.Shennaev va 26-bobi iqtisodiyot fanlari doktori, professor N.X.Jumaev, qolgan boblarning barchasi esa iqtisodiyot fanlari doktori, professor T.Malikov va
iqtisodiyot fanlari doktori, professor O.Olimjonov hamkorligida yozilgan.
Moliya fani bo’yicha o’zbek tilida nashr etilgan ilk darsliklardan biri bo’lganligi uchun u ayrim kamchiliklardan xoli bo’lmasligi mumkin. Shu bois darslikning sifatini oshirishga xizmat qiladigan taklif va mulohazalarni mualliflar mamnuniyat bilan qabul qilishadi.

  1. Yüklə 0,8 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin