Tabiatning yosh do‘stlari



Yüklə 375,5 Kb.
səhifə1/3
tarix17.05.2023
ölçüsü375,5 Kb.
#115696
  1   2   3
Ergasheva Umida..


Qunduzlar
Komil maktabda “Tabiatning yosh do‘stlari” guruhi sardori. U yozgi ta’tilda o‘rtoqlari bilan qishloqlari etagidan oqib o‘tadigan daryo sohiliga tez-tez chiqib, u yerdagi jonivorlarni o‘rganadi. Suratga oladi. Uning bobosi Turg‘un amaki usta ovchi. Hayvonlar, suv jonivorlari haqida juda ko‘p ma’lumotlarga ega. Komil o‘zi uncha yaxshi bilmagan jonivorlar haqida bobosidan so‘rab oladi.
– Sangzor daryosi qirg‘oqlari va havza bo‘ylarini makon qilgan qunduz, suv kalamushi, jayra va shu kabi mayda sutemizuvchilar tungi jonivorlar hisoblanib, kun botishi bilan faollashadi. Ozuqani asosan, suv ostidan topishadi. Suvda yaxshi suzishadi. Barmoqlari suzgich parda bilan bir-biriga qo‘shilib ketgani bois juda chaqqon harakat qiladi. Yorqin ko‘rinishdagi qunduzlar ikki yoni va dumi yaltiroq, och qo‘ng‘ir tusda ekanligi bilan boshqalaridan ajralib turadi. Kelishgan bo‘y-basti bor. Bo‘sh vaqt topdi deguncha quyosh taftida biroz isinib, taranib oladi. Shunda momiq tukli qalin mo‘ynalari yanada tovlanib ketadi. Mo‘ynalaridan qimmatbaho yoqa va telpaklar tikiladi. Ana shuning uchun ovchilar ularni beayov qirib yuborishmoqda, – deydi bobosi afsus bilan. Yozgi ta’til boshlarida Komil to‘garak rahbarining topshiriqlarini bajarish, yon daftaridagi ma’lumotlarni yanada boyitish maqsadida bobosi bilan daryo bo‘yiga bordi. Qamishzor oralab borishar ekan, bir-birining pinjiga kirib olgan qunduz bolalarini ko‘rib to‘xtab qolishdi. Tug‘ilganiga bir hafta ham bo‘lmagan jonivorlar nihoyatda zaif, hali hatto ko‘zlari ham ochilmagan edi. Qimirlashga madori yo‘q, badanlari loy. Negadir onalari ko‘rinmadi. Mittivoylarning mushkul ahvolda qolishi juda xavfli edi. Bu holda yirtqichlarga oson o‘lja bo‘lishi hech gap emas.
Jonivorlarni uyga olib ketamiz, – dedi nabirasiga. Kutilmaganda qamishzorlar orasidan chiqib kelgan ona qunduz boboning qo‘lini tirnab oldi. Bobo jonivorning dumini ushlashga ulgurdi. Niyati, qunduzchalar oyoqqa turguncha ularni xavfsiz joyda boqish edi.
Ergasheva Umida

Yüklə 375,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin