Tafakkur va ong



Yüklə 318,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix19.04.2022
ölçüsü318,92 Kb.
#55774
  1   2   3   4   5   6


Tafakkur va ong 

 

Reja: 



 

1. Tafakkur haqida umumiy tushuncha. 

2. Tafakkur jarayonlari va shakllari. Tafakkurdagi individual farqlar. 

3. Ong haqida umumiy tushuncha va ongning muhim psixologik ta’riflari.                                    

4. Ongning strukturasi tuzilishi hamda ongsizlik.

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Insonda tafakkur bo`lganligi 

va tafakkur bilan chambarchas nutq bo`lganligi tufayli u hayvonlardan farq qiladi, 

shu sababli u ongli mavjudotdir. Inson o`z atrofidagi olamda bo`lgan buyumlar 

va hodisalarni ongli ravishda idrok qiladi. Ongli ravishda eslab qoladi hamda esga 

tushiradi  va  ongli  ravishda  harakat  qiladi.  Tafakkur  atrofdagi  olamni  bilish 

qurolidir va inson amaliy faoliyatini vujudga kelishi uchun shartdir. Biron narsa 

to`g`risida  tafakkur  qilish  jarayonida  fikr  paydo  bo`ladi,  bu  fikrlar  insonning 

ongida hukm va tushunchalar shaklini oladi. Tafakkurning bilish faoliyatidagi roli 

avvalo  bizning  idroklarimiz  va  fikrlarimizning  voqelikka  qanchalik  muvofiq 

bo`lishini, bular haqiqat yoki xato, chinmi yoki yolg`on ekanligini belgilashda o`z 

ifodasini  topadi.  Bunday  tafakkur  qilish  eng  oddiy  amaliy  voqelikda  namoyon 

bo`ladi. Voqelikning sezgilardagi va idrokdagi inikosining o`zi chinakam bilim 

bo`ladi. Masalan: biz quyoshning har kuni sharqdan chiqib, g`arbga botayotganini 

hammamiz  ko`ramiz  (idrok  qilamiz).  Biz  yerni  qimirlamay  turganini,  asrlar 

davomida  qilgan  fikriy  faoliyati  natijasidagina  uzoq  davom  qilgan  kuzatishlar 

o`tkazish  va  matematika  yo`li  bilan  tadqiqotlar  qilish  natijasidagina  haqiqatda 

quyosh  yer  atrofida  aylanmasdan,  balki  yer  o`z  o`qi  atrofi  va  quyosh  atrofida 

aylanayotganligini aniqladik. Demak, quyoshning harakati to`g`risidagi bizning 

bevosita  idrokimiz  voqelikka  to`g`ri  kelmas  ekan.  Voqelikni  to`g`ri  aks  etishi 

tafakkur  bilan  aniqlanadi.  Yuqoriroq  bosqichlarda  bunday  fikrlash  tafakkur 

jarayonlarida  hosil  bo`lgan  hukmlar  va  tushunchalarning  chinligini  yoki  chin 

emasligini  aniqlashda  ifodalanadi.  Tafakkur  deb,  voqelikdagi  narsa  va 

hodisalarni  ular  o`rtasidagi  bog`lanishlarni  fikran,  umumlashtirib,  vositali  yo`l 

bilan aks ettirishga aytiladi. Voqelik tafakkurda, idrok va tasavvurgina nisbatan 

chuqurroq  va  to`laroq  aks  etadi.  Biz  sezgi,  idrok  vositasi  bilan  bilib  olishimiz 

mumkin  bo`lmagan  narsa  yoki  hodisalarni,  narsa  yoki  hodisalarning 

xususiyatlarini,  ularning  bog`lanish  va  munosabatlarini  tafakkur  vositasi  bilan 

bilib olamiz. Masalan: bizga ma`lumki, agar yorug`lik nuri shisha prizma orqali 

o`tkazilsa  bu  nur  spektorni  yetti  rangiga  ajralib  ketadi.  Bu  ranglarni  biz  idrok 

qilamiz  (ko`zimiz  bilan  ko`ramiz).  Lekin  fizikadan  bizga  shu  narsa  aniqki,  bu 




nurlardan bo`lak yana boshqa nurlar ham bor. Bu nurlar infraqizil, ultrabinafsha 

nurlar deb ataladi. Bu nurlarni biz ko`rmaymiz. Bunday nurlarni borligi tafakkur 

yordami bilan kashf qilingan. Biz tasavvur qilishimiz mumkin bo`lgan ko`pgina 

hodisalar  bor.  Biz  bu  hodisalar  to`g`risida  faqat  fikr  yurita  olamiz.  Tafakkur 

voqelikni  umumlashtirib  aks  ettirishdir.  Biz  ayrim  narsalarni  va  hodisalarni, 

masalan,  alohida  stolni  yoki  stulni  idrok  qilamiz,  tasavvur  qilamiz,  ammo 

umuman stol va stul to`g`risida fikrlashimiz mumkin. Umumlashtirish natijasida 

bir  hukmning  o`zida  ayni  vaqtda  yakka  bir  narsa  to`g`risidagina  fikr  qilib 

qolmasdan, balki shu narsa bilan birga narsalarning butun bir turkumi to`g`risida 

ham  fikr  qilish  mumkin.  Masalan,  “O`zbekistonning  hamma  fuqarolari  qonun 

oldida tengdirlar.” Bu hukmda ayrim bir kishi to`g`risida hukm qilmasdan, balki 

O`zbekistonning  hamma  fuqarolari  to`g`risida  fikr  yuritamiz.  Narsa  yoki 

hodisalar  to`g`risidagi  eng  muhim  bog`lanishlar  va  munosabatlar  tafakkur 

yordami bilan ochiladi. Siz qalamni barmoqlaringiz bilan 20 sm balandda ushlab 

turibsiz.  Barmoqlaringizni  ochib  yuborsangiz  qalam  stol  ustiga  to`shadi,  uning 

taqillagani eshitiladi. Biz bu hodisalarni birin-ketin idrok qilamiz va ularni xuddi 

shu  tartibda  tasavvur  qilishimiz  mumkin.  Lekin  biz  bunda  hodisalarni  ma`lum 

vaqt ichida birin-ketin sodir bo`lishini idrok qilamiz, holos. Ammo ayni vaqtda 

tafakkur  yordami  bilan  bu  hodisalarning  bir-biriga  qonuniy  bog`lanishdagi 

chuqurroq sabablar va bundan kelib chiqadigan natijalar ochiladi. 

Biz  hodisalarning  birin-ketin  o`tayotganligini  qayd  qilib  qolavermaymiz,  balki 

birinchi  hodisa  bo`lgani  uchun  ikkinchi  hodisa  ro`y  berdi,  undan  keyingina 

hodisalarning har qaysisi (masalan, tovush) oldindan hodisa ro`y berganligi uchun 

(qalam  stolga  urilgani  uchun)  sodir  bo`ladi,  deb  aniq  qilib  aytamiz  va  oldingi 

hodisaning ro`y berganligi keyingi hodisaning muqarrar keltirib chiqarganligini 

anglaymiz.  Bu  hodisalar  ularning  ma`lum  bir  vaqt  ichida  birin-ketin  sodir 

bo`lganligini  idrok  qilganimizdan  tashqari  ular  o`rtasida  sabab-natija  tariqasida 

bog`lanishi, ya`ni qonuniy bog`lanish bor, deb aniq qilib aytamiz. Biz shu sabab-

natija tariqasidagi bog`lanishning o`zini bevosita idrok qila olmaymiz. Uni sezgi 

organlarimiz  vositasi  bilan  his  qilolmaymiz,  (ko`rmaymiz,  ushlab  ko`rmaymiz, 




eshita olmaymiz) balki shu bog`lanish borligini idrokimizga asoslanib turib fikr 

qilish yo`li bilan topamiz. So`ngra ayrim hodisalardagi sabab-natija bog`lanishlari 

ochilganligiga  asoslanib,  umumiylashtirish  yo`li  bilan  voqelikning  umumiy 

qonuniyatlarini  topib  olamiz.  Masalan,  bir  holda  suvning  yaxlab  qolganligi 

haroratning  pasayganligi  (0  dan  pastda  tushib  ketganligi)  sabab  bo`lgani 

aniqlangan bo`lsa va bu hodisa boshqa bir qancha hollarni ham aniqlagan bo`lsa, 

yana shu hollarni umumiylashtirish natijasida “harorat 0 dan past bo`lgani suv 

hamisha  muzlaydi”,  degan  hukmda  ifodalangan  qonun  topilgan.  Hodisalar 

o`rtasidagi mavjud sabab-natija bog`lanishlarini belgilaganimiz uchun biz hozirgi 

paytda  bizning  oldimizda  ro`y  bermagan  hodisalarning  yuz  berishini  oldindan 

aytib  berishimiz  mumkin.  Masalan:  termometrda  haroratning  0  dan  past 

tushganligini ko`rishimiz bilan endi suv muzlaydi, deb oldindan ayta olamiz. 

Astronomlar  osmondagi  jismlarning  harakat  qonunlarini  bilganliklari  uchun 

quyosh yoki oy qachon tutilishini rosa aniq qilib oldindan aytib beradilar. Sharq 

mutafakkirlari  jamiyat  taraqqiyoti  qonunlarini  ochib  berganlar.  Bu  qonunlarni 

bilish ijtimoiy-siyosiy voqealarning qay tarzda borishini (bilish tufayli mumkin 

bo`lmoqda) oldindan bilib turish imkoniyatlarini beradi. 

Oldindan  bilish  muayyan  maqsadni  qo`yishga  va  ana  shu  maqsadga  muvofiq 

harakat qilishga imkon beradi. Odamlarning hozirgi amaliyoti bizning xilma - xil 

mehnatimiz  natijasini  oldindan  bilish  tufayli  mumkin  bo`lmoqda.  Mehnat 

faoliyati  ayni  vaqtda  fikrlash  faoliyati  hamdir.  Tafakkur  yo`li  bilan  aniqlangan 

abstrakt-nazariy  qoidalar  inson  amaliyotida  sinovdan  o`tkaziladi,  (tasdiqlanadi 

yoki rad qilinadi), voqelikni xuddi shu yo`l bilan eng to`g`ri va aniq bilib olinadi. 

Tafakkur ongning voqelikni eng aniq, chuqur, to`liq, umumiylashtirib va bevosita 

aks  ettirishga  (bilishga)  qaratilgan  faoliyatdir,  asosan  narsalarni  bevosita 

sezishimiz  va  idrok  qilishimiz  mumkin  bo`lmagan  bog`lanishlar  va 

munosabatlarning aks etishidir. Fikrlar, hukmlar va tushunchalar dastlab idrok va 

tasavvur asosida vujudga keladi. Bu fikrlar xotirada mustahkamlanadi va so`ngra 

tafakkurning yuksakroq va murakkabroq jarayonlari uchun material (asos) bo`lib 



qoladi.  Har  bir  kishi  tevarak-atrofdagi  olamni  bevosita  bilish  bilan  mashg`ul 

bo`lganida  fikr  yuritmay,  balki  shu  bilan  birga  u  harakat  qilayotganida  ham 

boshqa  kishilar  nutq  orqali  aloqa  qilayotganida,  o`z  fikrini  boshqa  kishilarga 

bildirayotganida hamda boshqa kishilardan tayyor fikr va bilimlarni olayotganida 

ham  fikr  qiladi.  Odamning  tafakkuri  til  bilan  bevosita  bog`langandir.  Fikr  va 

muhokamalar, bilish va tajriba til yordami bilan shakllanadi. Insoniyat jamiyatida 

odamlar bir-birlari bilan til vositasi orqali fikr almashadilar. 

Tafakkur faoliyati muayyan maqsadga qaratilgan alohida ong jarayoni tariqasida 

sodir bo`ladi. Bosh miyaning biror uchastkasidagi faoliyat emas, balki butun bosh 

miya po`stining faoliyati mana shu jarayonning nerv-fiziologik asosidir. Tafakkur 

faoliyati  uchun  avvalo  analizatorning  miyadagi  uchlari  o`rtasida  vujudga 

keladigan  murakkab  bog`lanishlar  muhim  ahamiyatga  egadir.  Analizatorning 

bosh  miya po`stidagi uchastkalari bir-biridan keskin ajralgan holda emas, balki 

bir-biriga  tutashib,  bir-biri  bilan  chambarchas  bog`lanib  ketganligi  sababli 

mazkur  bog`lanishlarning  vujudga  kelishi  osonlashadi.  Ikkinchi  signal  tizimida 

muvaqqat  bog`lanishlar  vujudga  kelishi,  yuqorida  aytib  o`tilganidek, 

tafakkurning  maxsus  nerv-fiziologik  mexanizmlaridir.  Bunda  ikkinchi  signal 

tizimining bog`lanishlari birinchi signal tizimidagi bog`lanishlarga tayanadi. 

I.P.Pavlov  ikkinchi  signal  tizimining  ishi  hamisha  birinchi  signal  tizimi  bilan 

o`zaro o`tkazish jarayonida hozir bo`ladi, deb ta`kidlagan. Ikkinchi signal tizimi 

asosida, birinchi signal bilan o`zaro ta`sir qilish jarayonida “dastlab umuminsoniy 

empirizm” ni va nihoyat odamning o`z tevaragida olamni va uning o`zini bilish 

uchun  oliy  qurol  bo`lgan  fanni  yaratuvchi  maxsus  insoniy,  oliy  tafakkur  voqe 

bo`ladi. Tafakkurning muayyan bir narsaga qaratilishi uchun nerv-fiziologik asos 

bo`lgan orientirovka refleksi tafakkur jarayonlarida katta rol o`ynaydi. Tafakkur 

jarayoni  insonning  bilishga  bo`lgan  ehtiyojlari,  tevarak-atrofdagi  olam  va 

turmush to`g`risidagi o`z bilimlarini kengaytirishga va chuqurlashtirishga intilish 

sababli  vujudga  keladi.  Fikr  qiluvchi  kishining  tafakkur  obyektini  anglashi 

(bilish)  tafakkur  jarayonining  xarakterli  xususiyatidir.  Odam  o`zi  idrok 



qilayotgan,  tasavvur  qilayotgan  narsalar  to`g`risida  fikr  qiladi.  Shuning  uchun 

tushunchalar, narsalarning butun bir sinfi (turkumi) to`g`risida fikr qiladi. Odam 

o`z  tafakkuri  to`g`risida  va  boshqa  psixik  jarayonlar  to`g`risida,  shuningdek 

o`ziga xilma-xil obektiv xususiyatlari to`g`risida fikr qiladi, ya`ni bo`lar tafakkur 

obyekti  bo`ladi.  Bir  narsaga  tayanmagan  quruqdan-quruq  tafakkur  bo`lishi 

mumkin  emas.  Taqqoslash,  tahlil  va  sintez,  abstraktsiya  va  umumlashtirish, 

tasniflash va tizimga solish aqliy operatsiyalarning asosiy turlaridir. Bizda yangi 

hukmlar ana shu operatsiyalar jarayonida hosil bo`ladi, real olamdagi narsalar va 

hodisalar to`g`risidagi tushunchalar vujudga keladi. 

Taqqoslash  shunday  bir  aqliy  operatsiyadirki,  bu  operatsiya  ayrim  narsalar 

o`rtasidagi o`xshashlikni yoki tafovutni, tenglikni yoki tengsizlikni, bir xil yoki 

qarama-qarshilik borligini aniqlashda ifodalanadi. Narsalarning o`xshashligi yoki 

tafovuti dastlab bevosita sezgilarda va idroklarda aks etadi. Taqqoslash fikr qilish 

jarayoni  idrok  qilinayotgan  narsalarning  o`xshashligi  yoki  tafovutni  aniqlash 

lozim bo`lganda, yoxud sezgilarda va idrokda bevosita aks etmagan o`xshashlik 

va  tafovutni  topish lozim  bo`lgan hollarda  voqe bo`ladi. Amaliy  taqqoslash  bir 

narsani  ikkinchi  bir  narsaga  solishtirib  ko`rilayotganda,  masalan:  bir  qalamni 

ikkinchi  bir  qalamga,  o`lchov  chizig`ini  taxtaga  va  shu  kabilarga  solishtirib 

ko`rilayotganda sodir bo`ladi. Taqqoslash tasavvur qilinayotgan yoki o`ylanilgan 

narsalarni  bir-biriga  fikran  solishtirib  ko`rish  yo`li  bilan  amalga  oshiriladi. 

Psixologiyani  o`rganayotgan  vaqtimizda  biz  hamisha  ayrim  psixik  hodisalarni 

bir-biri bilan taqqoslaymiz va ulardagi o`xshashlikni, tafovutni topamiz. Ayrim 

kishilarni  bir-biriga  taqqoslab,  ularning  qobiliyatida,  xarakterida,  qarashlarida 

tafovut yoki o`xshashlik topamiz. 

Analiz  (tahlil)  narsa-buyumlarni,  hodisalarni,  jarayonni  tarkibiy  belgilari, 

elementlariga,  qismlariga  bo`lish  demakdir.  Tahlil  jarayonida  butunning  uning 

qismlariga, uning elementlariga bo`lgan munosabati aniqlanadi. Tahlil obyektlari 

amalda ajratib bo`lmaydigan elementlarga yoki belgilarga bo`lishda ifodalanishi 

mumkin.  Bu  fikriy  tahlil,  ya`ni  fikrda  qilinadigan  tahlildir.  Psixologiyani 



o`rganayotganimizda  har  bir  psixik  hodisani  bir-biri  bilan  taqqoslabgina 

qolmasdan, balki shu bilan birga tahlil ham qilamiz. O`qish mashg`uloti vaqtida 

tafakkurning tahlil qilish faoliyati katta o`rin tutadi. Chunonchi, savod o`rgatish, 

nutqni  tahlil  qilishdan:  gapni  so`zlarga,  so`zlarni  bo`g`inlarga,  bo`g`inlarni 

tovushlarga ajratishdan boshlanadi. Matematik masalani echish tahlil qilishdan, 

dastlab  bir  qancha  ma`lum  sonlarni,  so`ngra  esa  noma`lum  sonlarni  topishdan 

boshlanadi. 

Sintez  tahlilning  aksi  yoki  teskarisi  bo`lgan  tafakkur  jarayonidir.  Bu  jarayon 

obyektning ayrim elementlarini, qismlarini, belgilarini bir butun qilib qo`shishdan 

iboratdir. Sintez jarayonida murakkab bir butun narsa yoki hodisa tarkibiga kirgan 

elementlar yoki qismlar tariqasida olingan buyum va hodisalarning shu murakkab 

bir  butun  narsa  yoki  hodisaga  bo`lgan  munosabati  aniqlanadi.  Sintez 

elementlarning,  narsa  va  hodisalarning  qismlarini  bir  butun  qilib  qo`yishdan 

iboratdir, tahlil amaliy bo`lgani singari sintez ham amaliy bo`lishi mumkin. Tahlil 

singari  sintez  ham  o`qish  jarayonida  katta  o`rin  tutadi.  Masalan:  o`qishga 

o`rgatish  vaqtida  tovushlar  va  harflardan  bo`g`inlar,  bo`g`inlardan  so`zlar, 

so`zlardan gaplar tuziladi. Mana shuning o`zi sintezdir. 

Abstraktsiya  shunday  bir  fikrlash  jarayonidirki,  bunday  tafakkurda  aks 

etilayotgan  bir  yoki  bir  necha  obyektlarning  biror  belgisi  (xususiyati,  harakati, 

holati,  munosabati)  shu  obyekt  yoki  obyektdan  fikran  ajratib  olinadi.  Bu 

jarayonda obyektdan ajratilgan bir belgining o`zi tafakkurning mustaqil obyekti 

bo`lib  qoladi.  Abstraktsiya,  odatda  tahlil  jarayonida  yoki  tahlil  natijasida  sodir 

bo`ladi. Masalan: sinfdagi doskani qoraligi to`g`risidagi, so`ngra umuman qoralik 

to`g`risida fikr qilish mumkin. Biz odamlar, samolyotlar, suv, ot va hokazolarni 

ko`z  oldimizdagi  harakatini  ko`zatib  turib,  ularning  bitta  umumiy  belgisini, 

harakatini fikran ajratib olishimiz va umuman harakat to`g`risida fikr qilishimiz 

mumkin. Chunonchi abstraktsiyalash yo`li bilan bizda uzunlik, kenglik, miqdor, 

tenglik,  son,  qiymat  va  boshqa  shu  kabilar  to`g`risida  abstrakt  tushuncha  hosil 

bo`ladi. Umumlashtirish tafakkurda aks etgan bir turkum narsalarning o`xshash 



muhim  belgilarining  shu  narsalar  to`g`risidagi  bitta  tushuncha  qilib  fikrda 

birlashtirish  demakdir.  Masalan:  olmalar,  noklarda,  o`riklarda,  apelsinlarda  va 

boshqa shu kabilarda bo`lgan o`xshash belgilar bitta tushunchada birlashadi. Biz 

buni meva degan so`z bilan ifodalaymiz. Daraxtlar, o`tlar, gullar va boshqa shu 

kabilar o`simlik degan tushunchada umumlashtiriladi. 

Konkretlashtirish birinchidan, umumiy abstrakt belgining yakka obyektga tadbiq 

etish  ifodalanadi.  Masalan:  biz    “oq”  deganimizda  ko`z  oldimizga  qor,  qog`oz, 

paxta va shu kabilar kelishi mumkin. Ikkinchidan, konkretlashtirish umumiy va 

yakka belgilari kamroq bo`lgan umumiylikni ochishda ifodalanadi. Masalan, biz 

olma, olxo`ri, o`zumni mevalar qatoriga, stol, stul, divan va shu kabilarni mebel 

qatoriga  qo`shamiz.  Umumiy  fikrlarni  bayon  qilish  va  izohlash  chog`ida  biz, 

odatda keltiriladigan misollarning hammasi konkretlashtirishning o`zidir. 

Klassifikatsiya  (turkumlarga  bo`lish),  sistemaga  solish  atrofdagi  olamni  bilish 

uchun  bitta  narsani  emas,  balki  ko`pchilik  va  xilma-xil  narsalarni  o`rganishdir. 

Shu sababli  o`rganish  uchun  qulaylik tug`dirish  maqsadida, shuningdek  amaliy 

maqsadlarida mana shu ko`pchilik narsalarni guruhlarga, turkumlarga bo`lishga 

to`g`ri  keladi.  Ko`pchilik  narsalarni  (hodisalarni)  guruhlarga  bo`lish 

klassifikatsiya  yoki  turkumlarga  bo`lish  deb  ataladi.  Masalan:  kutubxonada 

kitoblar  muqovasiga,  shakliga,  mazmuniga  va  shu  kabi  belgilariga  qarab 

turkumlarga bo`lish mumkin. O`quvchilarning odatda yoshi yoki jinsiy belgilari 

bo`yicha, ulgurishlariga  kabilarga qarab turkumlarga bo`ladilar. Tizimga solish 

shundan iboratki, bunda ayrim narsalar, faktlar, hodisa va fikrlar muayyan tartibda 

makondagi,  vaqtdagi  tutgan  o`rniga  yoki  mantiqiy  tartibda  joylashtiriladi.  Shu 

sababli  makon,  xronologiya  va  mantiqiy  belgilar  asosida  tizimga  solish  turlari 

ajratiladi.  Mebelning  xonadagi  joylashtirilishi,  daraxtning  boqqa  o`tqazilishi 

makoniy  tizimga  namuna  bo`la  oladi.  O`tmishda  bo`lib  o`tgan  voqealarning 

xronologik  tartibda  joylashtirilishi  shu  voqealarning  vaqtiga  qarab  tizimga 

solishning  namunasi  bo`la  oladi.  Matematikaga,  falsafaga,  mantiqqa  doir 

darsliklarda  ilmiy  materiallarning  joylashtirilishi  mantiqiy  tizimga  solishning 

namunasidir. 




Agar hayot va amaliyot davomida odam yangi maqsad, yangi muammo, yangicha 

ahvol va yangi faoliyat sharoitlari paydo bo`lsa, odamda dastlab tafakkur qilishga 

zaruriyat tug`iladi. Tafakkur yangilikni izlash va ochish demakdir. 

Oddiy  eski  usullar  bilan  vazifa  hal  qilinganda  tafakkur  talab  qilinmaydi. 

Muammoli  vaziyatning  odamlar  faoliyati  davomida  kutilmagan,  qandaydir 

tushunib  bo`lmaydigan  narsaga,  noma`lum  tashvishli  narsalarga  duch  kelib 

qoladi. Muammoli vaziyatni tahlil qilish natijasida masala paydo bo`ladi va tarkib 

topadi. Masalani yuzaga kelish muammosi vaziyatdan farq qilib, garchi oldindan 

bo`lsa  ham  mazkur  (ma`lum)  va  noma`lum  qidiralayotgan  narsani  taxminan 

bo`laklarga bo`lish masalaning shartida ifodalanadi. Masalan, o`quv masalasida 

uning asosiy sharti hamda talablar (savollar) mavjud bo`ladi. 

Ayrim  kishilarning  tafakkuri  o`zining  mazmundorligi,  chuqurligi  va  kengligi 

jihatdan,  mustaqilligi,  samaraliligi  va  tezligi  jihatdan  turli  davrlarda  turlicha 

namoyon  bo`ladi.  Bular  tafakkurning  sifatini  tashkil  qiluvchi  belgilardir. 

Tafakkurning  mazmundorligi  avvalo  u  yoki  bu  narsalar,  hodisalar  to`g`risidagi 

voqelikning  u  yoki  bu,  muhokamalar  va  tushunchalarda  odamlarning  ongida 

qanchalik  o`rin  olganligidan  kelib  chiqadi.  Fikrning  chuqurligi  uning 

mazmundorligini ta`minlaydi. Tafakkurning mazmundorligi va chuqurligi uning 

kengligi  bilan  chambarchas  bog`langan.  Voqelikning  eng  ko`p  sohalarini  o`z 

ichiga  olgan,  hozirgi  vaqtni,  uzoq  utmishni  va  uzoq  kelajakni  o`z  ichiga  olgan 

tafakkurni biz keng tafakkur deymiz. Odam o`z oldiga yangi vazifalarni qo`yishda 

o`zi tashabbus ko`rsatib, shu vazifalarni boshqa odamlarning yordamisiz, o`zining 

alohida yo`llari bilan hal qilaversa, bu odamlarning tafakkuri mustaqil tafakkur 

bo`ladi.  Tafakkurning  tanqidiyligi  o`zgalarning  yoki  o`zlarining  fikrlarini 

haqiqatga mos bo`lishi-bo`lmasligi jihatini tekshira bilishda va shu fikrlarga baho 

bera  olishda  ifodalanadi.  Tafakkurning  tezligi  qo`yilgan  savollarga  juda  tezlik 

bilan javob topa olishida namoyon bo`ladi. Fikrning tezligi maktab o`quvchilari 

uchun  muhim  ahamiyatga  ega.  Masalan:  ayrim  yaxshi  o`quvchilarni  doskaga 

chiqarib, ulardan yangi masalani echish talab qilinganda hayajonlanib, butun sinf 



oldida  o`zlarini  yo`qotib  qo`yadilar.  Bu  salbiy  emotsiyalar  go`yo  ularning 

tafakkurini tormozlab qo`yadi. Fikr juda sekin va tez-tez muvaffaqiyatsiz ishlay 

boshlaydi.  Maktab  o`quvchilarning  tafakkuri  hali  juda  katta  va  etarli 

foydalanilmayotgan  zaxira  hamda  imkoniyatlarga  egadir.  Psixologiya  va 

pedagogikaning asosiy vazifalaridan biri ana shu imkoniyatlarni to`la ochish va 

ular asosida ta`limni yanada samarali, hamda ijodiy qilishdan iboratdir. 



Ong 

Psixika voqelikning kishi miyasida aksi sifatida har xil darajalar bilan farqlanadi. 

Psixikaning odamga xos bo’lgan oliy darajasi ongni tashkil etadi. Ong psixikaning 

uni  yaxlit  bir  holga  keltiruvchi  shakli  bo’lib  kishining  mehnat  faoliyatida, 

boshqalar  bilan  til  yordamida  muloqot  qilish  jarayonida  shakllanishini  ijtimoiy 

tarixiy  shart-sharoitlari  natijasi  hisoblanadi.  Shu  ma’noda  ong  marksizm 

klassiklarining ta’kidlashicha ijtimoiy  mahsul bo’lib anglagan borliqdan buyuk 

boshqa narsa emasdir. 




Yüklə 318,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin