Talabalar ilmiy-ijodiy jamiyati



Yüklə 28,43 Kb.
səhifə1/11
tarix02.01.2022
ölçüsü28,43 Kb.
#36678
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
doton aka


Talabalar ilmiy-ijodiy jamiyati

O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 7 avgustdagi PQ-436 sonli “Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” va  2006 yil 10 oktyabrdagi “Kamolot yoshlar ijtimoiy harakatini qo’llab quvvatlash va uning samaradorligini yanada oshirish to’g’risida”gi  qarorlarida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, shuningdek, O’zROvaO’MT Vazirligining 1998 yil 10 iyuldagi “Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va ularni maqsadli tayyorlash to’g’risidagi” 185-sonli, 2001 yil 11 oktyabrdagi “Iqtidorli talabalar bilan ishlash faoliyatini yanada takomillashtirish to’g’risidagi” 249-sonli hamda 2002 yil 30-oktyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli talabalar bilan ishlashni takomillashtirish to’g’risidagi” 279-sonli  buyruqlarini bajarish maqsadida Toshkent kimyo-texnologiya institutida talabalarning ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish, ustoz-shogird tizimi asosida yoshlarning vatanparvarlik sifatlarini shakllantirish, yosh ilmiy-pedagogik kadrlar zahirasini tayyorlashga doir tashkiliy, uslubiy, me’yoriy masalalarni hal etishda ko’maklashish maqsadida institut tarkibida “Talabalar ilmiy-ijodiy jamiyati” (TIIJ) 2006 yilda Institut Ilmiy Kengashi qaroriga asosan tashkil etilgan.

O’tgan vaqt oralig’ida TIIJ tomonidan institutda tahsil olayotgan iqtidorli talabalarning ma’lumotlar bazasi shakllantirildi va vazifalar belgilab olindi. Institutda talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari, o’z bilim va ko’nikmalarini mustahkamlashlari uchun institut bo’yicha 18 ta ilmiy-ijodiy, 2 ta “Hayotga tayyorlash va kasbga yo’naltirish”, 5 ta ma’naviy-ma’rifiy to’garak va klublar, 8 ta turli xil “Sport va sog’lomlashtirish” to’garaklari faoliyat olib bormoqda.

Urganch davlat unversteti




Yüklə 28,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin