Talabalik davri barchangizga



Yüklə 288,63 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix26.05.2022
ölçüsü288,63 Kb.
#59617
2 5190495726999701894



BIOLOGIYA

TALABALIK DAVRI BARCHANGIZGA 
NASIB QILSIN!!! Tuzuvchi: E. Jalilov 
EJalilov 
 
1. Quyidagi sxema asosida yuzaga kelgan 1, 2, 3 va 4 xromosoma 
kasalliklariga tegishli belgi va xususiyatlarni juftlab ko’rsating. 
A) 1, 2 - yelka chanoqqa nisbatan tor, qo‘l-oyoqlari uzun, 
xromosoma mutasiyasi nayijasi; 3, 4 - ikkilamchi jinsiy belgilar juda
sust namoyon bo‘ladi, genom mutasiyasi natijasi; 
B) 1, 2 – bo‘yi juda past, ikkilamchi jinsiy belgilar juda sust
namoyon bo‘ladi; 3, 4 - qo‘l-oyoqlari uzun, yelka chanoqqa
nisbatan tor, tuxumdon rivojlanmagan 
C) 1, 2 - qo‘l-oyoqlari uzun, yelka chanoqqa nisbatan tor, genom 
mutasiyasi natijasi; 3, 4 - bo‘yi juda past, ikkilamchi jinsiy belgilar
juda sust namoyon bo‘ladi 
D) 1, 2 - og‘zi yarim ochiq, aqliy zaif, odatda bepusht, uzoq 
yashamaydi; 3, 4 - tuxumdon rivojlanmagan, ikkilamchi jinsiy
belgilar juda sust namoyon bo‘ladi 
2. Odam skeletidaga qaysi suyaklar soni yig‘indisi qovurg‘alar soniga 
(a); barcha uzun g‘ovak suyaklar soni qaysi suyaklar soni 
yig‘indisiga (b) va barcha uzun naysimon suyaklar soni qaysi 
suyaklar soni yig‘indisiga (c) teng?
A) a - kurak suyaklari, bo‘yin va ko‘krak umurtqalari, yelka kamari 
suyaklari; b - ko‘krak va bel umurtqalari, yelka kamari suyaklari, 
boldir suyaklari, dumg’aza umurtqalari; c - yelka suyaklari, ensa 
suyaklari, kurak suyaklari, soxta qovurg‘alar 
B) a – yuqorigi jag’ suyaklari, bo‘yin va ko‘krak umurtqalari, oyoq 
kamari suyaklari; b – dumg’aza va bel umurtqalari, yelka kamari 
suyaklari, bilak suyaklari, bel umurtqalari; c - kurak suyaklari, tepa 
suyaklari, yelka suyaklari, soxta qovurg‘alar 
C) a - son suyaklari, o’ng qo’ldagi kaft usti suyagi va kalta naysimon 
suyaklari, yelka suyaklari; b - ko‘krak va bel umurtqalari, yelka 
kamari suyaklari, son suyaklari, dumg’aza umurtqalari; c - bilak 
suyaklari, peshona suyagi, kurak suyaklari, soxta qovurg‘alar 
D) a - to‘sh, bo‘yin va ko‘krak umurtqalari, yelka kamari suyaklari; b 
- ko‘krak umurtqalari, yelka kamari suyaklari, boldir suyaklari, 
bo‘yin umurtqalari; c - o‘mrov suyaklari, yonoq suyaklari, kurak 
suyaklari, soxta qovurg‘alar 
3. Diploid navli o’simlikda shu o’simlikning kariotipidagi 
xromasomalariga nisbatan 24 marta ko’p miqdorda mikrosporalar 
hosil bo’lgan bo’lsa, ushbu diploid navli o’simlikda qo’sh 
urug’lanishdan so’ng 135 dona urug’ hosil bo’lgan bo’lsa,
urug’lanishda qatnashmagan spermiylardagi jami xromasomalar 
sonini aniqlang. (shu o’simlikning arxeosporasidagi xromasomalar 
soni blastomerlari to’rt marta meridianal bo’linib, hosil bo’lgan 
blastomerlaridagi xromasomalari 2432 taga yetgan organizmning 
meyoz-II bo’linishi natijasida shakllangan spermatozoidlaridagi 
autasomalar soniga teng.) 
A) 5346 B) 7776 C) 2673 D) 3888   
4. Agglutinogenlarning har ikkisiga ega bo’lgan ayol 
agglutininlarning har ikkalasiga ega bo’lgan erkakka turmushga 
chiqdi. Ushbu oilada tug’ilgan farzandlar qaysi qon guruh(lar) uchun 
umumiy bo’lgan holda donor (a) va qaysi qon guruh(lar) uchun 
resepient (b) bo‘la oladi?
A) a – II va III; b – I va IV B) a – I, III, IV; b – I, II, III
C) a – I; b – IV D) a – IV; b – I
5. Koala va malla shomshapalak uchun umumiy ma’lumotlar to‘g‘ri 
berilgan javobni toping. 1) sutemizuvchilar sinfiga kiradi; 2) bolasini 
sut bilan boqadi; 3) qo‘lqanotlilar turkumi vakili; 4) oldingi oyog‘i 
kapalak qanotiga nisbatan analogik organ hisoblanadi; 5) 
barmoqlarida yassi tirnoqlari bo‘ladi; 6) tanasi jun bilan qoplangan; 
7) burni va og‘zidan ultratovush chiqaradi; 8) primatlar turkumiga 
kiradi; 9) rangni yaxshi ajratadi; 10) kloakasi bo‘lmaydi.
A) 1, 2, 6, 10 B) 1, 2, 5, 6, 8 C) 3, 4, 7, 9 D) 2, 5, 8, 10 
6. Herbaseumning 2 ta nogomolik xromasomasida genlar tartibi 
quyidagicha: beshinchi xromosomada – ABCDEFJKLM, o’n uchinchi 
xromosomada – OPQRSTUVWXYZ. Agar beshinchi - xromosomada 
avval inversiya, keyin beshinchi va o’n uchinchi - xromosomalar 
o`rtasida translokatsiya sodir bo`lgan bo`lsa, genlarning joylashuvi 
tartibi to`g`ri berilgan javobni aniqlang.
A) ABCDLEFJKMOPQ B) ABCDLKFEMOPQ
C) ABCDLKJFEMOPQ D) ABCLKJFEMXYZ 
7. Buk va baobab mansub bo’limning gametogenezi haqidagi tog’ri 
fikrlarni aniqlang.
1) changdonning hujayralari meyoz usulida bo’linadi;
2) mikrosporalar meyoz usulida hosil bo’ladi; 3) yosh 
urug’kurtakning arxeosporasi meyoz bo’linishidan 3 ta mayda, 1 ta 
yirik hujayra rivojlanadi; 4) mikrospoaralar mitoz usulida bo’linadi;
5) mikrospora mitoz yo’li bilan bo’linib, vegetativ va generativ 
hujayrani hosil qiladi; 6) mikrosporalar gaploid to’plamli 
hujayralardan hosil bo’ladi; 7) megasporositlarining bo’linishidan 
hosil bo’lgan hujayra mitoz usulida bo’linadi; 8) murtak xaltachasi 
urug’kurtakning yirik hujayrasi mitoz usulida bo’linishidan hosil 
bo’ladi; 9) mikrosporalar meyoz va mitoz usulida bo’linadi;
10) megasporositlari mitoz usulida bo’linadi; 11) chang donasi 
shakllanishida dastlab mitoz so’ngra meyoz kuzatiladi;
12)Mikrosporalar mitoz usulida hosil bo’ladi; 13)urug’kurtakning 
yirik hujayrasi 3 marotaba meyoz yo’li bilan bo’linib murtak 
xaltachasini hosil qiladi; 14)mikrosporalar diploid to’plamli 
hujayralardan hosil bo’ladi
A) 1,3,5,7,9 B) 3,6,8,10,14 C) 2,3,4,7,8,14 D) 2,3,4,6,8,14 
8. Quyida berilgan misollarda qaysi qonuniyatlarning ifodalanishi
ko’rish mumkin?
a) biogenetik qonun; b) ontonogenetik qonun
1)baqaning ontonogenezida uch kamerali yurakning paydo bo’lishi;
2)kapalakning metomorfozida so’ruvchi tipdagi og’iz a’zosining
paydo bo’lishi; 3) assidiya lichinkasida xorda, nerv nayining bo’lishi;
4) karam kapalagi qurtining og’iz a’zosi kemiruvchi tipda bo’lishi;
5)kvakshaning embrionida jabra yoriqlarining yo’qolib ketishi;
6) to’tiqushning ontonogenezida jabra yoriqlarining mavjudligi;
7) embrional rivojlanishining keyingi davrlarida odam embrionida 
peshona oldinga bo’rtib chiqishi; 8)embrional rivojlanishning 
keyingi davrlarida gorilla embrionida jag’ oldinga bo’rtib chiqishi;
9)ontonogenezda ajdodlarning yetuk formalari bosqichlari 
qaytariladi; 10) ontonogenezda faqat embrion bosqichlari 
qaytariladi; 11) kitlarning embrionida tishlarning so’rilib ketishi;
A) a – 2,6,7,8,10; b –1,3,4,11 B) a – 6,10; b –1,2,3,4,11
C) a – 3,4,6,7,8,10; b –1,2,11 D) a – 6,7,8,10,11; b –1,2,3,4 
9. Xrizantema va xarduma o’simliklari uchun umumiy xususiyatlarni 
aniqlang.
1) urug’idan ko’payadi; 2) gul hosil qiladi; 3)mikrosporalar meyoz 
usulida hosil bo’ladi; 4) mikrosporalar gaploid to’plamga ega; 5) yosh 
urug’kurtak arxeosporasi meyoz usulida hosil bo’ladi;
6)magnoliatoifalarga mansub; 7) gultojbargalari halqada 3 tadan 
joylashgan; 8) ildiz, poya, barglardagi o’tkazuvchi to’qimalari uzun, 
yog’ochlashgan; 9) murtak xaltasining hosil bo’lishida dastlab mitoz, 
so’ngra meyoz sodir bo’ladi; 10) har ikkala o’simlik uchun urug’ning 
paydo bo’lishi morfofiziologik yuklsalish hisoblanadi
A) 3,4,5,10 B) 1,2,3,4,6,8 C) 2,3,4,5,10 D) 1,2,4,8,9 
10. Namozshom ko‘rlik (qorong’uda ko’ra olmaslik) va miopatiya 
(yurak muskullari nuqsoni) kasalliklari X- xromasomada joylashgan 
retsessiv gen orqali nasldan naslga o’tadi. Ushbu genlar orasidagi 
masofa 4,9 morganidaga teng. Onasi miopatiya bo’lgan, otasi esa 
namozshom ko‘rlik bilan kasallangan oilada tug’ilgan qiz bilan ushbu 
belgilari bo’yicha sog’lom yigitga turmushga chiqdi. Bu oilada 
tug’ilgan o’g’illardan biri miopatiya, normal ko’rishga ega bo’lgan; 
ikkinchi o’g’il esa namozshom ko‘rlikka uchragan, lekin yuragi 
normal qisqaruvchan qobiliyatiga ega bo’lgan. Ushbu oilada ikkala 
juft belgilari bo’yicha sog’lom qizlarning (a) va ikkala juft belgilari 
bo’yicha sog’lom o’g’ilarning (b) hamda bir juft belgisi bo’yicha kasal 
o’g’il va qizlarning (c) tug’ilish ehtimolini (%) aniqlang. 
A) a-50; b-51,225; c-2,45 B) a-51,225; b-12,5; c-47,55
C) a-50; b-23,775; c-2,45 D) a-50; b-1,225; c-47,55
11. AAA (1), AAU (2), UAC (3), GCA (4), AGA (5) va AUG (6) tripletga 
ega t-RNK qaysi aminokislotalarni translyatsiya joyiga yetkazadi? 
A) 1-leysin; 2-fenilalanin; 3- serin; 4- tirozin; 5- metionin; 6- arginin 
B) 1-fenilalanin; 2-fenilalanin; 3-metionin; 4- serin; 5- arginin; 6-
tirozin 
C) 1-fenilalanin; 2-leysin; 3-metionin; 4-arginin; 5-serin; 6-tirozin


D) 1- fenilalanin; 2-leysin; 3- tirozin; 4-arginin; 5-serin; 6- metionin 
12. G’ozaning transgen formasini yaratishda o’simlik irsiyatini gen 
injeneriyasi usuli bilan o‘zgartirish jarayonini tartib bilan belgilang: 
1) transgen o‘simlik olinadi; 2) vektor konstruksiyasi 
agrobakteriyaga kiritiladi; 3) plazmidning T-DNK qismi restriktaza 
bilan kesib olinadi; 4) T-DNK pBR 322 plazmidiga ko‘chirib 
o‘tkaziladi; 5) Vektor konstruksiyaning T-DNK qismiga yot gen 
ko‘chirib o‘tkaziladi. 
A) 
2, 5, 4, 3, 1
B) 
3, 4, 5, 1, 2
C) 
3, 4, 5, 2, 1
D)
3, 5, 4, 2, 1 
13. Homo sapiyens buyragi tuzilishi va faoliyatiga tegishli belgilarni 
aniqlang. 
1 – buyrak to`qimasi po`st va mag`iz qavatlaridan iborat; 
2 – buyrak to`qimasi murakkab mikroskopik tuzilishga ega 
nefronlardan tashkil topgan; 3 – birlamchi siydik tarkibida eritrosit 
va trombotsitlar bor; 4 – ikkilamchi siydik tarkibida qinning shaklli 
elementlari mavjud emas; 5 – moddalar almashinuvining ikkinchi 
bosqichida ishtrok etadi; 6 – moddalar almashinuvining uchunchi 
bosqichida ishtrok etadi; 7 – birlamchi siydik tarkibida plazma 
oqsillari bor; 8 – buyrak to`qimasining mag`iz qismi qoramtir;
9 – filtratsiya yo`li bilan hosil bo`lgan siydik siydik yo`li orqali 
qovuqqa uzluksiz o`tib turadi; 10 – ADG kalavasimon kanalachalar 
devoriga ta`sir etib reabsorbsiya jarayonini kuchaytiradi 
A) 2,4,6,10 B) 2,4,5,6,8,10 C) 1,2,3,5,6 D) 2,4,5,7,8 
14. Mang’itda barg tomirining nay tolali boylamlarini hosil qiluvchi 
naychalar (a), elaksimon naychalar (b) va tolalar (c) ga xos bo’lgan 
xususiyatlarni juftlab ko’rsating. 1) qalin devorli; 2) po‘sti qalin,
3) cho‘ziq, 4) o‘lik hujayralardan tashkil topgan; 5) po‘sti pishiq,
6) bir-biri bilan zanjir shaklida ulangan hujayralardan tuzilgan
7) juda uzun hujayralari bo‘ladi, 8) to‘rga o‘xshash, 9) bir-biri bilan 
ko‘p sonli teshikchalar orqali tutashgan
A) a-2,5,7; b-6,8,9; c-1,4 B) a-2,7; b-3,6,8,9; c-1,4,5
C) a-1,4; b-3,6,8,9; c-2,5,7 D) a-1,3,4; b-6,8,9; c-2,5,7 
15. Qarag’ay va qayrag’ochga xos umumiy xususiyatlami aniqlang. 
1) urug’kurtak tuguncha devori bilan o’ralgan; 2) changlanish va 
urug’lanishdan so’ng urug’kurtakdan urug’ hosil bo’ladi;
3) urug’idan ko’payadi; 4) o’tkazuvchi to’qimasi rivojlangan;
5) urug’langan tuxum hujayradan murtak hosil bo’ladi; 6) ajdodi 
urug’li qirqquloqlar hisoblanadi; 7) chetdan changlanish sodir 
bo’ladi; 8) qo’sh urug’lanishdan so’ng tugunchadan rezavor meva 
hosil qiladi 
A) 1, 4, 5, 7, 8 
B) 3, 4, 5, 6, 8 C) 1, 2, 3, 6 D) 2, 3, 5, 6, 7 
16. Kulrang satir va kulrang g’oz uchun umumiy belgilar to’g’ri 
ko’rsatilgan javobni toping.
1) oziqlanish usuli; 2) biogen migratsiyaning
1- turida ishtirok etishi; 3) hujayra qobig’ining mavjudligi;
4) sitokinezning sodir bo’lish usuli; 5) qanotlarining tuzilishi;
6) ekologik piramidaning tarkibiy qismi ekanligi; 7) aerob usulda 
nafas olishi; 8) eukariot organizm ekanligi 
A) 2, 4, 6, 7 B) 4, 6, 7, 8 C) 3, 5, 7, 8 D) 1, 2, 6, 8 
17. Organizmda quyidagilardan qaysilari hujayralarning mitoz (a) 
hamda meyoz (b) bo’linishi hisobiga ta’minlanadi? 
1) moddalar almashinuvi; 2) qo’zg’aluvchanlik; 3) hujayralar 
tuzilishini doimiyligi; 4) gomeostaz; 5) hujayrani yashash muddati; 
6) hujayra funksiyasini doimiyligi; 7) irsiy materialni bir xilligi;
8) organizmning rivojlanishi; 9) avlodlar almashinuvida 
xromasomalar sonining doimiyligi; 10) irsiy axboroti bir biridan farq 
qiluvchi gametalar hosil bo’lishi. A) a-3,4,5; b-7,9,10
B) a-2,3,6; b-1,9,10 C) a-3,6,7; b-9,10 D) a-9,10; b-3,6,4 
18. Evolyutsiyaning boshlang’ich birligi (a) va evolyutsiyaning 
boshlang’ich materiali (b) haqidagi tushunchalami aniqlang. 
1) bir tur tarqalgan arealning ma’lum qismini egallagan individlar 
yig’indisi; 2) ikki har xil genotipli organizmlami chatishtirishdan 
yuzaga keladi; 3) namoyon bo’lish xarakteriga ko’ra dominant va 
retsessiv bo’ladi; 4) hayotning tuzilish darajasi hisoblanadi; 
5) evolutsion yangilanish ro’y beradi; 6) individlarining zichligi, 
tug’iluvchanligi, o’limi, yoshi, egallagan joyi kabi statistik belgilar 
bilan ta’riflanadi; 7) gen, xromosoma, genom va sitoplazmatik 
xillarga bo’linadi. A) a- 3,4,5; b- 1,2, 6, 7 B) a- 1, 2,4, 7; b-3,5,6 
C) a- 1,4,5, 6; b-2,3,7 D) a - 2,3,6; b-1,4,5, 7 
19. Quyida berilgan irsiylanish qonuniyatlarining qaysi birida 
xatolik mavjud? A) Bir-biriga birikkan genlar guruhining soni 
muayyan turdagi xromosomalarning gaploid soniga mos keladi
B) Qizil oddiy dukkakli belgiga ega bo‘lgan no‘xatlarning fenotipi 
asosida genotipi gomozigota yoki geterozigota ekanligini aniqlash 
mumkin. 
C) Bir-biriga birikkan genlar guruhining soni muayyan turdagi 
xromosomalarning gaploid soniga mos keladi. Ular turpda 9 ta, 
karamda 9 ta bo‘ladi. D) Diduragay chatishtirishda genlarning turli 
kombinatsiyalari natijasida belgilarning mustaqil holda 
taqsimlanishi, agarda noallel genlar har xil gomologik 
xromosomalarda joylashgan bo‘lsagina amalga oshadi. 
20. Oilaning gul formulasi Gk(3)+(5) Gt5 Ch∞ U∞ bo’lgan o’simlik 
navlarini belgilang. 1) Obidov; 2) Samarqand; 3) Samarqand-3;
4) Namangan-39; 5) Buxoro-9; 6) Buxoro-12; 7) Zafarshon;
8) Farxod; 9) Vatan; 10) gultish; 11) Yulduz; 12) Omad 
A) 1,2,4,6,7 B) 4,5,6,8,11,12 C) 3,4,5,11,12 D) 3,4,5,6,10,9 
21. Itsigakka xos bo’lgan belgi va xususiyatlarni ko’rsating. 
1) bargi va mevasidan olinadigan dori tibbiyotda qon bosimini 
pasaytirish uchun ishlatiladi; 2) undan olinadigan zaharli modda - 
anabazin qishloq xo‘jaligiga zarar keltiruvchi hasharotlarga qarshi 
kurashda qo‘llanadi; 3) hayotiy shakliga ko’ra bo’ta; 4) hayotiy 
shakliga ko’ra yarim bo’ta; 5) Gulqo‘rg‘oni oddiy, kosachasimon 
6) gullari qiyshiq, gulkosachasi yarmigacha qo‘shilgan; 7) mevasi 
dukkak; 8) mitoz jarayonining profaza va metafaza bosqichlarida 
xromosomalari bo’linish urchug’iga birikkan bo’ladi; 9) hujayrasi 
mitoxondriylarida ma’lum vaqt davomida 6480 kJ energiya ATFda 
jamlangan bo’lsa, xloroplastlarda shu miqdordagi ATF 9 molekula 
glukoza sinteziga yetadi; 10) mitoz jarayonining profazasida 
sentriolalari qutblarga tarqaladi. 
A) 1, 3, 6, 7 B) 4, 5, 8, 9 C) 2, 8, 10 D) 4, 6, 9
22. Fenilketonuriya (a) va albinizm (b)ga xos belgilarni aniqlang. 
1) retsessiv belgi; 2) modda almashinuvi buzilishi bilan bog'liq;
3) jinsiy xromosoma bilan bog'liq; 4) faqat Y— xromosoma bilan 
bog'liq; 5) nerv sistemasi jarohatlanadi; 6) aqliy zaiflik paydo 
bo'ladi; 7) terida pigmentlar bo'lmaydi; 8) ko'rish qobiliyati 
pasayadi. A) a-1,2,5,6; b-1,3,7,8 B) a-1,4,6,8; b-2,5,7,8
C) a-1,2,7,8; b-1,2,5,6 D) a-1,2,5,6; b-1,2,7,8 
23. To’gri fikrlar keltirilgan javoblarni aniqlang? a) Irsiyat tufayli 
turga xos belgi, xususiyatlarning nisbatan turg’unligi avlodlarda 
saqlanadi; b) irsiyat va o’zgaruvchanlik bir-biriga qarama-qarshi 
hodisa bo’lsada, bir vaqtning o’zida namoyon bo’ladi; c) bakteriy -
larning irsiyat va o’zgaruvchanligi duragaylash, sitogenetik, 
molekulyar genetik va genetik injeneriya metodlari yordamida 
o’rganiladi; d) irsiyat va o’zgaruvchanlik bir-biriga qarama-qarshi 
hodisa bo’sada, bir vaqtning o’zida namoyon bo’lmaydi; e) o’simlik 
va hayvonlarning irsiyat va o’zgaruvchanligi duragaylash, 
sitogenetik, molekulyar genetik va genetik injeneriya metodlari 
yordamida o’rganiladi. A) a, b, c B) d, e C) b, d D) c, d, e 
24. Genetik materialning o’zgarishiga ko’ra (a), ro’y beradigan joyiga 
ko’ra (b), namoyon bo’lish harakteriga ko’ra (c), paydo bo’lishiga 
ko’ra (d), natijasiga ko’ra (e), hamda irsiyatga berilishiga qarab (f) 
qanday mutastiya turlari mavjud? 
1) somatik; 2) gen, 3) dominant; 4) spontan, 5) xromasoma,
6) foydali; 7) neytral; 8) letal; 9) genom; 10) generativ; 11 sun’iy; 12) 
retsessiv; 13) yarim letal; 14) indutsirlangan 
A) a-1,10 b-2,5,9; c-3,12; d-4,11,14; e-6,7,8,13; f-1,10 
B) a-2,5,9; b-3,12; c-1,10; d-4,11,14; e-6,7,8,13; f-3,12 
C) a-2,5,9; b-1,10; c-3,12; d-4,11,14; e-6,7,8,13; f-1,10 
D) a-2,5,9; b-4,10; c-3,12; d-1,11,14; e-6,7,8,13; f-3,12 
25. Pavian maymunlar podasining markazidagi eng xavfsiz joyda 
(a), chetlarida (b), podaning old va orqa tomonlarida (c) 
harakatlanadi. A) a - boshchilari, yosh erkak va urg‘ochilari;
b – bolali yoki homilador urg‘ochilar; c - hujumni qaytarishga tayyor
yirik erkaklari. B) a - bolali yoki homilador urg‘ochilar;
b – boshchilari, yosh erkak va urg‘ochilari; c - hujumni qaytarishga
tayyor yirik erkaklari.
C) a - yosh erkak va urg‘ochilari, bolali yoki homilador urg‘ochilar;
b – boshchilari; c - hujumni qaytarishga tayyor yirik erkaklari 
D) a - yosh erkak va urg‘ochilari; b - bolali yoki homilador 
urg‘ochilar; c - hujumni qaytarishga tayyor yirik erkaklari va 
boshchilari 


26. Quyidagi rasmda tasvirlangan jarayonga xos bo’lgan 
xususiyatlarni aniqlang?
1) ribosomada kechadigan jarayon; 2) metabolizm reaksiyalariga 
misol bo‘ladi; 3) RNK molekulasidagi irsiy axborot aminokislotalar 
izchilligiga ko‘chirilishi; 4) dezoksiribonukleotidlar izchilligidagi 
axborot ribonukleotidlar izchilligiga ko‘chiriladi; 5) guanin 
dezoksiribonukleotidlariga sitozin ribonukleotidlarining 
komplementarligi asosida sodir bo‘ladi; 6) fermentlar, ribosomalar, 
t-RNK ishtirok etadi; 7) ATF sarflanadi; 8) adenin 
ribonukleotidlariga uratsil ribonukleotidlarining komplementarligi 
asosida sodir bo‘ladi; 9) Vertisilium hujayrasida bu jarayon yadroda 
sodir bo’ladi; 10) Timin dezoksiribonukleotidlariga adenin 
ribonukleotidlarining komplementarligi asosida boradi; 11) Plastik 
almashinuv reaksiyasi hisoblanadi va ATF sarflanadi; 12) Adenin, 
sitozin, uratsil, guanin ribonukleotidlaridan iborat biopolimer hosil 
bo’ladi. A) 1,4,5,7,8,9,10,11,12 B) 2,3,5,7,9,10,11,12 
C) 2,4,6,7,8,9,10,11,12 D) 2,4,5,7,9,10,11,12 
27. Odam va hayvonlar gemoglobin zanjiridagi aminokislotalar 
tarkibidagi farqni (V. Grant bo‘yicha) a, b va c turlar qaysi organizm 
ekanligini aniqlang? 
Turlar 
Farqlar soni 
α zanjir 
β zanjir 

18 
25 

16-19 
25 

25 
14 
A) a - Odam – ot; b - Odam – sichqon; c - Odam - quyon 
B) a - Odam – echki; b - Odam – sichqon; c - Odam - quyon 
C) a - Odam – sichqon; b - Odam – ot; c - Odam - quyon 
D) a - Odam – ot; b - Odam – quyon; c - Odam – sichqon 
28. Energiya almashinuvining 3-bosqichida 2320 kJ issiqlik 
energiyasi tarqalgan bo`lgan bo`lsa, 2-bosqichda ATF da to`plangan 
energiya(kj) miqdorini(a) va xloraplastlarda sintezlanga ATFda 
to`plangan energiyani miqdorini(b) aniqlang.
A) a-80, b-43200 B) a-160, b-86400
C) a-120, b-64800 D) a-144, b-77760 
29. Odamda gepertoniya geni autosomaga bog’liq holda ko’zning 
optik destrofeyyasi retsessiv X xromosomaga birikkan holda 
irsiylanadi, ikkala belgi bo’yicha getrazigota ayol faqat gepertoniyaga 
chalingan erkakga (otasi gepertoniya bilan kasallangan, onasi 
sog’lom) turmushga chiqadi,ushbu nikohdan har ikkila belgi
bo’yicha sog’lom farzandalar tug’ilishi ehtimolini aniqlang?
A) 3/16 B) 2/16 C) 6/16 D) 4/16 
30. DNK qo`sh zanjirida 198 ta vodorod bog`i bo`lib, umumiy 
nukleotidlar soni guanin nukleotidlari sonidan 3,5 marta ko’p bo`lsa, 
DNK qo’sh zanjiridagi umumiy dezoksiribonukleotidlar sonini 
toping.
A) 154 B) 88 C) 132 D) 110 
Agar ixlosingda ixlosni ko’rsang,
Demak sening ixlosing ixlosga
muhtojdir. E.Jalilov
 

Yüklə 288,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin