Dislaliya turlari
Talaffuzdagi kamchiliklar xarakteriga ko’ra, ma’lum tovushlar guruhiga tegishli bo’lishiga ko’ra dislaliyaning turlari;
Sigmatizm- grekcha ,,s’’-harfini bildiradi. Sirg’aluvchi ,,s’’ ,,z’’ ,,sh’’ ,,j’’ ,,ch’’ tovushlar talaffuzida kamchiliklar kuzatiladi. Parasigmatizm- boshqa tovushlar bilan almashtirilishi
Choynak-toynak
Rotatizm- grekcha,, ro’’.Nutqda ,,r’’ tovushining yo’qligi. Pararotatizm-,,r’’ tovushini boshqa tovushlar bilan almashtirilishi.
Raketa-yaketa
Lambatizm- grekcha ,,lambda’’ ,,L’’ tovushini bildiradi. Nutqda ,,L’’ tovushining yo’qligi. Paralambatizm-,, L’’ tovushining boshqa tovushlar bilan almashtirilishi.
Lola-yoya
Til orqa tovushlaridagi kamchiliklar:
Kappatizm-,,K’’ tovushining nutqda yo’qligi, parakappatizm- ,,k’’ tovushining almashtirilishi
Monomorf dislaliya-bir fonetik guruhga kiruvchi tovushlar talaffuzida kamchiliklar bo’lsa, masalan;- sirg’aluvchi ,,s’’ ,,z’’ ,,j’’ bo’lsa monoforf dislaliya deyiladi.
Polimorf dislaliya- ikki va undan ortiq artikulyatsiya guruhiga tegishli bo’lsa, masalan;- rotatizm, sigmatizm, kappatizm bo’lsa bu polimorf dislaliya deyiladi