Ta’lim muassasasi menejmenti



Yüklə 73,56 Kb.
səhifə1/5
tarix14.12.2023
ölçüsü73,56 Kb.
#176925
  1   2   3   4   5
22.06. Yusupova Zeboxonning -Pedagogika fanidan -Ta\'lim muassasalari menejmenti





TA’LIM MUASSASASI MENEJMENTI




Reja:

  1. Ta’lim muassasasini boshqarishning pedagogik- psixologik asosi

  2. Ta’lim muassasasini boshqarishning tamoyillari va vazifalari

  3. Direktor va uning o’rinbosarlari vazifalari

  4. Pedagogik Kengash – ta’lim muassasasining jamoatchilik boshqaruv organi

  5. Xulosa

  6. Foydalanilgan adabiyotlar




pеdagogik tizimni boshqarishni dеmokratiyalash va insonparvarlashtirish;
boshqarishning tizimliligi va yagonaligi;
boshqarishning markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan holatlarining ratsional uyg’unligi;
yakka hokimlik bilan jamoatchilik boshqaruvining birligi;
ta'lim tizimini boshqarishda axborotlarning ob'еktivligi va to’liqligi



Ta’lim muassasasini boshqarishning pedagogik- psixologik asoslari. Boshqarish faqat ishlab chiqarishgagina xos bo’lgan jarayon emas. Balki ijtimoiy sohalar, shuningdek, ta’lim tizimida ham boshqarishni to’g’ri tashkil etilishi juda muhim.
Hozirgi paytda yagona pedagogik jarayonni boshqarishga ilmiy yondashish harakati kuchaydi. Bu esa intellektual salohiyati yuqori kadrlarni shakllantirish uchun o’ta muhim hisoblanadi.
Avvalo, boshqarishning ijtimoiy mohiyatini anglab olaylik. Boshqarish ma’lum bir ob’ektga tashkiliy, rejali, tizimli ta’sir ko’rsatish demakdir.
Ta’lim muassasasining pedagogik faoliyatini boshqarish ta’lim muassasasining faoliyat xususiyatiga ko’ra pedagogik jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, rag’batlantirish, natijalarni nazorat va tahlil qilish maqsadida amalga oshiriluvchi boshqaruv faoliyatidir.
Bugungi kunda pedagogika faniga ta’lim muassasalarini boshqarish bo’yicha yangidan-yangi tushunchalar kirib kelyapti, ularning mohiyati avvalgilardan ham teranroqdir. Masalan, «ta’sir etish» tushunchasining o’rniga «o’zaro harakat», «hamkorlik», «refleksiv boshqarish» kabi tushunchalar qo’llanilmoqda.
Ta’lim muassasalarini boshqarish nazariyasi ta’lim muassasalarining menejmenti nazariyasi bilan boyitildi. Menejment nazariyasi xodimlarga nisbatan ishonch, ularning unumli mehnat qilishlari uchun sharoit yaratish hamda o’zaro hurmat bilan tavsiflanadi.
Xo’sh, menejment va menejer atamalarining asl mohiyati nimani anglatadi?
Biz ushbu tushunchalarning mohiyati, ta’lim muassasida davlat-jamoa boshqaruvining pedagogik-psixologik asoslarini tushunishimizda ushbu yo’nalishda tadqiqot olib borgan pedagog R.Ahliddinovning qarashlari alohida diqqatga sazovor.
«Menejment» va «menejer» atamalari hozirgi talqinda korxona va muassasa egalari o’z mulklari va xodimlarni o’zlari boshqarganlaridan ko’ra tanlangan yo’nalish bo’yicha maxsus tayyorgarlikdan o’tgan mutaxassislarni jalb etish afzal ekanligini tushunib etganlaridan so’ng paydo bo’ldi. Bugungi kunda menejer rivojlangan demokratik mamlakatlarda nufuzli kasblardan biri hisoblanadi.
Menejment deganda, odatda rahbarlik lavozimiga rasman tayinlangan shaxslarning ishigina tushuniladi. Boshqarishga, shuningdek, murabbiylik ishi ham taalluqli hisoblanadi. Menejment (yoki boshqarish) mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natijalarga erishish maqsadida muayyan xodim yoki guruhga ta’sir etish, ular bilan hamkorlik qilish jarayonidir. Ta’lim muassasasi menejmenti haqida so’z yuritilganda, O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning 4.6-bandida so’z yuritilayotgan jarayonning mohiyati haqida batafsil to’xtalib o’tilganligini alohida ta’kidlash zarur. Ushbu hujjatda qayd etilicha, ta’lim muassasasi menejmentida quyidagi holatlar nazarda tutiladi:

  • uzluksiz ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tarkibiy jihatdan o’zgartirish va ularni izchil rivojlantirish davlat yo’li bilan boshqarib borilishi;

  • barcha darajadagi ta’lim boshqaruv organlarining vakolat doiralari «Ta’lim to’g’risida»gi qonunga muvofiq belgilanadi;

  • ta’limning normativ-huquiy bazasi rivojlantiriladi;

  • moliya-xo’jalik faoliyatini olib borish hamda ta’lim jarayonini tashkil etishda o’quv yurtlarining huquqlari kengayadi va mustaqilligi ta’minlanadi;

  • ta’lim muassasalari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan o’tkaziladi hamda akkreditatsiyalanadi. Akkreditatsiya yakunlariga ko’ra ta’lim sohasida faoliyat ko’rsatish huquqi beriladi;

  • muassis tashkilotlarning, mahalliy hokimiyat organlarining, savdo-sanoat doiralarining, jamoat tashkilotlarining, fondlarning va homiy vakillarni o’z ichiga oluvchi vasiylik va kuzatish kengashlari tizimi orqali ta’lim muassasalarining samarali, jamoat boshqaruvi tizimi joriy etiladi.

Bundan tashqari, olimlar ta’lim menejmetining bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini ham ta’kidlab o’tishadi. Ular orasida quyidagi xususiyatlar asosiy hisoblanadi:

  • ta’lim menejmenti «maqsadga muvofiqlik» so’zi bilan aniqlanadigan ma’naviy o’lchovga ega;

  • ta’lim menejmenti – bu fan va san’at (chunki bunda insonlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar katta rol o’ynaydi);

  • menejment mazmunida o’z aksini topadigan shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarining o’zaro dialektik birligi;

  • ta’limni boshqarishda jamoatchilikning faol qatnashuvi.

Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, endilikda ta’lim tizimini davlat tomonidan boshqarishdan davlat-jamoatchilik boshqaruviga o’tiladi. Davlat-jamoatchilik boshqaruvining maqsadi –ta’lim muassasalarining dolzarb masalalarini davlat va jamoatchilik hamkorligida hal qilish, o’qituvchilar, o’quvchilar hamda ota-onalarga ta’lim dasturlarini, turlarini, ta’lim muassasalarini tanlashda huquq va erkinlik berishni kengaytirishdan iborat.
Ta’lim tizimini davlat tomonidan boshqarish O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonunining (1997 yil) 3-moddasida belgilangan ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillariga muvofiq amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonunida O’zbekistonda ta’lim sohasini boshqarish respublika tasarrufidagi yuqori hukumat va uning boshqarish organlari hamda mahalliy hukumat va uning boshqarish organlari tomonidan amalga oshirilishi ko’rsatilgan.
Xalq ta’limi Vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi O’zbekiston Respublikasida ta’limni boshqarishning davlat yuqori organlari hisoblanadi. Vazirliklar o’zini vakolatlik doirasida:

  • ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ro’yobga chiqaradi; ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va uslub masalalarida ularga rahbarlik qiladi;

  • davlat ta’lim standartlari, mutaxassislarining bilim saviyasi va kasbiy tayyorgarligiga bo’lgan talablarning bajarilishini ta’minlaydi;

  • o’qitishning ilg’or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, ta’limning texnik va axborot vositalarini o’quv jarayoniga joriy etadi, o’quv va o’quv-usulbiy adabiyotlarni yaratadi va nashr etishni tashkil qiladi;

  • ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va davlat ta’lim muassasalarida eksternat to’g’risidagi nizomlarini tasdiqlaydi;

  • davlat oliy ta’lim muassasasining rektorini tayinlash to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;

  • pedagog xodimlarni tayyorlash, ularning malasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etadi.

Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga ega bo’lgan sub’ektlar, ta’lim muassasasiga professor-o’qituvchilar va muhandis pedagoglarni ishga qabul qilish tartibi to’g’risidagi ma’lumotlar berib o’tiladi.
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini boshqarish tartibi akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga tashkiliy, o’quv-uslubiy va ilmiy rahbarlik qilish, davlat ta’lim standartini ishlab chiqish hamda joriy etish, o’quv ta’lim va kasb-hunar dasturlarini bir xillashtirish, pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash tarmoq vazirliklari, idoralar va korxonalar bilan birgalikda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi (O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Markazi), ularning hududiy.
boshqarmalari, shuningdek, ta’lim muassasasi direktori tomonidan amalga oshiriladi O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini mablag’ bilan ta’minlash amaldagi qonunchilikka muvofiq ta’minlanadi. Ta’lim muassasasining moliyaviy mablag’lari uning tasarrufida bo’ladi.
Boshqarishning markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan holatlarining ratsional uyg’unligi. Boshqaruvni markazlashtirish keragidan ortiq bo’lganda, albatta, ma’muriy boshqaruv kuchayadi. Bu holat o’qituvchilar va o’quvchilarning ehtiyojlari, talab va istaklarini hisobga olmaslikka, rahbar va o’qituvchilarning keraksiz mehnat va vaqt sarflashlariga olib keladi.
Shuningdek, markazlashtirilmaslikka ham keragidan ortiq e’tibor berilsa, pedagogik tizim faoliyatining sustlashishi ko’zga tashlanadi.
Ta’lim muassasasi ichidagi boshqaruvda markazlashtirish va markazlashtirmaslikni uyg’unlashtirish ma’muriy va jamoatchilik boshqaruvi rahbarlarining faoliyatini jamoa manfaatiga qaratadi hamda kasb malakasi darajasida qarorlarni qabul qilishga sharoit yaratadi.
Yakka hokimlik bilan jamoatchilik boshqaruvining birligi tamoyili pedagogik jarayonni boshqarishda yakka hokimlikka yo’l qo’ymaslikka qaratilgan. Boshqarish faoliyatida o’quvchilarning tajribasi va bilimiga tayanib, turli qarashlarni taqqoslab, oqilona xulosalar chiqarish o’ta muhimdir. Vazifalarni kollegial hal qilish har bir jamoa a’zosining javobgarligini yo’qqa chiqarmaydi.
Har qanday pedagogik jarayonni boshqarishning asosi maqsad qo’yish va rejalashtirishdan iborat.
Boshqaruv faoliyatining maqsadi – ishning umumiy yo’nalishi, mazmuni, shakli va metodlarini aniqlash. Demak, maqsad – rejaning asosi. Boshqaruvda asosiy maqsad aniqlanganidan keyin, unga erishish uchun qo’shimcha maqsad qo’yiladi. Ta’lim muassasasini boshqarishni rejalashtirish pedagogik tahlil asosida belgilangan dasturiy maqsadga muvofiq qaror qabul qilishdir. Bunday qarorlar ma’lum bir muddat davridagi ma’lumotlarni tahlil qilish orqali yoki yakuniy ishlarni bajarib bo’lgandan so’ng qabul qilinishi mumkin.
Ta’lim muassasasini boshqarish amaliyotida rejalashtirishning quyidagi uchta asosiy shakli qo’llaniladi:

  1. muddatli (perspektiv);

  2. yillik;

  3. yakuniy.

Muddatli rejalashtirish qoidaga muvofiq so’nggi yillarda ta’lim muassasasida amalga oshirilgan ishlarni chuqur tahlil qilish asosida bir necha yilga mo’ljallab qabul qilinadi.
Ta’lim muassasasida qabul qilinishi mumkin bo’lgan muddatli reja quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin:

  1. Rejalashtirilgan muddatda ta’lim muassasasi oldiga qo’yilgan vazifalar.

  2. Guruhlarning imkoniyatlaridan kelib chiqib, o’quvchilarning yillik o’zlashtirish darajasi muddatlari.

  3. Ta’lim jarayoniga pedagogik innovatsiya (yangilik)larni olib kirish muddatlari.

  4. Ta’lim muassasasini pedagogik kadrlariga qo’yilgan talablar.

  5. Pedagog kadrlar malakasini turli shakllar (kurslar, seminarlar, treninglar) orqali oshirish.

  6. Ta’lim muassasasini texnika hamda o’quv-metodik (qurilish ishlari, axborotlashtirish, ko’rgazmali qurollar, kutubxona fondini boyitish) ko’lamini rivojlantirish.

  7. O’Qituvchi va o’quvchilarni ijtimoiy himoya qilish.

Yillik rejalashtirish butun o’quv yili hamda yozgi ta’tilni qamrab oladi. Yillik rejalashtirish o’quv yili davomida amalga oshiriladi va ta’lim jarayonini tashkil etilishi (chorak, semestr)ga qarab bir necha bosqichlarni o’z ichiga oladi.
Yakuniy rejalashtirish o’quv choraklari uchun tuziladi, u bir yillik rejaning aniqlashgan ko’rinishi hisoblanadi. Shu tarzda rejalashtirishning bunday aniqlashgan ko’rinishlari o’qituvchilar, o’quvchilar va ota-onalar qo’mitasining faoliyatini boshqarishga yordam beradi. Bu rejalar o’qituvchilar va sinf rahbarlarining ish rejalari bilan aloqadorlikda aniqlashtirilib boriladi. Umuman olganda, boshqarish faoliyatida rejalashtirish vazifasining to’la amalga oshirilishi ta’lim muassasasi faoliyati samaradorligini oshiradi.
qabul qilingan rejalarni to’liq amalga oshirish uchun tizimli harakatning boshqaruvchilari uning tarkibiy qismlarini bir-biri bilan aloqada bo’lishini tashkil etishlari kerak. «Tashkil etish» tushunchasi bir qancha ma’nolarda qo’llaniladi.
Birinchidan, baho sifatida aqliy faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan hamda darsdan tashqari tadbirlarning uyushtirilishini ta’minlaydigan o’quv-tarbiya jarayonining maqsadida namoyon bo’ladi.
Ikkinchidan, tashkil etish deganda belgilangan rejalarni amalga oshiruvchi, oldinga qo’yilgan maqsadga erishish uchun butun pedagogik jarayonni boshqaruvchi ta’lim muassasasi rahbarlari, o’qituvchilar, o’quvchilarning o’z-o’zini boshqarish organlari faoliyati tushuniladi.
Boshqarishni tashkil etuvchi asosiy boshqarmalar sifatida ta’lim muassasasining kengashi, pedagogik Kengash, direktor boshqaradigan majlis, direktor o’rinbosarlarining majlisi, tezkor yig’ilishlar, metodik seminarlarni qayd etish mumkin.
Pedagogik Kengash faoliyati demokratik va oshkoralik tamoyillariga asoslanib olib boriladi. Pedagogik Kengashlarda anketalar, savol-javoblar, nazorat ishlar, tanlov ishlari ko’riladi. Bundan tashqari pedagogik Kengash yig’ilishlarida ta’lim muassasasi hayoti va faoliyatiga doir dolzarb masallar hal qilinadi. Shuning uchun pedagogik Kengashni turli muhokamali, muammoli masalalardan ozod qilish uchun ta’lim muassasalardan direktor yig’inlari tashkil etiladi. Direktor yig’ilishlarida rahbariyat va o’qituvchilar ishtirok etib qolmay, boshqa ishchi xodimlar ham qatnashishlari mumkin.
Ta’lim muassasasi o’rinbosarlarining yig’ilishlarida kundalik savollar va ma’muriy boshqarishga oid masalalar muhokama qilinadi. Bunday majlislar ta’lim muassasasi rejasi bo’yicha o’quv yilining choragi (semestri)da yoki har oyda bo’lib o’tadi.
Tezkor axboriy majlislar ta’lim muassasasida ta’lim jarayonini tashkil etishning zarur shaklidir. Tezkor axboriy majlislarning mavzusi mavjud sharoitlardan kelib chiqadi. Bu kabi majlislar pedagogik xodimlar, o’uvchilarning barchasi uchun tashkil qilinadi.
Ichki nazorat ham ta’lim muassasasini boshqarishda alohida o’rin tutadi. Nazoratni tashkil etishda etishmovchiliklarni bartaraf etish uchun bir qancha talablarni bilish zarur. Bunday talablarga tizimlilik, ob’ektivlik, harakatlilik, to’ldiruvchilik kabilarni ko’rsatish mumkin.
Pedagogik boshqaruvga doir adabiyotlarda ta’lim muassasasi ichki nazoratining quyidagi yo’nalishlarda tashkil etilishi bayon etilgan:

  1. Pedagogik tashkilotchilikka doir savollarning qo’yilishi.

  2. Ta’lim dasturlari, DTSning bajarilish sifati.

  3. O’Quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarining sifati.

  4. O’Quvchilarning tarbiyalanganlik darajasi.

  5. O’Qitishning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi funktsiyalarining bajarilish holati.

  6. Darsdan tashqari tarbiya ishlarning tashkil etilish holati va sifati.

  7. Pedagogik kadrlar bilan ishlash.

  8. Ta’lim muassasasi faoliyatining o’ziga xos samaradorligi.

  9. qabul qilingan qarorlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlarda ko’rsatilgan talablarning bajarilishi.

Ta’lim muassasasi ichki nazoratining turlari, shakllari va metodlarini turkumlashtirish hozirgi vaqtda muammoli masala bo’lib qolmoqda. Shunga qaramasdan, ichki nazoratning quyidagi turlari ajratilib ko’rsatiladi:
Mavzuli nazorat qandaydir aniq masalani o’rganishda ta’lim muassasasi jamoasi, o’quvchilar guruhi yoki alohida o’qituvchining pedagogik faoliyati tizimi, ta’lim muassasasidagi ta’lim darajasi, shuningdek, o’quvchilarning ekologik va estetik tarbiyasi tizimiga e’tibor qaratiladi.
Frontal nazorat butun pedagogik jamoa, metodik kengash yoki alohida o’qituvchi faoliyatini o’rganishga qaratiladi.
Alohida nazorat biror bir o’qituvchining faoliyati, sinf (guruh) rahbarlarining tarbiyaviy ishlarini mavzuli, frontal tkshirishga asoslanadi.
Sinf-muloqot nazorat shaklida sinf jamoasining dars va darsdan tashqari jarayonida shakllanishiga ta’sir etuvchi o’ziga xos omillar e’tiborga olinadi.
Predmetli nazorat shakli bitta yoki bir necha sinf (guruh)larda, butun ta’lim muassasasida ta’lim olinganlik darajasini aniqlashda qo’llaniladi.
Mavzuli nazorat shaklining bosh maqsadi turli fan o’qituvchilari va sinflarning alohida o’quv-tarbiya jarayonini boshqarishdagi ishlarini o’rganishdan iborat.
Majmuaviy (kompleks) nazorat shakli bir necha o’quv fanlari bir yoki bir nacha sinf (guruh)larda turli o’quvchilarning ishlarini o’rganishni tashkil etish maqsadida amalga oshiriladi.
Tartibga solishning asosiy maqsadi ta’lim-tarbiya jarayonini pedagogik tahlil qilishda ta’lim muassasasining oldiga qo’yilgan maqsad va rejalarini amalga oshirish, boshqaruv ishini tashkil etish hamda nazorat qilishda yo’l qo’yilgan holatlarni tuzatishdan iborat.
Tartibga solish boshqaruv faoliyatida katta ahamiyat kasb etadi. U o’tgan o’quv yilida erishilgan natijalarni, yo’l qo’yilgan kamchiliklarni hisob qiladi. Ana shu asosdan kelib chiqib, yangi o’quv yilida ta’lim muassasasi oldiga maqsad va asosiy vazifalarni qo’yadi.



Yüklə 73,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin