Ta’lim sifatini yaxshilashda ota-onalarning ahamiyati.
Mustaqil Respublikamizning kelajagi, istiqboli ko‘p jihatdan o‘qituvchilarga bog‘liq. Ularning bilim salohiyati, yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash ishiga bo‘lgan munosabati muhim masala sanaladi. Chunki o‘qituvchilarning kasbiy madaniyati, pedagogik mahorati tufayli o‘quvchi fan asoslarini puxta egallaydi.
O‘qituvchi maqomiga munosib bo‘lish pedagogdan katta mas’uliyat va mehnat talab qiladi. Ayniqsa, maktabga ilk qadam qo‘ygan kichkintoylarning qalbiga ziyo taratish, ularni savodini chiqarish naqadar mashaqqatli ekanini boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarigina yaxshi anglaydilar.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining olami beg‘ubor. Hali gard qo‘nmagan yuraklarga dastlab birinchi ustozining iliq mehri, keyin esa ta’lim-tarbiyasi singib boradi. O‘quvchilarda ustozning iliq munosabati shakllanib boradi. Yaxshi o‘qib, a’lo baholar olib, ustozining nazariga tushishga harakat qiladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim samaradorliklarini oshirishda, ta’lim sifatini yuqori darajaga ko‘tarishda o‘qituvchi bilan bir qatorda ota-onalarning ham xizmati katta. O‘qituvchi ta’lim sifatini oshirish uchun o‘z ustida izlanadi. Darslarni zamon talablari asosida tashkillaydi. Qo‘shimcha mashg‘ulotlarni olib boradi. O‘quvchilar bilan alohida shug‘ullanadi. Ulgurmovchi o‘quvchilarga alohida vaqt sarflab, ayrim hollarda hatto uylariga ham olib ketadi. Xo‘sh, ota-onalar-chi, ular o‘z farzandlari uchun vaqt ajrata oladimi?
Hozirgi kunda respublikamizda ta’lim-tarbiyaga e’tibor yanada kuchaytirilayot-gan bir paytda, o‘qituvchi bilan ota-ona baravar ishlaydi. Buning uchun ota-onalar o‘qituvchi bilan uzviy hamkorlikni amalga oshiradi.
Ota-onalar bilan hamkorlik qilishda boshlang‘ich sinflarda har chorakda ochiq darslar tashkillanadi. Ota-ona har qanday ishini chetga surib, bolasi bilan birga maktabga keladi. Ota-onaning o‘rniga, aka yoki opasi kiritilmaydi. Ayrim hollarda buvi yoki bobsiga ruxsat beriladi. Agar o‘zlari xoxlasalar hammalari ham kelishi mumkin. Ota-onalar sinfdagi eng orqaga ular uchun mo‘ljallangan stullarga joylashib, o‘z farzandlarini hamda farzandining o‘rtoqlarini ham darsdagi faolliklarini kuzatib o‘tiradilar. Buning uchun o‘qituvchi kundalik dars jarayonini jadval asosida tashkillaydi. Darsga puxta tayyorgarlik ko‘rib, yangi innovatsion texnologiya va metodlardan samarali va o‘rinli foydalanadi. O‘qituvchi o‘quvchi-larning ota-onalariga ularni kamchiliklari yoki yutuqlari haqida o‘quvchilar oldida aytmaydi. Dars jarayonlarini kuzatish davomida ota-ona o‘ziga ma’lum xulosani chiqaradi. Har bir fan jarayonida farzandi ona tili, o‘qish, matematika yoki boshqa fanlarni qay darajada o‘zlashtirayotgani, bilimi, darsda o‘zini tutishi, o‘rtoqlari bilan qanday munosabatda bo‘layotganiga guvoh bo‘ladi. Shu bilan birga boshqa o‘quvchilarga ham e’tibor beradi. Ularni farzandi bilan solishtiradi. Aynan manashu solishtirish jarayonida ota-ona o‘ziga kerakli xulosa chiqarib oladi. Shu bilan birga ota-onalarga oldindan bolalar tanaffusga chiqqan paytlarida uyga borganda bolani urushmaslik, o‘rtog‘ini unga namuna qilib ko‘rsatmaslik, aksincha, bolasidan juda faxrlanganligi to‘g‘risidagi gaplarni aytishliklari hayotiy misollar asosida tushuntiriladi.
Ota-onalar bilan ochiq darslar tashkillashning asosiy afzalliklari:
- o‘qituvchi, o‘quvchilar, maktab rahbarlari va ota-onalarning o‘zaro hamkorlikda ishlashlari;
o‘qituvchi o‘z ustida yanada ko‘proq ishlaydi va o‘z bilimlarini oshiradi.
kamgap, tortinchoq bolalar ham muloqotga erkin kirisha oladi;
sinf jamoasida sog‘lom muhit shakllanib, ular o‘rtasida o‘zaro do‘stona munosabat rivojlanadi;
hamkorlikda o‘qiyotgan o‘quvchilar, ota-onalar va o‘qituvchi o‘rtasida bir-birining kamchiliklariga ko‘maklashib, sinfdagi quvonch-u yutuqlarni birgalikda baham ko‘rish kabi insoniy munosabatlar shakllanadi.
bolasi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni yanada to‘ldiradi;
oilada farzandining o‘rnini, uning sinfdagi o‘rnini, bolasining ta’limda erishayotgan yutuq va muvaffaqiyatlarini his eta boshlaydi;
bolasining tarbiyasiga, bilim olishiga, bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazishini qattiq nazorat qiladi;
bola uchun vaqt ajrata boshlaydi;
eng asosiysi ota-ona, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi hamkorlik o‘z-o‘zidan kuchayadi.
Ota-onalar yig‘ilishini manashunday noan’anaviy usullar bilan tashkillashda past o‘zlashtiradigan o‘quvchilarning ota-onalari ham farzandlarining kamchiliklari uchun bosh egib turmaydi. Bunday holat ota-ona uchun juda og‘ir. Noana’naviy tarzda o‘tkaziladigan bunday yig‘ilishlarda manashunday ota-onalar ham tegishli xulosa chiqarib olishadi. Bolasining past o‘zlashtirishida sal bo‘lsa ham o‘zini, oilaviy muhitini salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini tushunib etadi. Oilasida sog‘lom muhitni shakllantirishga va bolasi uchun ko‘proq vaqt ajratishga harakat qiladi. Bunday holatlar ta’lim sifatini oshirishda samarali yo‘l hisoblanadi.
Farg‘ona viloyati Quva tumani 5 –umumiy o‘rta
ta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Hayitboeva Sohiba Xabibullaevna.