Ta`lim tizimida atom tuzulishini zamonaviy metodlar va usullarda o`qitish



Yüklə 25 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü25 Kb.
#45803
KIRISH


Ta`lim tizimida atom tuzulishini zamonaviy metodlar va usullarda o`qitish

MUNDARIJA

KIRISH …………………………………………………………………

I bob Ta`lim tizimida atom tuzulishini o`qitishni takomillashtirishning nazariy masalalari……………………………….



    1. Ta`lim tizimida atom tuzulishini o`qitishda adabiyotlarni tanlash ………………………………………………………………..

    2. Ta`lim tizimida atom tuzulishini o`qitishning hozirgi va avvalgi holati ……………………………………

    3. Ta`lim tizimida atom tuzulishini o`qitishni takomillashtirishning ba`zi masalalari …………………………………………………………..

II bob. Ta`lim tizimida atom tuzulishini o`qitishda zamonaviy va innovatsion metodlar………………………………………….

2.1. Ta`lim tizimida atom tuzulishini innovatsion ta`lim texnologiyalar asosida o`qitish metodikasi…………………………………………

2.2. Ta`lim tizimida atom tuzulishini o`qitishda zamonaviy usullarni darsda qo`llash metodikasi ……………………………………

2.3. Ta`lim tizimida atom tuzulishini axborot texnologiyalar (AKT) asosida o`qitish metodikasi ……………………….

III bob. Pedagogik tajriba – sinovni tashkil etish va uni o’tkazish ….

3.1. Pedagogik tajriba – sinov maqsad va vazifalari ………………

3.2. Pedagogik tajriba – sinov natijalari va ularning matematik – statistik tahlili ….

Xulosa ………………………………………………….

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati …………………………………..

Ilovalar ……………………………………………………………….

KIRISH

Hozirgi kunda butunjahon miqiyosida ta`limga juda katta e`tibor qaratilmoqda shu bilan bir qatorda yuritimizda ham ta`lim tizimida bo`layotgan o`zgarishlarni yaqqol misolini keltirsak bo`ladi. Ayni damda qaysi sohada bo`lmasin yangi texnologiyalar yangidan yangi zamonaviy usullar, yangi kashfiyotlarga dush kelmoqdmiz. Bugungi kunda erkin shaxsni shakllantirish muammosi ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiyaviy ishlarni innovatsion pedagogik texnologiyaga o‘tkazishni taqozo etadi. Bu jarayon oson kechmaydi, chunki ixtiyoriy qurilayotgan va joriy etilayotgan o‘qitish tizimini qat’iyan ilmiy asoslangan pedagogik tizimga aylantirish kerak. V.P. Bespalkoning ta’rifiga ko‘ra, “pedagogik tizim – ma’lum shaxs sifatlarini shakllantirishga tartibli, aniq maqsadni ko‘zlab va oldindan o‘ylab pedagogik ta’sir etishni vujudga keltirish uchun zarur bo‘lgan o‘zaro bog’liq vositalar, metodlar va jarayonlar yig’indisi”.



Har bir jamiyatda shaxsni shakllantirish maqsadi belgilab olinadi va unga mos ravishda pedagogik tizim mavjud bo‘lishi kerak. Agar maqsad o‘zgarsa mavjud tizim ham o‘zgarishi muqarrar. O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni bosh maqsad qilib qo‘ydi. Chunonchi Milliy dastur ta’lim-tarbiya sohasidagi davlat buyurtmasi hisoblanib, milliy mafkuraning mohiyat-mazmuniga to‘liq mos keladi. Faqat davlat buyurtmasigina ta’lim-tarbiyaning umumiy maqsad va vazifalarini aniq belgilab beradi yoki oliy ta’lim uchun pedagogik tizimning mavjudlik shartlarini kafolatlaydi.

Pedagogik texnologiya shunday bilimlar sohasiki, ularning vositasida yangi ming yillikda davlatning ta’lim sohasidagi siyosatida tub burilish yuz beradi, o‘qituvchi faoliyati yangilanadi, o‘quvchi-talabalarda hur fikrlilik, insonparvarlik tuyg’ulari tizimi shakllantiriladi.

Bugungi kunga kelib, o‘qituvchi (pedagog)lar metodikani ko‘p hollarda texnologiyadan ajrata olmayaptilar. Shu bois bu tushunchalarga aniqlik kiritish kerak bo‘ladi. Metodika o‘quv jarayonini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar majmuasidan iborat. Innovatsion pedagogik texnologiya esa oldindan belgilab qo‘yilgan aniq maqsad yo‘lida o‘qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta’limga yakuniy natijani kafolatlaydigan tadbirlar majmuasi yig’indisi.

Innovatsion pedagogik texnologiya tushunchasini oydinlashtirishga qaratilgan tariflar xilma-xilligi, bir tomondan rivojlangan mamlakatlarda ushbu mavzuning u yoki bu darajada yechilayotganligini ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan, pedagogik texnologiyani pedagogik amaliyotni joriy etishga bo‘lgan urinishlarning ma’lum natijasini ifodalaydi.

Hozirda mamlakatimizda mutaxassislarning ilmiy salohiyatini birlashtirishga imkoniyatlar yetarli darajada, chunki nazariya va amaliyot birligi ta’minlanishi pedagogik texnologiyaning asl mohiyatini aniqlashda yo‘l ochadi. Demak, innovatsion pedagogik texnologiyaga pedagogika fanining alohida tarmog’I sifatida yoki faqat ta’lim amaliyotini maqbullashtirishga yo‘naltirilgan tizim, deb qarash mumkin emas. Pedagogik texnologiya bu sohadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyatni aks ettiradi.

Endilikda ta’lim-tarbiya maqsadi butunlay yangilanadi, unga mos holda mazmun ham, pedagogik jarayon yangilanishi bilan inson faoliyati chegarasi nihoyatda kengayib boryapti, auditoriyaga o‘qitish imkoniyatlari katta bo‘lgan yangi texnologiyalar (sanoat, elektron axborot) kirib kelmoqda. Ro‘y berayotgan sifat o‘zgarishlari shundan dalolat beradiki, bugungi kunda “O‘rganish”ning birlamchi jarayonlarini an’anaviy metodika va o‘qitish vositalari qolipiga sig’may o‘qituvchi (pedagog)ning individual qobilyatlariga mos kelmay qoldi. Yangi metodikani talab etadigan va ta’lim jarayonining tarkibiy komponentalariga aylanib borayotgan va uni o‘zining ma’lum xususiyatlarini joriy etadigan texnikaviy, axborotli, poligrafik, audiovisual vosiatalar mavjudki, ular zamonaviy pedagogik texnologiyani real voqelikka aylantirilmoqda.

O‘quv-tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, bu jarayon XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab obyektiv voqelikka aylandi. Axborotlashtirish esa bu jarayondagi inqilobiy “burilish”dir, ya’ni, ta’lim axborot texnologiyasi – bu “o‘quvchi-talaba-kompyuter” o‘rtasidagi muloqot.

Oliy ta’lim muassasalarida talabaning ilmiy-texnikaviy va ijodkorlik qobiliyatlarini o‘stirish – har qanday tur, bosqich yoki darajadagi ta’limning asosiy vazifalaridan biri. Zotan, bugungi kun yoshlari texnika va texnologiya, iqtisodiyot asoslari borasidagi bilimlardan xabardor bo‘lsa-yu, ulardan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lmasa, u ko‘zlangan maqsadga erisha omaydi. O‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda qo‘llash yo‘llari va vositalarini bilishgina ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish, yangi texnika, mehnat qurollari va yangi texnologiyalar yaratish imkonini beradi.

Keng ko‘lamli va mustahkam bilim, ko‘nikma, malaka, qiziquvchanlik, tashabbuskorlik kabi muammolarni mustaqil hal etishda aniq maqsadga intilish va shaxsiy faoliyatga nisbatan talabchanlik talaba yoshlar ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirishning zamini.

Talabalar ijodkorlik qobiliyatini shakllantirishning muhim sharti bu – faoliyat. Demak, pedagogning asosiy vazifasi ushbu faoliyatni tashkil etish shakl, metod, vosita va yo‘nalishlarini belgilab beruvchi zarur axborotlar bilan ta’minlash hisoblanadi. Axborot ta’minotining haddan ziyodligi ham vazifani ijobiy hal etmaydi. Shu sababli axborot ta’minotini pedagogik jihatdan boshqarish, ularning ilg’or texnika va texnologiya yutuqlari bilan boyitilganligini hisobga olish maqsadga muvofiq.

Ilmiy-texnik taraqqiyot va ijodkorlikka erishish jarayonini pedagogik jihatdan boshqarishning predmeti inson omili bo‘lib, u o‘ziga xos ta’lim-tarbiya ishlari va uni boshqarish, ijodiy masalalarni yechish metodikasi va algoritmini o‘rganishni ko‘zda tutadi. Talaba ilmiy-texnik ijodkorlik faoliyatini tashkil etish, tayyorlash jarayoniga nisbatan pedagogik yondashuv tizimi shaxs ijodkorligi va yaratuvchanligini boshqarishning bosh masalalaridan biri hisoblanadi va u o‘z ichiga zaruriy axborotlarni yig’ish, tahlil qilish, uni qayta ishlash, maqsadni aniqlash, maqsadga erishish rejasini ishlab chiqish, reja bo‘yicha ijodkorlik ishlarini tashkil qilish, uning amalga oshishini nazorat qilish, ushbu tizim faoliyatini tartibli olib borish va maxsus yechimlar qabul qilish kabi bosqichlarni oladi.

Har qanday boshqarish jarayoni, eng avvalo, maqsadni belgilash, ya’ni maqsadni to‘g’ri qo‘ya bilishdan boshlanadi. Bu esa boshqarish obyektining ayni paytdagi holatini tahlil qilish va uning rivojlanishi mumkin bo‘lgan imkoniyatlarini o‘rganishdan boshlanadi. Ilmiy-texnik ijodkorlikni maqsadli pedagogik boshqarish mohiyatiga ko‘ra, obyektiv tavsifga ega, unda inson shaxsini kamol toptirishning obyektiv qonunlari o‘z ifodasini topgan. Bundan tashqari maqsadli boshqarish tafakkur mahsuli va ular shaxslarning hamkorlikdagi faoliyati jarayonida shakllanadi. Maqsad o‘z navbatida, pedagogik obyektdagi o‘zgarishlarning yo‘nalishlari, boshqarish faoliyatini uning asosiy turlari va mazmunini belgilab beradi.

Maqsadli pedagogik boshqarish o‘z mazmuniga ko‘ra, vaqt omili va sharoitiga qarab bir necha guruhlarga bo‘linadi. Yo‘nalish mazmuni esa, shartli ravishda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, g’oyaviy va ilmiy-texnikaviy maqsadlar sifatida guruhlanadi.

Ilmiy-texnik ijodkorlik faoliyatiga tayyorlanishning muhim maqsadli pedagogik boshqarishda qatnashuvchi shaxsni yuqori darajadagi obyektiv axborotlar boilan ta’minlash hisoblanadi. Obyektiv axborotgina maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat uchun harakatlantiruvchi vosita bo‘la oladi.

Insonning miyyasi turli xil axborotlarni turli darajada qabul qilish qobiliyatiga ega, bu esa ma’lumotlarni yengil, erkin va qiziqarli uztishni talab etadi. Texnik vositalardan mashg’ulotlar o‘tkazish jarayonida samarali foydalanish didaktika muammosi hisoblanib, asosan, ko‘rsatmalilik tamoyilini ta’minlash borasidagi faol harakat, metod deb baholanadi.

Ta’lim jarayonida ko‘rsatmalilik zaruriyati bilish jarayoni tavsifi ya’ni jonli mushohadadan abstark tafakkurga, undan keyin esa amaliyotga o‘tishi bilan bog’liq. Pedagoglar va psixologlarning takidlashicha, sezgi va tasavvur qilishdan tashqarida fikrlar harakatlanmaydi. Shuningdek, o‘qitish jarayonida olg’a siljish bo‘lmaydi. Demak, ko‘rsatmalilik faqat ongga ta’sir etish bilan chegaralanmasdan o‘rganuvchidan ma’lum his-hayajonli motivni yuzaga chiqaradi, his etish va mantiqiy fikrlash birligi asosidagina egallangan bilimlar mustahkamlanadi.

Bugungi kunda ta’limni rivojlantirishning yangi pog’onasida o‘qitishni texnik vositalarsiz ko‘tarib bo‘lmaydi. Innovatsion pedagogik texnologiyalarning muhim ko‘rsatkichlaridan biri-axborotlarni o‘quvchi-talabalarga uzatish tezligi aynan shu vositalar yordamida ta’minlanadi.

Shunday qilib, fanning rivojlanishi bilan ilmiy-texnik taraqqiyot bir-birini taqozo etib, ijodiy faoliyatni tashkil etish jarayonini axborotlar bilan ta’minlash muayyan darajada boshqarish yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi. Ammo o‘quv mashg’ulotlarini ta’lim metodlari bilan boyitish ta’lim tizimi va mantiqini buzmaslik kerak. Innovatsion pedagogik texnologiya o‘quvchi-talabada ijodiy qobiliyatni shakllantirishga imkon beruvchi axborotlar yig’ish hamda ulardan mashg’ulotlar jarayonida foydalanish yp’lida ma’lum imkoniyatlarni yaratadi. Ushbu ma’lumotlar esa fan asoslarining axborot ta’minoti mazmuni va ijodkorlik metodlarini boshqarish imkoniyatlarini belgilaydi. Talabani ijodiy faoliyatga tayyorlash jarayoni samarasi ko‘p jihatdan uning axborot ta’minotiga ega bo‘lishini va pedagogik jihatdan boshqarish yo‘nalishlarining tizimli hamda uzluksiz bo‘lishini taqozo etadi.



I bob

Ta`lim tizimida atom tuzulishini o`qitishni takomillashtirishning nazariy masalalari

1.1-§ Ta`lim tizimida atom tuzulishini o`qitishda adabiyotlarni tanlash
Yüklə 25 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin