Taqdimot reja: Sabzavotlarni inson organizimiga foydaliligi



Yüklə 187,86 Kb.
tarix18.07.2023
ölçüsü187,86 Kb.
#136851
sabzavotlar


MAKTAABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI DIREKTOR VA MUTAXASISLARINI QAYTA TAYYOTLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSITUTI
Tarbiyachi ish xujjatlari modulidan
“Poliz Ekinlari”
Mavzusida
TAQDIMOT
Reja:

 Bodring sabzavotlar ichida eng sersuvi bo‘lib, inson organizmi uchun juda foydali ne’matlardan biri hisoblanadi. Bodring tarkibining 90 foizdan ortig‘ini suv tashkil etadi. Ushbu sabzavotda kraxmal, shakar, oqsil, kletchatka, organik kislotalar, efir moyi, bir qator darmondorilar, kaliy, kalsiy, natriy, magniy, temir, fosfor, yod, oltingugurt, qalay, mis, ftor, xrom, alyuminiy kabi moddalar mavjud.
Shuningdek, bodring ovqat hazm qilish bezlarining faoliyatini va so‘lak ajralishini me’yorlashtirib, oqsil moddasini yanada yaxshiroq o‘zlashtirilishini ta’minlaydi. Shuning uchun bodringning suvli bo‘lakchalari taomni nafaqat chiroyli va xushta’m qiladi, balki hazm qilish jarayonini ham yaxshilaydi.
Pomidor o‘zining boy tarkibi tufayli yurak qon tomir kasalliklarining oldini oladi. Likopinning manbayi bo‘lgan ushbu mahsulot eng yaxshi antioksidant hisoblanadi va arterial qon bosimining me’yorlashtirish, aterosklerozni rivojlanishiga to‘sqinlik qilish hamda qondagi “yomon xolesterinni” kamaytirish xususiyatiga ega.
Pomidor qondagi qand miqdorini nazorat qiladi, inson o‘zini yaxshi his qilishiga hissa qo‘shib ochlik, qandli diabet hamda boshqa surunkali kasalliklarni oldini oladi. Ushbu mahsulot tarkibida C vitamini miqdori limondagidan ham ko‘proq bo‘ladi. Ushbu vitamin to‘qima hujayralari, milk, qon tomir hamda tish suyaklarining o‘sishi va tiklanishi uchun muhim sanalib, immunitetni mustahkamlaydi. Antiokislitel va yallig‘lanishga qarshi xususiyatga ega bo‘lgan C vitamini hujayralarni shikastlanishdan himoya qilib, qarish jarayonini sekinlashtiradi.
Sabzavot tarkibida organizmdagi moddalar almashinuvi, insonning tashqi ko‘rinishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatuvchi A vitamini va beta-karotin mavjud. Masalan, insonda A vitamini yetishmovchiligi bo‘lsa, teri quriydi va sochda qazg‘oq paydo bo‘ladi. A vitamini ko‘z mushaklariga va to‘r pardasiga ta’sir qiladi. Agar insonda ko‘z salomatligi bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘la boshlasa, u holda ratsionga sabzi, sabzi murabbosi, sabzili salatlar, shirinliklar qo‘shish kerak.
Shuningdek, sabzi qon aylanishini yaxshilaydi, anemiyada yordam beradi va xolesterin miqdorini pasaytiradi. Bundan tashqari, shifokorlar ko‘pincha vitamin yetishmasligi, shamollash va virusli infeksiyalarning oldini olish uchun sabzi sharbati iste’mol qilishni maslahat beradi. 
Formada pishirilgan kartoshkaning kaloriya miqdori juda past va bu ajoyib sabzavot tarkibida juda ko'p miqdorda ozuqa moddalari mavjud. Ko'pgina ozuqa moddalari uning qobig'ida mavjud bo'lib, u erda juda ko'p kaliy to'plangan.
Bundan tashqari, ushbu sabzavot tarkibida juda ko'p S vitamini mavjud, ammo uning maksimal miqdorini saqlab qolish uchun kartoshkani pishirib iste'mol qilish kerak. Pishirilgan kartoshkada kaloriya miqdori past bo'lishi uchun ushbu mahsulotni zaytun moyi qo'shilgan holda pechda pishirish kerak.
ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Tayyorlaydigan slaydizga 52 guruh tinglovchisi Zurapova Shaxloning tayyorlagan taqdimoti
Yüklə 187,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin