Taqdimoti mavzu: Ekspremintal psixalogiyaning rivojlanishi Reja



Yüklə 1,9 Mb.
tarix10.02.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#83701
Eshonqulov Bobur taqdimot


Guliston Davlat Universiteti Pedagogika fakulteti Amaliy psixalogiya yo'nalishi 3/22-guruh talabasi. Eshonqulov Boburning psixalogiya tarixi fanidan tayyorlagan
TAQDIMOTI
Mavzu: Ekspremintal psixalogiyaning rivojlanishi
Reja:
1.Eksperimental psixologiyaning shakllanish tarixi
2.Eksperimental psixologiyaning hozirgi davrdagi holati
3.Ekspremintal psixalogiyaning rivojlanishi
Eksperimental psixologiya — psixik hodisalar va jarayonlarni ilmiy metodlar yordami bilan tadqiq qilish. Psixologiyaning fan sifatida falsafadan ajralib chiqishida eksperimental tadqiqotlar oʻtkazish asosiy rol oʻynagan. 19-asrning oʻrtalarida ilk bor sezgi, idrok yuzasidan tadqiqotlar olib borilgan. Eksperimental psixologiyaning fan sifatida ajralib chiqishiga nemis olimi V. Vundt katta hissa qoʻshgan. Ilk eksperimental tadqiqotlar oʻzini oʻzi kuzatish uslubi yordami bilan shaxsning ichki mayllari, motivlari, fikr yuritishiga bagʻishlangan. Keyinchalik tekshirishlar turli hayvonlarda oʻtkazila boshlagan.
Koʻp tadqiqotlarni AQShlik T.L.Morgan, E. L. Torndayk va boshqalar olib borganlar. Eksperimental psixologiya murakkab tadqiqot (koʻp shkalali, koʻp bosqichli) metodlari, metodikalari (ishonchliligi, kafolatliligi, test yoki retest xususiyatiga egaligi)dan tashqari elektron hisoblagichlar, texnik asboblar va moslamalar, sodda yoki murakkab tuzilgan maxsus apparatlar, zamonaviy texnika va texnologiyalarga asoslanadi. Eksperimental psixologiya yordamida psixik funksiyalargina emas, shu bilan birga shaxs hissiyoti, emotsiyasi, individual xususiyati, diqqat, xotira, idrok singari bilish jarayonlari ham tadqiq qilinadi.
Eksperimental psixologiya tadqiqotlari natijalari psixologiya sohalari nazariyasini ishlab chiqishda asos boʻlib xizmat qiladi. Olimlardan F. Galton (1822-1911), D. Kettel (18601944), E. Tolmen (1886-1959), G.Rorshax (1884-1984), A. Bine(1857-1911), P.Jane (1859-1947), J. Piaje (1896—1980) va boshqalar Eksperimental psixologiyaning rivojlanishiga muhim ulush qoʻshganlar.
Bundan tashqari Rossiyada I.Sechenov eksperimental psixologiyaning otasi sifatida tan olindi. Uning asosiy g`oyalari nevropatologiya va psixologiya patologiyalari edi. Shundan so’ng psixologiya va fiziologiyani bog`lab o’rganish avj oldi.
1886 yilda Qozonda Bexterev tomonidan birinchi psixologiya laboratoriyasi ochildi. 1883 yilda esa Bexterev tomonidan “Nevrologik axborotnoma” jurnaliga asos solindi. 1894 yilda Bexterev harbiy akademiyada ikkinchi psixologiya laboratoriyasini ochadi. Bu yerda asosiy e`tibor sezgilarga qaratiladi. 1886 yilda Bexterev asos solgan “Psixiatriya, nevrologiya, eksperimental psixologiya xabarnomasi” jurnalida akademiyada o’tkazilgan tadqiqotlar natijalari yoritiladi.
Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin