Taraqqiyotning o’zbek modeli



Yüklə 0,81 Mb.
tarix10.02.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#83743
Taraqqiyotning ozbekkkkkkkkkk111111


Taraqqiyotning o’zbek modeli
Reja:



  1. Islom Karimov — mustaqil O`zbekiston taraqqiyot yo`lining ijodkori. Amalda o`zini to`liq oqlagan besh tamoyil.

  2. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning bosqichlari

  3. Erkin fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi.

XX asrning 90-yillari O`zbekiston tarixida tub o`zgarishlar davri sifatida e`tirof etiladi. 1991 yilda O`zbekiston xalqining asriy orzulari ro`yobga chiqdi: O`zbekiston mustaqillikka erishdi. Mamlakatimiz jahon hamjamiyatining teng huquqli a`zosiga aylandi, yangi jamiyat qurish uchun tub o`zgarishlar va islohotlar amalga oshirila boshlandi. O`zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, milliy istiqlol mafkurasi asosida qator iqtisodiy islohotlar ham amalga oshirila boshlandi.
Yangi barpo etilayotgan jamiyatning mohiyati, afzalliklari haqida so`z yuritilar ekan, istiqlol tufayli xalqimiz manfaatlariga mos siyosat ishlab chiqilganligi hamda dunyoning rivojlangan mamlakatlari, nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan keng ma`nodagi diplomatik aloqalar o`rnatilganligini qayd etish joiz.
Istiqlolning dastlabki kunlaridagi amalga oshiriladigan muhim o`zgarishlar haqida gap borar ekan, mamlakatning o`sha paytdagi iqtisodiy ahvoli borasida aytib o`tish o`rinlidir. Sobiq mustabid tuzumdan bizga meros bo`lib qolgan iqtisodiy qaramlik natijasida O`zbekiston o`z tabiiy boyliklariga, yer-suv va boshqa resurslariga o`zi egalik qila olmasdi. Respublika hududida qurilgan va faoliyat ko`rsatayotgan barcha sanoat korxonalari bevosita markazga, uning maqsadlariga bo`ysundirilgan edi. O`zbekiston rahbariyati, o`zbek xalqi respublika hududidagi tabiiy zaxiralardan qancha mahsulot ishlab chiqarilayotgani, ular qayerga sarflanib, qancha iqtisodiy daromad keltirayotgani haqida aniq ma`lumotga ega emas edi. Moliya-kredit muassasalari faoliyati ham butunlay qaram holatda edi: respublikamiz o`zining milliy valyutasi va valyuta jamg`armasiga ham ega emas edi. Aholi turmush darajasi jihatidan sobiq Ittifoq miqyosida eng nochor ahvolda edi. Ayniqsa, qishloq xo`jaligi sohasida O`zbekiston aholisining deyarli uchdan ikki qismi band bo`lib, ular qo`l uchida tirikchilik qilar edilar. Umumiy iqtisodiy tanglikni yuzaga chiqargan ijtimoiy hamda ekologik muammolar eski mustabid tuzumdan qolgan meros edi.



Mustaqillikning dastlabki yillarida respublikaning o`z taraqqiyot yo`lini belgilash, Vatanimizni erkin, kuchli va ravnaq topayotgan mamlakatga aylantirish eng birinchi galdagi masala bo`lib qoldi. Davlat mustaqilligini qo`lga kiritish natijasida O`zbekiston uchun iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning, madaniy va ma`naviy yangilanishning keng istiqbollari ochildi.


Vaziyat taqozosi bilan O`zbekiston dastlabki kunlardanoq, bir yoqlama rivojlantirilgan majruh iqtisodiyotdan meros bo`lib qolgan, tabiiy va mineral-xomashyo zaxiralaridan noto`g`ri foydalanish, ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish va joylashtirishda, narx belgilashda, aholi iste`mol tarkibidagi buzilishlar tufayli vujudga kelgan g`oyat keskin muammolarni yakka o`zi hal qilishga majbur bo`ldi. Ma`muriy buyruqbozlik, ya`ni ma`muriy yo`l bilan rejalashtirishga asoslangan iqtisodiy munosabatlardan bozor munosabatlariga o`tish tartibi va usullarini o`zi belgilashga majbur bo`ldi. Jahon xo`jalik aloqalari tizimiga kirish, davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni yo`lga ko`yishning eng maqbul yo`llari izlandi.
Bularning barchasi jamiyatni yangilashda, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda bozor munosabatlarini shakllantirishning o`ziga xos yo`lini izlashni talab qilar edi. Mustaqil O`zbekiston taraqqiyot yo`lining ijodkori sifatida davlatimiz rahbari I.A. Karimovning “O`zbekistonning o`z istiqlol taraqqiyot yo`li”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, “O`zbekiston bozor munosabatlariga o`tishning o`ziga xos yo`li” kabi asarlarida hamda ko`plab ma`ruza va nutqlarida O`zbekiston xalqi qanday maqsad sari intilayotgani, qanday jamiyat barpo etayotgani ilmiy asosda keng va atroflicha yoritib berilgan. Ayniqsa, Prezidentning “O`zbekiston bozor munosabatlariga o`tishning o`ziga xos yo`li” asari mustaqil taraqqiyot uchun chuqur iqtisodiy bilimlarga tayangan holda sobiq Ittifoq tuzumining og`ir asoratlariga qaramay, mamlakatning o`z iqtisodiy taraqqiyot yo`li, O`zbekiston yangi asrga qanday rejalar bilan kirib borayotgani ilmiy asoslab berilgan. Mazkur asarda o`zbek xalqining pirovard maqsadlari — ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot, barqaror iqtisodiyotga asoslangan erkin fuqarolik jamiyatiga asoslangan demokratik davlat barpo etish alohida ta`kidlab o`tiladi.

Binobarin, mustaqillikning dastlabki yillaridagi tub o`zgarishlar totalitar tuzumning barcha jabhalarida yangilanishlar va burilishlar yuz berishiga muhim turtki bo`ldi. Mamlakatda amalga oshiriladigan iqtisodiy, siyosiy va madaniy-ma`rifiy islohotlar jamiyatning ijtimoiy hayotida birlamchi ahamiyat kasb etdi.
Shuni alohida e`tirof etish zarurki, mustaqil O`zbekiston taraqqiyot yo`lining ijodkori sifatida Prezident I.A. Karimovning jamiyatdagi yangi munosabatlarni qaror toptirish yoki takomillashtirishga yo`naltirilgan qator Farmoyishlari, shuningdek qonunlar va hukumat qarorlari yangicha dunyoqarash, milliy mafkura asoslari targ`iboti ham taraqqiyotning O`zbekistonga xos yo`lini belgilab berdi. Aynan shu yo`l o`zbekistonliklarning munosib turmush kechirishi uchun kafolat bo`la oladi, milliy an`analar va madaniyatning rivojlanishini, ma`naviy-axloqiy qadriyatlarning qayta tiklanishini ta`minlaydi.
O`zbekiston Respublikasi davlat qurilishining bosh yo`nalishi mashaqqat bilan qad rostlagan mamlakatlarning murakkab tajribasini, shu bilan birga, respublikaning o`z xususiyatlarini va xalqimiz aql-zakovatini hisobga olib ishlab chiqilgan o`z yo`limizdan aniq maqsad sari qat`iyat bilan ilgarilab borishdan iboratdir.
O`zbekistonda ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish uchun mamlakat iqtisodini tubdan isloh qilishga kirishildi. Buning uchun, eng avvalo, iqtisodiy islohotlarning quyidagi asosiy strategik maqsadlari belgilab olindi:
jamiyat a`zolarining hayoti va faoliyati uchun zarur va yetarli shart-sharoitlarni ta`minlaydigan iqtisodiy tizimni barpo etish;
mamlakatda ko`p ukladli iqtisodiyotni yaratish;
xususiy mulkning davlat tomonidan himoya qilinishini ta`minlashga erishish;
korxonalar hamda fuqarolarga erkin iqtisodiy faoliyat olib borishlari uchun sharoit yaratish hamda imtiyoz va erkinliklar berish;
iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o`zgarishlar qilish va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish;
jahon iqtisodiy tizimiga qo`shilib borish;
jamiyat a`zolari ongida yangicha iqtisodiy fikrlarni shakllantirib borish.
Islohotlarning yuqorida ko`rsatib o`tilgan strategik maqsadlari iqtisodiy munosabatlar tizimida davlatning o`rnini aniqlashga tegishlidir. O`zini o`zi boshqarish vujudga kelmagan, erkin raqobat bo`lmagan, tashqi aloqalar cheklangan bir sharoitda talab va taklif ta`sirida davlatning iqtisodiyotni boshqarishdan voz kechishi tanglikning chuqurlashishiga, narx-navo o`sishi va pulning qadrsizlanishi kuchayishiga turtki bo`ladi.
Islohotni amalga oshirishda uning bosqichlari izchil bo`lishi muvaffaqiyat garovidir. Erkin bozor iqtisodiyotiga ega bo`lgan demokratik jamiyat barpo etishdan iborat pirovard maqsad unga boruvchi har bir bosqichda o`z ifodasini topmog`i lozim. Har bir bosqichni shakllantirish maqsadlar uyg`unligini va ularga izchillik bilan erishishni ta`minlashi zarur. Har bir bosqich uchun qo`yilgan aniq vazifalar, bu vazifalarni hal qilishning puxta ishlab chiqilgan mexanizmigina tanlab olingan maqsad sari bosqichma-bosqich ishonch bilan olg`a borishni ta`minlaydi. Bu hol kuch va resurslarni oldimizga qo`yilgan vazifalarni bajarishga yo`naltirish, eng muhim ustuvorliklarni aniqlash, iqtisodiy islohot jarayonini ana shu maqsadlarga erishishga butunlay bo`ysundirish imkonini beradi.
Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq O`zbekistonning qanday taraqqiyot yo`lidan borishi butunjahon afgor ommasini qiziqtirgan savol bo`lgani sir emas. Jahon tajribasi shuni ko`rsatadiki, dunyodagi barcha mamlakatlar uchun bir xil bo`lgan taraqqiyot yo`li, bir xil andoza bo`lishi mumkin emas. Binobarin, mustaqillikka erishgan har bir mamlakat o`ziga xos taraqqiyot yo`lini izlaydi, yangi jamiyat barpo etishda o`z andozasini ishlab chiqishga intiladi. Mustaqil O`zbekiston taraqqiyot yo`lining ijodkori sifatida Prezident asarlari, ma`ruza va nutqlarida yangi ma`no-mazmun bilan to`ldirilib, aniqlashtirib berildi. Prezident “O`zbekiston bozor munosabatlariga o`tishning o`ziga xos yo`li” yangi jamiyat qurishning 5 tamoyilini asoslab berdi:
Iqtisodiyotni mafkuradan to`la xoli qilish, iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi, o`ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanishi.
Davlat — bosh islohotchi, iqtisodiy o`zgarishlar tashabbuskori.
Qonun ustuvorligi, islohotlarning mustahkam huquqiy asoslarga qurilishi.



Bozor iqtisodiyotiga o`tishning barcha bosqichlarida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, aholining muhtoj qatlamlarini ijtimoiy himoyalashning ustuvorligi.


Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich va izchil ravishda o`tish. Bunda islohotlarni inqilobiy sakrashlarsiz amalga oshirish ko`zda tutiladi.

  1. O`zbekistonda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish, ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish, jamiyat ma`naviy hayotini yuksaltirish bo`yicha qat`iy va izchil siyosat olib borilmoqda.

  2. Ma`lumki, mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab O`zbekiston o`z siyosiy mustaqilligini mustahkamlash, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishga yo`naltirilgan chuqur siyosiy islohotlar o`tkazish yo`lidan bormoqda. Jumladan, mustaqillik qo`lga kiritilgach, milliy huquqiy davlat qurish, demokratik jamiyat barpo etish, bozor munosabatlarini shakllantirish kabi dolzarb vazifalar O`zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishni taqozo etdi.

  3. “Mustaqillik deklaratsiyasi” qabul qilingan O`zbekiston Oliy Kengashining 1990 yil 20 iyunda bo`lib o`tgan 2-sessiyasidayoq, yangi Konstitutsiya lozim, degan xulosaga kelingan edi. Sessiyada O`zbekiston Prezidenti I.A. Karimov boshchiligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo`yicha komissiya tuziladi.

  4. Konstitutsiyaviy komissiya O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini ishlab chiqish ustida ikki yarim yil ishladi.

  5. Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda konstitutsiyaviy rivojlanishning jahon tajribasi o`rganildi, inson huquqlari, demokratiya va qonunchilik sohasida jahonda qo`lga kiritilgan yutuqlar hisobga olindi. Milliy davlatchiligimizning tajribasi, Amir Temur va boshqa davlatchiligimiz tarixida zalvorli o`rin tutgan allomalarimizning davlatni idora qilish sohasidagi g`oyalari yangi Konstitutsiyaga asos qilib olindi.

  6. 1992 yil 26 sentabrda O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi loyihasi umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e`lon qilindi. Muhokama ikki oy davom etdi. Muhokama jarayonida bildirilgan takliflar asosida tuzatishlar kiritilgan loyiha 1992 yil 26 noyabrda matbuotda ikkinchi marta e`lon qilindi. Umumxalq muhokamasi davrida bildirilgan olti mingdan ortiq taklif va mulohazalar inobatga olindi. Oliy Kengashning 1992 yil dekabrda bo`lgan XI sessiyasi O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish masalasini muhokama qildi. Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin o`zgartirish, qo`shimcha va aniqliklar kiritdilar. Shunday qilib, 1992 yil 8 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi.

  7. Mustaqil O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligini nishonlash maqsadida Konstitutsiya qabul qilingan kun – 8 dekabr umumxalq bayrami – O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kuni deb e`lon qilindi.

  8. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi Preambula, 6 ta bob, 26 ta bo`lim, 128 ta moddadan iborat. U “Mustaqillik Deklaratsiyasi”, “O`zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to`g`risida”gi Qonunda mustahkamlangan tamoyillar va g`oyalarni o`zida to`la mujassamlashtirgan.

  9. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ijodkor xalqimizning xohish, irodasi va dono fikr-mulohazalari asosida va jahonda to`plangan eng ilg`or konstitutsiyaviy rivojlanish tajribasini va milliy davlatchiligimiz xususiyatlarini hisobga olgan holda mustaqil ishlab chiqildi.

  10. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini o`rganish jarayonida uning mohiyatini ochib beruvchi quyidagi asosiy tamoyillarni bilib olishga ahamiyat berish zarur:

  11. O`zbekiston Konstitutsiyasining muhim tamoyili davlat suverenitetidir. “O`zbekiston Respublikasi” va “O`zbekiston” degan nomlar bir ma`noni anglatadi.

  12. Konstitutsiyamizning tamoyillaridan yana biri xalq hokimiyatchiligidir.

  13. Davlat hokimiyatining uch tarmoqqa bo`linishi. O`zbekiston davlat hokimiyati tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo`linishi qonunlashtirildi.

  14. Asosiy konstitutsiyaviy tamoyillardan biri demokratiyaga sodiqlikdir. Konstitutsiyada umuminsoniy demokratik tamoyillarning, xalqaro huquq sohasida umume`tirof etilgan qoidalarning ustunligi tan olingan.

  15. O`zbekiston Konstitutsiyasida inson hayoti, erkinligi, or-nomusi, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari eng oliy qadriyat ekanligi belgilab qo`yilgan.


Mustaqillik yillarida O`zbekistonda aholining keng qatlamlarini birlashtiruvchi 300 dan ortiq jamoat birlashmalari va nodavlat tashkilotlari shakllandi va faoliyat ko`rsatmoqda. Bular jumlasiga “Sog`lom avlod uchun” va “Ekosan” xalqaro jamg`armalari, “Mahalla” va “Navro`z” xayriya jamg`armalari, iste`dodli yoshlarni qo`llab-quvvatlash maqsadida “Ulug`bek”, “Iste`dod”, “Mehr-shafqat va salomatlik”, “Bolalar”, “Amir Temur”, “Alisher Navoiy”, “Abdulla Qodiriy” jamg`armalari va boshqalar kiradi.


Nodavlat tashkilotlarning faoliyati haqida so`z yuritganda “Kamolot” jamg`armasi haqida aytib o`tish o`rinlidir.
O`zbekiston Prezidentining 1996 yil 17 apreldagi Farmoniga muvofiq, respublika yoshlarining “Kamolot” jamg`armasi nodavlat xayriya-jamoat birlashmasi sifatida tashkil topgan edi. “Kamolot” jamg`armasining vazifasi yoshlarning manfaat va ehtiyojlarini o`rganish, ularni qondirish yuzasidan dasturlar tuzish va davlat ko`magida hayotga tatbiq etishdan iborat edi. Ammo “Kamolot” yoshlar jamg`armasi bunday vazifalarni bajara olmadi, yoshlarning haqiqiy ma`nodagi yetakchisiga aylana olmadi.
Prezident I.A. Karimov 2001 yil 24 yanvar kuni Toshkentda yoshlar masalasiga bag`ishlangan yig`ilishda yoshlarning chinakam suyanchi bo`ladigan yangi tashkilot g`oyasini ilgari surdi. 2005 yilning 25 aprelida “Kamolot” YOIHT tuzilib, uning dasturi va Nizomi tasdiqlandi.
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining asosiy maqsadi yoshlarni birlashtirish, sog`lom turmush talablari asosida tarbiyalash, jamiyatda munosib o`rinni egallashida ko`maklashish, ularning manfaatlarini himoya qilish, yosh yigit-qizlarning o`z aql-zakovati, kuch-g`ayratini to`la namoyon etishi uchun zarur shart-sharoit yaratib berish, yosh avlodning tayanchi va suyanchi bo`lishdan iboratdir. Harakatning Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar bo`limlari, ta`lim muassasalari, harbiy qismlar, huquq-tartibot organlarida boshlang`ich tashkilotlari tuzildi. Ular 14 yoshdan 28 yoshgacha bo`lgan O`zbekiston fuqarolarini o`z saflarida ixtiyoriy ravishda birlashtirgan holda faoliyat ko`rsatmoqda.
Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida O`zbekiston fuqarolik jamiyati asoslari shakllantirildi. Bugungi kunda fuqarolik jamiyatining negizini tashkil etuvchi nodavlat va jamoat tashkilotlarining o`rni va ahamiyatini kuchaytirish ustuvor vazifa bo`lib turibdi.
Mustaqillik yillarida o`tkazilayotgan iqtisodiy islohotlar ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti asoslarining yaratilishi bilan uzviy bog`liqdir.
Iqtisodiy taraqqiyotning “O`zbek modeli” O`zbekiston istiqlolidan keyingi milliy taraqqiyot zaruratidan tug`ilgan rivojlanish dasturidir. Uning ma`no-mohiyatini belgilovchi asosiy omil — xalqning farovon va erkin hayot sari intilishi, tinch va osuda taraqqiyot yo`lidagi xohish irodasidir. Aynan mana shu omil milliy taraqqiyot borasida o`ziga xos yo`l tutishni belgilab berdi. Shu bois “o`zbek modeli”, o`zining shakl va mazmun-mohiyatiga ko`ra, boshqa biror taraqqiyot modeliga o`xshamaydi. Ma`lumki, mazkur model o`zbek xalqining an`anaviy turmush tarzi, hayot aqidasi, harakat falsafasi, ruhiyatiga asoslangan holda yaratildi. Buning uchun dunyoning taraqqiy etgan mamlakatlarining bozor iqtisodiyotiga o`tish borasidagi yo`li chuqur o`rganildi va ularning qaysi jihatlarini qay tarzda joriy etish tamoyillari ishlab chiqildi. Eng muhimi, islohotlar jarayonida qay jihatlarini milliy an`analar negizida joriy etish kerak, degan hal etuvchi masalalarga oydinlik kiritib olish maqsadga muvofiqdir. Bunda mustabid totalitar tuzum so`nggidagi iqtisodiy tanazzul ahvolidan, yangi isloh qilingan huquqiy demokratik jamiyatga olib chiqishning birdan-bir yo`li sifatida mazkur modelning tanlanishini o`rinli ekanini alohida e`tirof etish joizdir. Tanlab olingan taraqqiyot yo`li Konstitutsiyaga asoslangan bo`lib, O`zbekistonni milliy davlatchilik, ijtimoiy-iqtisodiy va ma`naviy jihatdan kamolotga muqarrar olib boradigan yo`l bo`lib, beshta asosiy bosqichdan iborat. Beshta asosiy qoida O`zbekiston davlatchilik qurilishi va iqtisodiyotini isloh qilishdagi dasturining o`zagi hisoblanib, quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi:
--Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi. Buning mohiyati shundaki, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, u biror mafkuraga bo`ysundirilishi mumkin emas, ya`ni, iqtisodiyot har qanday siyosatdan ustun bo`lmog`i lozim. Ham ichki, ham tashqi munosabatlarni mafkuradan holi qilish zarur.
--Davlat bosh islohotchi. Davlat islohotlarning ustuvor yo`nalishlarini belgilab berishi, o`zgartirishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan o`tkazishi, jaholatparast (retrograd) va konservatorlar qarshiligini bartaraf etishi shart.
--Qonun ustuvorligi Bunda qonun, qonunlarga rioya etish ustuvor bo`lishi lozim. Buning ma`nosi shuki, demokratik yo`l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va hech istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga og`ishmay rioya etish zarurdir.
-- Kuchli ijtimoiy siyosat. Aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o`tkazishga ehtiyoj sezilishi tabiiydir. Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan ta`sirchan choralar ko`rilishi lozim. Bu bozor iqtisodiyoti yo`lidagi eng dolzarb vazifa bo`lib kelmoqda.
Bozor iqtisodiyotiga o`tishning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi. Bozor iqtisodiyotiga o`tish obyektiv qonunlarning talablarini hisobga olgan holda o`tmishdagi “inqilobiy sakrashlar”siz, ya`ni, evolyutsion yo`l bilan, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.
Bu qoidalar O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`liga asos qilib olingan bo`lib, o`tish davri dasturining negizini tashkil etadi. Bu qoidalarning amalga oshirilishi respublikadagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, eng muhimi, bozor munosabatlarini joriy etish yo`lidan izchil harakat qilishni ta`minlaydi.
Bugunga kelib, amalda o`zini to`la oqlagan mazkur besh tamoyil ijtimoiy yo`naltirilgan bozor munosabatlarini shakllantirishda muhim omil bo`ladi va ochiq tashqi siyosatga ega bo`lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni, erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishga zamin yaratdi. Ishlab chiqilgan tamoyillar amaliy hayot jarayonida to`g`riligi, ta`sirchanligi bilan o`z isbotini topdi. Iqtisodiyot, uni yanada rivojlantirish muammolari bugungi siyosatning asosiy mazmuniga aylandi. Shu bilan birga davlat butun xalqning manfaatlarini ko`zlab, islohotlar jarayonining tashabbuskori sifatida namoyon bo`la oldi: iqtisodiy taraqqiyotning yetakchi yo`nalishlarini belgilab, iqtisodiy-ijtimoiy sohada va hayotda tub o`zgarishlarni amalga oshirish siyosatini ishlab chiqishi bilan alohida rol o`ynaydi.
Mazkur besh tamoyil talablariga ko`ra butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanib amalga oshirildi. Birinchi navbatda iqtisodiy bazisni barpo etish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish yangi barpo etilayotgan jamiyat uchun muhim hisoblanadi. Bunda iqtisodiy o`zgarishlar strategiyasi mafkuradan butunlay xoli qilinishi, ya`ni siyosiy maqsadlarga erishish vositasi bo`lib xizmat qilmasligi kerak. Gar iqtisodiy islohotlar siyosiy manfaatlarga bo`ysundirilsa, bunday mamlakatlarda iqtisodiyot barbod bo`ladi: ishlab chiqarish hajmi keskin kamayadi, aholining turmush tarzi moddiy jihatdan yomonlashadi va buning natijasida ijtimoiy ziddiyatlar kelib chiqadi. Agarda iqtisodiy islohotlar izchillik bilan amalga oshirilib, siyosiy maqsadlarga bo`ysundirilmasa, bunday mamlakatlarda iqtisodiy islohotlar demokratik va siyosiy islohotlar uchun mustahkam moddiy negiz yaratadi. Chunonchi, siyosiy demokratik islohotlarni eng muhim ko`rinishlaridan biri so`z erkinligi, vijdon erkinligi hamda iqtisodiy faoliyat bilan shug`ullanish erkinligi huquqini beradigan kuchli qonunlarga ega bo`lgan, bevosita iqtisodiy negizning qanchalik mustahkam bo`lishini taqozo etadi. Shuning uchun birinchi tamoyil ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlarning pirovard maqsadini aniq belgilash yo`lida islohotning zamonaviy strategiyasida boshlang`ich nuqta hisoblanadi. Ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti to`la-to`kis tarzda ijtimoiy islohot hamdir. Bu o`zining harakat uslubiga ko`ra, iqtisodiy rivojlanish samaradorligini ijtimoiy kafolat va ijtimoiy adolat bilan bog`lash maqsadini ko`zda tutadi. Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligini ta`minlovchi omillar quyidagilarda namoyon bo`lishi mumkin:

  1. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish siyosatini o`tkazish. Bunda mulkchilikning nodavlat shakllariga: xususiy, hissadorlik, jamoa, kooperativ va boshqa turlariga asoslaniladi, yangi tashkil etilayotgan xo`jalik subyektlarining rivojlanishini qo`llab-quvvatlash yo`li bilan ko`p ukladli iqtisodiyot shakllantiriladi.

  2. Bozor munosabatlarida bahoni bosqichma-bosqich erkin belgilash. Bunda monopoliyachilikka yo`l qo`yilmaydi. Davlat korxonalari faoliyatini tijorat zaminida tashkil etish, xo`jalik subyektlarining javobgarligi, to`liq iqtisodiy mustaqillik uchun sog`lom raqobat muhitini yaratish eng muhim vazifa hisoblanadi.

  3. Bozor infratuzilmasini tashkil etish. Bunda bozor sharoitida ishlashga qodir bo`lgan kadrlarni tayyorlash, gorizontal xo`jalik aloqalarini butun choralar bilan rivojlanish, shuningdek, bozorlarni tovar, moliya, sarmoya, ish kuchi, texnologiyalar bilan ta`minlash nazarda tutiladi.

  4. Aholining ijtimoiy himoyasini amalga oshirish mexanizmini joriy etish.




Bozor iqtisodiyotida davlat iqtisodiy o`zgarishlarning tashabbuskori va bosh islohotchisi sifatida namoyon bo`ladi. Chunki, ijtimoiy jihatdan yo`naltirilgan hozirgi bozor — davlat tomonidan tartibga solib turiladigan bozor hisoblanadi. O`tish davrida davlat xalq xo`jaligining, ayniqsa, uning asosini, tizimini belgilaydigan tarmoqlar faoliyatini qo`llab-quvvatlash, narx-navolarni tartibga solish turini, soliq va kredit munosabatlarida muayyan imtiyozlar yaratilishi, shuningdek, bevosita yordam ko`rsatish yo`li bilan ana shu tarmoqlarga yordam berishi lozimdir. Bozor munosabatlariga o`tishning qiyin davrida aholi manfaatlarini faqat kuchli taqsimlash vositasiga ega bo`lgan davlatgina himoya qilishga qodirdir. Davlat iqtisodiy faoliyatning xususiy asoslarini vujudga keltiradi va tasdiqlaydi hamda iqtisodiy erkinliklarning kafolati bo`ladi. Bundan tashqari, tartibga solinadigan bozor sharoitida asosiy maqsad yo`nalishlarni ishlab chiqish, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning strategik yo`lini belgilash va bu yo`lni bosib o`tish yuzasidan taktik qarorlar qabul qilishni davlat zimmasiga yuklatiladi. Qolaversa, ijtimoiy muammolarni hal etish aholi ijtimoiy himoyasining samarali tizimini vujudga keltirishda ham davlat katta rol o`ynaydi. Bozor institutlarini yaratish uchun qulay sharoit tug`diradi.
Umuman, bozor sharoitida iqtisodiyotni davlat yo`li bilan tartibga solish, odatda, iqtisodiyotning davlat sektorini rivojlantrishni boshqarish hamda ijtimoiy muammolarni hal etish yo`li bilan bevosita, shuningdek, huquqiy va iqtisodiy vositalar yordamida bilvosita amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyotiga o`tishning qonun ustuvorligiga asoslangan uchinchi tamoyili ijtimoiy yo`naltirilgan madaniy-ma`rifiy bozor xo`jaligini tegishli ravishda huquqiy jihatdan ta`minlashga qat`iy zamin bo`la oladi. Busiz xo`jalikni shakllantirishni tasavvur qilib bo`lmaydi. Bunda yangi huquqiy tizimni ishlab chiqarishga to`g`ri keladi. Uning o`zagini asosiy qonunlar –O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tashkil etadi. Qonunchilik faqat bozor munosabatlari qatnashchilarini aniqlabgina qolmay, balki ularni qarorlar qabul qilishga va natijalar uchun belgilangan qoidalarga rioya etilishi uchun huquqiy javobgarlikni ham talab etadi. Qonun ustuvorligi – huquqiy davlatning asosiy prinsipi ekan, u hayotning barcha sohalarida qonunning qat`iy hukmronligini nazarda tutadi. Chunki, biror davlat organlari, yuridik shaxslar yoxud xo`jalik subyektlari, mansabdor shaxs qonunga bo`ysunish shart, ya`ni qonun barcha uchun barobardir. Qonun ustuvorligi shuni anglatadiki, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi. Uning barcha qatnashchilari, shubhasiz, huquqiy me`yorlarni buzganligi uchun qonun oldida javobgar bo`lishi zarur. Demak, bozor iqtisodiyotiga o`tishda qonun ustuvorligi jamiyat huquqiy madaniyatining shakllanishi uchun muhim asos bo`la oladi. Binobarin, huquqiy madaniyatning yuqori darajada bo`lishi huquqiy davlatning o`ziga xos xususiyatidir.
Bozor munosabatlariga o`tishning asosiy tamoyillaridan biri – kuchli ijtimoiy siyosat hisoblanadi. Bu, o`z navbatida, iqtisodiy o`zgarishlarning ishonchli kafolatini ta`minlaydi. Zero, barcha islohotlar – iqtisodiy hamda siyosiy o`zgarishlardan ko`zlangan pirovard maqsad jamiyat a`zolarining mehnat, ijodiy va ma`naviy imkoniyatlarini ro`yobga chiqarishni ta`minlaydigan munosib turmush sharoitini yaratishdan iboratdir. Shu sababli, jamiyat bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi holatga o`tar ekan, hech istisnosiz, islohot davrida kishilarning moddiy ahvolida keskin yomonlashish, axloqiy qadriyatlar, ma`naviy tayanchlar barbod bo`lmasligi uchun ijtimoiy himoyaga qat`iy ehtiyoj seziladi.
Davlatning faol islohotchilik mavqeida butun diqqat-e`tiborni iqtisodiyotni sog`lomlashtirish muammolarini birinchi navbatda hal etishga, eski iqtisodiy munosabatlarni bozor munosabatlariga aylantirishga qaratish ijtimoiy barqarorlik uchun mustahkam negizni vujudga keltiradi. Eng avvalo, aholining eng kambag`al, muhtoj tabaqalariga vaqtida madad berish, fuqarolar osoyishtaligini ta`minlash islohotlar muvaffaqiyatining kafolatidir. Bozor iqtisodiyoti munosabatlarini joriy etishdan avval kishilarni oldindan kuchli darajada ijtimoiy himoyalash choralari ko`rilishi kerak. Bu esa quyidagilarga namoyon bo`ladi:

  1. O`zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o`tish jarayoni o`ta noqulay ijtimoiy sharoitda boshlandi. Chunonchi, tub islohotlar aholining turmush darajasi juda past bo`lgan sharoitda o`tkazishga majbur bo`lindi. Aholining demografik tarkibida boqimandalarning soni ko`p bo`lishi bilan oldindan belgilangani bois ular davlat madadiga muhtoj edi. Bunday sharoitda kuchli ijtimoiy faoliyatni vujudga keltirmay turib, islohot o`tkazishi mumkin emas.

  2. Totalitar tuzumdan meros bo`lib qolgan jamiyat ijtimoiy taqsimotidagi bir tekislik psixologiyasiga barham berilishi zarur. Chunki bir tekislik psixologiyasi insonning yaratuvchanlik faoliyatini rag`batlantirmaydi, unda boqimandalik kayfiyatini keltirib chiqaradi. Kuchli ijtimoiy siyosat jamiyatning ishlovchi, ijodkor toifasi mehnatining munosib baholanishiga imkon yaratdi.

  3. Ijtimoiy yo`nalishdagi bozor iqtisodiyoti yo`lini vujudga keltirish ijtimoiy himoyaning yaxlit tizimini taqozo etadi. Bu tizim fuqarolar erkinliklari va huquqlarini ta`minlashning iqtisodiy-ijtimoiy kafolatlarini o`z ichiga olishi lozim. Bozor tomon harakat qilingani sari, ijtimoiy siyosatning ustuvor jihatlari — ijtimoiy himoya qilish shakli, chora-tadbirlari o`zgarib boradi. Masalan, bozor iqtisodiyotining dastlabki bosqichida ulgurish va chakana narxlarda barqarorlik bo`lmaydi. Inflyatsiya kuchayib, iqtisodiyotda bir tekislik yo`qoladi. Aholi moddiy ahvolining keskin yomonlashuvi, ommaviy qashshoqlik va umumiy ishsizlikka yo`l qo`ymaslik uchun ijtimoiy siyosat o`ta muhimdir. Aholining kam daromadli tabaqalar — nogironlar, nafaqadorlar, ko`p bolali va kambag`al oilalar, o`quvchi va talabalarga amaliy moddiy yordam ko`rsatish ijtimoiy himoyalash tizimining asosiy yo`nalishidir.

Bozor munosabatlariga o`tishda ijtimoiy siyosatning yo`nalishlari quyidagicha belgilandi:

  1. Fuqarolarning iqtisodiy faoliyat erkinligi, kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqlarini ta`minlash.

  2. Ijtimoiy himoya jarayonida aholining turli qatlamlariga alohida yondashish.

  3. Aholining eng muhtoj tabaqalarini qo`llab-quvvatlash.

  4. Iqtisodiy taqsimot masalasida iqtisodiy jihatdan faol aholi mehnatiga qarab taqdirlashni joriy etish. Mehnatkashlar o`z malakasi va ishining sifatiga yarasha maosh olishi zarur.

  5. Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimida real mehnat bozorini shakllantirish.

  6. Bozor munosabatlariga o`tish davrida ijtimoiy soha — sog`liqni saqlash, ta`lim, san`at va madaniyat, ilm-fan mushkul ahvolga tushib qolishi tabiiy. Mazkur tarmoqlarni ishonchli tarzda qo`llab-quvvatlash qat`iy taqozo etiladi.

Ayni ana shu jihatlar oqibat natijada davlatning qudrati va boyligi, uning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini ta`minlashi mumkin.
Beshinchi tamoyildan ko`zlangan bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o`tish mavjud xo`jalik yuritish usulining batamom yangicha usulini ishlab chiqishdir. Bozor munosabatlariga xos bo`lgan ruhiyat, dunyoqarash shakllanib, kishilar shunga muvofiq ravishda ish tuta boshlagan taqdirdagina bozor iqtisodiyoti voqelikka aylanadi. Iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini izchillik bilan o`tkazish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish ana shu voqelikning asosiy omillaridan biridir. Bu xo`jalik yurituvchi subyektlarning erkinligi va iqtisodiy mustaqilligini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo`lidagi mavjud to`siqlarni bartaraf etishni anglatadi.
Asosiy e`tiborni xususiy biznesga qaratish borasida qayta-qayta e`tirof etilganidek, rivojlangan bozor infratuzilmasini yaratishga, raqobat muhitini shakllantirish talab etiladi. Bundan tashqari, xususiylashtirish jarayonini jadallashtirgan holda mulkdorlar sinfini shakllantirib, bu jarayonga tarmoqni tashkil etuvchi yirik korxonalarni jalb etish, mamlakat iqtisodiyotiga xorij sarmoyalarini kiritish, kichik va o`rta biznesning iqtisodiy taraqqiyotimizda ustuvor o`rinni egallashiga erishish, mamlakat eksport salohiyatini yuksaltirish, respublika iqtisodiyotining jahon iqtisodiyoti tizimiga keng ko`lamda integratsiyalashuvini ta`minlash kabi omillar ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o`tishning asosi ekanini doimo yodda tutish zarur. Shu sabab, eng asosiy vazifa — ijtimoiy larzalarsiz, kishilarning qashshoqlashuviga yo`l qo`ymagan holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning yangi bosqichiga o`ta borishdan iboratdir.
Ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti bevosita jahon iqtisodiy ko`lami bilan chambarchas bog`liqdir. Xususan, bugungi kundagi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida O`zbekistonda amalga oshirilishi zarur bo`lgan chora-tadbirlar bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotga o`z ta`sirini o`tkazishi tabiiy holdir.
Shu o`rinda jahon moliyaviy inqirozining mamlakatimiz iqtisodiga qanday ta`siri bo`ladi, degan savol barcha yurtdoshlarimizni qiziqtirishi tabiiydir. Bu borada Prezidentimizning “...tobora chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy inqirozi mamlakatimizga ta`sir ko`rsatmaydi, bizni chetlab o`tadi, degan xulosa chiqarmaslik kerak. Masalani bunday tushunish o`ta soddalik, aytish mumkinki, kechirib bo`lmas xato bo`lur edi. Barchamiz bir haqiqatni anglab yetishimiz lozim – O`zbekiston bugun xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi”, – degan so`zlarini yana bir bora esga olish muhimdir. O`z navbatida O`zbekistonning globallashuv jarayonlaridagi ishtiroki ham ushbu inqiroz oqibatlarining ma`lum darajada iqtisodiyotimizga o`z ta`sirini ko`rsatishi mumkinligidan darak beradi.
Darhaqiqat, O`zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki yillarda boshqa MDH mamlakatlari singari, davlat va jamiyat qurishning qanday tamoyillari va usullariga asoslanish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotini belgilashda qaysi yo`ldan borish masalasi ko`ndalang turar edi. Prezidentimiz I.A. Karimov ta`kidlab o`tganlaridek, “O`zbekistonda qabul qilingan o`ziga xos islohot va modernizatsiya modeli orqali biz o`z oldimizga uzoq va davomli milliy manfaatlarimizni amalga oshirish vazifasini qo`yar ekanmiz, “shok terapiyasi” deb atalgan usullarni bizga chetdan turib joriy etishga qaratilgan urinishlardan bozor iqtisodiyoti o`zini o`zi tartibga soladi, degan o`ta jo`n va aldamchi tasavvurlardan voz kechdik”.
Biroq, o`z o`rnida ta`kidlash lozimki, moliyaviy inqirozning respublikamiz iqtisodiyotiga ta`siri boshqa rivojlangan va ayrim qo`shni davlatlardagiga qaraganda mazmunan farq qiladi. Agar boshqa mamlakatlarda bu jarayonlar bevosita moliyaviy tizimining izdan chiqishi va ishlab chiqarish hajmlarining keskin qisqarib ketishi, ko`plab yirik korxonalarning yopilishi orqali namoyon bo`lsa, bizda jahon xomashyo bozorlarida talabning susayishi tufayli narxlarning keskin pasayishi hamda buning oqibatida eksport daromadlarining sezilarli kamayishi, asosiy savdo hamkorlarimizning xarid qobiliyatining pasayishi natijasida tashqi savdo aylanmasining qisqarishi orqali namoyon bo`ladi.
Shu bilan birga, bugungi kunda ko`plab olim va yetakchi mutaxassislarimiz tomonidan iqtisodiyotimizda moliyaviy inqirozning salbiy oqibatlari ta`sirini pasaytiradigan omillar mavjudligi ta`kidlanmoqda. Iqtisodchi olimlar va mutaxassislarning fikrlariga ko`ra, mamlakatimiz iqtisodiyotining jahon iqtisodiyotiga inqiroz oqibatlari ahamiyatli ta`sir ko`rsatadigan darajada integratsiyalashmaganligi, mamlakatimizda katta hajmdagi xorijiy kapitalni ushlab turuvchi kompaniya va moliyaviy institutlarning yo`qligi, xususiylashtirish mexanizmi va shart-sharoitlari natijasida deyarli barcha ustav fondlari korxonlarning real xususiy aktivlari bilan ta`minlanganligi kabi holatlar asosida inqirozning salbiy ta`siri u qadar katta bo`lmasligi mumkin. Aksincha, hozirgi inqiroz ehtimol tutilayotgan salbiy ta`sirlardan tashqari biz uchun ijobiy ta`sirlarga ham ega bo`lishi, yangi imkoniyatlarni vujudga keltirishi mumkin. AQSH va Yevropadagi investorlar aksiyalardan bosh tortib, o`z aktivlarini bo`shatmoqdalar. Mohiyatiga ko`ra, qaytadan qandaydir ishga jalb etilishi zarur bo`lgan resurslarni bo`shatish jarayoni bormoqda. Demak, yangi bozorlarni, yangi imkoniyatlarni izlash boshlanadi. Investorlar kapital kiritishning muqobil yo`llarini qidiradilar. G`arb bozorlari turg`unlikka yuz tutgan chog`da rivojlanayotgan mamlakatlar bozorlari o`sishning ijobiy dinamikasini ko`rsatadi. Shunday mulohazalardan kelib chiqqan holda, ko`plab investorlar O`zbekiston bozoriga e`tibor qaratishlari ehtimoldan holi emas.
Shuningdek, jahon moliyaviy inqirozining O`zbekistonga ta`siri jiddiy bo`lmaganligini quyidagi omillar bilan asoslash mumkin:
ma`muriy buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o`tishning bosqichma-bosqich amalga oshirish yo`li tanlanganligi;
davlat bosh islohotchi sifatida mas`uliyatni o`z zimmasiga olishi zarurligini aniq belgilab olinganligi;
O`zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, budjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta`minlash uchun yetarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilganligi va zarur resurslar bazasining mavjudligi;
oqilona tashqi qarz siyosati olib borilganligi;
aholining ish haqi va daromadlarini izchil va oldindan oshirib borish hamda iste`mol bozorida narxlar indeksining asossiz tarzda o`sishining oldini olishga doir chora-tadbirlarning izchillik bilan amalga oshirilganligi;
davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining nechog`lik barqaror va ishonchli ekani, ularning himoya mexanizmlari qanchalik kuchliligi bilan izohlanadi.
Hozir O`zbekistonning umumiy tashqi qarzi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 13,3 % ni tashkil qilmoqda, eksport hajmiga nisbatan esa 31% dan oshmaydi. Bu o`z navbatida mamlakatimizning xalqaro darajadagi to`lov qobiliyatiga egaligini ifodalaydi.
Respublikamizda doimo qisqa muddatli spekulyativ kreditlardan voz kechib, chet el investitsiyalarini uzoq muddatlarga, imtiyozli foiz stavkalari bo`yicha jalb etildi. Natijada milliy iqtisodiyotimizning xalqaro kreditlar bozoridagi konyunkturaga keskin bog`liqligini va moliyaviy inqirozning salbiy oqibatlari oldi olindi.
2007-2008 yillarda o`zlashtirilgan chet el investitsiyalari hajmi 2,5 martadan ko`proq oshdi. Bu holat milliy iqtisodiyotimizning yuqori investitsion salohiyatga ega bo`layotganligi va hukumatimiz tomonidan yaratilayotgan qulay investitsion muhit bilan bevosita bog`liqdir.
Natijada 2008 yilda 1,5 milliard AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar o`zlashtirildi, ularning 70 % to`g`ridan-to`g`ri jalb qilinadigan investitsiyalar ulushiga to`g`ri keladi. Jalb qilingan to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalar O`zbekiston milliy iqtisodiyotining rivojlanishi uchun strategik ahamiyatga ega bo`lgan real sektorlarini modernizatsiya qilishga yo`naltirilgan.
Investitsiya dasturi doirasida 2009 yilda 1,8 milliard AQSH dollaridan ortiq xorijiy investitsiyalarni o`zlashtirish mo`ljallanganligi istiqboldagi barqaror iqtisodiy o`sish jarayonlari kuzatilishi kutilayotganligidan dalolat beradi. Mazkur xorijiy investitsiyalarning 75 % to`g`ridan-to`g`ri investitsiyalar ulushiga to`g`ri keladi.
Darhaqiqat, hozirgi kunda tashqi dunyo bilan ikki tomonlama o`zaro manfaatli aloqalarimiz rivojlanib bormoqda. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo`yicha dasturlarni amalga oshirishimizda xorijiy mamlakatlarning ilg`or texnologiyalariga asoslangan investitsiyalariga ehtiyoj mavjud. Qolaversa, jahon bozoridagi talabning pasayib borishi mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarimizning eksport ko`lamiga jiddiy ta`sir ko`rsatadi.
Shunga asoslangan holda, hukumatimiz tomonidan inqirozga choralar dasturi ishlab chiqilgan bo`lib, mazkur dasturda talabni rag`batlantirishga yo`naltirilgan bir qator moliyaviy imtiyozlar va barqaror iqtisodiy o`sish sur`atlarini ta`minlovchi chora-tadbirlar majmui o`z aksini topdi.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq milliy-ma`naviy qadriyatlarning tiklanishiga asosiy e`tibor qaratildi. Zero, jamiyat ma`naviyati mamlakat barqarorligi va taraqqiyotining muhim sharti va kafolati hisoblanadi.
Har bir mamlakatning gullab-yashnashi uchun iqtisodiy barqarorlikning o`zigina yetarli emas. Mamlakat ravnaqi uchun jamiyat a`zolarining ma`naviy saviyasi ham o`ta muhimdir. Chunki, muayyan bir jamiyat o`z ma`naviy imkoniyatlari, kishilar ongiga ma`naviy-axloqiy qadriyatlarning rivojlantirmay, xalqning milliy ruhini uyg`otmay turib yuksak taraqqiyot darajasiga ko`tarila olmaydi. Shu sababli, jamiyatning ma`naviy yuksalishi O`zbekiston taraqqiyotining ustuvor yo`nalishlaridan biri deb hisoblanadi.
Tarixiy taraqqiyot shuni ko`rsatadiki, ajdodlarimiz uzoq yillar ajnabiy bosqinchilarning ham iqtisodiy, ham ma`naviy tahdidiga ko`plab uchragani bois xalqimizning boy ma`naviy merosi, urf-odatlari ma`lum vaqt qadrsizlikka yuz tutgan. Ayniqsa, ikki yuz yildan ortiq davrni o`z ichiga olgan chorizm mustamlakachiligi va sovetlar tuzumi davrida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoq osti qilindi. Ona tilimiz, boy ma`naviy merosimiz qadrsizlantirildi, ko`plab masjidu madrasalar, milliy maktablar, tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi.
O`zbekiston mustaqillikni qo`lga kiritgan kundan boshlaboq, mamlakatimizda boy ma`naviy merosimizni tiklash va rivojlantirish, jamiyat ma`naviyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Jamiyat ma`naviyatining yuksaltirishni ta`minlovchi ma`naviy-ma`rifiy islohotlarning yo`nalishlari belgilab olindi.
O‘zbekiston yangi jamiyat qurishda adolat va haqiqat g‘oyasiga asoslanmoqda. Respublikamizda odamlar o‘z qobiliyati va ehtiyojlarini to‘la namoyon qilish va amalga oshirishlari uchun zarur bo‘lgan dastlabki teng imkoniyatlarni, shu jarayonni vujudga keltiradigan huquqiy mexanizmni yaratishga katta etibor berildi. Negaki, busiz adolatli jamiyat qurib bo‘lmaydi. O‘zbekiston yangi jamiyat qurishda adolat va haqiqat g‘oyasiga asoslanmoqda. Respublikamizda odamlar o‘z qobiliyati va ehtiyojlarini to‘la namoyon qilish va amalga oshirishlari uchun zarur bo‘lgan dastlabki teng imkoniyatlarni, shu jarayonni vujudga keltiradigan huquqiy mexanizmni yaratishga katta etibor berildi. Negaki, busiz adolatli jamiyat qurib bo‘lmaydi. Ana shunday imkoniyatlar yaratilgandan keyingina, har bir insonning taqdiri, turmushi, jamiyatdagi o‘rni uning o‘ziga, salohiyatiga mehnat qilish istagi, oqil-u uddaburonligiga bog‘liq bo‘ladi. 1993- yil 2- sentabrda „Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida“ O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Unga binoan, qishloq, posyo’lka (shaharcha)larda davlat hokimiyati vakillik organlari — qishloq, posyo’lka sovetlari tuzilmaydigan bo’ldi., ularning o‘rniga o‘zini o‘zi boshqarish organlari — mahalla qo‘mitalari tuzildi. Shunday qilib, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mahalliy hokimiyat tizimidan ajratildi. Biroq ular bir-biridan mutlaqo ajratilgan holda faoliyat ko‘rsatmaydi, ularning bog‘liq tomonlari mavjud. Ular o‘rtasidagi munosabatlarning huquqiy asoslari „Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida“ gi qonunda belgilab qo‘yilgan. Har ikkalasi ham mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qiladi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishni rivojlantirishga ko‘maklashadi, o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yo‘naltirib turadi. Bugungi kunda fuqarolik jamiyatining barcha muhim jihatlarini qamrab oluvchi, uning ham institutsional, ham funksional yo‘nalishlarini ifodalovchi ilmiy modelni yaratish vazifasi turibdi. Mohiyat jihatidan «fuqarolik jamiyati» iborasi ilmiy adabiyotlarda o‘ziga xos alohida mazmun-mano kasb etib, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy jihatdan yuqori darajada kamol topganligini, mukammallikka erishganligini anglatadi. Fuqarolik jamiyatida erkinlik, qonun oldida barchaning tengligi, ijtimoiy adolatning taminlanishi, hamma fuqarolarning ijodiy salohiyati va istedodining bevosita ro‘yobga chiqarilishiga imkoniyat yaratiladi. Fuqarolik jamiyati huquq va adolat mezonlari bilan o‘lchanadi. Jamiyatning «fuqarolik» sifati bilan tavsiflanishida boy mazmun va teran mano bor. «Fuqarolik» (erkin inson) degan sifat belgisida yuqori taraqqiy topgan, komillikning cho‘qqisiga erishgan jamiyatning mohiyati aks etadi.

Muayyan davlatga mansub bo‘lgan fuqarolar yashaydigan mamlakat hali fuqarolik jamiyati, erkin va komil insonlar jamoasi mavjudligini anglatmaydi. Xuddi shuningdek, malum huquqiy tizim mavjud bo‘lgan, huquqiy hujjatlar majmui amal qilayotgan har qanday davlat «huquqiy davlat» deb etirof etilavermaydi . Insoniyatning keyingi asrlardagi taraqqiyoti zamirida to‘plangan ilmiy nazariy talqinlar asosida fuqarolik jamiyati deganda, birinchi navbatda, davlatdan xoli bo‘lgan mulkiy, bo’zor tartiblari, oilaviy, axloqiy-ma’naviy munosabatlar sohasi tushuniladigan bo’ldi.. Shu manoda, marifiy, xususiy, g‘ayrirasmiy, nosiyosiy hayot sohasi majmui tarzida talqin etiladigan fuqarolik jamiyati tovar ishlab chiqaruvchilar va istemolchilarning davlat nazorat qilmaydigan manfaatlarini amalga oshirish olami sifatida tariflanadi. Masalan, Gegelning tabiriga ko‘ra, fuqarolik jamiyati–bu eng avvalo, xususiy mulkka asoslangan manfaat (ehtiyoj) lar tizimi, shuningdek din, oila, tabaqalar, davlat tuzumi, huquq, axloq, burch, madaniyat, ta’lim, qonunlar va subekt (inson) larning ulardan kelib chiquvchi o‘zaro uzviy yuridik aloqalari majmuidir. Insonlar tabiiy, «nomadaniy» holatdan «fuqarolik jamiyatiga o‘tishlari lo’zim, zero aynan shu jamiyatda huquqiy munosabatlar asl voqelikka aylanadi» . Gegel bu jamiyatni burjuacha ishlab chiqarish munosabatlari majmui sifatida tushungan, shu bilan birga, uning ikki asosiy prinsipini alohida ajratib ko‘rsatgan: Fuqarolik jamiyatining davlatdan mustaqilligi, avtonomligi uning o‘zini o‘zi boshqarish qobiliyatiga egaligi bilan izohlanadi. Bu jamiyatda o‘zini o‘zi boshqarish jabhasi bilan davlat boshqaruvi jabhasi mavjud bo‘lib, ular biri-biriga zid emas, aksincha, bir-birini to‘ldiruvchi tizimlar hisoblanadi. Ijtimoiy o‘zini o‘zi boshqarish ustun mavqega ega bo‘lib, jamiyatning o‘zi davlat boshqaruvini joriy etadi, davlat apparatini shakllantiradi va, nihoyat, ijtimoiy hayotga davlat aralashuvining ko‘lami va chegarasini belgilaydi (V. A. Chetvernin) . Fuqarolik jamiyatidagi o‘zini o‘zi boshqarishning asosiy mexanizm (murvat) lari:– erkin bo’zor (iqtisodiy mexanizm); siyosiy erkinlik va demokratiya (siyosiy mexanizm); ma’naviy-axloqiy soha (ma’naviy-ruhiy mexanizm; jamiyatdagi nizolarni odil sudlov vositasida hal etish (sud-huquqiy mexanizm)dan iborat bo‘lib, ularda jamiyat azolarining rasman tengligi prinsipi namoyon bo‘ladi. Yuqoridagi tahlillar asosida «fuqarolik jamiyati» tushunchasini yana-da aniqlashtirishga urinib ko‘rish mumkin. Yani: fuqarolik jamiyati – insonlarning shunday birligidirki, u jamiyat hayotining iqtisodiy, siyo¬siy, ijtimoiy va ma’naviy sohalarida asosiy (birlamchi) nodavlat tuzilmalarni ixtiyoriy vujudga keltiradigan, shuningdek nodavlat munosabatlarning majmui va erkin insonlar, tashkilotlar va fuqarolar uyushmalari faoliyat yuritib, namoyon bo‘ladigan sohadir. Maxsus adabiyotlardan birida quyidagi tarifni ham uchratish mumkin: «Fuqarolik ja¬miyati– o‘z faoliyatida davlatdan, uning idora va muassasalaridan xoli bo‘lgan xususiy shaxslar, guruhlar va institutlarning tizimi... Fuqarolik jamiyatini mam¬lakatdagi davlat-hokimiyat tuzilmalari doirasiga kirmaydigan nosiyosiy ijtimoiy munosabatlar yig‘indisi sifatida tariflash mumkin»

Foydalanilgan adabiyotlar:





    1. Karimov I.A. O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li. – T.: O`zbekiston, 1992.

    2. Karimov I.A. Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: O`zbekiston, 1997.

    3. Karimov I.A. Ma`naviy yuksalish yo`lida. – T.: O`zbekiston, 1998.

    4. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. – T.: O`zbekiston, 1998.

    5. Karimov I.A. Amir Temur – faxrimiz, g`ururimiz. / Ma`naviy yuksalish yo`lida. – T.: O`zbekiston, 1998.

    6. Karimov I.A. Erishgan marramizni mustahkamlab, islohotlar yo`lidan izchil borish — asosiy vazifamiz. – T.: O`zbekiston, 2004.

    7. Karimov I.A. Vatanimizning tinchligi va xavfsizligi o`z kuch-qudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bog`liq Ma`naviy yuksalish yo`lida. – T.: O`zbekiston, 2004.

    8. Karimov I.A. Imperiya davrida bizni ikkinchi darajali odamlar, deb hisoblashar edi. – T.: O`zbekiston, 2005.

    9. Karimov I.A. Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch. – T.: O`zbekiston, 2008.

Karimov I.A. Eng asosiy mezon hayot haqiqatini aks ettirish. – T.: O`zbekiston, 2009.
Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin