8-MAVZU:
TARBIYA JARAYONING MOHIYATI VA MAZMUNI.
REJA:
1.Tarbiya tushunchasi, tarbiyaning maqsadi va umumiy vazifalari.
2.Tarbiya jarayonining o’ziga xos xususiyatlari.
3.Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari
Tarbiya maqsadi va vazifalari. Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o'stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayonidir. Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyatan turlicha ifodalab kelingan bo'lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan.