Tarix va psixologiya kafedrasi tarixi Ma`mun-Universiteti tarkibida 2021 yildan boshlab ijtimoiy fanlar o'qitila boshlangan. Universitetda 2022 yildan boshlab ijtimoiy fanlar alohida kafedra bo'lib uyushdilar. Shu tariqa kafedra tarkibiga O`zbekiston va jahon tarixi, falsafa, psixologiya, ilmiy ish asoslari fanlari birlashdi.
2022 yildan universitet jamoasiga Urganch davlat universiteti Tarix fakul`teti “Tarix” kafedrasi dotsenti, tarix fanlari bo`yicha falsafa doktori U.M.Abdalov, Xorazm Ma`mun akademiyasidan PhD. F.J.Tojiyeva va PhD. N.P.Kamolova, O`zbekiston Davlat Jahon tillari universitetidan PhD. D.Salayev, shuningdek, D.Atadjanova, D.Bekchanov, S.Baxtiyarov, S.Fozilova, S.Matniyazovlar va Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialidan N.Matchanova va D.Avazyazovalar, qolaversa, UrDU magistrantlari M.Babajanov, F.Baxodirova va M.Jumaboyevalar kelib qo`shildi. PhD., dots. U.M.Abdalov mudir bo'lib tayinlandi. Kafedra 15 dan ortiq tajribali o'qituvchilar bilan mustahkamlandi.
Kafedra professor - o'qituvchilari Prezident asarlari, Oliy Majlis faoliyatiga, O'zbekistonning ichki va tashqi siyosatining, xalqaro munosabatlarning ahvoliga doir materiallarni viloyat aholisi va talabalar o'rtasida targ'ibot-tashviqot qilishda faol ishtirok etmoqdalar. Har yili kafedralarning jami o'quv yuklamasi barcha professor - o'qituvchilarga belgilangan tartibda taqsimlanadi. Kafedra professor - o'qituvchilari o'quv yili davomida fanlar bo'yicha o'quv jarayonini to'g'ri va samarali o'tishini ta'minlash maqsadida yangi pedagogik texnolologiyalar asosida dars mashg'ulotlarini o'tkazmoqdalar. Shuningdek, joriy yilda kafedrada 2022 yilda 60220300– Tarix (mamlakatlar va yo’nalishlar bo’yicha) va 60310900 – Psixologiya (faoliyat turlari bo`yicha) bakalavriat yo'nalishlari bo'yicha qabul tashkil etildi.
2022 yildan buyon PhD., dotsent U.M.Abdalov “Tarix va psixologiya” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. Kafedra tarkibida jami 14 nafar professor-o'qituvchi faoliyat olib boradi. Ulardan, 4 nafari fan doktori. Kafedraning ilmiy salohiyati 29 %, professor-o'qituvchilarnig barchasi tarix va psixologiya mutaxassisligini tugatgan.