Telegram kanali:
@prmakuz
Tarjimon: Otabek Raxmonberganov
Prezident Maktablariga Qabul Qilish Sinovi
– Namunaviy
Savollar Izohlangan javoblari bilan
Test A: Masala yechish
1. Anora pullarini sanagandi, 12000 so
ʻm chiqdi. U 100 soʻmlik, 200 soʻmlik va 500 soʻmlik
qogʻoz pullarini alohida-alohida taxladi. Qarasa, 100 soʻmlik banknotalari (qogʻoz pullari)
200 soʻmlik banknotalardan 3 marta koʻproq, 200 soʻmlik banknotalari esa 500 soʻmlik
banknotalardan 2 marta koʻproq ekan.
Anoraning jami qancha banknotalari (qogʻoz pullari) bor?
A 42
B 48
C 60
D 72
E 84
Javob: D
Izoh
Har bir 500 so
ʻmlik banknotaga ikkita 200 soʻm banknota va oltita 100 soʻmlik banknota
toʻgʻri keladi. Demak, har bir 500 soʻmlik banknota uchun shartli ravishda jami qiymati
1500 soʻmlik 9 ta banknota toʻgʻri kelar ekan ( (1 x 500) + (2 x 200) + (6 x 100)).
12000/1500 = 8, demak ushbu 9 banknot
alik shartli toʻplamdan 8 tasi bor ekan, yaʻni
8 x 9 = 72.
Telegram kanali:
@prmakuz
Tarjimon: Otabek Raxmonberganov
2. Saodat
xonim oʻgʻillari Kamoliddin va Murodjon uchun sport poyafzallari sotib olayapti.
Quyidagi jadval savdoda mavjud poyafzallar
haqida maʻlumot beradi
Turi
Mavjud oʻlchamlari Qanday rangli turlari bor
Narxi
A poyafzal
1
– 10
oq
$ 60
B poyafzal
5
– 12
qora, koʻk
$ 50
C poyafzal
3
– 8
qora
$ 55
D poyafzal
2
– 6
qizil, qora, oq
$ 70
E poyafzal
5
– 10
koʻk, qora
$ 40
Kamoliddin 4
oʻlchamli poyafzal kiyadi, lekin u qora yoki koʻk tuflilarni yoqtirmaydi.
Murodjon 8
oʻlchamli poyafzal kiyadi va faqat oq yoki qizil poyafzal kiyadi.
Oʻgʻillarining istaklarini inobatga olgan holda ikki juft poyafzal sotib olish uchun Saodat
xonim kamida
qancha toʻlashi kerak?