Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobatning taxlili



Yüklə 137,5 Kb.
tarix09.03.2020
ölçüsü137,5 Kb.
Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobatning taxlili
Reja:


  1. Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobat taxlilining mazmuni va usullari.

  2. Tarmoqni ta’riflovchi umumiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar.

  3. Tarmoqdagi raqobat kuchlari va ular ta’sirining darajasi.

  4. Raqobat kuchlari tarkibida o‘zgarish yasovchi omillar.

  5. Kompaniya raqobat mavqeining kuchli va zaif jixatlari.

  6. Raqobat kurashida muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlikning kalit omillari.

  7. Soxa va raqobat taxlillarini umumlashtirish.


1.Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobat taxlilining mazmuni va usullari.

Strategiyani ishlab chiqish taxlilga asoslangan ish bo‘lib, taxlil 2 yo‘nalishda olib boriladi:

1-Tarmoqdagi vaziyat va undagi raqobatning shartlari.

2-Kompaniya ichidagi vaziyat, uning raqobatbardoshligi.

Tarmoqlar o‘zining iqtisodiy ta’rifi, ulardagi raqobat va rivojlanish istiqbollari bo‘yicha bir - biridan farq qiladi. Masalan: Ilmiy texnika taraqqiyoti sur’atlari yuqori va past bo‘lishi mumkin.Xar bar tarmoq uchun zarur bo‘lgan kapital qo‘yilmalar xajmi xam xar xil bo‘ladi. Bozorlar esa maxalliydan tortib dunyo bozorigacha farqlanadi. Raqobat kuchli yoki zaif bo‘ladi. Talab xam o‘sib boruvchi yoki kamayib boruvchi bo‘ladi.

Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobatni taxlil qilishda aloxida usullar qo‘llanilib, bu usullar tarmoqda bo‘layotgan o‘zgarishlar va raqobat kurashini baxolash imkonini beradi. Buning uchun quyidagi 7ta savolga javob topish lozim:


  1. Tarmoqni ta’riflovchi umumiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar.

  2. Tarmoqdagi raqobat kuchlari va ular ta’sirining darajasi.

  3. Raqobat kuchlari tarkibida o‘zgarish yasovchi omillar.

  4. Kompaniya raqobat mavqeining kuchli va zaif jixatlari.

  5. Raqobat kurashida muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlikning kalit omillari.

  6. Raqobat qaysi yo‘nalishda borishini kim belgilaydi?

  7. Foyda olish nuqtai nazaridan tarmoqning jozibadorligi

Vaziyat taxlilining maqsadi kompaniyaning ichki va tashqi muxitiga xos bulgan va kompaniyaning strategik yunalishi va imkoniyatlarini eng yorqin ifodalovchi jixatlarni aniqlashdan iboratdir. Bunda asosiy e’tibor strategiyaga oid bir qator muxim savollarga aniq javoblar topishga qaratiladi. Sungra bu savollar kompaniyadagi strategik vaziyatning aniq manzarasini shakllantirish va uning strategik xatti‑harakatlariga muqobil variantlarni belgilash uchun foydalaniladi.

Yakka biznes bilan shug‘ullanuvchi kompaniyadagi strategik vaziyatni taxlil qilish usullari kelgusida kupincha diversiyalangan kompaniyaning strategiyasini taxlil qilishda ham foydalaniladi.



Yakka biznes bilan shug‘gullanuvchi kompaniyadagi tashqi vaziyatni (makromuxitni) taxlil qilishda odatda soxa va raqobat taxlillaridan foydalaniladi. Vaziyatni taxlil qilishda firmaning eng yaqin atrofi (mikromuxiti) urganiladi. 6-rasmda yakka biznes bilan shug‘ullanuvchi kompaniya uchun strategik taxlilning strukturasi keltirilgan. Kompaniya strategik taxlilining mantiqiy yechimi strategiyani tanlashda muqobil variantlarga baxo berishdir. Shunday qilib, ushbu taxlil strategik rejani shakllantirishning dastlabki nuqtasidir.

2.Tarmoqni ta’riflovchi umumiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar.

Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobatning taxlili asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarni o‘rganishdan boshlanadi. Bu ko‘rsatkichlar quyidagilardan iborat:

  1. Bozor xajmi.

  2. 2. Raqobat miqyosi (maxalliy , regional, dunyo).

  3. 3. Bozorning o‘sish sur’atlari va uni rivojlanishining qaysi bosqichda ekanligi.

  4. Raqobatchilar soni va ularning xajmi.

Xaridorlar soni va ularning moliyaviy imkoniyatlari.

6. Integratsiya qayerga qarab ketayapti?

7. Texnologik o‘zgarishlarning yo‘nalishi va sur’atlari.

8. Tarmoqqa kirish va undan chiqish osonligi.

9. Raqobatchilarning maxsuloti va xizmatlarining tabaqalanish darajasi.

10. Kompaniyaning ishlab chiqarish xajmi, transportirovka qilish , marketing va reklamani tashkil qilishda tejamkorlikka erishish imkonining borligi.

11. Tarmoqdagi «o‘qitish / tajriba» egri chizig‘i ijobiy tendensiyaga egami?

12. Tarmoqqa zarur bo‘lgan kapital sarmoyalar qo‘yilyaptimi?

13. Tarmoqdagi daromad darajasi umumiy daromad darajasidan pastmi yoki yuqorimi?

Ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha soxaning «portretini» tuzib, so‘ng uni taxlil qilib chiqish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun ushbu jadvalda ayrim iqtisodiy ko‘rsatkichlarning strategik jixatdan muximligiga doir ma’lumotlar keltirilgan.


3.1-jadval. Tarmoqdagi asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarning strategik axamiyati

Ko‘rsatkich

Ko‘rsatkichning strategik axamiyati

Bozorning kattaligi

Kichik bozorlarda katta va yangi raqobatchilarni jalb qilish tendensiyasi kuzatilmaydi; katta bozorlar muayyan tarmoqlarda raqobatli ustunlikni mustahkamlash maqsadida turli kompaniyalarni sotib olmoqchi bo‘lgan korporatsiyalarni o‘ziga jalb qiladi.

Bozor xajmining ortishi

Jadal sur’atlar bilan o‘sish yangiliklarga olib keladi, o‘sishning sekinlashishi esa raqobatni kuchaytiradi va zaif raqiblarni kurashdan chiqarib tashlaydi.

Ishlab chiqarish quvvatlarining ortiqchaligi yoki tanqisligi

Ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlari xarajatlarni ko‘paytirib, daromadni kamaytiradi, ularning tanqisligi esa xarajatlarga oid teskari tendensiyalarga olib keladi.

Tarmoqning daromadliligi

Yuqori daromadli tarmoqlar xam yangiliklarga olib keladi

Kirish/chiqish to‘siqlari

Yuqori to‘siqlar mavjud firmalarning mavqeini va ularning daromadlarini ximoya qiladi, to‘siqlar past bo‘lganda esa yangi firmalarning kirib kelishi ularga salbiy ta’sir qiladi

Tovar xaridorlar uchun qimmat

Ko‘pchilik xaridorlar tovarni eng past narxlarda sotib oladilar

Standartlashtirilgan tovarlar

Xaridorlar bir sotuvchidan boshqa sotuvchiga oson utishlari mumkin

Texnologiyaning tez uzgarishi

Texnologiya va asbob‑uskunalarga ajratilgan investitsiyalar ularning eskirib qolishi tufayli uzini oqlamay qolishi xavfi kuchayadi.

Kapitalga qo‘yilgan talablar

Katta talablar investitsiyalarga oid qarorlarga tanqidiy munosabatda buladi, investitsiyalash momenti muxim bulib boradi, kirish va chiqish tusiqlari kuchayadi.

Vertikal integratsiya


Kapitalga qo‘yilgan talablar kuchayib boradi, kupincha raqobatli differensiatsiya xhamda integratsiya darajasi turlicha bulgan firmalar urtasidagi qiymat differensiatsiyasi kuchayadi

Kulamdan tejash

Narx buyicha raqobatlashish uchun zarur bulgan bozor xajmlari kattalashadi.

Tovarning tez yangilanishi

Tovarning xayot sikli qisqaradi




3. Tarmoqdagi raqobat kuchlar va ular ta’sirining darajasi.

«GARVARD» universitetining professori Maykl Porter tarmoqdagi raqobatchi kuchlarni quyidagicha guruxlagan:

1.Tarmoq ichida sotuvchilar o‘rtasidagi raqobat.

2.Boshqa tarmoqdagi kompaniyalarning o‘z tovarlari bilan bu tarmoqdagi xaridorlarni egallab olishga xarakat qilishi.

3.Tarmoq ichida yangi raqobatchilarning paydo bo‘lishi.

4.Xom ashyo va butlovchi detallar yetkazib beruvchilarning o‘z shartlarini o‘tkazishga urinishlari.

5. Xaridorlarni o‘z shartlarini o‘tkazishga urinishlari.

Bu taxlil firma mazkur tarmoqda duch kelishi mumkin bulgan qulay imkoniyatlar va xavf‑xatarlarni aniqlab olish maqsadida amalga oshiriladi.

Porter buning «beshta kuch» modelini taklif qilgan (7-rasm). U ushbu modelni asoslab berar ekan, bu kursatkichlarning ta’sir kuchi qanchalik yuqori bulsa, mavjud kompaniyalarda narx va daromadni oshirish imkoniyati shunchalik kam bulishini ta’kidlagan edi. Bu kuchlarning zaiflashishi esa kompaniyalar uchun qulay imkoniyatlarni vujudga keltiradi. Kompaniya uz strategiyasini uzgartirib, ushbu kursatkichlarni uz foydasiga o‘zgartirishi mumkin.

Potensial raqobatchilarning kirish xavfi (Porterning birinchi kuchi) kompaniyaning daromadlariga taxdid solishi mumkin. Ikkinchi tomondan, agar bu xavf kichik bulsa, kompaniya narxlarni oshirib, uz daromadlarini kupaytirishi mumkin. Bu omilning raqobatchilik kuchi kirish tusiqlarining (tarmoqqa kirish qiymatining) balandligiga kuchli darajada bog‘liqdir. Bunday tusiqlarning uchta asosiy manbayi bor:

- xaridorlarning savdo markasiga sodiqligi (kirib kelayotgan kompaniyalar buni katta investitsiyalar evaziga bartaraf qilishlari mumkin);

- xarajatlar buyicha mutlaq ustunliklar (ishlab chiqarish xarajatlarining yanada kamligi mavdul kompaniyalar uchun yangi kompaniyalar erishishi qiyin bulgan katta ustunliklar beradi);

- kulamdan tejash (bunday ustunlikka odatda katta kompaniyalar ega buladilar). U standartlashtirilgan maxsulotni yoppasiga ishlab chiqarishda xarajatlarning kamaytirilishi, xom ashyo, material va tarkibiy qismlarni katta miqdorlarda sotib olishdagi chegirmalar, reklamaga sarflanadigan xarajatlarning kamaytirilishi va xokazolar bilan bog‘liqdir. Bularning barchasi ishlab chiqarishni endi boshlayotgan kompaniyalar uchun katta qiyinchiliklar tug‘diradi.

Porter nazariyasi buyicha ikkinchi raqobatchi kuch tarmoqda mavjud bulgan kompaniyalarning raqobatlashuvidir. Bu yerda ham uchta omilning ta’sirini kursatib utish mumkin:

- tarmoqdagi raqobatning strukturasi;

- talabning shart‑sharoitlari;

- tarmoqqa kirish tusiqlarning balandligi.
7-rasm. Porterning «beshta kuch» modeli


Potensial rayaobatchilarning kirish xavfi


Amaldagi

firmalar (sotuvchilar) o‘rtasidagi rayaobat

Yetkazib beruvchilarning «Savdolashish» imkoniyati



Xaridorlarning «Savdolashish» imkoniyati

O‘rinbosar

maxsulotlar

xavfi


Tarmoqdagi raqobatning strukturasi tarmoqdagi konsolidatsiya darajasiga (uning fragmentlanganligi, oligopoliya yoki monopoliya sharoitlari mavjudligi) bog‘liqdir. Fragmentlangan tarmoqda potensial xatarlar qulay imkoniyatlarga qaraganda kuproq buladi, chunki bunday tarmoqlarga kirib kelish nisbatan yengildir.

Konsolidatsiyalangan tarmoqlarda odatda katta va mustaqil kompaniyalar faoliyat kursatadilar. Binobarin, bir kompaniyaning raqobatchilik faoliyati boshqa raqobatchilarning bozordagi ulushiga bevosita ta’sir qiladi, natijada ular tezda bunga javoban xarakat qilib, raqobat kuchayadi. Bunday kompaniyalarning narx urushi olib borish imkoniyati raqobatning asosiy xatarli kuchidir. Bunday xollarda kompaniyalar sifatdagi ustunliklar buyicha raqobatlashishga intiladilar, ya’ni raqobatchilik urushi savdo markasiga sodiqlik va narx urushi extimolini kamaytirish pozitsiyalaridan olib boriladi. Bunday taktikaning muvaffaqiyati tarmoqda maxsulotni tabaqalash imkoniyatlariga bog‘liqdir.

Tarmoqda talabning usib borishi raqobatning susayishiga va ayni paytda ekspansiya uchun katta imkoniyatlarning vujudga kelishiga olib keladi. Talab bozor bilan birgalikda usib boradi, kompaniyalar investitsiyalarning qaytish tezligini oshirish imkoniyatiga ega buladilar, bu esa ularga bulgan e’tiborni kuchaytiradi. Aksincha, usishning sekinlashishi raqobatni kuchaytirib yuboradi, kompaniyalar sotish bozorlarini faqat boshqa kompaniyalardan tortib olish xisobigagina qo‘lga kiritishlari mumkin bulib qoladi. Shunday qilib, talabning kamayishi - raqobatning kuchayishiga olib keladigan asosiy xatardir.

Tarmoqda talab kamaygan paytda chiqish tusiqlari jiddiy xavfga aylanadi. Chiqish tusiqlari iqtisodiy va emotsional omillar bulib, ular kompaniyani daromadi juda kichik bulgan xollarda ham qo‘llab‑quvvatlab turadi. Natijada ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlari paydo buladi, bu esa narx raqobatining jonlanishiga olib keladi, chunki kompaniyalar bekor turgan quvvatlardan foydalanishga urinib, narxni pasaytirib yuboradilar.

Odatda chiqish tusiqlari quyidagilarni uz ichiga oladi:

- asbob‑uskunalarga ajratilgan investitsiyalarni boshqa muqobil yunalishlarga ishlatib bulmaydi va agar kompaniya bu sohani tark etsa, asbob‑uskunalarni tashlab yuborishga tug‘ri keladi;

- chiqish qiymatining ishdan bushatiladigan ishchilarga to‘lanadigan mablag‘lar xisobiga qat’iy belgilab qo‘yilganligi;

- xo‘jalikning o‘rta bo‘g‘inlari urtasidagi strategik uzaro munosabatlar, masalan, senergizm yoki ular urtasidagi integratsiya;

- tarmoqqa iqtisodiy bog‘liqlik; masalan, agar kompaniya diversiyalanmagan bulsa, u tarmoqda qolishga majburdir.

Tarmoqdagi firmaga ta’sir qilayotgan raqobat kuchlari tarmoqning xayot sikli mobaynida uzgarib, rivojlanib boradi. Tarmoqning jadal sur’atlar bilan usishi raqobat kuchlarini zaiflashtirib qo‘yadi. Bu bosqichda ekspansiya va bozor soxalarini egallab olish uchun qulay imkoniyatlar mavjud buladi. Usish sekinlashgan paytda raqobatning va ayniqsa narx raqobatining xavfi kuchayib ketadi. Yetuklik bosqichida raqobat xavfi kamayadi, narx raqobatini narx peshqadamlarining kelishuvi xisobiga cheklash imkoniyati vujudga keladi. Shuning uchun bu bosqichda daromadlar nisbatan yuqori buladi. Bu bosqichda narxga bog‘liq bulmagan raqobat katta rol uynashi mumkin bulib, u maxsulotlarni tabaqalash ustunliklaridan foydalanadigan kompaniyalar uchun juda muximdir. Tanazzul bosqichida vaziyat uzgaradi. Chiqish tusiqlari yuqori bulsa, raqobat ayniqsa kuchayadi, daromad kamayadi va narx urushi xavfi vujudga keladi.

Porterning uchinchi kuchi xaridorlarning «savdolashish» imkoniyatidir. U eng yaxshi sifat yoki xizmat kursatishga bulgan talab tufayli narxlarga bosim kursatish xavfini vujudga keltiradi. Zaif xaridorlar esa, aksincha, narxlarning usishiga va daromadning ortishiga yul qo‘yadilar.

Xaridorlar quyidagi hollarda ayniqsa kuchlidirlar:

- yetkazib beruvchi soha bir necha kichik kompaniyalardan tarkib topgan bulib, xaridorlar kam bulganda;

- xaridorlar tovarlarni katta miqdorda sotib olganda;

- tarmoq o‘z faoliyat turidan kelib chiqqan xolda xaridorlarga kuchli darajada bog‘liq bulganda;

- xaridorlar bir necha yetkazib beruvchi tarmoqlar ichidan eng past narx taklif qilayotgan bittasini tanlash imkoniyatiga ega bulganda (bu ushbu tarmoqda narx raqobatini kuchaytiradi);

- xaridorlar uchun turli kompaniyalardan tovar sotish olishni iqtisodiy jixatdan yaxlit bitta xarid deb qarash mumkin bulganda va xokazo;

Turtinchi raqobat kuchi yetkazib beruvchilarning bosim kursatishidir. Bu bosim natijasida yetkazib beruvchilar narxlarni kutarish bilan taxdid solib, kompaniyalarni yetkazib berilayotgan maxsulot miqdorini kamaytirishga majbur qiladi va daromadni pasaytiradi. Bunga muqobil ravishda - zaif yetkazib beruvchilar uz maxsulotlariga bulgan narxni pasaytirishga va yuqoriroq sifatni talab qilishga imkon beradilar. Quyidagi xollarda yetkazib beruvchilar tomonidan kursatiladigan bosim ayniqsa kuchli buladi:

- yetkazib berilayotgan maxsulotning urnini bosa oladigan tovarlar kam bulib, u kompaniyaning ishonchli maxsuloti bulganda;

- tarmoqdagi kompaniyalar ta’minotchi firmalar uchun muxim bulmaganda;

- yetkazib berilayotgan maxsulotlarning sifati yuqoriligi tufayli kompaniyalarning boshqa maxsulotga utishi qimmatga tushganda;

- yetkazib beruvchilar ilgari tomon vertikal integratsiyalanish xavfidan foydalanganda;

- sotib oluvchi kompaniyalar orqaga tomon vertikal integratsiyalanish xavfidan foydalana olmaganda.

Beshinchi raqobatchi kuch tovarning urnini bosuvchi maxsulotlarning paydo bulish xavfidir. Tovarning urnini tuliq bosa oladigan maxsulotlarning mavjudlgi jiddiy xavf tug‘diradi va kompaniyaning narxlarini xamda daromadlarini cheklab qo‘yadi. Ammo, agar kompaniya maxsulotlarining urnini bosa oladigan tovarlar kam bulsa, kompaniya narxlarni oshirishi va qo‘shimcha daromad olishi mumkin. Kompaniyaning strategiyasi bu faktdan foydalana olishi lozim.

Tarmoqdagi raqobat darajasiga ko‘ra kuyidagilarga bo‘lanadi:



  1. Shavqatsiz raqobat

  2. Intensiv raqobat

  3. Meyordagi raqobat

  4. Jalb qiluvchi zaif raqobat

Bozorga yangi kirib kelgan firma yangi ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lishi , ayrim xollarda kattagina resurslarga ega bo‘lishi mumkin. Bunday firmalar bozorda o‘z o‘rnini topib egallash uchun kurashadi. Bozorda yangi raqobatchining paydo bo‘lishi quyidagi omillarga bog‘liq:

  • Bozorga kirish yo‘lidagi to‘siqlar:

  • Bozorda ishlayotgan kompaniyalarning reaksiyasi:

  • Bozorga kirish yo‘lidagi to‘siqlar quyidagicha bo‘ladi:

  • Ishlab chiqarish miqiyosining tejamkorligi (bunday ustunlik bozorda ishlayotgan katta xajmga ega bo‘lgan kompaniyalarda bo‘ladi. Yangi firma esa bozorga birdaniga katta xajm bilan chiqolmaydi.)

  • Texnologiya va NOU XAU ga erishishning imkoniyati yo‘qligi:

  • «O‘qitish/Tajriba» egri chizigining samarasi:

  • Xaridorlarning ma’lum markalariga moyilligi:

  • Korxona xajmlariga bogliq bo‘lmagan xarajatlarning teng emasligi:

  • Sotish kanallariga kira olish:

  • Nazorat qiluvchi organlarning xarakatlari . (litsenziya, ruxsatnomalar)

  • Tariflar va tarifdan tashqari cheklashlar (dempingga qarshi qonunchilik, maxalliy firmalarning majburiy qatnashishlari)


4.Raqobat kuchlari tarkibida o‘zgarish yasovchi omillar.

Bozordagi vaziyat tez-tez o‘ztarib turadi, chunki bozorda ishlayotgan kompaniyalar bozorga kirib kelayotgan yangi firmalarni o‘z siyosatini o‘zgartirishga majbur qiladi. Bozorda eng ko‘p ta’sir qiladigan kuchlar raqobatni xarakatlantiruvchi kuchlar deb ataladi. Bu kuchlarni taxlil qilish 2 bosqichdan iborat:

  • Xarakatlantiruvchi kuchlarni aniqlash.

  • Ushbu kuchlar ta’sirini aniqlash.

  • Bozorda eng ko‘p uchraydigan xarakatlantiruvchi kuchlar quyidagilardan iborat:

  • Iqtisodiy o‘sishning uzoq muddatli tendensiyalaridagi o‘zgarish:

  • Istemolchilar tarkibi va tovarlardan foydalanish usullarining o‘zgarishi:

  • Yangi maxsulotlarni joriy qilish:

  • Texnologik o‘zgarishlar:

  • Marketing tizimidagi o‘zgarishlar:

  • Yirik firmalarning bozorga kirishi yoki chiqishi:

  • NOU XAU ni tarqalishi:

  • Tarmoqlar globallashuvining o‘sishi:

  • Unumdorlik va xarajatlar tarkibining o‘zgarishi:

  • Xaridorlar moyilligining tabaqalangan tovarlardan standart tovarlarga o‘tishi

  • Davlat qonunchiligi va siyosatidagi o‘zgarishlarning ta’siri

  • Ijobiy qadriyatlar, moyilliklar va turmush tarzining o‘zgarishi:

  • Noaniqlik va tavakkalchilik omillari ta’sirining kamayishi:


5.Kompaniya raqobat mavqeining kuchli va zaif jixatlari.

Tarmoqdagi raqobat tarkibini o‘rganishdagi keyingi qadam - bu raqobatlashayotgan kompaniyalarning bozordagi o‘rnini aniqlashdir. Tarmoqdagi firmalar raqobat mavqeini taqqoslashning asosiy usuli - bu strategik guruxlar kartasini tuzishdir.



Strategik guruxlar kartasi - tarmoqda raqobatlashayotgan firmalarning raqobat mavqelarini aks ettiruvchi asbobdir. Bu taxliliy usul tarmoqning umumiy taxlili va xar bir firmaning bozordagi mavqeini bir biriga bog‘laydi. Buning uchun tarmoqda ishlayotgan barcha kompaniya va firmalar strategik guruxlarga bo‘linadi. Strategik guruxlarga raqobat uslubi va bozordagi mavqei bir xil bo‘lgan firmalar kiritiladi. Bozordagi asosiy raqobatchilar nechta bo‘lsa strategik guruxlar soni xam shuncha bo‘ladi, ammo buning uchun raqobatchilarning xar biri o‘zining raqobat usuliga va bozorda o‘z mavqeiga ega bo‘lishi lozim.

Strategik guruxlar kartasini- tuzish tartibi quyidagicha:

Tarmoqdagi firmalarning bir biridan farqlantiruvchi belgilari aniqlanadi.

Kartaning o‘qlari bo‘ylab turli xarakteristikalarni juftligi tushiriladi.

Kartaga firmalar 2 o‘zgaruvchan ko‘rsatkichlarga asosan joylashtiriladi.

Bitta strategik zonaga kirgan firmalar strategik guruxga birlashtiriladi.

Xar bir strategik gurux atrofida aylana chiziladi. Aylananing diametri xar bir strategik guruxning bozordagi o‘rniga proporsional bo‘ladi. Ana shu ko‘rsatkichlardan foydalanib strategik guruxlarning 2 o‘lchamli kartasini tuzish mumkin.

Bir tarmoqda faoliyat kursatayotgan firmalarning nisbiy raqobat pozitsiyalarini urganish uchun strategik guruxlash jarayonlaridan foydalaniladi.

Bir strategik guruxdagi kompaniyalar maxsulotlar diapazonining kengligi, tovar xarakati kanallaridan foydalanish usullari; uxshash texnologik yondashuvlar, vertikal integratsiyalanish darajasi, servisning va texnologik xizmat kursatish xarakteri kabi turli belgilar buyicha birlashishlari mumkin. Tarmoqda bozorga nisbatan strategik yondashuvlari bir xil bulgan bitta strategik gurux mavjud bulishi mumkin.

Strategik guruxlar xaritasini tuzish va firmalarni u yoki bu gurux tarkibiga kiritish quyidagicha amalga oshiriladi:

Tarmoqdagi firmalarni bir-biridan farqlovchi raqobatli xarakteristikalar aniqlanadi ( narx, sifat, faoliyat geografiyasi, integratsiya darajasi, maxsulot nomenklaturasi va xokazo).

Firmalarning xolati ikki chiziqli chizmaga joylashtiriladi (tanlab olingan xususiyatlari bo‘yicha).

Bir strategik soxaga to‘gri keladigan firmalar aniqlanadi.

Xar bir guruxning tarmoqdagi umumiy savdo xajmidagi ulushi aniqlanadi.

Shunday qilib, tarmoqni strategik guruxlashning yuqorida aytib utilgan ikki o‘lchovli xaritasi yasaladi.
Agar jiddiy tafovutlar ikkitadan ortiq bo‘lmasa, bir necha xarita tuzish maqsadga muvofiqdir.

Turli strategik guruxlar bir‑biriga qanchalik yaqin joylashgan bulsa, ular urtasidagi raqobat shunchalik kuchli buladi. Eng yaqin raqobatchilarning fe’l‑atvorini urganish muximdir. Raqobatchilarning strategiyasini, ularning kelgusida qanday yul tutishini bilmay turib, ular bilan muvaffaqiyatli raqobatlashish mumkin emas. Raqobatchilar nima qilmoqda va nima qilmoqchi - bu savollarga javob topish kompaniyaning strategik faoliyati uchun nixoyatda muximdir, aks xolda u xar doim mudofaa pozitsiyasida bulishga majbur buladi.

Odatda, raqobatchilarning maqsadlari va strategiyalari xaqidagi ma’lumotlarni ushbu jadval yordamida umumlashtirish muayyan raqobatchilik xatarlari va pozitsiyalarini baxolash uchun yetarlidir.
Firmalarning raqobatdagi kelgusi pozitsiyalarini baxolash uchun e’tiborni ularning bozordagi uz axvolini yaxshilash imkoniyatlariga qaratish lozim. Agressiv raqobatchilar yangi strategik tashabbuslar manbaidirlar. O‘z maqsadiga erishgan raqobatchilar uzlarining xozirgi strategiyasini amalga oshirishda davom etadilar. Bezovta va moliyaviy jixatdan og‘ir axvolda qolgan raqiblar xujumchi yoki mudofaachi sifatida yangi‑yangi strategik xatti‑xarakatlarga utishlari mumkin. Shu munosabat bilan uzingizni ushbu kompaniya menejerlarining urniga qo‘yib kurishingiz va ularning qanday yul tutishlarini muloxaza qilib kurishingiz mumkin.
Raqobatli strategiyaning moxiyati kompaniyaning
o‘z tashqi muxitiga bo‘lgan munosabatidir

M.YE.Porter

Agar firma yoki kompaniya o‘z raqiblarining xatti xarakatlarini kuzatib bormasa u ko‘zini boglab olib raqobatlashmoqchi bo‘lgan xisoblanadi. Xuddi shaxmatdagidek raqobat kurashida xam raqibining keyingi yurishini oldindan ko‘ra bilish bebaxo axamiyatga egadir. Agar raqibining keyingi qadamini bilmasa, kompaniya Galaba qozonolmaydi. Bu boradagi raqobat kurashi quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi:

1-Raqiblar strategiyasini aniqlash. Buning uchun raqib kompaniya faoliyatining asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari , uning bozordagi mavqei , strategik maqsadlari raqobat strategiyasi o‘rganiladi.

2-Kelajakda tarmoqning yetakchisi bo‘lishi o‘ki yetakchi bo‘lgan firmalarni aniqlash. Buning uchun xar bir firmaning potensial imkoniyatlarini o‘rganib ularning ichidan boshqalardan o‘zib ketish o‘ki o‘zib bo‘lgan firmalar belgilanadi. Kelajakda qaysi firmalar o‘z mavqeini yo‘qotadi , qaysi biri yetakchi bo‘lishi mumkinligini to‘g‘ri belgilash firmaning strategiyasini tuzishda muxim axamiyat kasb etadi.

3-Raqiblarning keyingi qadamini oldindan ko‘ra bilish. Agressiv raqib odatda qandaydir yangi strategik qadam qo‘yadi. O‘zining bozordagi mavqeidan qanoatlanadigan firmalar esa amaldagi strategiyasini saqlab turadi. Omadsiz firmalarning axvoli shuqadar yomon bo‘ladi-ki, ular yaxshi o‘ylanmagan bo‘lsa xam xujumga o‘tishga majbur bo‘ladilar.

Raqibning keyingi qadamini oldindan aytib berish uchun o‘sha kompaniyadagi vaziyatni raxbariyatning kayfiyatini, ularning fikrlash tarzini bilish lozim. Raqib xaqida axborot yig‘ishga qaratilgan razvedka faoliyati uning xarakatlarini oldindan bilish va samarali qarshi choralar ko‘rish imkonini beradi.

Raqobatchilarning maqsad va strategiyalarining tarkibi

3.2-жадвал


Raqobat

soxasi


Strategiyarategik

da’volar


Bozorning xajmiga

oid maqsadlar



Pozitsiya / vaziyat

raqobati


Strategik

fe’l‑atvor



Raqobat

strategiyasi



Maxalliy

Mintaqaviy

Milliy

Baynalmilal



Global

Xukmron peshqadam bulish

Soxadagi mavjud peshqadamdan uzib ketish

Yetakchi beshtalikka kirish

Birinchi o‘nlikka kirish

Muayyan raqobatchidan o‘zib ketish (peshqadam bulishi shart emas)

Mavqeni qo‘ldan chiqarmaslik

Kasodga uchramaslik



Sotib olishlar va ichki usish xisobiga agressiv ekspansiya

Ichki usish xisobiga ekspansiya

Sotib olishlar xisobiga ekspansiya

Mavjud ulushni saqlab qolish

Qisqa muddatli daromad olish maqsadida bozorni kengaytirish


Xarakatda bulgan paxlavon

Mavjud narsani saqlab qola oladigan va yaxshi ximoyalana oladigan

O‘zini gurux urtasida tutadi

Mavqeini kuchaytirishga urinadigan

Xujumni qaytarayotgan, zaiflashayotgan

Mudofaa pozitsiyasiga chekinayotgan



Asosan xujum

Asosan mudofaa

Ximoya va Xujum aralash

Agressiv, qaltis

Konservativ, bush


Narxda peshqadamlikka intilish

Bozordagi bushliqlarga e’tibor qaratish

Differensiatsiyaga asoslangan ta’qib:

sifat, servis, texnologiya, diapazon, tovarlar, imidj va boshqa jixatlar buyicha


Muvaffaqiyatning asosiy omillari (MAO) - muayyan tarmoqdagi moliyaviy va raqobatli muvaffaqiyatning asosiy belgilovchi omillaridir. Ularni aniqlash - strategiya ishlab chiqishning asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Ular strategiyani ishlab chiqishda hal qiluvchi rol o‘ynashi mumkin, biroq ular turli tarmoqlarda turlicha bo‘ladi. Odatda bir tarmoqqa shunga o‘xshash uch-to‘rtta omil xarakterli bo‘lib, ularning bir‑ikkitasi eng muhimi bo‘lib, taxlilning vazifasi ularni aniqlashdan iborat bo‘ladi.

Quyida MAOning turlari va ularning tarkibiy qismlari sanab o‘tilgan:

1. Texnologiyaga bog‘liq omillar:

- ilmiy tadqiqotlarning saviyasi;

- ishlab chiqarish jarayonlarda innovatsiyalarga qodirlik;

- maxsulotda innovatsiyalarga qodirlik;

- mazkur texnologiyada ekspertlarning roli.

2. Ishlab chiqarish bilan bog‘liq omillar:

- kam xarajatli ishlab chiqarishning samaradorligi (ishlab chiqarish ko‘lamidan tejash, to‘plangan tajriba samarasi);

- ishlab chiqarish sifati;

- yuqori fond qaytimi;

- ishlab chiqarish xarajatlarning kam bo‘lishi, kafolatlanadigan xolda joylashtirilishi;

- tegishli malakali ishchi kuchi bilan ta’minlash,

- yuqori mexnat unumdorligi (ayniqsa ko‘p mehnat talab qiladigan soxalarda);

- arzon loyixalashtirish va texnik ta’minot;

- ishlab chiqarishning model va o‘lchamlarning o‘zgarishiga moslashuvchanligi.

3. Taqsimlash bilan bog‘liq omillar:

- distribyutorlar/dilerlarning qudratli tarmog‘i;

- chakana savdodan tushadigan daromadlar extimoli;

- kompaniyaning o‘z tarmog‘i;

- tez yetkazib berish.

4. Marketing bilan bog‘liq omillar:

- savdoning yaxshi sinalgan, tekshirilgan usuli;

- qulay, arzon servis va texnik xizmat ko‘rsatish;

- xarid talablarini aniq qondirilishi;

- tovarlar diapazonining kengligi;

- tijorat san’ati;

- jozibali dizayn va upakovka ;

- xaridorlar uchun kafolatlar.

5. Malakaga bog‘liq omillar:

- noyob iste’dodlar;

- sifatni nazorat qilish «nou-xau»si;

- loyixalash soxasidagi ekspertlar;

- texnologiya soxasidagi ekspertlar;

- aniq va sodda reklama qilish qobiliyati;

- ITTKI bosqichida ishlab chiqarish natijasida yangi maxsulotlarni xosil qilish va ularni tez bozorga olib chiqa olish.

6. Tashkilotning imkoniyatlariga bog‘liq omillar:

- oliy darajadagi axborot tizimlari;

- o‘zgarib turgan bozor sharoitlariga tez moslasha olish qobiliyati;

- boshqaruv maxorati va boshqaruv soxasidagi «nou-xau»larning mavjudligi.

7. MAOning boshqa turlari:

- ijobiy imidj va obro‘;

- o‘zini peshqadam deb xis qilish;

- qulay joylashuv;

- xushmuomala va muloyim xizmat ko‘rsatish;

- patent ximoyasi;

- umumiy xarajatlarning kamligi.

Bundan tashqari, tarmoqning jozibadorligiga umumiy baxo berish lozim («Menejment asoslari» kursiga qarang)

Muvaffaqiyatning kalit omillari (M.K.O)-bu raqobatbardosh bo‘lish va moliyaviy barqarorlikka erishish uchun firma ta’minlashi lozim bo‘lgan raqobat imkoniyatlari va faoliyat natijalaridir. M.K.O shunday omillarki, ularga firma aloxida e’tibor berishi kerak , chunki ular firmaning muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligini belgilab beradi. Masalan: pivo sanoatida ishlab chiqarish quvvatlarining to‘liq bandligini ta’minlash shunday omilga kiradi. (bu ishlab chiqarish xarajatlarini minimallashtirib beradi) M.K.O xar bir tarmoqda o‘ziga xos xususiyatga , ko‘rinishga ega bo‘ladi. Ayrim tarmoqlarda MKOlar 3-4ta bo‘lishi mumkin , lekin xal qiluvchi axamiyatga 1 yoki 2 tasi ega bo‘ladi.

Tarmoq va undagi raqobat taxlilining pirovardida tarmoqning jozibadorligi aniqlanadi. Buning uchun quyidagi ko‘rsatkichlar asos qilib olinadi:

A-tarmoqning o‘sish imkoniyatlari

B-xarakatlantiruvchi kuchlarning tarmoqqa ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi:

V-Tarmoqqa yirik firmalarning kirish (chiqish) imkoniyatlari:

G-Talabning barqarorligi:

D-Raqobat kuchlari ta’sirining kuchayishi yoki zaiflashishi:

YE-Tarmoq oldida turgan muammolarning jiddiyligi:

J-Tavakkalchilik va noaniqlik darajasi:

Z-Raqobat natijasida tarmoqdagi daromad darajasining pasayishi yoki ko‘tarilishi.

7. Soxa va raqobat taxlillarini umumlashtirish.

Bunday umumlashtirish 3.3-jadval yordamida amalga oshiriladi.



Shuni ham qayd qilib utish lozimki, taxlil uylab utirmay qo‘llayveradigan algoritm emas. Dastlabki ma’lumotlardan foydalanish ham, natijalarni talqin qilish ham ijodiy yondashuvni talab qiladi. Bunday taxlil bir martali jarayon bulmay, real uzgarishlarni hamda uni ko‘llash amaliyotining natijalarini xisobga olgan xolda davriy takrorlab turishni talab qiladi.

4-jadval. Soxa va raqobat taxlillarini umumlashtiruvchi jadval shakli.

1. Soxaviy muxitning asosiy iqtisodiy xarakteristikalari (bozorning usishi, geografik xususiyatlari, tarmoqning strukturasi, iqtisodiy mavqe, investitsiyalarga bulgan talablar va xokazo)

2. Xarakatlantiruvchi kuchlar

3. Raqobat taxlili

3.1. Raqobatlashuvchi sotuvchilar urtasidagi musobaqa (kuchli, urtacha, zaif, raqobat vositasi)

3.2. Potensial kirish xavfi (kuchli, urtacha, zaif, kirish tusiqlarining tarkibi)

3.3. Tovarning urnini bosuvchi maxsulotlarning raqobati (kuchli, urtacha yoki zaif (nima uchun?)

3.4. Yetkazib beruvchilarning «savdolasha olish» qobiliyati (kuchli, urtacha yoki zaif (nima uchun?)

3.5. Iste’molchilarning «savdolasha olish» qobiliyati (kuchli, urtacha yoki zaif (nima uchun?)

4. Asosiy kompaniyalarning/strategik guruxlarning raqobatchilik pozitsiyasi

4.1. Qulay pozitsiyalash (nima uchun?)

4.2. Noqulay pozitsiyalash (nima uchun?)

5. Raqobat taxlili

5.1. Asosiy raqobatchilarning strategik yondashuvlari / amalga oshirishi mumkin bulgan xatti‑xarakatlari

5.2. Kimni va nima uchun kuzatish kerak?

6. Muvaffaqiyatning asosiy omillari

7. Tarmoqning istiqbollari va umumiy jozibadorligi

7.1. Tarmoqni jozibali qiluvchi omillar

7.2. Tovarning jozibadorligini kamaytiradigan omillar

7.3. Tarmoqning uziga xos natijalari / muammolari

7.4. Rentabellik istiqbollari (ijobiy / salbiy)


Foydalanilish uchun adabiyotlar:
1.Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг қарори. Хусусийлаштирилган корхоналарни корпоратив бошқаришни такомиллайштириш чора-тадбирлари тўғрисида. «Халқ сўзи», 2003 йил 22 апрель, №85. (3197).

2.Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони. Ўзбекистон иқтисодиётида хусусий секторнинг улуши ва аҳамиятини тубдан ошириш чора-тадбирлари тўғрисида. «Халқ сўзи», 2003 йил 28 январь. №23, (3135).

3.И.А.Каримов «Озод ва обод ватан, эркин ва фаровон хаёт приовард максадимиз» Т.: «Узбекистон» 2000.

4.И.А.Каримов Бош мақсадими – жамиятни демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни модернизация ва ислоҳ этишдир. Т.: Ўзбекистон, 2005

5.И.А. Каримов Ўзбекистон XXI – асрга интилмоқда. Т.: Ўзбекистон 1999 й.



6.Вачугов Д.Д. под ред. Д. Д. Вачугова. Практикум по менеджменту: деловые игры. Высшая школа, 2004

7.И.Б. Гурков Стратегический менеджмент организации. М.: ТЕИС, 2004

8.Зуб Анатолий Тимофеевич. Стратегический менеджмент: Теория и практика. М.: Аспект Пресс, 2004

9.Под ред. Львова Д.С.,Гранберг А.Г. Стратегическое управление: регион, город, предприятие. М.:ЗАО «Экономика», 2004

10.Юлдашев Н.К., Болтабоев М.Р., Рихсимбоев О.К., Ганиев Б.О. Стратегик менежмент. Укув кулланма.- Т.: ТДИУ,2003,С.102



11.Н.К. Юлдашев , О.С. Козоков Менеджмент . Т.: Фан, 2004

12.Лепла Д.Ф. Стратегии развития Бренда. М.: 2004

13.Развитие организации и НR-менеджмент. М.: Независимая фирма «Класс», 2004

14.Майкл У. 50 Методик менеджмента. 2004

15.Трэттон Линда Живая стратегия. 2003

16.Попов С.А. Стратегический менеджмент: Видение-вожнее чем знания. М.: Дело, 2003

17.Викханский “Стратегические управление” М, “Экономика” 2003г.

18.А.А.Томпсон, Адж. Стрикленд. “Стратегический менеджмент” М., “Банки и биржи” 2002г.

19.И.Ансофф. стратегически управление М., «Экономика» 1998гг.

20.Клифф Баумен. Основы стратегического менеджмента. М., « Банки и биржи» 1997гг.

21.www.ecsoman.edu.ru - Россия Федерация олий œšув юртларида ўқитилаётган фанлар бўйича ўқув-услубий комплекслар.

22.www.sunny.ccas.ru – Жаҳон кутубхоналари сервери. 45 та мамлакатнинг 1000 ортиқ кутубхоналарига киришни таъминлайди.

23.www.torg.uz

24.www.uzbussines.unitech.uz






Yüklə 137,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə