Tarqatma material.
***** yaproqlari so‘lg‘in,
Oyning porlab chiqishini,
Sarg‘ayib kuzatar dexqonlar.
Tarqatma materialda siz Matsuo Basyoga tegishli U haqidagi xokkusini ko’rib turibsiz. Matsuo o’z taxallusini kulbasi yonida o’sib turgan U sababli olgan.
Savol: U o’rnidagi unlilari bir xil so’zni yozib bering.
Javob: Banan.
Izoh: Asl ismi Matsuo Munefusa bo’lgan ijodkor o’zining ijoddagi taxallusini uyi yonida o’sib turgan banan daraxtidan olgan. Matsuo yaponchada “banan daraxti” ma’nosini beradi. Tarqatmada ham Basyoning banan haqidagi xokkusi berildi.
Manba: 1.
https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/jahon-she-riyati/yapon-she-riyati/matsuo-basyo-1644-1694
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9C%D0%B0%D1%86%D1%83%D0%BE_%D0%91%D0%B0%D1%81%D1%91
Ayrim turkiy davlatlarda va Mug’uliston davlatida milliy parlament U deyiladi. O’zbekistonning oʻtmishi va buguni haqida ekspertlar bilan suhbat uyushtiruvchi YouTube’dagi Nodir Nishonovga tegishli loyiha nomi ham – U.
Savol: U o’rnidagi so’zni yozib bering.
Javob: Qurultoy.
Izoh: Ayrim turkiy davlatlar (masalan, Boshqurdistonda) va Mug’ulistonda parlament – Qurultoy deb nomlanadi. Nodir Nishonov esa YouTubedagi “Qurultoy” podkasti muallifi hisoblanadi.
Manba: 1. https://youtube.com/@QURULTOY?feature=shared
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9A%D1%83%D1%80%D1%83%D0%BB%D1%82%D0%B0%D0%B9
U aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda qurilgani olimlar tomonidan isbotlangan. Masalan, Uning balandligi 100 tirsakga, har to’rttala tomonining uzunligi esa 500 tirsakga teng bo’lgan. Yordam sifatida aytish kerakki, U o’z davrida turdoshlari orasida eng balandi va yettilikning biri edi.
Savol: Uni atoqli ot qatnashgan ikki so’zda aniq yozib bering.
Javob: Xeops piramidasi.
Qabul: Xufu piramidasi.
Izoh: Xeops piramidasi o’z vaqtida eng baland piramida hisoblangan va qadimgi dunyoning yetti mo’jizasidan biri sifatida qayd etilgan. Piramida qadimgi misrliklarga xos bo’lgan tirsak o’lchovi asosida qurilgan.
Manba: 1. https://dzen.ru/a/ZG3saNIZXVaV2qrX
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A1%D0%B5%D0%BC%D1%8C_%D1%87%D1%83%D0%B4%D0%B5%D1%81_%D1%81%D0%B2%D0%B5%D1%82%D0%B0
Xammurapi o’z qonunlari bilan odamlarga to’g’ri yo’lni KO’RSATGAN va shu sababli ham qonunlar U ko’rinishidagi tosh stellalarga o’yib yozilgan. Uning lotincha nomi “indeks” yoki “digitus secundus”.
Savol: U o’rnidagi ikki so’zni yozib bering.
Javob: Ko’rsatkich barmoq.
Izoh: Xammurapi qonunlari ko’rsatkich barmoq ko’rinishida stellalarga o’yib yozilgan. Ko’rsatkich barmoq lotin tilida “indeks” yoki “digitus secundus” deb nomlanadi. Balki ingliz tilida ko’rsatkich barmoq “index finger” deb nomlanishini ham bilsangiz kerak.
Manba: 1. https://dzen.ru/a/Yode8m_Mow-zcbSJ?referrer_clid=1400&sid=19407171541852677
2. https://en.wikipedia.org/wiki/Code_of_Hammurabi
3. https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A3%D0%BA%D0%B0%D0%B7%D0%B0%D1%82%D0%B5%D0%BB%D1%8C%D0%BD%D1%8B%D0%B9_%D0%BF%D0%B0%D0%BB%D0%B5%D1%86
Dostları ilə paylaş: |