Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha prorektor, Professor Teshaev O. R



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə3/6
tarix03.04.2017
ölçüsü0,55 Mb.
#13304
1   2   3   4   5   6

Davosi. Tarqalgan teri qichishishning davosi samarali bo’lish uchun albatta uning keltiruvchi faktorlarni topib yo’qotish lozim. Buning uchun albatta bemorda:

1.teri kasaliklar bor-yo’qligini aniqlash zarur.

2.sistem ichki a’zolar kasalligini bor-yo’qligini aniqlash zarur

3. ozik-ovkat va dori darmon ta’siri bor-yo’qligini aniklab, keyin davolash zarur.
Anal soxa teri qichishishi

Anal soha teri qichishishiga uchragan bemorlar kechalari uyqusizlik va turli xil noqulayliklarga kunikib, bu darddan forig bo’lishlariga xam umid qolmay yashaydilar.

Tarqoq teri qichishishi singari, anal soxa terisi qichishishi xam birlamchi, boshqa kasalliklarga bog’liq bo’lmagan holda, xam ikkilamchi bo’lishi mumkin. Shuning uchun xam, birinchi navbatda dermatofitiyalar, kandidoz, psoriaz, seboreyali dermatit va boshqa kasalliklarni bor-yo’qligini aniqlash zarurki, bular qichimaga sabab bo’lishlari mumkin. Enterobioz - asosan bolalarda uchrab, qichishishiga olib keluvchi omil bo’lishi mumkin.

Birlamchi, anal soxa qichishishiga olib keluvchi sabablardan biri shu soxani axlat massasi bilan kirlanishi (shaxsiy gigienaga rioya kilinmaganida yoki sfinkterni bo’shlig’i sababli, yel kelganda axlat chiqishi, ichak shilliq pardasini osilib chiqishi oqibatida) kuzatiladi. Natijada quyidagicha xalka hosil bo’ladi: qichishish – kashlash – lixenizastiya - qichishishni kuchayishi.

Lixenizastiya uchogini kiska bosqichli, kuchli kortikosteroidli, maxalliy malxamlar yordamida bartaraf etish mumkin. Lekin, asosiy kuch patogenetik omillarni bartaraf etishga qaratilishi zarur.

Orka chikaruv teshigi atrof terisini kashlash. Anal soxa terisida chidab bo’lmaydigan darajadagi teri qichishishi va kashlash asosan kechalari va defekastiyadan so’ng kuzatiladi. Xavotir va emostional zurikishlar qichishishni kuchayishiga sabab bo’ladi. Bemorni holatini, maxalliy, mentolli yoki kamforali spirt bilan namlashlar engillashtirish mumkin.

Shaxsiy gigienaga rioya etmaslik - doimo xojatdan so’ng taxorat kilish zarur. Taxoratdan so’ng talk sepish kerak. Talk kun buyi shu soxadagi kirlanishni uziga suradi. Malxam yoki yogli emulsiyalardan foydalanish qichishishni kuchaytiradi.
Testlar

Metod

Vыyavlyaemaya patologiya

Qonni tekshirish

Kam qonlik(temir etishmaslik yoki surunkali kasallik tufayli)

Polistitemiya

Leykoz

Bir qator allergik kasalliklarda

Qonning hujayraviy tarkibi

Azot, mochevina va kreatinin miqdori

Surunkali buyrak etishmasligi

alaninovoy transferaza, bilirubina, ishqoriy fozfataza ning qondagi miqdori

Birlamchi biliar stirroz, xolestaz, gepatit

Qonda qand miqdori

Qandli diabet

Uroven tiroksina

gipertireoz

Siydikni tekshirish

5- gidroksiindoluksus kislota

Karstinoid sindrom

Qon plazmasi va siydikda dori preparati miqdori

opiat, doriga allergiya

Najasni parazitar gijjalarga tekshirish

Parazitar invaziya

Ko’krak qafasi rentgenografiyasi

Limfoma , o’sma metastazi

Takim obrazom, mojno zaklyuchit , chto v diagnostike kojnыx zabolevaniy pervostepennoe znachenie imeet polnostennыy osmotr bolnogo i detalizastiya jalob. Znanie morfologicheskix elementov kojnoy sыpi , a takje prichin i osobennostey zuda, ustanovlenie svyazi mejdu etimi kriteriyami v sovokupnosti s ostenkoy obщego statusa organizma bolnogo, pomogut opredelit ob’em neobxodimыx konsultatstiy i lecheniya na urovne SVP i u spestialistov razlichnыx profiley.



Тери qичиши

ГЕПАТОБИЛИАР

ТИЗИМ КАСАЛЛИКЛАРИ

Тери касалликлари

Буйрак касалликларида

АСАБ ТИЗИМИ КАСАЛИКЛАРИ

ПСИХИК БУЗИЛИШЛАР

ЭНДОКРИН ТИЗИМИ КАСАЛЛИКЛАРИДА

Хомиладорлик

Гинекологик касалликларда

ОНКОЛОГИК КАСАЛЛИКЛАРДА


Qаrilar kichimasi




Kirish. Dune aholisi kabi O’ZBEKISTON aholisi teri kasalligi umumiy miqdori hajm jihatdan ko’paymoqda. Xusasan allergodermatoz, xashoratli dermatozlar va yiringli va zamburug’li infekstiyalarni tarqalishi keskin ko’paymoqda. Misol uchun, Respublikamizda qo’tir tashhisi Bilan xastalangan bemorlarni intensiv ko’rsatkichi 100 000 aholiga 15,7 holatni ko’rsatmokda, shunisi ahamiyatga loyik-ki 45,4% bolalar tashkil qiladi. Neyrodermatoz va atopik dermatitni tarqalishi bo’yicha yuqori pog’onalarni egallaydi. Vitiligo, qipiqli temiratki, po’rsildoq yara va qizil yuguruk kasalliklari Mamlakatizning turli viloyatlarida uchraydi va shu qatorda sotsial ahamiyatga xam ega, o’rtacha kasalliklar sonini 10-15% tashkil qiladi.

Respublika bo’yicha 5000dan bemorlar hisobga olinib, ulardan 41% vitiligo va 55% qipiqli temiratki bemorlardir.


JYBYuK epidemiologik holati muhim muaommo bo’lib qolmoqda. 2005 yilda JYBYuK bilan kasallanish Respublika bo’yicha 62 mingta holat kuzatilgan, bular orasida urogenital kandidoz (37,3%), trixomoniaz (35%), gonoreya (10%) tashkil qiladi. Zaxm kasalligini stabiligi SAqLAb turgan holda xam zaxm tarqalishi baland. JYBYuK sonidan zaxm kasalligi 6,8% tashkil qiladi

Umumiy amaliyot shifokorini kunlik faoliyati mobaynida terapevtlik, jarroxlik va yuqumli kasalliklar bilan bir qatorda, teri kasalliklari va JYBYuK kup uchraydi. Teri kasalliklarini davolash va profilaktikasida umumiy amaliyot shifokorini urni baland, chunki ular bemor teridagi simptomlarni kuzatib va to’g’ri baho, keyingi vazifani to’g’ri tanlash kerak.


Umumiy amaliyot shifokorini to’liq va mustaqil davolashi mumkin bo’lgan drmatozlar turiga quyidagilar taalluqli: (1 kategoriya) seboreya, sugallar, oddiy xusnbuzar, bitlash, qo’tir, dermatit, asoratlanmagan piodermiya (UzR SSV 535- sonli buyrugi 6.12.2004y) Neyrodermatit, zamburug’li kasalliklar, alopestiya, gush, qipiqli temiratki, tokskodermiya, pigmentli dermatozlar, fotodermatozlar va JYBYuI kabi kasalliklarda UASh tashhis qo’yishni hamda kerak bo’lganda shoshilinch yordam ko’rsatib, mutaxassis dermatologga jo’natishni bilishi lozim. Bemorning keyingi takdiri UAShning bilim va mahoratiga bog’liq.

To’g’ri taktika, erta tashhis va uz vaktidagi ixtisoslashgan da’vo bemorni hayot sifatini oshiradi. Shu sababli Umumiy amaliyot shifokoriga dermatozlarni tashhislash algoritmi va asosiy «prinstip»larini mukammal egallash muhimdir.

Teri kasalliklarining umumiy belgilari


Dermatologiya – terining tuzilishi, vazifalarini me’yorida va patologiyada o’rganibgina qolmay, teri kasalliklarini organizmdagi turli patologik holatlardagi uzaro bog’liqligini, turli kasalliklarning sababi va patogeneziini o’rganib ularni tashhis qo’yishni bilish , davolash, profilaktika tadbirlari uslubini ishlab chiqadi.

Teri va ko’rinuvchi shilliq qavatlar - doimo o’suvchi , differenstiyalanuvchi va regenrastiyalanuvchi to’qimalardan iborat. Bu jarayonlarning buzilishi u yoki bu dermatozlarni rivjlanishiga olib keladi. Bunday holda adapstion-kompensatormexanizmlar teria shilliq qavatlarningme’yoriy funkstiyalarini ta’minlab bera olmaydi.obligat zararlovchilar (konstentrastiyali kislotalar, ishqorlar, nur energiyasining kata dozalari, yuqori xarorat) bundan mustasno. Tashki muxitning doimiy ta’siridan tashqari teri doimo butun organizmning yoki uning ayrim bir tizim asalliklari natijasidan endogen omillari Bilan ta’sirlanib turadi. Bu esa uz navbatida dermatozlarning etiologiya va patogenezi turli xil ekanligidan dalolat beradi.

Shu sababli teri kasalliklar Bilan xastalangan bemorga faqatgina terini zararlanishiga qarab baho berish noto’g’ridir. Dermatozlarga tashhis qo’yishda organizmning umumiy holati , ichki a’zo va tizimlarni holati hamda bemorni ijtimoiy xoli, kasbi, zararli odatlarini inobatga olish kerak.

Teri kasalligi bo’lgan bemorlarni tekshirish boshqa kasalliklarni tekshirishdan prinstipial ajralmaydi, faqatgina maxsus tekshiruvlar Bilan tuldiriladi, masalan teridagi jarayonni to’liq bayon etish. Shu Bilan birga maxsus tashhislash uslublari qo’llaniladi.



Dermatozlarni tashhisiy baholashga sindromal yondoshish.
Dermatozlarni tashhislashda bemorlarni mukammal surab-surishtirish, teri qoplamlari va ko’rinadigan shilliq qavatlarni ko’zdan kechirish va tekshiruvni uz ichiga oladi. Bemor shikoyati va kasallik rivojlanish xususiyatlarini aniqlash birlamchi urin egallaydi.

Teridagi toshma va qichishishlar bemorlarning asosiy shikoyatlaridir. Teridagi patologik o’zgarishlarni turli variantlarda uchrashi va sub’ektiv xislarning xarakteri bir qator sinromlarni farqlashga imkon beradi. Shu sindromlarga asosan ko’pincha uchraydigan dermatozlarni klassifikastiyalash qulay. 3 ta sindrom mavjud:



  1. Teridagi toshma qichima Bilan

  2. Teridagi toshma qichimasiz

  3. Ajralmalar sindromi.

Bemor shikoyatlarini sindromal baholash dermatozlarni tashhislashning birinchi bosqichi bo’lib hisoblanadi.

Teri toshmalarining kliniko-morfologik xususiyatlarini yoki sub’ektiv xislarning (qichima) detallashtirishni baholash ikkinchi bosqichdir.

Bu vazifalar ter iva shilliq qavatlarni umumiy va maxsus terini tekshirish usullari – paypaslash, diaskopiya, skarifikastiya, dermagrafizmni aniqlash kabi mukammal tekshiruvlar natijasida yechimini topadi.
Terini ko’zdan kechirish, toshmalarning morfologik elementlarini aniqlash

Barcha teri qoplamalarining umumiy ko’rigi kunduzi yaxshi yorug’lik tushuvchi ilik xonada o’tkaziladi. Terining rangi, turgori, elastikligi, xarorat va ter ajralishining simmetrikligi, tirnoq va sochlarning holati baholanadi. Og’iz bo’shlig’i shilliq qavatining ko’rigi tiniq yo’naltirilgan elektr nuri yordamida olib boriladi.

Toshma elementlariga alohida ahamiyat beriladi.

Dermatologiyaning Fan sifatida shakllanishi terida yuzaga keluvchi barcha toshmalarni yagona morfologik klassifikastiyasi, ya’ni dermatologik alifbo kiritilgandan so’ng mumkin bo’ldi. Obщeprinyatoe ix tolkovanie , nachavsheesya v XVIII veke, pozvolilo vыdelit dermatologiyu v samostoyatelnuyu nauku , obladayuщuyu sobstvennыmi metodami issledovaniya kojnыx pokrovov, pozvolyayuщego na obщeponyatnom yazыke opisыvat novыe kojnыe zabolevaniya, utochnyat ix osobennosti, sozdavat klassifikastii. Razlichnыe vneshnie vozdeystviya i vnutrennie faktorы riska vыzыvayut v koje bolnogo ryad patologicheskix prostessov, kotorыe chasto imeyut vizualno opredelyaemыe klinicheskie proyavleniya v vide sыpi, sostoyaщey iz razlichnыx elementov. Pravilnaya xarakteristika etix elementov yavlyaetsya osnovoy diagnostiki i uspeshnogo lecheniya kojnыx zabolevaniy.

V dermatologii porajeniya koji prinyato delit na pervichnыe i vtorichnыe.

Pervichnыe morfologicheskie elementы voznikayut kak pervichnaya reakstiya vidimo neizmenennoy koji, slizistoy obolochki polosti rta ili krasnoy kaymы gub. K pervichnыm elementam otnosyatsya:

Barcha teri kasalliklari umumiy organizmning kasalligidir. Shunga kura kasallik belgilari faqat teridagina belib qolmay, turli xildagi umumiy belgilar bilan bir qatorda ichki organlarni asab va boshqa a’zolarni faoliyatini buzilishi bilan birgalikda kechadi. Shunga qarab sub’ektiv va ob’ektiv belgilarni ajratamiz.

Sub’ektiv belgilar bemorlarni shikoyati: og’riq, qichinish, tortishib qolish, paresteziya – sezuvchanlikni kamayishi, badan uvishishi, isitmasi, emon uxlash, asabni buzilishi.

Ob’ektiv o’zgarishlar esa terida toshmalar ko’rinishida namoen bo’ladi. Bu toshmalar yallig’lanib va yallig’lanmasdan utadi.

Teri toshmasi morfologik elementlar deb ataladigan ayrim elementlardan iborat bo’ladi. Bular birlamchi va ikkilamchi elementlarga bo’linadi. Birlamchi – bu qanday bo’lmasin, biror ekzo yoki endogen ta’sirotga javoban birinchi bo’lib, kelib chiqqan reaksiyaga aytiladi. Ikkilamchi eleement birlamchi elementlarning evolyustiyasi natijasida paydo bo’ladi. Ikkilamchi elementlarning xarakteriga qarab ko’pincha birlamchi elementning qanday bo’lgani hakida bilish mumkin. Birlamchi elementning 8 xili bor: dog, tuguncha, do’mbokcha, tugun-infiltrativ elementlar, pufakcha, pufak, yiringli modda, qavarchiq (bo’rtmacha) – ekssudativ.

Xar bir elementning klinik morfologik xususiyatlarini, uning terining kaysi qavatida joylashganini, element evolyustiyasi xarakteri va buning oqibatini bilish zarur.

Birlamchi infiltrativ toshma elementlari


Dog (macula) – terining rangi o’zgarib qolgan joyda paydo bo’ladigan toshma. Yallig’lanadigan va yallig’lanmaydigan bo’ladi.

Yallig’lanadigan dog’lar derma so’rg’ichli qavatidagi yuza tomirlarning vaqtincha kengayishi natijasida paydo bo’ladi. Ular pushti, qizil ba’zan ko’kimtir tusli bo’lib, bosib ko’rilganda yo’qolib ketadi.



Rozeola – kattaligi yasmikdan tortib 15-20 t tangaga boradi.

Eritema – kattaligi kaft bilan baravar va undan kattarok.

Yallig’lanadigan dog’lar ko’pincha asoratsiz yo’qolib ketadi, urnida vaqtincha po’sti kuchib qoladi yoki pigment to’planib turadigan kichikroq joy qoladi. Gush, moxov, dermatit, zaxm kasalliklarida shunday dog’lar ko’riladi.

Yallig’lanmaydigan dog’lar tugma yoki orttirilgan xollar, pes, teleantioektaziyalar (yurak tomir kasalligida, jigar xastaligida).

Pigmentli dog’lar epidermisning bazal qavatida melanin pigmenti kup hosil bo’lishi tufayli paydo bo’ladi. Pigment ortikcha kup bulsada, bu xol giperpigmentastiya dog’lar deyiladi (xollar, sepkil, xloazma), etishmasa depigmentlangan dog’lar (albinizm, pes). Kup pigment to’plangan joyda pigment kamayib qolgan joylarni dog’larni leykoderma deb ataladi.

Gemmoragiik dog’lar kon tomirlar erilganda paydo bo’ladi. Bosib ko’rilganda ular yo’qolib ketmaydi va shu bilan yallig’lanadigan dog’lardan fark qiladi. Bu dog’larga petexiyalar (kattaligi nuqtadek); purpura – tirnoqdek dog’lar; ekximozlar – noto’g’ri shakldagi yirik dog’lar.

Tuguncha (papula) teri satxidan ko’tarilib turadigan bo’shliqsiz element. Papula malpigiy qavatining kalinlashuvi tufayli epidermisdan kelib chiqadi (akantoz) – epidermal papula.

Dermal papula esa yuza tomirlar turi atrofida hujayra infiltrati paydo bo’lishi natijasida dermaga yuzaga keladi. Bundan tashqari epidermo-dermal papulalar uchraydi. Rangi misdek qizil, pushti, kukish qizil bo’lishi mumkin. Katta kichikligi bo’yicha:



  1. miliar – tugnagich boshidek

  2. lentikulyar – yasmidek

  3. nummulyar – 15-20 tiyinli tangadek

Yirik papulalar pilakchalar deb ataladi. Papulalar barxam topganida infiltrati surilib ketadi. Urnida vaqtincha pigmentastiya yoki depigmentastiya qoladi, keyin yo’qolib ketadi, chandiq hosil bo’lmaydi.

Do’mbokcha (tuberculum) – bo’shliqsiz, o’tkir yallig’lanishga alokasi yuk, teri yuzasidan ko’tarilib turadi. Dermaning retikulyar qatlamida hujayra infiltrati to’planib qolishi tufayli kelib chiqadi. Rangi kukish aralash sargish yoki kungir qizil. Kattaligi yasimkdek. Shakli yarimsharsimon. Do’mbokcha infiltratida monostitlar, epitelioid va gigant hujayralar, ya’ni do’mbokcha granulyoma bo’lib hisoblanadi. Keyinchalik do’mbokcha nekrozga uchraydi, keyin yara hosil bo’ladi (kungir qizil korakurt pust bilan qoplanib turadi). Pust tushib ketganidan keyin chandiq qoladi yoki kuruk nekroz va atrofiya. Do’mbokcha zaxm, sil, moxov va boshqa kasalliklarda kuzatiladi.

Do’mbokchani papuladan farki: terida chuqur joylashadi. Papula yara qoldirmaydi, chandiq qolmaydi. Do’mbokcha esa nekroz, yara, chandiq qoldiradi.

Tugun (nodus) – teri damidan ko’tarilib turadigan, bo’shliqsiz, infiltrativ element. Do’mbokchadan farki: katta bo’lishi va chuqur teri ostidagi eg kletchatkasida etadi. Kattaligi olchadan engokkacha va kattarok. Tugun bu granulyomadir, chunki infiltrati limfostitlar, epitelioid va gigant hujayralar to’plamidan tashkil topgan. Tugunning kattik yumshokligi xar xil bo’ladi. Keyinchalik tugun erilib, ichidan ekssudat chiqadi – u elimsimon, kon aralash va yiringli bo’lishi mumkin. Erilgandan keyin urnida yara yamoq yoki chandiq qoladi. Tugun zaxmda, teri silida, moxovda va Borovskiy kasalligida kuzatiladi. Bemorda tugun va do’mbokcha bu kasallikning surunkali tus olganligi ko’rsatiladi.

Birlamchi ekssudativ toshma elementlari – pufakcha, pufak, pustula (modda) va qavarchiq.

Pufakcha (vesicula) – o’tkir yallig’lanish xarakteriga ega, kovakli element, ichi seroz suyuqlik bilan tula. Pufakcha epidermis hujayralari orasida joylashadi yoki derma bilan chegaradosh joyda. Teri satxidan ko’tarilib turadi. Pufakcha yo tangacha bilan qoplanib, surilib ketadi, yoki erilib eroziya qoraqo’tir pust bilan qoplanadi va iz qoldirmasdan tushib ketadi. Yallig’lanib qizarib turgan joyda hosil bo’lgan bir gruppa pufakcha gerpes deb ataladi. Pufakchalar ekzema, dermatit, pufakchali temiratki chilla yara va boshqalarda kuzatiladi.

Pufak (bulla) – ichi kovak ekssudatli element. Joylashishi:


  1. shox qatlam tagida – subkorneal

  2. tikansimon qavat bagrida – intradermal

  3. epidermis bilan derma orasida – subepidermal tarzda

Pufak ichida suyuqlik tiniq yoki loyqaroq, otar leykostit, mikroflora, eritrostit utsa gemmoragik, ya’ni kon aralash bo’lishi mumkin.

Pufak erilib erroziyaga aylanadi va iz qoldirmasdan bitib ketadi yoki pufak ichidagi suyuqlik ko’rib, qoraqo’tir pust qoladi, keyin tushib ketadi.

Pustula modda kovakli element, teri yuzasidan ko’tarilib turadi, ichida ytiring. Pustula tabiatan o’tkir yallig’lanishga alokador. Kattaligi tugnagich boshidan olgandek, yarimsharsimon, yassi, konussimon shaklida. Yuza pastula epidermisda joylashgan, impetito. Chuqur pustula dermada yoki teri osti eg kletchatkasida joylashgan. Pustulalar soch follikulaga nisbatan kay tariqa joylashishiga qarab:


  1. follikulyar – etiologiyasiga qarab stafilokokk (soch follikuli bilan bog’langan).

  2. Nofollikulyar – streptokokk.

Pustula – ko’rib – pust – eroziya – yiringli pust bilan qoplangan, chandiq qolmaydi. Chuqur pustulalar – yara – qoraqo’tir pust – chandiq.

Qavarchiq (urtica) – bo’shliqsiz teri ustidan ko’tarilib turadi. Doim o’tkir yallig’lanish bilan kechadi. Dermaning so’rg’ichli qavatida serozli shish paydo bo’lishi natijasida vujudga keladi. Rangi cheti pushtisimon qizil gardishi bor. Kattaligi nuxotdan tortib katta odamning kaftidek. Qavarchiq iz qoldirmaydi bir necha soat mobaynida yo’qolib ketadi.

Ikkilamchi morfologik elementlar. Ular birlamchi toshmalarni asoratlaridir.


  1. ikkilamchi dog – terida birlamchi toshmadan keyin qoladigan dog. Kattaligi birlamchi toshmalar hajmida. Rangi ok, pushti, qizg’ish tusda. Birlamchi dog tuguncha, pufakcha, pufak, yiringcha, ikkilamchi dog qoldiradi, ular 1-2 xaftadan keyin yo’qolib ketadi. Ikkilamchi dog’lar pigmenti miqdoriga qarab giperxromik, axromik bo’ladi.

  2. Tangachalar (squama) – cheshuyka bu shoxsimon qavatning kuchib tushadigan hujayralari. Ular mayda, kepakka uxshash va yirik, kirib ko’rilsa, og’riqsiz va oson kuchadi – psoriazda, kiyin kuchadi – qizil volchankada. Dog’lar, papula ba’zan do’mbokcha va boshqa elementlar tangachalar bilan qoplangan. Kipiklanish xodisasi asosida parakeratoz va giperperatoz.

  3. Qoraqo’tir pust – qatqaloq (crusta) u birlamchi pufakcha, pufak, yiringcha

va chuqur yaralar kabi toshmalar tarkibidagi tiniq yoki yiringli suyuqlikning kurishi natijasida paydo bo’ladi.

  1. Eroziya – pufakcha yoki yuza pustula erilganidan keyin hosil bo’ladi.

  2. Yara (ulcus) – birlamchi toshmalar tugun, do’mbokcha, usmalar chuqur yarachalar asorati. Derma yoki gipodermada hosil bo’ladigan chuqur nuqson.

  3. Eriklar (fissura) – terining chiziqli nuqsoni, teri uz elastikasini yo’qotganidan yoki o’tkir infiltrativ yalliklanish paytlarida yuzaga keladi.

  4. Chandiq rubest (cicatrix) – terining chuqur nuqsonli joylarining tugun, do’mbokcha, chuqur pustula tartibsiz ravishda qo’shimcha to’qimalar bilan bitishi.

  5. Lixenifikastiya – terining kalinlashuvi. Bunda teridagi chiziqlar anik bilinib, kuruk gadir budur bo’lib kuzga tashlanadi. Teri giperpigmetlanadi. Surunkali yallig’lanish bilan utadigan kasalliklarda neyrodermit, surunkali ekzema va boshqa.

  6. Vegetastiyalar bu xodisa papulalar, yaraning tubidagi ko’pincha teri burmalaridagi so’rg’ichlar va epidermisning usib ketishi.

  7. Ekskoriastiyalar – bu elementtlar terining qichima kasalligida, terining xadeb qashlayverish natijasida paydo bo’ladigan chiziq-chiziq chakalanishi.


Ma’ruza №2


Terining endemik kasalliklari va teri tuberkulyozi. Klinika, taktika, Uash, diagnostika, reabilitatsiya, dispanzerizatsiya.

Teri sili.

Teri sili umumiy organizmdagi sil infekstiyasining bir ko’ri-ni-shi bo’lib, odatda bor ichki a’zolarni tuberkulyoz jaroҳatidan, aksa-riyat ichki superinfekstiyalanish natijasida teriga tarқalib vujudga keladi. Tekshirganda, umumiy tuberkulyozga xos bemorning tashқi ko’rinishi va ichki a’zolar yalliғlanishining obektiv belgilariga қo’shimcha, terida o’ziga xos toshmalar, ya’ni do’mboқchalar borligi aniқlanadi. Teri sili bugungi kunda juda kam uchraydi. Lekin keyingi yillar ko’p davlatlarda ijtimoiy kasalliklarini epidemik ҳolatda oshib ketishi va ular ichida sil kasallikning ҳam ko’payishi albatta ertaga terining spestifik yalliғlanishini, ya’ni teri sili oshib ketishiga keltiradi.

Etiologiyasi. Mycobacterium tuberculosis (Kox ,1882 y.) spirt va kislota ta’siriga juda chidamli tayoқcha bo’lib, bemorning ajralmasida ko’p miқdorda topiladi. Lekin sil kam yuқumli, surunkali, sekin rivojlanib kechadigan kasalliklar guruҳiga kiradi.

Teri silining klinik ko’rinishlari xilma xil bo’lib, ko’proқ mikobakteriyaning virulentligi va uning turi, organizmning immuniteti va kurash қobiliyati, bemorning meҳnat va turmush sharoitlari, ovқatlanish sifati bilan boғliқ bo’ladi.

Teri silini ikki guruҳga ajratadilar:

1. Chegaralangan (sil yugirigi, ya’ni oddiy volchanka, skrofuloderma, so’galsimon, yarali, sil shankr) teri sili.

2. Tarқalgan (papulo-nekrotik, Bazen indurativ eritemasi, lixensimon, milliar tarқalgan volchanka, o’tkir tarқalgan milliar) teri sili.

Amaliyotda, umumiy amaliyot shifokori, bemordagi belgilarga (do’mboқcha) asoslanib sil kasalligini aniқlab yoki borligidan shub-ҳa-lanib, mutaxassisga yuborsa, u katta yordam bergan bo’lardi. Chunki teri silining turlarini bir-biridan ajratish va davolash ko’proқ ftiziatr yoki dermatovenerolog mutaxassislarning vazifasidir.

SIL YuGIRIGI (sil volchankasi)

Sil yugirigi – teri silining eng ko’p uchraydigan turi bo’lib, asosan, yoshlikdan boshlanib, ko’proқ bemorning yuzidagi terisini ja-roҳatlaydi. Ko’p xalқlar, қolaversa olimlar eski davrdan, bu teridagi xunuk jaroҳat o’choғlarini bo’ri ғajigan inson terisiga o’xshatib, kasallikka “volchanka” deb nom berganlar. Shunday қilib, asosiy jaroҳatlar bemorning yuzida bo’lsa, ayrim bemorlarda қo’l-oyoқlarda yoki tanada joylashishi mumkin. Toshmalar odatda avval terida yoki burunning shilliқ pardalarda paydo bo’lib, keyinchalik atrofga tarқalib ketishi mumkin.

Klinikasi. Tuberkulez do’mboқchalari (lyupomalar) chuқur joylashib, boshlanishda sariқsimon-қizil rangli, mayda 2–5 mm kattalikdagi, aniқ chegarali doғ bo’lib ko’rinadi.

Bir necha oylar o’tib, yalliғlanish kuchayadi va do’mboқchalar teri satҳidan aniқ ko’tarilib ko’zga tashlanib turadigan bo’ladilar. Do’mboқchalarni paypaslaganda yumshoқ konsistenstiyaligi aniқlanib ular odatda oғriқsiz kechadi. Vaқt o’tib ular kattalashib bir-biri bilan қo’shilib ketishi mumkin. Do’mboқchani buyum oynasi bilan bosilsa (diaskopiya usuli), yalliғlangan o’choқdagi қon tomirlar қisқarib қonsizlangani oқibatida toshmalar rangi o’zgaradi va sariқ-si-mon-қizil rangli do’mboқchalar ko’proқ oқish-sariқ ko’rinishga ega bo’ladi va olma jelesini eslatadi (olma jelesi simptomi). Ikkinchi tuberkulyozga xos bo’lgan simptom yoki Pospelov A. siptomini (zond tushib ketishi simptomi) aniқlash uchun, o’tmas zond bilan do’mboқcha ustidan bosiladi. Bemor terisida kollagen va elastik tolalari kasallik oқibatida parchalangan bo’lgani uchun ular, epidermisdan o’tgandan keyin, қarshilik ko’rsatmasdan bosilgan zond teriga engil kirib ketishiga asos bo’ladi.

Sil yugirikda va teri silining boshқa turlarida ҳam do’mboқcha keyinchalik yaralanib bitadi yoki қuruқ bitish yo’li bilan surilib, yo’қolib o’rnida chandiқli atrofiya қoldiradi. Chandiқli atrofiya o’choғining terisi nozik, yupқa xuddi ғijimlangan papiros қoғozidek bo’lib, yaltirab turadi. Do’mboқcha o’rnida yara paydo bo’lsa, uning atrof chetlari yumshoқ, osilib turadigan, osti notekis va ko’p miқdorda seroz-yiringli, engil қonab turadigan ajralma ko’rinib turadi. Chandiқlar yuzasida vaқt o’tib, yangi do’mboқchalar vujudga kelishi teri siliga juda xos belgidir.

Sil yugirik kasalligi turli klinik ko’rinishda bo’lishi mumkin va ҳammasida ҳam regionar limfatugun yalliғlanib, kattalashib, bir-biri bilan boғlanib қoladi va bemor oғriқ borligini sezadi.

Sil yugirigi yoshlikda boshlanib, ko’p yillar davomida surunka, vaқti-vaқti bilan o’tkirlashib kechadi va terining anchagina қismini jaroҳatlashi natijasida ko’proқ ikkilamchi infekstiyalanish belgilari va ba’zan o’rnida xavfli o’smalar vujudga kelishi aniқlanib turadi.

Tashxisi.

1. Bemorning tashқi ko’rinishi.

2. Ichki a’zolar tuberkulezi.

3. Teridagi do’mboқchalardan iborat toshmalar va klinik belgilar (olma jelesi va zond tushib ketish simptomlari).

4. Teri biopsiyasi (granulema, kazeoz nekrozi).

5. Sil mikobakteriyalarni izlash.


Differenstial tashxisi:

1. Lepra.

2. Syphilis terciaria tuberculosa.

3. Leishmaniosis cutis.


SKROFULODERMA (Scrofuloderma)

Skrofuloderma yoki kollikvativ teri sili tez uchrab turadigan va ko’proқ yosh bolalar orasida tarқalgan. Kasallik ko’proқ o’pka va boshқa ichki a’zolardagi sil o’choқlaridan teriga ikkilamchi tarқalib, ko’pda limfatik tomirlar bilan boғliқ bo’ladi.

Klinikasi. Skrofulodermada sharsimon, diametri 1–3 sm lik, teri osti yoғ kletchatkasida va ko’proқ limfatik tomirlar yo’nalishi bo’yicha joylashgan tugunlar aniқlanadi. Ularning soni bittadan bir nechagacha etishi mumkin. Ular қattiқ konsistenstiyalik, ҳarakatchan bir-biri bilan boғliқsiz va oғriқsiz bo’ladi. Ustidagi teri o’zgar-magan. Keyinchalik tugunlar kattalashib atrofidagi to’қimalar va teri bilan қo’shilib ҳarakatchanligini yo’қotadi, ustidagi teri ko’kimtir-binafsha rangga kiradi. Vaқt o’tgach tugunlar yumshab, ustidagi teri yupқalashib flyuktuastiya rivojlanadi va bir yoki bir nechta joydan yorilib (svish) ko’p teshikli yaralar paydo bo’ladi. Yaralarning қirralari chuқur va yumshoқ, notekis, osilib turgan bo’ladi va tezda қon қo’shilib ko’p miқdorli yiring ajratishi xarakterlidir. Keyinchalik yaralarda sariқsimon granulyastiyalar paydo bo’lib ustida cho’ntakchalar vujudga keladi va ularning to’қimalari engil parchalanib, uzilib turadi. Yaralar yaxshi bo’lib ustida turli xil o’siқlari bor, notekis xarakterli chandiқlar ҳosil қiladi. Ayrim sabablarga ko’ra kasallik қayta rivojlansa, chandiқ ustida yangi toshmalar vujudga kelishi mumkin. Bemorning umumiy aҳvoli deyarli buzilmaydi.

Differenstial tashxisi:

Syphilis gummosa.

Ectima vulgaris.

Gidroadenitis.

Teri silini davolashda va profilaktikasidagi ҳarakatlar:

1. Umumiy sil jaroҳatlarini izlab butun organizmni davolash (PASK, streptomistin, rifampistin, ftivazid, tubazid);

2. Organizmning umumiy қuvvatini oshiradigan ҳarakat (sifatli ovқatlanish);

3. Atrof muҳitdagi negativ ijtimoiy-iқtisodiy omillar aҳamiyatini bartaraf etishga қaratilishi lozim.


TERI LEYShMANIOZI.

BOROVSKIY KASALLIGI (Leishmaniosis cutis)
Teri leyshmaniozi – endemik, parazitar, yuқumli transmissiv kasallik. Kasallik vujudga kelishi uchun albatta infekstiya rezervuaridan (bemor odam yoki ҳayvon) moskit (infekstiya tashuvchi) қon bilan birga kasallik қo’zғatuvchisini (Leishmania tropica) yutib olishi kerak va keyinchalik bu moskit soғ odamni chaқib unga yuқtirishi mumkin.

Etiologiyasi. 1898 yilda Toshkent ҳarbiy gospital shifokori P.F.Borovskiy tomonidan kasallik қo’zғatuvchisi aniқlangan. Ke-yin-chalik (5 yildan keyin) Ҳindistonning turli shaҳarlarida ishlayotgan ingliz olimlari Leyshman va Donovan, bir-biridan va P.F.Borov-s-kiyning ishlaridan bexabar ҳolda vissteral leyshmaniozi қo’zғatuv-chi-sini aniқlaydilar va ularni nomi bilan u Leishmania donovani deb nomlanadi. Ingliz olimlari P.F.Borovskiyning ilmiy natijalari bilan tanishgandan keyin (1945 y), teri leyshmaniozini қo’zқatuvchisi uchun Borovskiy tanachalari degan sinonim kiritganlar.

Epidemiologiyasi. Leyshmaniozga қarshi kurashdagi yutuқlarning asosiy қismi ҳududimizda xizmat қilgan olimlar va mutaxassislar nomlari bilan boғliқ. Vissteral va teri leyshmaniozining shaҳar turlari to’liқ yo’қotilgan bo’lsa, teri leyshmaniozining қishloқ turi respublikamizda bugungi kunda faқat manbai bor joyda, ya’ni kemiruvchilar yashaydigan cho’l, қumlik voҳalarida uchraydi. Buxoro, Navoiy, Қashқadaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va Қoraқalpo-ғiston respublikasining ayrim cho’l voҳalarida, asosiy infekstiya-ning saқlovchilari ichidan ko’proқ қizil dumli қumsichқoni va nozik oyoқli yumronқoziқ tanildi. Ulardan odamga, қon so’rib olish vaқtida infekstiyani yuқtiradigan, kasallikni tashuvchi bo’lib chivin (moskit) Phlebo-to-mus papatachi topildi. Oldingi yillarda ko’p tarқalgan teri leysh-maniozining bugun kam uchrashining asosiy sababi bo’lib keltiril-gan kasallikni epidemiologik zanjirini aniқlab, uning uzishga қara-tilgan ҳarakatlar bo’ldi.

Klassifikastiyasi. Teri leyshmaniozining shaҳar turi (sinonimlari birinchi tip, kech yaralanadigan, ashxabadka, kokandka, yil yarasi), қishloқ turi (ikkinchi tip, o’tkir nekrozlanadigan, pendinka, murғab yarasi) va uchinchi tip yoki tuberkuloid leyshmaniozini ajratadilar.

Klinikasi. Moskitning қon so’rib terini jaroҳatlagan joyida keyinchalik, inkubastion davri o’tib kasallikka mos toshmalar, ya’ni leyshmaniomalar paydo bo’ladi. Odatda, moskit bir o’tirganda, sak-rab-sakrab terining bir necha joyida қon so’rar ekan va ҳar chaққan joyida keyinchalik leyshmanioma paydo bo’lib, bemorning terisida bittadan bir necha yuz leyshmaniomalargacha bo’lishi mumkin. Leyshmaniomalar soniga қarab epidemiologik ҳolatga baҳo berish mumkin.

Leyshmaniozning қishloқ turi қisқa 2–3 ҳaftalik inkubastion davrdan keyin, terida birinchi kundan, o’tkir yalliғlanish belgilari bilan kechadigan furunkulsimon tugun yoki shaҳar leyshmaniozidagidek do’mboқchalar bilan boshlanishi mumkin. Bu leyshmaniomaning markazidan 1–2 ҳafta o’tgach nekroz ҳosil bo’lib, bu erda notekis, chuқur chegarali yara vujudga keladi. Yaraning shakli noto’ғri oval bo’lib, notekis tubi sarғish-kulrang nekrotik parda bilan қoplangan bo’lishi mumkin. Paypaslaganda yaraning tagida va yaқin atrofida xamirsimon bo’sh infiltrat aniқlanadi. Ayrim ҳolatlarda, қo’shimcha jaroҳat oқibatida bemor oғriққa shikoyat қilishi mumkin. Leyshmaniomadan bir necha santimetr uzoқlikda, mayda ikkilamchi leyshmaniomalar, ya’ni tugunchalar (“bugorki obsemeneniya”) paydo bo’lib, yaralanib va keyinchalik bir-biriga қo’shilib ketishi mumkin. Leyshmaniozning ikki turiga ҳam oғriқsiz regionar limfa tomirlarning yalliғlanishi xarakterlidir va bu tomirlarning ustki қismi notekis-ligi bilan tasbeҳni eslatib turadi (“tasbeҳ simptomi”).

Leyshmaniozning қishloқ turida yaralar tezda (2–3 oy) 4–6 sm va undan kattaroқ bo’lib, atrofida ko’tarilib turgan valiksimon infiltrat (ҳalқa) bilan ajralib turadi. Keyinchalik yara nekrozlardan tozalanib, ustida baliқning қizil tuxumlarini eslatadigan granulyastiyalar rivojlanadi va yuқoriga o’sib ketadi. Bemorda “baliқning қizil ikrasi” simptomiga xos ko’rinish rivojlangani – yaralar tezda yaxshi bo’lib ketishining belgisi bo’ladi.

Yaraning o’rnida paydo bo’lgan chandiқ, ko’p yillardan keyin ҳam bemorning leyshmanioz bilan kasallanganini ko’rsatib turadi. Bu atrofik chandiқ shtamp қo’yilgandek aniқ chegarali, usti tekis va yaltiroқ, chegara қirrasi notekis festonsimon, atrofida vaқtinchalik giperpigmentastiya ҳam bo’lishi mumkin. Shunday қilib o’tkir nekrozlanadigan қishloқ leyshmaniozida birinchi toshmalar vujudga kelgandan to yaralar bitgungacha 2–3 oydan 5–6 oy o’tishi mumkin. Shaҳar leyshmaniozida bu davr o’rtacha 1 yilga teng bo’ladi va oldindan, ko’p xalқlar bu kasallikga “yil yarasi” deb nom berishlariga asos bo’lgan.


Immunitet paydo bo’lishi Shaҳar xili bilan kasallangan bemor қishloқ xili bilan yana kasallanishi mumkin Қishloқ xili bilan kasallangan bemor boshқa kasallanmaydi

Profilaktikasi. Kasallanish faқat yilning issiқ, chivinlar ko’p uchadigan oylarda, ya’ni may – noyabrda uchraydi. Kasallikning oldini olishga қaratilgan turli ҳarakatlar maқsadi faқat keltirilgan epidemiologik zanjirlarni buzishga қaratilishi lozim. Ya’ni, қishloқ leyshmaniozida bu ҳarakatlar infekstiya rezervuari bo’lmish kemiruvchilarni yo’қ қilmoқ zarur yoki infekstiya tashuvchisi moskit-larni yo’қotish kerak yoki soғ odamlarni bu chivindan ҳimoya қilish lozim. Mutaxassis bor imkoniyatlarini va ҳududdagi epidemiologik ҳolatni ko’zda tutib ҳarakat қilishi zarur.

Epidemiologik zanjir

Shaҳar leyshmaniozida:

Kasallangan inson – Moskit – Soғ odam.

Қishloқ leyshmaniozida:

Kasallangan kemiruvchi ҳayvon – Moskit – Soғ odam.

1. Kemiruvchi ҳayvonlarni қishloқ atrof erlarini ko’zdan kechirib, sichқonlar kovaklarini xlorpikrin, stianidlar bilan zaҳarlash usuli bilan yo’қotish.

2. Chivinlarni – ular yashaydigan turғun suv ҳovuzlarni insekti-stidlar (DDT, tiofos, geksoxloran) bilan zaҳarlash.

3.Soғ odamlarni ҳimoya қilish – pashshaxona, repellentlarni («Tayga» malҳami, chinnigul yoғi, dimetilftalat, kerosin, ayrim efir yoғlar) ishlatish.

4. Kasallangan insonda umrbod saқlanadigan immunitet rivojlanganini ko’zda tutib, endemik ҳududlarga chiқib ketishni mo’ljal-lagan (ekspedistiya) odamlarga, bugungi kunda turli emlash usullari taklif қilinyapti.

Davolash. Teri leyshmaniozining bugungi kundagi davolash natijalari қoniқarli emas. Buning asosiy sababi, monomistin amaliyotdan olingandan keyin (toksik ta’sir borligi uchun), boshқa talab-larga javob beradigan spestifik preparat topilmadi. Bemor davolanmasa ҳam, vaқti kelib kasallik o’z-o’zidan o’tib ketishini ko’zda tutganda, shifokorning asosiy vazifasi bo’lib, bemorga – oғriқ bezovta қilsa analgetiklar berish va yaralarni ikkilamchi infekstiyadan ҳimoya қilib antibakterial va antiseptik malҳamlar bilan birga, yaralarni tez berkilib ketishiga қaratilgan vositalar beriladi.

MOXOV (LEPRA)

Moxov – oғir, yuқumli, aniқlanmagan uzoқ inkubastion davr, turli boy klinik belgilar va ko’p ichki a’zolar va sistemalar jaro-ҳat-lari bilan kechadigan odamga xos kasallikdir. Kasallik eski zamondan keng tarқalgan bo’lib odamzodga ko’p қiyinchiliklar keltir-gan. XII–XIII asrlarda Evropa davlatlarida endemiya va pandemiya ҳolatida kechgan va birinchi kurash ҳarakati bo’lib, kasallik belgilari bo’lgan kimsalar shaҳar-қishloқlardan chiқarib yuborilgan va moxovxona yoki moxov қishloқlari vujudga kelgan. Ayrim davlatlarda bemorlarga bo’lgan munosabat undan ҳam daҳshatli bo’lgan. Bugungi kunda ro’yxatga olingan bemorlarning soni 12 mln bo’lib, ularning asosiy қismi Afrika, janubiy-sharқiy Osiyo va Osiyo davlatlarida yashaydi. Kasallik, asosan, bu erdagi aҳolining ijtimoiy va iқtisodiy aҳvoli, madaniy saviyasi past bo’lgan қismida uchraydi.

Etiologiyasi. Moxov қo’zғatuvchisi 1871 yil Hansen tomonidan aniқlangan va 1931 yil unga Mycobacterium leprae hominis nomi berildi. Ular tuberkulyoz mikobakteriyasini eslatadigan, spirt va kis-lota ta’siriga juda chidamli, uzunligi 1,5–6 mikron va kengligi 0,2–0,5 mikronga teng tayoқchalar bo’lib, ko’pincha parallel sigarasimon yoki sharsimon bo’lib joylashadilar. Bugungi kungacha uning sof undirma (kultura)si olinmadi va faқat keyingi yillarda ҳayvonlar--da (bronenosest) eksperimental chaқirish imkoniyati topildi. Bemor, ayniқsa yangi toshmalari bo’lsa juda ko’p miқdorda lepraning қo’zғa-tuv-chisiga ega bo’lib, ularni doimo ajratib turishga munosib bo’ladi. Mikobakteriyalar ko’p miқdorda insonning deyarli ҳamma suyuқliklar va ajramalarida topiladi. Misol burunning shilliқ қavati suyuқligidan bemor bir aksirganda yoki tinch 3–4 minut gapirganda bir necha yuz ming bastillalar atrofga ajralib ketadi. Bastilla tanaga faқat teri yoki shilliқ қavatlar butunligi buzilgan joyidan kirishi mumkin va insonning ҳimoya kuchlari juda kamayib ketgan ҳolda kasallik rivojlanishi mumkin. Bugungi kunda moxov kasalligini kam yuқumli deb tanidilar va uning yuқtirilishi mumkin bo’lgan davrlari bu, asosan, go’dak, kichik yoshdagi bolalik davri deb biladilar.

Klinikasi. Kasallikning inkubastion davri 1–2 yildan to 15–20 yillar va undan ko’proқ ҳam bo’lishi mumkin. Ayrim olimlar, moxovning birinchi klinik toshmalardan oldin prodromal davri borligi va unda revmatoid oғriқlar, paresteziya va gipersteziyalar mum-kinligini eslatadilar.

Moxovning lepromatoz, tuberkuloid va differenstiyalanmagan turlari ajratiladi.

Bulardan eng oғir va yuқumlisi lepromatoz moxov, yaxshi fe’lli tuberkuloid va ular o’rtasida turgan differenstiyalanmagan turi-dir. Oxirgisi, bemorning ichki ҳimoya kuchlarining rivojlanishiga қarab o’zgarib turadi. Ya’ni, қarshilik kuchaysa, kasallik – tuberkuloid turiga, pasaysa – yomon fe’lli lepromatoz turiga o’tishi mumkin.

Moxov kasalligida eritematoz, yaltiroқ, turli kattalikda bo’l-gan ovalsimon doғlar paydo bo’ladi. Tezda ular zang rangli bo’lib, infiltrastiya oқibatida zichlashib boradi va ichida asta-sekin kattalashib boradigan tugunlar ko’zga tashlanib қoladi. Bu moxovning asosiy klinik toshmasi bo’lib leproma deyiladi.

Moxovda, kasallik boshlanish davridan terida sezguvchanlik yo’қoladi. Tekshirilsa bemorda issiқ-sovuқni, oғriқni, bosimni sezish yo’қolgani engil aniқlanadi.

Vaқt o’tib, bemorning қosh, sochlari lateral tomondan tushib ketadi va yaltirab turgan terida rivojlangan infiltratlar orasidagi katta tugunlar bir-biri bilan қo’shilib, usti notekis bo’lib, o’z oғirligidan osilib қoladi. Bu moxov bemorning yuzi juda xarakterli bo’lib, «sher aftini» eslatadigan ko’rinish berib turadi.

Ayniқsa, moxovning lepromatoz turida burun, oғiz, ko’z shilliқ pardalari jaroҳatlanishi ko’p uchrab turadi. Bu erda seroz suyuқliklar ajralishi kamayib to’xtab қoladi va oқibatda burunning toғay қismi jaroҳatlanib ko’tarilib қoladi, ko’zlarni esa butunlay ko’r қilib қo’yadi.

Moxovning tuberkuloid turiga ko’proқ asab sistemasining jaroҳatlanishi va terida yumshoқ do’mboқchalar, gipopigment doғlar, soch to’kilishi ko’rinishi va bemorda terlash xususiyati yo’қolib ketishi xarakterlidir.

Differenstiyalanmagan moxovda ko’proқ eritematoz, gipopigment-li yoki giperpigmentli doғlar bilan, asab tolalarni simmetrik jaro-ҳatlanishi, bemorda paralichlar, kontrakturalar va chuқur atrofik yaralar vujudga keladi.

Moxov kasalligiga tez-tez o’tkirlashib turish xarakterlidir. Asablanish, ichki kasalliklar yoki ikkilamchi infekstiya қo’shilishi, faslga mos o’zgarishlar bunga sabab bo’ladi.

Tashxis. Albatta mutaxassis tomondan to’liқ tekshirilgandan keyin tashxis қo’yiladi.

1. Terining sezgirlik қobiliyatini aniқlash.

2. Bakterioskopiya – burun shilliқ қavatidan, limfatugun punkstiyasi.

3. Gistamin sinamasi – қizarish bo’lmaydi.

4. Minor sinamasi –10% yod surtib, ustidan kraxmal, keyin aktiv ҳarakat. Terlash oқibatida yod terini қora-binafsha rangga bo’yaydi. Moxovda terlash bo’lmaydi.

5. UFOga sinama – giperpigmentastiya bo’lmaydi.

6. Lepromin sinamasi (tuberkulin sinamasiga o’xshash).

Davolash.

1. Sulfon preparatlari – DDS (diamindifenilsulfon), sulfetron, leprosan, promin, diazon.

2. Bemorning oila a’zolarini va boshқa yaқin muloқotda bo’lganlarni tekshirib, kerak bo’lsa profilaktik davo olib borish kerak.

Ma’ruza № 3
Jinsiy yo’l orqali yuquvchi infeksiyalarni sotsial aspektlari, JYo’BUK zamonaviy epidemiologiyasi. Profilaktika choralari, OITS – assotsirlangan kasalliklar, JYo’BUKzamonaviy diagnostikasi – IFA, PZR. JYo’BUKning birlamchi va ikkilamchi profilaktikasi.

Keyingi chorak asr davomida JYBYuK va ularning epidemiologiyasi xaқida bizning қarashlarimiz tubdan o’zgardi.UK6K Ғarbiy Evropa mamlakatlarida bakterial JYBYukasallanishning pasayish fonida, MDX mamlakatlarida axvol achinarlicha қolmoқda. Bunga sabab қilib MDX davlatlarida ro’y berayotgan ijtimoiy iқtisodiy jarayonlar va ushbu mamlakatlarda tibbiyot va tibbiy xodimlarning bozor iқtisodiyoti jarayonlarida 3ta o’zgarish bilan izoxlash mumkin. Birinchidan chuқur demografik va ijtimoiy o’zgarishlar( jinsiy revolyustiya, demografik o’sish, jamiyatning қayta tuzilishi, ishsizlik, axoli migrastiyasi) JYBYukasaliklarning o’sishiga sabab bo’ldi.Ikkinchidan Tibbiyot ilmining rivojlanishi tufayli yangi JYBYukasalliklar қo’zғatuchilari aniқlandi va ularning tashxislash keng қo’llanishni boshlandi. Biroқ ushbu kasalliklarni tashxislash va davolash iқtisodiy sabablarga ko’ra қiyinchilik tuғdirdi.

Uchinchidan OITS-JYBYukasalliklarning oғir turi paydo bo’ldi.

Bugun butun ommaga ma’lumki OIVirusi yuқishi boshқa JBYukasalliklar kabi jinsiy yo’l bilan yuқib,ko’pincha ximoyasiz jinsiy aloқa va bevosita geteroseksual va gomoseksual jinsiy aloқa orқali yuқadi.

Bugun OITS va boshқa JYBYu kasalliklar orasida uzviy boғliklik bor, қachonki JYBYu kasalliklar OIV infekstiyasi bilan zararlanishga sharoit tuғdiradi. Shuning uchun JYBYu kasalliklarning erta tashxizlash va davolash, OIV infekstiyasini oldini olishning eng muxim yo’llaridan biri xisoblanadi.

Shuni takidlab o’tish kerakki respublikada zaxm bilan kasallanishning past statistik ko’rsatkichlari amaldorlarda eyforiya uyғotdi. Shu fonda JYBYuK larning yangi avlodini va OIV infekstiyasi ko’rsatkichlarning birdaniga o’sishi jamiyat e’tiborini tortdi. Bugungi kunda jamiyat va davlatning ushbu muammoni echish uchun birlashtiradigan markazlari yo’қ xisoblanadi.

Natijada respublikaning bir қancha viloyatlarida JYYuBK guruxiga kiruvchi infekstiyalarning o’z vaқtida tashxislash uchun imkoniyati yo’қki, bu o’z navbvtida bepushtlik, xomiladorlikni ko’taraolmaslik, jinsiy ojizlik, xomila va bolaning kasallanishi va bemorning o’limiga olib keladi. Bunda asorat zararlangandan keyin yillar o’tib yuzaga chiқadi.

Birlamchi zveno amaliyot vrachlari va ko’pchilik tor mutaxassislar va o’z amaliyotlarida JYBYuK va ularning asoratlari bilan ko’p to’қnashadilarki, bunda ular kasalliklarning tashxislash va sifatli tibbiy yordami ko’rsatishga to’liқ tayyor emaslar.

Bundan tashқari keyingi 10 yil shuni ko’rsatadiki teri tanosil kasalliklari xizmatida jiddiy muammolar bor. Birinchidan, O’zbekistonda ko’pchilik dermatozlarning butunlay bartaraf қilgan ,yumshoқ shankr va zaxm tarқalishini oldini olayotgan davlat tizimidagi TTKD tomonidan ko’rsatilayotgan dermotovenerologik yordam xozirda ko’p xarajat talab қilishi va axoli tomonidan kam talab қilinishi tufayli ojiz axvolda қolmoқda.

Bunday sharoitlarda kupchilik TTKDlarining material texnik xolati, қishloқ axolisidan ajralib қolishi, tibbiy dori darmonlarning va reaktivlarning etishmasligi, JYBYuKbilan oғrigan bemorlarning stastionarda davolanishi anonim bo’lmasligi bemorlarning TTKDda davolanishdan қochishiga sabab bo’ladi.

Shuni aloxida takidlash kerakki O’zbekistonda OIV infekstiyasi muammosi jiddiylashgan va mutaxasisslarning ma’lumotlariga қaraganda JYBYuKlarning navbatdagi o’sishi kuzatilayapti.

Bularning xammasi JYBYuKlarning tarқalishi va oldini olishni nazorat қilishda yangi yondoshuvlarni izlab topishni talab қiladi.

Boshқa MDX davlatlari kabi O’zbekistonda xam JYBYuKasallanishning extimolligi juda yuқori, bunga sabab қilib ko’rsatilayotgan ijtimoiy iқtisodiy omillarning yaқin yillarda tasirining kamayishi afsuski extimoldan uzoқ xisoblanadi.

O’zbekistondagi axvol shuni ko’rsatadiki OI virusining tez tarқalishi bugungi kunda JYBYuKlarning yuқori darajasi fonida narkotik moddalarning inekstion yo’l bilan istemol қiluvchi shaxslar orasida keng tarқalmoқda.

OIVning tarқalishining keyingi kutilayotgan yo’llaridan biri bu narkotik istemol қiluvchi shaxslar o’rtasida bo’lib, keyin boshқa yo’llar bilan tarқaladi.Aynan shu yo’l OIV tarқalishida keng o’rin tutib, bu yo’l bilan kurashish қiyinchilik tuғdiradi.

Ko’pchilik mamlakatlarning OIV/OITS kurashishdagi tajribasi shuni ko’rsatadiki, vakstinaning yo’қligi, butun umrga infekstiyaning odam organizmida қolishi, ushbu kasallikni davolashda dori vositalarining yo’қligi, kasallik bilan kurashishda davolashdan ko’ra profilaktik chora tadbirlarni қo’llash katta axamiyatga ega ekanligini ko’rish mumkin.

Bularning xammasi birinchi navbatda, JYBYuKasalliklarga va OIV/OITS ga қarshi kurashni shakllantirish O’zbekistonda kritik axvolda ekanligini biz mutaxasislar tushinib, keyin axvolni raxbariyatga etkazishimiz kerak.uning uchun nima қilish kerak?

Xar қanday infekstiyaga nisbatan etiotrop davo yo’қ bo’lgan sharoitda, kasallikga қarshi kurashishda birlamchi va ikkilamchi profilaktika, kasallikning erta tashxislash birinchi o’rinda turadi.

Iқtisodchilarning OIV nisbatan xisoblashlariga ko’ra, bugungi kunda kasallikning oldini olish va nazorat қilish uchun sarflangan xar bir million dollar ertaga 2.7 million dollarni tejaydi.

Agar taxlil қilinsa, soғliқni saқlash tizimining asosan bozor iқtisodiyotining yangi ijtimoiy iқtisodiy sharoitlarida, ojiz zvenolaridan biri bu JYBYuKasalliklarida birlamchi profilaktikadir.

Bunda shuni eslatib o’tish kerakki JYBYuKlarning birlamchi profilaktikasininng vazifasi tibbiyot darajasida bo’lmasdan, davlat darajasida ko’rib chiқilishi kerak.

Bunga misol қilib, maktablarda jinsiy tarbiya va gigiena қoidalariga o’rgatishni aytish mumkin.

Shu bilan birga xammaga ma’lumki JYBYuK va OIV/OITSga қarshi kurashishda birlamchi profilaktika, tepada aytilgan infekstiyalarni yuқish extimollligini kamaytirish maқsadida axoli o’rtasida odamlarning jinsiy tarbiyasini o’zgartirishga katta axamiyat berish kerak.Bunda vrachlar vva tibbiy jamiyat katta rol o’ynashi kerak.

Bugungi kunda O’zbekistonda JYBYuKlarning birlamchi profilaktikasiga қaratilgan samarali milliy dastur deyarli yo’қ bo’lib, dasturning ba’zi komponentlarini ichida jamlagan kichik bir қismgina ishlayapti xolos.

Xozirda asosiy strategik vazifa JYBYuKprofilaktikasida milliy dastur yaratish bo’lishi kerak, vaxolanki ushbu kasalliklar soғlom millatga xavf soladi, Ba’zi tadbirlar agar millat masshtabida kompleks қo’llanilsagina samarali bo’lib, bu dastur 3 ta bosқichda region va joylarda amalga oshiriladi.

JYBYuKlarning profilaktikasi uchun kadrlarni tayyorlash jarayoniga etibor berish kerakki, bu jarayon tibbiyot mutaxasisslari va ijtimoiy ximoya xodimlari, maktab pedogoklari, OO’M, shuniningdek o’smirlar, yoshlar, tavakkal guruxiga mansub narkotik istemol қiluvchi shaxslar va foxishalarni o’z ichiga olishi kerak.

Kadrlar tayorlashni asosiy vazifasi individual yoki aloxid guruxlar darajasida bo’lib, shaxsning xatti xarakatini ijobiy tomonga o’zgartirishga va JYBYuKlarni yuқish xavfini kamaytirishga қaratilgan bo’lishi kerak.

Shaxsni salbiy odatlarini o’zgartirish uchun қaratigan chora tadbirlar:

-JYBYuKlar xaқida ma’lumot.

-Jinsiy xayotning erta boshlanishini to’ғri yo’lga solish, monogamiya yoki tasodifiy jinsiy aloқalar sonini kamaytirish, individual profilaktika uchun kimyoviy vositalar va barier usullardan foydalanish.

-Jinsiy aloқa vaқtida eng xavfsiz yo’llardan foydalanish ( prezervativdan foydalanishni bilish, jinsiy xayot masalasida o’z fikriga ega bo’lish va tashқaridan bo’ladigan bosimlarga bardoshli bo’lish.)

-kerak bo’lganida mutaxassisdan tibbiy yordam olish.

- jinsiy juftini tekshirishga olib kelishni ta’minlash.

- JYBYuKlar belgilari paydo bo’lganda tibbiy mutaxassisga murojat қilish.

JYBYuKlar birlamchi profilaktikasi bo’yicha milliy dastur guruxlar va sostial me’yorlarga, odat va jamiyatning udumlariga mo’ljallangan bo’lib, kompleks yondoshuvni ko’zda tutishi kerak.

Ushbu dasturni amalga oshirishda “Maxalla” fondi bo’limlari va diniy vakillari aloxida o’rin tutadi.

JYBYuKlarni jamiyatda notekis tarқalganligini xisobga oladigan bo’lsak, asosiy profilaktik chora tadbirlarni tavakkal guruxlariga қaratish kerak. Masalan bizning respublikada zaxmning tarқalishi va saқlanib қolishida asosiy o’rinni davlat korxonalarida ishlamaydigan shaxslar va 70% zaxm bilan kasallangan bemorlar tashkil қiladi.

Biroқ aloxida xavfli guruxni infekstiya rezervuari bo’lgan va uni tez tarқalishini ta’minlovchi “yadroli gurux” yoki ko’p sonli jinsiy juftga ega bo’lgan nisbatan kam shaxslar xamjamoasi tashkil қiladi.

Xususan, izlanuvchilar tomonidan JYBYuKni tarқalishida kommercheskiy seks bilan shuғullanuvchi ayollar o’rni keng muxokama қilinadi. Jumladan, Rossiya axolisi kasallanishini umumiy darajasiga nisbatan JKS zaxm bilan 1367 marta, so’zak bilan 515 marta ko’proқ kasallangan. Rossiyada foxishalar sonining o’sishida jamiyatni ijtimoiy iқtisodiy sharoitini sabab deb bilishadi. Shu narsa aniқlandiki, JKS larning ko’pchiligini bu yo’lni tanlashiga sabab iқtisodiy krizis ularni ishdan ayirganligi va қashshoқlikka yuz tutganligidadir.

Shu bilan birga yuқori daromadga ega jinsiy aloқa tijorati yashirincha amalga oshiriladi va ko’p mamlakatlarda noқonuniy xisoblanadi, bu esa u bilan band bo’lgan shaxslarni miқdorini baxolashda қiyinchilik tuғdiradi.

Jumladan, Xalқaro mexnatni tashkil қilish baxolashi bo’yicha

ma’lumotlariga ko’ra Janubiy sharқiy Osiyoning 4ta mamlakatida seks idustriya 90 yillarda 2% ortiқ VVP olib kelgan.Tak, po ostenkam Mejdunarodnoy organizastii truda, seks-industriya prinosila v 90-x godax bolee 2% VVP v 4-x stranax Yugo-Vostochnoy Azii.

Қozoғistonda tekshirishlar shuni ko’rsatadiki 30%gacha katta shaxarlar ko’chalarida ishlaydigan ayollar inekstion narkotik қabul қilishadi. Jinsiy aloқanining15%idagina prezervativ ishlatiladi, 2/3 KS bilan shuғullaadigan ayollarda tibbiy muassalarda ko’rik paytida JYBYuklar aniқlanadi. JYBYuK va OIV dan ximoyalanish xaқida bilimlari esa past darajada xisoblanadi.

O’zbekistonda KS bilan shuғullanadigan ayollar xaқida va ularning kasallanishi xaқida ma’lumotlar yo’қ. Lekin xar yilgi zaxm bilan kasallanish xaқida ma’lumotlarga ko’ra қayta zaxm bilan kasallangan ayollar soni yil sayin oshib bormoқda. Ushbu ko’rsatkich 1997 yil umumiy zaxm bilan kasallanganlarning 51% tashkil қilgan. Zaxm va so’zak bilan oғrigan 14 yoshgacha bo’lgan bolalar o’rtasida o’ғil bolalar va қizlar o’rtasidagi nisbat xar xil regionlarda 3:1dan 11:1 bo’lib mutaxasislar tomonidan bu foxishabozlik ko’rsatkichi deb қaraladi.

Yana 1989 yilda қilingan ish « noijtimoiy xarakatli shaxslarda venerik kasalliklar va OITSni aniқlash va tekshirish ish tajribasi» mavjud bo’lib, unda butun shaxar bo’ylab қilingan reydlar natijasida Toshkent shaxrida 318ta KS bilan shuғullanadigan ayollar,va shulardan 195(61,3%)tasida JYBYuKlar aniқlandi. Jumladan 7 zaxm, 188 so’zak va trixomaniaz.
BMT/OITS ekspertlarining baxolashiga ko’ra respublikada KS xolati baxolangan. Bugungi kunda respublikada taxminan 30mingta KS bilan shuғullanadigan ayollar, shulardan20minggi Toshkent shaxrida.Bunda KSbilan shuғullanadigan ayollar ko’proқ Toshkent shaxri va viloyatiga to’ғri kelib bu regionlarda eng ko’p OIVbilan zararlangan shaxslar ro’yxatga olingan.O’z navbatida bu xolat JYBYuK va OIV/OITSni tez tarқalishida қulay sharoit tuғdiradi.
2001yilda O’zbekistonda 60% қizlar OIV/OITS xaқida ogoxlantirilgan.

Biz tomondan JYBYuKlar bilan oғrigan bemor ayollar va KS bilan shuғullanuvchi ayollar ijtimoiy xarakteristikasi, jinsiy xatti xarakati, ijtimoiy statusi, ularning mijozlarini xatti xarakati, reproduktiv soғligi, JYBYuKlar bilan oғriganligi, JYBYuKlar va OIV/OITS xaқida ma’lumotlari o’rganildi.

Toshkent shaxar TTKD stastionariga ichki ishlar organlari tomonidan 2001-02 yillarda JYBYuKga tekshirinish va davolash uchun 2480 va 2467 shaxs etkazildi, jumladan Қozoғiston (41), Rossiya (23) Ozarbayjon, Moldoviya, Litva, Ukraina (1tadan), Қirғiziston (10), Tojikiston (11), Toshkent viloyati (1023), Toshkent shaxri (3068), Yashash joyi yo’қ daydilar(BOMJ) (90) va O’zbekistonning boshқa viloyatlarida (677), tekshirinishga olib kelinganlarni 331tasi voyaga etmaganlar ekanligi ma’lum bo’ldi.

Olib kelinganlardan 2802 shaxsda xar xil kasalliklar, shu jumladan 17.8% zaxm, 29,2% so’zak, 23,8% trixomaniaz, 29,3% boshқa JYBYuKlar aniқlandi.

Toshkent shaxrida tekshirishga ko’proқ shaxslar Chilonzor (1855), Sirғali (578) TIIB dan etkazildi. Yuқorida aytib o’tilgan Toshkent shaxri tumanlarida JYBYuK va OITS bo’yicha nomaқbul ijtimoiy iқtisodiy va epidemik xolat zaxm bilan kasallanishni yuқori darajasi 1997 yilda Chilonzor tumanida (100 ming axoli soniga 132), Sirғali tumanida (100 ming axoli soniga 220) bilan tasdiқlanadi.

Bunda ToshshaxarTTKD keltirilgan ayollardan saralab OIVga tekshirilganda;2001y 43ta KS bilan shuғullanadigan ayollarda,2002 yilda 93tasida musbat natija bergan.

4 yil ichida (1999ydan 2002ygacha) Toshkent viloyatining shaxar va tumanlari xamkorlik reydlari orқali tekshirilganda 5205ta shaxs tekshirilgan, shulardan 136tasi Zaxm, 176shaxs so’zak bilan oғrishi aniқlandi.Xulosa қilib aytish mumkinki JYBYuKlarga tekshirilganlarni ko’pchiligi Zaxm va so’zak bilan oғrishi aniқlandi. Tekshirilganlarni 6%shaxs JYBYuKbilan oғrishi aniқlandi.

Viloyatda aniқlangan yopiқ pritonlar soni yil sayin oshmoқda (53,73,90,74), oxirgi 4 yil davomida 290, 1955ta pritonlar mijozlari ichidan 21ta zaxm bilan oғrigan bemor va 25ta so’zak aniқlandi.

MDX mamlakatlaridan kelgan yashash joyisiz shaxslar soni ortgan,bu shaxslar bir paytlari yashash joyini sotib O’o’bekistonni tark etishgan bo’lishsa, keyinchalik xech narsasiz O’zbekistonga қaytib kelishgan.

15 yoshdan 34 yoshgacha bo’lgan KS bilan shuғullanuvchi ayollar 186tasi so’roқ қilingan.Shulardan Rus, Ukrainka, tojik, koreyst, evrey, tatar, lekin asosiy қismi (74,2%) maxalliy ayollar.

Shulardan Toshkent shaxrida tuғilganidan beri istiқomat қiluvchi ayollar 7ta, Toshkent shaxrida 3-5 yildan beri yashovchi ayollar 48ta(25,8%) қolgan ayollar (72,1%) vaқtinchalik kelgan ayollar ekanligi aniқlandi.

Shulardan xek қachon oila қurmaganlari 76ta (40,9%), turmushdan ajrashganlari 28ta(15%), bevalar9ta(5%), va fuқorolik nikoxida bo’lganlari 73ta (39,2%).

186ta KS bilan shuғullanuvchi ayollar so’roқ қilinganlar 1-3 yoshdagi bolalari borligi aniқlandi.

Bunda 48,7% ayollarxech қachon nikoxda bo’lmagan.S bilan shuғullanishga undagan sabablariga ko’ra asosiy sabablardan: oilani iқtisodiy axvoligni yaxshilash, ota onasini iқtisodiy қiyin axvolini bartaraf қilish yoki bola tarbiyasi uchun




Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə