Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha prorektor, Professor Teshaev O. R


UChLAMChI VA TUGMA ZAXM. DAVOLASh VA PROFILAKTIKA



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə5/6
tarix03.04.2017
ölçüsü0,55 Mb.
#13304
1   2   3   4   5   6

UChLAMChI VA TUGMA ZAXM. DAVOLASh VA PROFILAKTIKA.


Uchlamchi faol (aktiv) zaxmda – do’mboқchali sifilid (Syphilis tuberculosa) va gummoz sifilid (Syphilis gummosa) lar kuzatiladi.

Klinik ko’rinishi. Do’mboқchali sifilid spestifik infiltrat bo’lib (infekstion granulema), dermaning to’rsimon қavatidan ҳosil bo’ladi. Terida bo’lak-bo’lak yoki guruҳ-guruҳ, oғriқsiz, aniқ chegara-langan, yarimshar shaklidagi, o’lchamlari no’xot kattaligigacha etuvchi do’mboқchalar kuzatiladi. Do’mboқchalar zich-elastik konsistenstiyali, to’қ-қizil, ko’kimtir yoki jigarrang tusli bo’ladi. Do’mboқchalar oylab o’zgarmay saқlanadilar. Ular 2 xil usulda regressga uchraydilar: destrukstiyasiz, atrofik chandiқ ҳosil қilib yoki yaralanib, chuқur chandiқ ҳosil қilib. Ҳosil bo’lgan yara: tekis, chekkalari ko’tarilgan bo’lib, seroz ekssudatli, bitgach o’rnida mozaiksimon chandiқ қoladi va chandiқ atrofi giperpigmentastiya bilan o’ralgan bo’ladi. Do’mboқ-chali sifilidlarning 4 klinik turlari farқlanadi:

– guruҳlanuvchi do’mboқchali sifilidlar (Syphilis tuberculosa aggregata) ko’p uchrovchi klinik tur ҳisoblanadi. Toshmalar guruҳ-gu-ruҳ joylashadilar, periferiyaga o’smaydilar. O’choқdagi do’mboқ-cha-lar ҳar xil rivojlanish bosқichida bo’ladilar, do’mboқchalar o’rnida mozaikasimon chandiқlar ҳosil bo’ladi, chandiқlar bir-birlaridan giperpigmentli ҳoshiyalar bilan o’ralgan bo’ladi.

– o’rmalab yuruvchi do’mboқchali sifilid (Syphilis tuberculosa serpiginosa) turiga do’mboқchalarning guruҳlanishi va ular infiltratlarining bir-biri bilan қo’shilishi xosdir. Undan tashқari do’m-boқ-chalar periferik-eksstentrik o’sadilar va bir vaқtning o’zida yangi do’mboқchalar va do’mboқchalarning destrukstiyasi kuzatiladi. Yaralar mozaikasimon chandiқlar ҳosil қilib bitadi.

– diffuz o’choқli do’mboқchali sifilid (Syphilis tuberculosa diffusa). Maxsus infiltrat to’қ-қizil yoki jigarrang, aniқ chegarali, sidirғa o’choқ ҳosil қiladi, ular bir-necha oy mobaynida yaralanib bitadi, chandiқ ҳosil bo’ladi. Toshmalar, asosan, kaft va tovon soҳalarida joylashadi.

– karliksimon do’mboқchali sifilid (Syphilis tuberculosa nana). Diametrlari 1–2 mm, zich elastik konsistenstiyali, to’қ-қizil do’mboқ-cha-lar dermaning yuza қavatida ҳosil bo’ladi. Do’mboқchalar bir-biridan ajralgan ҳolda, guruҳ-guruҳ joylashib, turli shakllar ҳosil қiladi. Қayta surilib yuza, mayda chandiқlar ҳosil bo’ladi.

Differenstial – Lupus vulgaris.

tashxisi – Lupus erythematodes.

– Carcinoma basocellulare.

– Lepra.


– Tuberculosis cutis.

– Leishmaniosis cutis (ilova – XXVII).

GUMMOZ SIFILID (SYPHILIS GUMMOSA)
Spestifik infiltrat gipodermadan ҳosil bo’ladi va ko’pincha yakka uchraydi. Uning rivojlanishi sekin kuzatilib, oylab davom etadi. Gumma – dastlab uncha katta bo’lmagan, oғriқsiz, қattiқ-elastik konsistenstiyali, ҳarakatchan, no’xot kattaligidagi tugun bo’lib, dermaga o’sib, teri satҳidan ko’tariladi va teri yuzasi қizaradi. Oғriқ bo’lmasligi juda ҳam xarakterli belgi ҳisoblanadi. Etilgan gumma – kam ҳarakatchan, aniқ chegarali, yonғoқdan to tovuқ tuxumidek kattalikda bo’lib, rangi to’қ-қizғish-jigarrang tusga kiradi. Yuzasi-dagi teri yupқalashib, yumshaydi, yuzasida yarali teshik ҳosil bo’ladi, undan esa ko’kimtir-sarғish kleysimon, gummiarabikni eslatadigan ajratma ajraladi. Yorilgan gumma markazida gumma o’zagi bo’lib, u ajragach chuқur, yirik yara kuzatiladi, yara chetlari valsimon ko’taril-gan bo’lib, bir necha oy mobaynida granulyastion to’қima bilan to’lib chandiқ ҳosil қiladi. Ҳosil bo’lgan chandiқ yulduzsimon tortilgan bo’lib, atrofida giperpigmentli ҳoshiyasi bo’ladi. Gummalar nafaқat terida, shilliқ pardalarda, ichki a’zolar (yurak, aorta, jigar, buyrak, oshқozon-ichaklarda) da, suyak-bo’ғimlarda ҳam kuzatiladi.

Differenstial – Ulcus durum.

tashxisi – Tuberculosis cutis.

– Lepra.


– Lipoma.

– Atheroma.

– Pyodermia ulcerosa.

Zaxmni aniқlash diagnostik usullari:

1. Eroziya, yaralar ajratmalari, limfa tugunlari punktatlarini nativ ҳolatda mikroskopik tekshirib Treponema pallidum-izlanadi.

2. Қonning serologik tekshiruvlari:

– komplementlar birikishi reakstiyasi (RSK yoki Vasserman reakstiyalari);

– immunoflyuoresstenstiya reakstiyalari (RIF);

– treponemalarni immobilizastiyalash reakstiyasi (RIBT).

3. Likvorni serologik tekshirish:

– immunoflyuoresstenstiya reakstiyalari (RIF);

– treponemalarni immobilizastiyalash reakstiyasi (RIBT);

– komplementlar birikish reakstiyasi (RSK).

4. Polimeraz reakstiya (PЦR).

5. Gistologik tekshiruvlar (bioptat).

6. Rentgenologik tekshiruvlar, terapevt, otolaringolog, okulist, nevropatolog, pediatr maslaxatlari.

Zaxmni davolash prinstiplari va usullari:

Zaxm kasalligini davolashda қuyidagi asosiy prinstiplarga rioya қilish zarur:

1. Zaxm tashxisi қo’yilgach, zudlik bilan zaxmga қarshi davo bosh-lanishi zarur. Davoni mumkin қadar erta boshlash, davo samarador-li-gining oshishiga, kasallik tarқalishining oldini olishga sabab bo’-ladi.

2. Davo sifatli, faol bo’lishi, ma’lum muddatlarda ulgurilishi zarur. Dori preparatlarini o’z vaқtida va etarli miқdorda (dozada) қilinishini ta’minlash zarur. Bir martalik, sutkali va bosқichli miқdorlari o’z vaқtida, etarli miқdorda bo’lishini ta’minlash zarur.

3. Maxsus davo nomaxsus davo usullari bilan ҳamkorlikda қilinishi, maxsus davo samaradorligini oshiradi.

4. Bemor yoshi, tanasining oғirligi, interkurent kasalliklari-ning bor-yo’қligi, dori-darmonlarning turlarini ko’tara olish, ko’ta-ra olmasliklarini e’tiborga olgan ҳolda davo individuallashgan bo’lishi zarur. Davolash mobaynida davo samaradorligini va bemor bu davoni қanday o’tkazayotganini muntazam ravishda nazorat etib turish zarur. Bu maқsadda bemor klinik-laborator tekshirilib turilishi kerak: sifilidlarning regressi, қon, siydik va serologik reakstiyalar dinamikasi.

Zaxmni davolash zaxm tashxisi қo’yilgach boshlanadi. Zaxmga tashxis esa kasallikka xos bo’lgan klinik belgilari, eroziya yoki yara yuzalaridan olingan surtmadan – kasallik chaқiruvchisini aniқlash va serologik reakstiyalar majmuasi javoblari asosida қo’yiladi.

Zaxmni davolashda maxsus (spestifik) va nomaxsus (nospestifik) davo vositalari қo’llaniladi. Maxsus davo vositalari deb, zaxm chaқiruvchisi – rangsiz treponemalarning ҳalok bo’lishiga olib keluvchi vositalarga aytiladi. Maxsus davo vositalariga penistillin preparatlari, eritromistin, tetrastiklin, oletetrin, vismut va yod preparatlari kiradi.

Penistillin preparatlari. Ko’p yillik amaliy kuzatuvlar va ilmiy-tadқiқodlar natijasida penistillin guruҳi preparatlarining zaxm infekstiyasida shifobaxsh ta’sir ko’rsatishi tasdiқlangan. Penistillin preparatlari zaxmga қarshi yolғiz o’zi yoki vismut preparatlari bilan birgalikda қo’llanilishi mumkin. Agar penistillinning ҳar bir millilitr қondagi miқdori 0,03 TB dan oshsa, bu miқdor davolashga қodir deb ҳisoblanadi.

Benzilpenistillinning natriy, kaliyli tuzining suvdagi eritmasi ҳar 3 soatda, tungi tanaffussiz, mushak orasiga yuboriladi (dori miқdori zaxm tashxisi, davriga boғliқ). Penistillinning shifo-baxsh miқdordagi konstentrastiyasini ta’minlash uchun uni ҳar 3 soat-da yuborish shart. Aks ҳolda dorining қondagi miқdori pasayib ke-tib, treponemalarni o’ldirish xususiyati kamayadi, natijada davo samarasiz bo’ladi.

Vismut preparatlari – bioxinol, bismoverol va pentabismol zaxmni davolashda oldin ko’p қo’llanilar edi.

Bioxinol – vismut, yod va xininning shaftoli moyida eritilgan aralashmasidir. Қo’llashdan avval issiқ suvda isitib, so’ng chay-қatib shpristga olinadi. Mushak orasiga 2 laҳzali usul bilan yubo-riladi. Ҳar kuniga 1 ml ҳisobida, kun ora 2 ml dan yoki ҳaftada ikki marta 3 ml dan yuboriladi. Davolash bosқichining miқdori 40–50 ml.

Bismoverol – monovismutin kislotasining vismutli tuzini shaftoli moyidagi aralashmasi. Ҳar 1 ml aralashmada 0,05 g sof vismut bor. Ҳaftada 2 bor, 1,5 ml dan mushak orasiga, ikki laҳzali usul bilan yuboriladi. Bosқichli miқdori 16–20 ml.

Pentabismol tarkibida 47,9% sof vismut saқlovchi, suvda eruvchi aralashma. Ҳar 1 ml aralashma 0,01 g sof vismut saқlaydi. Kun ora 2,0 ml dan mushak orasiga yuboriladi. Bosқich miқdori 40–50 ml.

Yod preparatlaridan natriy yod, kaliy yod va kalstiy yodlar қo’llaniladi. Bu dori vositalari, asosan, uchlamchi zaxm, ichki a’zolar, sezgi a’zolari zaxmi va kechikkan tuғma zaxmlarni davolashda қo’llaniladi. Yod preparatlari vismut preparatlari bilan ҳamkor-likda tayinlansa, vismut preparatlarining organizmdan chiқishini tezlashtiradi.

Yod do’mboқchali va gummoz sifilidlarning regressini tezlatadi, serologik reakstiyalarning manfiylashishini tezlashtirib, tungi suyaklar oғriғini kamaytiradi. Kaliy, natriy yodning 3–4–5% li eritmalari bir osh қoshiқdan uch maҳal, ovқatdan so’ng, 1–1,5 oy mobaynida қabul қilinadi. Ҳar bosқichga 60–80 g sof yod beriladi.

Zaxmni davolashda maxsus davo bilan bir қatorda nomaxsus davo ҳam қo’llaniladi. Nomaxsus davo, maxsus davo samaradorligini oshirish va organizmning kasallikka қarshi kurashish қobiliyatini oshirishga yordam beradi. Nomaxsus davo – to’liқ, sifatli maxsus davo olishga қaramay serologik reakstiyalarning sekin manfiylashishi yoki umuman manfiylanmasligi uchragan ҳolatlarda (nisbiy yoki absolyut serorezistentlik) ҳamda zaxmning kech davrlarida, neyrovissteral zaxm va yashirin seropozitiv zaxmni davolash boshlanganida қo’lla-nish maқsadga muvofiқdir. Nomaxsus davo maxsus davo bilan birgalikda қo’llaniladi.

Nomaxsus davo sifatida piroterapiya, vitaminlar, oksigenoterapiya, gemotransfuziya, aloe, shishasimon tana va boshқa biogen stimulyatorlar қo’llaniladi.


Davolash usullari.

– Preventiv davo – zaxmning erta (yuқumli) davrlari bilan oғrigan bemorlar bilan jinsiy yoki yaқin maishiy aloқada bo’lgan shaxs-larga, kasallik yuқishining oldini olish maқsadida қo’llaniladi.

– Profilaktik davo zaxmga chalingan ҳomilador ayollarga va ulardan tuғilgan bolalarga (ko’rsatma asosida) o’tkaziladi.

– Sinama davo ichki a’zolar, asab tizimi, sezgi a’zolari, tayanch-ҳarakat apparatlari va boshқa a’zolarda maxsus jaroҳatlanishlar gumon қilinib, ular ishonchli laborator ma’lumotlar bilan tasdiқlanmagan, kasallikning klinik ko’rinishi esa zaxm infekstiyasini inkor қila olmagan ҳollarda tayin etiladi.

So’zak bilan oғrigan bemorlarning kasallik manbalari aniқlanmagan, ularni dispanser nazoratiga olish mumkin bo’lmagan ҳolatlarda zaxmga қarshi preventiv davo o’tkazish zarur.

Birlamchi seronegativ zaxm tashxisi rangsiz treponemalar topilishi (RIT-RIF larni inobatga olmay) va KSR manfiy javoblari asosida қo’yiladi. Yakuniy birlamchi seronegativ zaxm tashxisi davo tugaganidan so’ng қo’yilishi mumkin.

Agarda KSR javoblari bir marta bo’lsada kam musbat natija bergan bo’lsa ҳam, birlamchi seropozitiv zaxm tashxisi қo’yiladi.

O’zbekiston Respublikasining barcha davolash muassassalarida, ya’ni teri-tanosil kasalliklari dispanserlarida zaxmga uchragan bemorlarni davolash 1996 yil 21 avgustida Soғliқni Saқlash Vazirligi tasdiқlagan "Zaxmning davosi, tashxis va profilaktikasi" bo’yicha ko’rsatma (instrukstiya) asosida olib boriladi.

Preventiv davo va birlamchi seronegativ zaxm bilan oғrigan bemorlarni davolash:

a) ambulator davo:

1. Bistillin 1,3 yoki 5, bir martalik miқdori 1200000 TB, 1800000 TB yoki 1500000 TB, ҳaftada 2 marta, bosқichiga 4 in’ekstiya.

2. Ekstenstillin (2,4 mln TB) – 1 in’ekstiya.

b) stastionarda davolash:

1. Penistillinning natriy yoki kaliyli tuzi – 400000 TB sutkada 8 marta (ҳar 3 soatda), 14 kun, bosқich miқdori 44800000 TB

2. Penistillinning novokainli tuzi 600000 TB da, sutkada 2 marta, 14 kun, bosқich miқdori 16800000 TB.
Birlamchi seropozitiv va ikkilamchi yangi zaxm bilan oғrigan bemorlarni davolash:

a) ambulator davo:

1-usul.

Davo penistillinning biron-bir dyurant preparatlari – bistillin-1,3 yoki 5 bilan o’tkaziladi.



Bistillin-1 ning bir martalik miқdori – 1200000 TB.

Bistillin-3 niki 1800000 TB, Bistillin-5 esa 1500000 TB ga teng.

In’ekstiyalar miқdori – 7 ta. Birinchi in’ekstiya to’liқ miқdorda bo’lmay, 300000 TB da ikkinchi in’ekstiyasi esa bir sutkadan so’ng, to’liқ bir martalik miқdorda, keyingilari esa ҳaftada 2 marta қilinadi.

2-usul.


Davolash bistillin – 5 bilan olib boriladi, u 5 kunda 1 marotaba 3000000 Tb da, tashxisiga binoan қuyidagi sxema bo’yicha bajariladi:

– birlamchi seronegativ zaxmda bosқich miқdori 12000000 TB (4 in’ekstiya) ga teng.

– birlamchi seropozitiv zaxmda – 24000000 TB (8 in’ekstiya);

– ikkilamchi yangi zaxmda 30000000 TB (10 in’ekstiya).

3-usul.

Ekstenstillin (2,4 mln TB) bilan davolash: birlamchi seropozitiv va ikkilamchi yangi zaxmda ekstenstillin 2,4 mln TB da, 2 in’ekstiya қilinadi, in’ekstiyalar orasidagi interval 7 kun.



b) Stastionarda davolash:

1-usul.


Davo suvda eruvchi penistillin bilan o’tkaziladi 400000 TB da, ҳar 3 soatda, 16 kun mobaynida, mushak orasiga yuboriladi. Antibiotikning summar miқdori 51200000 TB ga teng bo’lib, 16-kuni oxirgi penistillin in’ekstiyasidan 3 soat o’tgach bir marotaba Bistillin-1,3,5, 4800000 TB da (2400000 Tb dan ҳar ikki dumbaga, ikki laҳzali usul bilan mushak orasiga) yuboriladi.

2-usul.


Suvda eruvchi penistillin, mushak orasiga, ҳar 3 soatda, 400000 TB da, summar miқdorning 1:3 қismiga etgunicha yuboriladi, undan so’ng penistillinning dyurant preparatlaridan biri – bistillin-1,3 yoki 5 summar miқdorga etgunicha қilinadi. Bistillin-1, 1200000 Tb dan. Bistillin-3, 1800000 Tb dan, Bistillin-5 esa 1500000 Tb dan, ҳaftada 2 marta mushak orasiga yuboriladi. Davo bistillin preparatlari bilan ambulator sharoitda davom ettirilishi mumkin, bu davrga kelib, zaxmning faol belgilari yo’қolgan bo’ladi.

Penistillinning summar miқdori қuyidagicha bo’ladi:

– birlamchi seronegativ zaxmda – 44800000 TB;

– birlamchi seropozitiv va ikkilamchi yangi zaxmda – 60000000 TB.


Ikkilamchi қaytalama va erta yashirin zaxm bilan oғrigan bemorlarni davolash:

a) Ambulator davo

1-usul.

Davo – Bistillin-1,3 yoki 5 ning birontasi bilan o’tkaziladi. Bistillin-1, 1200000 TB da, Bistillin-3, 1800000 TB da, Bistillin-5 esa 1500000 TB da, mushak orasiga, ҳaftada ikki marta, jami 14 in’ekstiya қilinadi (birinchi in’ekstiya 300000 TB da қilinadi).



2-usul.

Davo ekstenstillin bilan қilinadi, u 2400000 TB da, 7 kunda bir marta, jami uch in’ekstiya қilinadi.

Ilova: bu usul erta yashirin zaxm bilan oғrigan bemorlarda қo’llanilmaydi.

b) Stastionarda davolash:

1- Usul

Suvda eruvchi penistillin 400000 TB da mushak orasiga ҳar 3 soatda (tunggi tanaffussiz) 28 kun mobaynida yuboriladi. Antibiotikning summar miқdori-89600000 TB ga teng.



2-usul.

Suvda eruvchi penistillin ҳar 4 soatda 1000000 TB da, mushak orasiga, 28 kun mobaynida yuboriladi. Antibiotikning summar-bosқichli miқdori 168000000 TB ga teng.

3-usul.

Penistillinning novokainli tuzi қo’llaniladi, 600000 TB dan, ҳar 12 soatda, 28 kun mobaynida, mushak orasiga yuboriladi. Jami-33600000 TB ga teng.


Kech yashirin zaxm bilan oғrigan bemorlarni davolash:

1-usul: davoni kun ora, mushak orasiga 2 ml bioxinol yuborish bilan boshlab, bioxinol 12–14 ml ga etgach, penistillin preparati ҳar 3 soatda, mushak orasiga 400000 TB da yuborish bilan davom ettiri-ladi. Penistillin 28 kun mobaynida yuboriladi. Bioxinolning umumiy miқdori esa 40–50 ml gacha etkaziladi. Bu usul bilan davolashda bioxi-nol bismoverol bilan almashtirilishi mumkin, u 1 ml dan ҳar kuni, kunora 1,5 ml dan, ҳaftada 2 marotaba yuboriladi, bosқich miқdori – 18–20 ml. Penistillinoterapiya davrida 5 mg dan mushak orasiga, sutkada 2 martadan ximotripsin қo’llash maқsadga muvofiқdar. Ximotripsin antibiotikni a’zo va to’қimalar orasiga kirishini yaxshilaydi.

2-usul: agarda vismut preparatlarini қo’llashga mone’liklar bo’lsa, ikki bosқich, 400000 TB dan ҳar 3 soatda, 28 kun mobaynida penistillinoterapiya o’tkaziladi. Birinchi bosқichdan avval, 10 kun mobaynida eritromistin, tetrastiklin yoki oletetrin 0,5 g, kuniga 4 marta қabul қilinadi. Ikkinchi bosқichda penistillin o’rniga bistillin ishlatish mumkin. Bistillin-1, 1200000 TB da, Bistillin-3 1800000 TB da, Bistillin-5 1500000 TB da, ҳaftada 2 marta, bosқichda 7 ta in’ekstiya қilinadi. Maxsus davo nomaxsus davo vositalari bilan birgalikda olib boriladi.
Vissteral ҳamda uchlamchi zaxm bilan oғrigan bemorlarni davolash:

Vissteral zaxm bilan oғrigan bemorlarni davolash maxsus, nomaxsus va simptomatik preparatlar bilan, terapevt nazoratida olib boriladi.

Vissteral va uchlamchi zaxmni davolash kech yashirin zaxmni davolash sxemasi asosida olib boriladi. Bioxinol bilan davo bosқichiga tayyorlash uzoқroқ (bioxinol 20 ml ga etgunicha) davom etadi.

Kech zaxm gepatitlari, buyrak va siydik yo’llarning maxsus jaroҳatlanishlarini davolashda vismut preparatlari қo’llanil-may-di. Қolgan ҳollarda vismut қo’llash individual ҳal etiladi.

Aorta anevrizmi yoki aortal klapanlar etishmovchiligi kabi zaxm aortiti asoratlarini davolashdan avval bioxinol bilan tayyorlovchi davo boshlanadi: bioxinol 1 ml (3 in’ekstiya) keyinchalik 1,5 ml gacha ko’tarilib (3 in’ekstiya), keyin esa 2 ml gacha yuboriladi. 25–30 ml ga etgach penistillinoterapiya қo’shiladi. Penistillin 50000 TB dan (ҳar 3 soatda) boshlanadi va kunora martalik miқdori oshirib boriladi: 50000-100000-200000-400000 TB. Penistillinoterapiyaning davomiy-ligi 28 kun. Vismut preparatini қo’llashga mone’lik bo’lsa, davo bosқichiga tayyorlash eritromistin yoki oletetrin (0,5 g dan kuniga 4 maҳal) bilan olib boriladi, bu tayyorlash davri 2 ҳafta davom etadi.

Vismut preparatini қo’llashga mone’lik kuzatilganida, ikki bosқichli penistillinoterapiya o’tkaziladi, bosқich davomiyligi 28 kun (ikkinchi bosқichda, davo boshidanoқ martalik penistillin miқdori 400000 TB da bo’ladi).

Agarda penistillin-vismut bosқichidan so’ng kasallikning klinik simpomlari kuzatilsa, қo’shimcha 2 bosқich vismut bilan davolash maқsadga muvofiқ bo’ladi. Bir bosқichda bioxinol (40–50 ml), boshқa bosқichda esa bismoverol (16–20 ml) қo’llaniladi.

Vissteral zaxmning maxsus davosi, jaroҳatlangan a’zoning funkstio-nal ҳolatini nazorat etib borish (қon, siydik analizlari, biokimyo-viy sinamalar, қoning қuyulish sistemasi ko’rsatkichlari, EKG va boshқalar) bilan birgalikda olib boriladi.


Ҳomiladorni maxsus, profilaktik va

preventiv davolash


Ҳomilador ayollarda zaxmning erta davrlari tashxis қi-lin-sa, ular zaxmning erta davrlarini davolash sxemasi bo’yicha davolanadilar. Penistillinoterapiya bilan birgalikda teonikolni 0,15 g dan 3 maҳal ovқatdan so’ng ichish tavsiya etiladi. Teonikol ҳomila қonida penistillin kontrastepstiyasining oshishiga yordam beradi.

Tuғma zaxm profilaktikasi maқsadida ҳomiladorlar, ҳomila-dor-lik davrida ikki marta serologik nazoratdan o’tishlari ko’zda tutilgan: ҳomiladorlikning birinchi yarmida (akusher-ginekologga ҳomiladorlik bo’yicha ro’yxatga turish uchun murojaat etgan davrda) va ҳomiladorlik-ning ikkinchi yarmida (6–7 oylik davrida, dekret ta’tiliga chiқishdan oldin). Noқulay epidemiologik ҳolatlarda, soғ-liқ-ni saқlash tashkilotlari қaroriga ko’ra, ҳomiladorlar 3 marta sero-logik nazoratdan o’tishlari shart. Uchinchi serologik nazorat tuғishdan avval o’tkaziladi. KSR musbat bo’lgan ҳollarda, differenstial tashxis RIT va RIF reakstiyalari ҳomiladorlar klinik serologik nazoratda bo’lib, ҳar oyda KSR, RIT va RIF ga tuғgun-la-rigacha va tuғganlaridan so’ng 3 oy mobaynida tekshirilib turadilar. Ayrim ҳollarda RIT va RIF ga tekshirishning iloji bo’lmasa, KSR қayta tekshiriladi va o’ta musbat javobi olinsa klinik belgilari bo’lmasa yashirin zaxm tashxisi қo’yiladi. Қayta kam musbat javob olinsa, ҳomiladorlik sababli nochin musbat KSR javobi ekanligi isbotlangunicha, ҳomilador ayollar klinik-serologik kuzatuvda bo’ladilar.

Biologik nochin musbat javoblari, asl musbat serologik natijalardan farқlash uchun ҳomilador ayol қonini TTKITI-markaziy serologiya laboratoriyasida RIF abs bo’yicha treponema-spestifik A,M,G immunoglobulinlariga tekshirish zarur. Bunda treponema-spestifik immunoglobulinlarning barcha tiplarini aniқlanishi ҳomilador ayolda zaxm infekstiyasi bor ekanligini tasdiқlaydi.

Davodan so’ng KSR turғun negativastiyaga uchragan ayollarda (ҳomiladorlikdan avval, kamida bir yil mobaynida manfiy javoblar kuzatilgan) tuғma zaxm profilaktik davosi o’tkazilmaydi. RIT va RIF keskin pozitiv saқlangan va negativastiyaga tendenstiya kuzatilmagan ayollarda tuғma zaxm profilaktik davosi o’tkaziladi.

Preventiv zaxmga қarshi davo olgan ayollarga, ҳomiladorlik davrida profilaktik davo o’tkazilmaydi. Ҳomiladorlarga profilaktik davo қuyidagi usullarda қilinadi:

1-usul.


Penistillinni ҳar 3 soatda (sutkada 8 marta) 400000 TB da 14 kun mobaynida yuboriladi, bosқichli miқdori 44800000 TB ga teng.

2-usul.


Benzilpenistillinning novokainli tuzi 600000 TB da, sutkada 2 marta, 14 kun mobaynida yuboriladi. Bosқich miқdori 16800000 TB da.

3-usul.


Bistillin-1,3 yoki 5 қo’llaniladi. Bistillin-1 1200000 TB, Bistillin-3 1800000 TB, Bistillin-5 1500000 TB da, ҳaftada 2 marta, bosқichiga 7 in’ekstiya.

Agarda maxsus davo ҳomiladorlikning dastlabki oylarida қilingan bo’lsa, profilaktik davo ҳomiladorlikning 6–7 oylaridan kechiktirilmay o’tkazilishi zarur.

Agarda ҳomiladorlikning so’nggi oylarida maxsus davo o’tka-zilsa, profilaktik davo tanaffussiz, uzluksiz davom ettiriladi.

Ҳomiladorlarni maxsus davolashda penistillin preparatlariga mone’lik bo’lsa, eritromistin қo’llash mumkin emas, eritromistin ҳomilador ayolga samarali ta’sir etsada, yo’ldosh orқali etarli darajada o’ta olmaydi va tuғma zaxmning oldini olmaydi. Tetrastiklin tuғma zaxmning oldini olsada, ҳomila suyak tizimlari va tishlarida to’planadi. Yuқoridagi omillarni inobatga olgan ҳolda, ҳomilador-larni davolashda oksistillindan foydalanish maқsadga muvofiқdir. Oksistillin 100000 TB da, mushak orasiga, ҳar 6 soatda kasallik davriga қarab, 14 yoki 28 kun mobaynida yuboriladi.

Ҳomilador ayollarni davolash "preventiv davolash" sxemasi asosida o’tkaziladi.
Bolalarni zaxmga қarshi maxsus va

profilaktik davolash


Bolalarni preventiv, profilaktik va maxsus davolash penistillin preparatlari bilan amalga oshiriladi. 2 yoshgacha bo’lgan bolalarda penistillinning natriyli yoki novokainli tuzlari қo’llaniladi, 2 yoshdan kattalarga esa shular bilan bir қatorda, bistillinlar ҳam қo’llash mumkin. Penistillinning (natriy yoki novokainli tuzlari) sutkali miқdori 6 oygacha bo’lgan bolalarga 100000 TB/kg ҳisobida, 6 oydan 1 yoshgacha bo’lganlarga 75000 TB/kg, 1 yoshdan kattalarga esa 50000 TB/kg ҳisobida tayinlanadi. Kunli miқdor, suvda eruvchi penistillin uchun 6 ta teng bir martali miқdorga, novokainli tuzi esa teng 2 martali miқdorga bo’linadi (natriyli tuzi ҳar 4 soatda, novokainli tuzi esa ҳar 12 soatda yuboriladi).

Bistillin-1,3 yoki 5 300000 TB da, bir sutkada bir maҳal yuboriladi. Bemor dorini yaxshi қabul қilsa, bir necha in’ekstiyadan so’ng kuniga 1 marta 600000 TB dan (ҳar ikkala dumbaga 300000 TB dan) yuborishga o’tish mumkin.

Preventiv davo 2 ҳafta, profilaktik davo 2–4 ҳafta, erta tuғma zaxmda maxsus davo 4 ҳafta, kech tuғma zaxmda antibiotiklar bilan birgalikda vismut preparatlari қo’llanilib 4 ҳafta davom etadi.

Bolalarda orttirilgan zaxmning yangi turlari 2 ҳafta, ikkilamchi restidivli va erta yashirin turlari 4 ҳafta davolanadi.

Penistillin қo’llashga mone’lik bo’lsa, oksastillin va ampistillindan foydalanish mumkin.

Oksastillinni қuyidagi sutkali miқdorda, mushak orasiga yuborish tayinlanadi: chaқaloқlarga 20–40 mg/kg, tana vazniga nisbatan, 3 oygacha bo’lgan bolalarga 200 mg/kg, 3 oydan 2 yoshgacha sutkada 1,0 g, 2 yoshdan kattalarga sutkada 2,0 g.

Oksastillinni ichish uchun ҳam tayinlash mumkin:

Ovқatdan 1 soat avval yoki 2–3 soat keyin: chaқaloқlarga 90–150 mg/kg, vazniga nisbatan, 3 oylikkacha 200 mg/kg, 3 oydan 2 yoshgacha sutkada 1,0 g, 2 yoshdan kattalarga esa sutkada 2,0 g.

Ampistillinning natriyli tuzi, mushak orasiga қuyidagi miқdorda қo’llaniladi: chaқaloқlarga 100 mg/kg, қolgan bolalarga esa 50 mg/kg, maksimal sutkali miқdori 2,0 g. Sutkali miқdor 4–6 in’ekstiyaga bo’linadi.

Polusintetik penistillinlarga mone’lik bo’lsa eritromistindan ҳam foydalanish mumkin: 1 yoshdan 3 yoshgacha sutkada 0,4 g miқdorda, 3–6 yoshda 0,5–0,75 g, 6–8 yoshda 0,75 g, 8–12 yoshda sutkada 1,0 g gacha.

Allergik reakstiyalarning oldini olish maқsadida davodan oldin va davolash mobaynida bemorlarga kalstiy preparatlari va antigistaminlar tayin etish zarur. Davo boshlanganidan 2–3 kun o’tgach va davo yakunida қonni KSR ga tekshirish zarurdir.

Bolalarni profilaktik davolash


Onalari ҳomiladorlikkacha zaxm bilan kasallangan va to’liқ maxsus davo olgan, KSR turғun negativlashgan ayollardan (bir yildan ortiқ vaқtdan beri KSR manfiy bo’lgan) tuғilgan bolalar klinik serologik ҳamda dispanserda vrach nazoratiga olinmaydilar. Zaxm bilan oғriyotgan yoki oғrigan ayollardan tuғilgan bolalar klinik serologik tekshiruvdan o’tishlari (2,5–3 oyliklarida) zarur.

Bunday bolalarni tekshirishda қuyidagilar bo’lishi shart: pediatr, okulist, dermatovenerolog, nevropatolog, otolaringolog masla-ҳa-ti (konsultastiyasi), қonni KSR, RIT va RIF ga tekshirish, қo’l-oyoқ naysimon suyaklarining rentgenogrammasi. Klinik-nevrologik o’zgarishlari kuzatilsa, orқa miya punkstiyasi қilish kerak bo’ladi.

Onalari ҳomiladorlik davrida profilaktik davo olgan (shu jumladan serorezistentli onalar) va ulardan tuғilgan bolalarda klinik, serologik va rentgenologik zaxm belgilari bo’lmasa, bunday bolalarga profilaktik davo tayinlanmaydi, ammo 1 yil mobaynida turar joy TTKD da dermatovenerolog nazoratida bo’ladilar.

Onalariga profilaktik davo o’tkazish zarur bo’lgan, ammo olinmagan ҳamda to’liқ maxsus davo olmagan onalardan tuғilgan bolalar 2 ҳafta davomida profilaktik davo olishlari zarur.

Zaxm bilan oғrigan, lekin davolanmagan ayollardan tuғilgan bolalar 4 ҳafta mobaynida profilaktik davoni erta tuғma zaxmni davolash sxemasi bo’yicha oladilar, bolalarda klinik, serologik va rentgenologik kasallik belgilari bo’lmasa ҳam.

Agarda bola 1 yoshdan oshgan va birinchi bor tekshirilayotgan bo’lib, tekshiruv natijalari manfiy bo’lsa bunday bolalarga davo tayin etilmaydi. Gumonli ҳollardagina 2 ҳafta mobaynida penistillinoterapiya tavsiya etiladi.


Tuғma zaxm bilan oғrigan bolalarni

maxsus davolash


Erta tuғma zaxm bilan oғrigan bolalar benzilpenistillinning natriyli yoki novokainli tuzlari bilan stastionar sharoitida, 28 kun mobaynida (bir martali, sutkali miқdori yuқorida ko’rsatilgan tartibda) davolanadilar.

Kech tuғma zaxm bilan oғrigan bolalar penistillin bilan birga vismut preparatlari yordamida (kattalarda kech yashirin zaxmni davolash usuliga o’xshash) davolanadi. Davo bioxinol bilan boshlanib, u ҳaftada ikki marotaba, yoshiga nisbatan tayinlanadi.

12-jadval

Kech tuғma zaxm bilan oғrigan bolalarni davolashda vismut

preparatlarining bir martali va bosқichli miқdori

Yoshi Bioxinol (ml) Bismoverol (ml)

Bir martali miқdori Bosқichli miқdori Bir martali miқdori Bosқichli miқdori

3 yoshgacha 0,5–1,0 12,0–15,0 0,2–0,4 4,0–4,8

3–5 yoshda 1,0–1,5 15,5–20,0 0,4–0,6 6,0–4,8

6–10 yoshda 1,0–2,0 20,0–25,0 0,4–0,8 8,0–10,0

11–15 yoshda 1,0–2,0 25,0–30,0 0,6–0,8 10,0–12,0

Bioxinolning bosқichli miқdorini 1/4 қismiga etgach to’x-tati-lib, penistillinning natriy yoki novokainli tuzini in’ekstiya қi-li-shiga o’tiladi. Sutkali miқdori – go’dak tana vazniga nisbatan ҳi-sob-la-nadi. Penistillinoterapiya 28 kun davomida o’tkaziladi. Penistil-linoterapiya tugagach vismut preparati bosқich miқdoriga etgunicha davom ettiriladi.

Penistillinoterapiyaga mone’lik bo’lsa, oksastillin, ampistillin yoki eritromistin tayin etiladi. Bemorlarga nistatin va antigistaminlar ҳam tayin etiladi.

Orttirilgan zaxm bilan oғrigan

bolalarni davolash

Davo kattalar zaxmini davolash prinstipi asosida, penistillin preparatlari bilan o’tkaziladi. Antibiotiklarning sutkali miқ-dori shu bobning boshida ko’rsatilganidek ҳisoblanadi.

Birlamchi va ikkilamchi yangi zaxmda davo 14 kun, ikkilamchi restidiv va yashirin zaxmda 28 kun davom etadi. Orttirilgan kechki yashirin zaxm kech tuғma zaxm davosi kabi o’tkaziladi.

Davo tugaganidan keyingi klinik-serologik nazorat.

Zaxmning erta turlari bilan oғrigan bemorlar bilan yaқin maishiy yoki jinsiy aloқada bo’lib preventiv davo olgan bolalar va kattalar 3 oydan so’ng bir marotaba klinik-serologik tekshiruvdan o’tishlari kerak.

Agarda preventiv davo zaxm bilan oғrigan bemor қoni қuyilgan kimsaga o’tkazilgan bo’lsa, nazorat bir yil davom etadi.

Birlamchi seronegativ zaxm bilan oғrigan bemorlar 6 oy, ҳar kvartalda klinik-serologik nazoratda bo’ladilar.

Birlamchi seropozitiv va ikkilamchi yangi zaxm bilan oғrigan shaxslarda KSR negativastiyasi, davolash davrida yoki davodan so’ng 3 oy mobaynida kuzatilgan bo’lsa, ular 1 yil mobaynida klinik-serologik nazoratda bo’lishlari kerak. KSR negativastiyasi sust kechsa (3 oydan 1 yilgacha) nazorat 2 yilgacha davom etadi.

Ikkilamchi restidiv, uchlamchi, yashirin (erta, kech, aniқlanmagan) vissteral va neyrosifilisda 3 yil dispanser nazorati ko’zda tutilgan. Klinik-serologik nazorat 2 yil ҳar kvartalda, uchinchi yili esa ҳar yarim yilda o’tkaziladi.

Agarda KSR, RIT va RIF (manfiy natijalar 6 oydan so’ng ҳam tasdiқlansa) negativastiyasi 3 yildan oldinroқ kuzatilsa, pastient muddatdan avval dispanser ҳisobidan o’chirilishi mumkin.

Serorezistentli shaxslar, mutaxasisslar tekshiruvlari yakuni ijobiy bo’lsa, 5 yil klinik-serologik nazoratda bo’ladilar. Vrach bu muddatni uzaytirishi mumkin.

Onasi kasalligi tufayli, profilaktik davo olgan bolalarning bir yil davomida nazoratda bo’lishlari tavsiya etiladi. Profilaktik davo olmagan bolalar ҳam bir yil nazoratda turadilar.

Erta yoki kech tuғma zaxm bilan maxsus davo olgan bolalar 3 yil klinik-serologik nazoratda bo’ladilar. Dastlabki 2 yil ҳar kvartalda, uchinchi yili esa ҳar 6 oyda KSR tekshiriladi.

Orttirilgan zaxm bo’yicha davolangan bolalar ҳam kattalar kabi klinik-serologik nazoratda bo’ladilar.

Klinik yoki serologik restidiv kuzatilganlar terapevt (ko’krak қafasi rentgenografiyasi bilan), nevropatolog, okulist, otolarin-go-log tekshiruvidan o’tib, orқa miya punkstiyasi қilinishi zarur. Ikki-lamchi restidiv zaxmni davolash usularidan biri bo’yicha, nomaxsus davo bilan birgalikda davolanishlari shart.

Zaxmning erta davrlarida davolangandan so’ng, bir yil mobaynida RSK treponem va kardiolipin antigenlari bilan turғun, o’ta musbatligicha қolib, reaginlar titri kamayishi kuzatilmasa, bunday ҳollarda serorezistentlik deb baҳolanadi. Bunday ҳollarda қo’shim-cha davo tayin etiladi.

Agarda to’liқ davodan so’ng bir yil o’tsa va RSK negativastiyasi kuzatilmay, reaginlar titri kamayishi (kamida 4 martaga) kuzatilsa yoki RSK o’ta musbatdan kam musbatgacha kamaysa, bunday ҳolatlar kechikkan seroreakstiyalar negativastiyasi deb baҳolanadi va kuzatuv yana 6 oy davom etadi.

Agar shu davr ichida ҳam KSR negativastiyasi kuzatilmasa, қo’shimcha davo o’tkaziladi. Bolalarda serorezistentlik masalasi davodan so’ng 6 oy o’tgach ҳal қilinishi maқsadga muvofiқdir. Shu davr ichida KSR negativastiyasi kuzatilsa, davosiz yana 6 oy kuzatiladi.

Қo’shimcha davo stastionarda, penistillinning yuқori miқdorida, nomaxsus davo bilan birgalikda o’tkaziladi. Benzilpenistillin mushak orasiga 1000000 TB miқdorida, sutkada 6 marta, 28 kun, nomaxsus davo bilan birgalikda қilinadi. 1–2 bosқich vismut preparat-la-ri қo’llash (agar avval қo’llanilmagan bo’lsa va mone’lik bo’lmasa) maқsadga muvofiқ bo’ladi.

Ambulator sharoitda қo’shimcha davo, bistillin (1-3-5) lardan birini 10 in’ekstiyasi қuyidagicha: bistillin-1 1200000 TB, bistillin-3 1800000 TB yoki bistillin-5 1500000 TB da, ҳaftada 2 marta nomaxsus davo vositalari bilan birga қilinadi.

Bolalarga қo’shimcha davo stastionar sharoitida қilinishi zarur. Penistillin 28 kun mobaynida, sutkali miқdori ko’rsatmada bayon etilgan miқdorda, nomaxsus davo bilan birgalikda va vismut preparatlari ҳamkorligida қilinadi.

Қo’shimcha davo samara bermasa, қayta қo’shimcha davo tayin etil-maydi. Klinik-serologik nazorat muddati asosiy davo olib bo’lgan davrdan ҳisoblanadi.

Kechki zaxm turlari to’liқ davolanganidan so’ng, KSR musbatligi saқlanaversa serorezistentlik masalasi қo’yilmaydi, қo’shimcha davo topilmaydi.

RIT va RIF (IFA, RPGA) zaxmni ҳar turli formalari davolan-ganidan 6 oy o’tgach va ҳar yili, ҳisobdan o’chgunicha tekshiriladi.


Dispanser ҳisobidan o’chirish
Barcha bemorlar (zaxmning ҳar xil turlari bilan) klinik-sero-logik kuzatuv oxirida, to’liқ klinik (terapevt, nevropatolog, oku-list, otolaringolog ko’rigi) va rentgenologik tekshiruvdan o’tish-la-ri kerak.

Erta va kech neyrosifilis bo’yicha davolanganlar, davolangunicha likvorologik tekshiruvlarda u yo bu darajada likvor patologiyasi aniқlangan shaxslar va turli mutaxasisslar ko’rigida davolanganlik me’zonida gumon bo’lgan shaxslar, dispanser ҳisobidan o’chishlaridan avval likvorologik tekshiriluvlari zarur. Likvorda RIF-abs bo’yicha immunoglobulin A, M, G aniқlanishi kerak. Bunda, likvor tarkibidan maxsus Ig A, M, G topilsa neyrosifilis tashxisi қo’yiladi, faқatgina immunoglobulin G topilsa, bunday ҳolat organizm rangsiz treponema bilan infekstiyalangan deb baҳolanadi.

Tuғma yoki orttirilgan zaxm bo’yicha davo olgan bolalarni dispanser ҳisobidan o’chirishdan avval қuyidagi mutaxasisslar kon-sul-ta-stiyasi zarur: pediatr, nevropatolog, okulist, otolaringolog. Nay-si-mon suyaklari rentgenogrammasi (anamnezida maxsus suyak patolo-giyasi bo’lsa) ҳamda KSR, RIT va RIF ga tekshirish.

Davolanganliklari me’zoni sifatida қuyidagilarni inobatga olish kerak:

a) o’tkazilgan davoning sifati va uning ko’rsatma (instrukstiya)ga binoan қilinganligi.

b) klinik (teri, shilliқ pardalari, ichki a’zolari, asab tizimi va sezgi a’zolari) ҳamda rentgenologik tekshiruvlar ҳaқidagi ma’lu-motlar.

v) laborator tekshiruvlar (serologik, ko’rsatma bo’lsa likvo-rologik) natijalari.

Zaxmni boshdan kechirgan, to’liқ maxsus davo olgan, lekin sero-lo-gik reakstiyalari pozitivligicha saқlanayotgan shaxslarni, dispanser ҳisobidan o’chirishda klinik-katamnestik, serologik tekshiruv-lari- natijalarini e’tiborga olish zarurdir. Қondagi serologik reak-stiyalarni interpritastiya қilishda KSR, RIT va RIF dan tashқari RIF-abs da immunoglobulin A, M, G larni aniқlash tavsiya etiladi. Bunda қon tarkibidan A, M, G maxsus immunoglobulinlarining aniқlanishi organizmda zaxm infekstiyasi mavjudligidan dalolat beradi, faқatgina immunoglobulin G aniқlanishi esa immunologik esdalik ҳisoblanadi.

Bolalar muassasalari, umumiy ovқatlanish korxonalarida ish-lovchi, zaxm bilan kasallanib stastionarda davolanganlar, bo’limdan yozib yuborilgach, ambulator davolanganlar esa klinik belgilari to’-liқ yo’қolgach ishga ruxsat etiladilar.

Orttirilgan zaxm bilan kasallanib, davo olgan bolalar, davo tugagach, bolalar muasassalariga қatnashlari uchun ruxsat etiladilar.



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə