(sirtqi bo’lim, texnologik ta`lim yo’nalishi, 1-kurslar uchun) (Sillabus Sirtqi bo‘limining 2022 yil “___” __avgust__dagi _1_-sonli majlisida muhokama qilingan va tasdiqlangan)
Farg‘ona davlat universiteti “Aniq va tabiiy” kafedrasi.
Manzil: Quvasoy sh. Sufxon MFY
Kurs haqida qisqacha ma’lumot (QM)
QM1
“Axborot texnologiyalari” fani axborot texnologiyalari ta’lim jarayonida foydalanish asoslarini o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lib, unda turli zamonaviy o‘quv texnik vositalar bilan ishlash, multimedia o‘quv materiallarni yaratish usul va vositalari, zaruriy dasturiy ta’minotlar, Internet tarmog‘ini ta’lim tizimida foydalanish kabi bilim va ko‘nikma hosil qilishga yo‘naltirilgan materiallar aks etirilgan.
Fanning vazifasi talabalarni o‘qitishning zamonaviy axborot –kommunikatsiya vositalari va dasturlari bilan tanishtirish, axborot texnologiyalarining imkoniyatlari mohiyatining tanishtirish va ularni ta’lim jarayonida amaliy qo‘llay olish, shuningdek fan yutuqlar va yangilanishlari bilan tanishtirib borish, olingan bilimlardan foydalanib ta’lim resurslarini yaratishni o‘rgatish.
Kursga qo‘yiladigan boshlang‘ich talablar
1.
Talabalar maktabda o‘qitilayotgan informatika va axborot texnologiyalari fani doirasida boshlang‘ich ma’lumotga ega bo‘lishlari kerak.
Ta’lim natijalari (TN)
TN1
Organishdan maqsad – talabalarga ta’limda axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha nazariy bilimlar berish, kasbiy faoliyati bo‘yicha qo‘yilgan masalalarni echishda zarur dasturiy vositalarni to‘g‘ri tanlash va olingan bilimlar asosida qo‘yilgan masalalarni echa olish, zamonaviy axborot texnologiyalari dasturiy vositalaridan mustaqil foydalana olish ko‘nikmalarini hosil qilish.
TN2
Jamoada ishlash, kasbga oid mustaqil va tanqidiy fikrlash, muloqot madaniyati konikmalariga ega bo`ladi
TN3
Fan bo`yicha topshiriqlarni vaqtida bajarish, jamlash va taqdim etish konikmalariga ega bo`ladi
TN4
Berilgan topshiriqlar bo`yicha mustaqil va guruhda ishlash, topshiriqni aniq uslubiyot asosida bajarish va uni taqdim etish ko`nikmalariga ega bo‘ladi.
Mashg‘ulotlar shakli: ma’ruza (M)
soat
2-semestr
Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning qo’llanilishi. Zamonaviy kompyuterlarning apparat va dasturiy ta’minoti.
2
Amaliy dasturlardan foydalanish. Zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta`minoti.
2
Jami 4
Nazariy mashg‘ulotlardavomida, talabaga ma’ruza orqali mavzu yuzasidan kerakli bo‘lgan konsepsiyalar yetkazib beriladi. Talabalarga mavzuni yanada mustahkamlashlari uchun prezentasiyalar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va boshqa o‘quv-uslubiy mahsulotlardan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar beriladi.
№
Mashg‘ulotlar shakli: Amaliyot (A)
Dars soatlari hajmi
2-semestr
1A
Matnli hujjatlarni formatlash va taxrirlashni avtomatlashtirish Wordda grafik ob'ektlarni hosil qilish va tahrirlash.Wordda jadval yaratish. Excelning ta'lim jarayonidagi imkoniyatlari. Taqdimotlar muxarrirlari va ularda ishlash. Power Point dasturida slaydlarni boshqarish
2
2A
Corel Draw dasturining uskunalar paneli bilan ishlash. Adobe Photoshop dasturuning asosiy imkoniyatlari Adobe Photoshop dasturida instrumentlar yordamida maxsus effektlar yaratish
2
3A
HTML tilida web-sahifa yaratish imkoniyatlari. HTML tilida turli ro’yxatlar hosil qilish.
2
Jami
6
Amaliyot mashg‘ulotlarda har bir mavzu bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni bajarish bo‘yicha uslubiy ta`minot talabalarga taqdim etiladi, shuningdek, mavzuni o‘zlashtirish darajasini tekshirish maqsadida topshiriqlar beriladi. O‘quv kursi boy`icha materiallar to‘plami va uslubiy ko‘rsatmalarda keltirilgan topshiriqlarni bajarish talab etiladi. Amaliy mashg‘ulot natijalari tahlil etiladi va hulosa qilinadi.
№
Mashg‘ulotlar shakli: Mustaqil ta’lim (MT)
Soat
2-semestr
1
Axborot va uning turlariga turli sohalardan misollar keltiring. Axborotni fan uchun axamiyati va xususiyatlarini tushuntirung.
4
2
Hisoblash texnikasi va uning strukturasi. Qurilmaviy ta’minot. Asosiy va atrof qurilmalarining ishlash prinsipini asoslab bering. Dastur turlari
2
3
OT turlari. Windows OT turlari. Windows OT ni kompyuterga o’rnatish. OT ning boshqa turlari.
2
4
Virus va antivirus dasturlar. Arxivatorlar.
4
5
Dasturlash tillari.
2
6
Matn muharrirlari va Word matn protsessori.
4
7
Excel jadvallar bilan ishlash. Ma’lumonlarni kiritish va taxrirlash
2
8
Multimediya va uning zamonaviy ta’minoti. Powerpoint dasturining asosiy elementlari. Animatsion effektlar. Taqdim etishni boshqarish. Multimediali taqdimotlar yaratish.
2
9
MB.MBBT. Access dasturida ma’lumotlar bazasi hosil qilishning qo’shimcha imkoniyatlari haqida.
2
10
Corel Draw dasturining imkoniyatlari.
2
11
Internet Explorer dasturi imkoniyatlari. Opera dasturi imkoniyatlari. Google Chrome dasturi imkoniyatlari. Elektron pochta imkoniyatlari. Chatlardan ta’limda foydalanish. Soha idoralarining axborot tizimlari.
4
12
Murakkab tuzilmali web sahifalarni yaratish uchun maxsus dasturlar. Sohaning axborot texnologiyalari va ulardan foydalanish. Soha axborot tizimlarining interaktiv hizmatlari.
2
13
Axborot xavfsizligi va axborotlarni himoyalash usullari. Axborotlarning himoyalashning texnik va dasturiy vositalari. Axborotlarni himoyalash usullari.
2
14
Identifikatsiya va audentifikatsiya masalalari. Login va parol tushunchasi. Kompyuter tarmoqlariga ruxsatsiz ulanish. Yovuz niyatli harakatlar va tarmoqda ishlash qoidalarini buzish. Horijiy rganism tijorat tizimlari. Elektron raqamli imzoning dasturiy ta’minoti
4
15
Horijiy tijorat tizimlari. Elektron raqamli imzoning dasturiy ta’minoti
2
16
Kompyuter grafikasi va ularning turlari. Kompyuter grafikasi.
2
17
Ma’lumotlar bazalari va ularni boshqarish tizimlari
2
18
Tarmoqlar. Web-sahifa yaratish texnologiyalari
2
19
Tizim tushunchasi. Axborot tizimlari. Avtomatlashtirilgan ish joylari.
Axborotlarni himoyalashning texnik va dasturiy vositalari
2
Jami
50
Mustaqil ta’lim mavzulari talabalar tomonidan o‘zlashtiriladi. Mavzular yuzasidan talabalar mustaqil ish, taqdimotlar tayyorlash va himoya qilishi tavsiya etiladi.
Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarining barcha mavzularini to‘la o‘zlashtirgan hamda mustaqil ishni bajargan talabalarga yakuniy nazoratda ishtirok etishga ruxsat etiladi. Talaba semestr oxirida yakuniy nazorat topshiradi.